Maktabgacha yoshdagi bolalarni jonli va jonsiz tabiat bilan tanishtirish

4000 so'm


Maktabgacha yoshdagi bolalarni jonli va jonsiz tabiat bilan tanishtirish

 

 

Slayd 1

Maktabgacha yoshdagi bolalarni jonli va jonsiz tabiat bilan tanishtirish

Slayd 2

Reja:
Jonsiz tabiat
Jonli tabiat
Bolalarni tabiat bilan tanishtirish

Slayd 3

-Ob-havo, magnitning xususiyatlari bilan tanishtirish;
-bolalar uchun tushunarli vositalar yordamida havo hamma joyda: suvda, g‘ishtda, yerda va shu kabilarda mavjudligini tajribalar orqali ko‘rsatish;
havoning qayishqoq bo‘lishi, ma’lum hajmni egallashi (sovun ko‘piklarini puflash, sharlarni puflash) mumkinligini ko‘rsatish;
Havo harakatlanadi(shamol) va u harakat qilib, predmetlarni joydan-joyga ko‘chirishi va shuningdek, harakatga qarshilik ko‘rsatishi mumkin(parashyut). Bolalarni magnitning xususiyatlari bilan tanishtirish;
Magnit o‘ziga metall buyumlarni tortishi, magnitning xususiyatlari to‘siqlar orqali ham namoyon bo‘lishi(magnitga predmetlar suv, qog‘oz, plastmassa, yog‘och, karton orqali ham tortilishi);
Magnit o‘ziga tortishi va o‘zidan itarishi bilan tanishtirish.

Slayd 4

O‘simliklar dunyosi Bolalarni yangi xona o‘simliklari bilan tanishtirish. Ularning xususiyatlari: shakli, hajmi, poyasi, barglar, gulining rangini ajratish va xarakterlashga o‘rgatish; O‘simliklarning yorug‘lik, issiqlik, nam, oziqlantiruvchi tuproqqa ehtiyojlari haqidagi tasavvurni shakllantirish; Bolalarni yorug‘likni sevuvchi va salqinga chidamli, suvni sevuvchi va suvsizlikka bardosh beruvchi o‘simliklarning tashqi tuzilishiga qarab farqlashga o‘rgatish;
-sabzavotlarning (8-9 xili), meva (5 xili)larning va stitrus o‘simlik (3-4 xili)larning shakli, rangi, hajmi, ta’MI, oziq-ovqat sifatida qo‘llanilishi, belgilarga qarab qiyoslash va xarakterlay olish ko‘nikmasini shakllantirish, umumlashtirilgan (sabzavotlar, mevalar, gullar) so‘zlarni qo‘llashga o‘rgatish;

Slayd 5

-Bolalarda tabiatdagi go‘zallikdan zavq olishni tarbiyalashni davom ettirish. Ular ongiga tabiatga zarar yetkazmaslik, ekologiyani zararlamaslik (tevarak-atrofni iflos qilmaslik, o‘t-o‘lanlarni bosmaslik, daraxt shoxlarini sindirmaslik, hayvon va qushlarga ozor bermaslik, uyalarini buzmaslik, gullarni yulmaslik, buning oqibatida gullar, kapalaklar yo‘q bo‘lib ketishi, chumolilarning inini buzmaslik va h.k.)ni bolalar ongiga singdirish;

Slayd 6

-Bolalarning hovlidagi barcha o‘simliklar va xonaki(qishda vaqtincha o‘tkazilgan) o‘simliklarning yorug‘likka, issiqlikka, suvga, (ozuqa) tuproqqa bo‘lgan ehtiyojlari haqidagi tasavvurlarini aniqlash;
-o‘simliklarning o‘sish va o‘smasligi shart-sharoitlarining mavjudligi va ularning turlicha talablarga bog‘liqligini belgilashga o‘rgatish;
-o‘simliklarning o‘sishi uchun havo, suv, quyosh, ozuqali tuproq zarurligini amaliy ishlar orqali tanishtirish;
-bolalarning o‘simliklarni turli yo‘l bilan ko‘paytirish haqidagi bilimlarini kengaytirish;

Slayd 7

-O‘simliklar qalamchasidan, piyozidan, butasini ajratib ekishdan unishi mumkinligini xonaki o‘simliklar misolida ko‘rsatish;
-o‘simlikning o‘sishi uchun yorug‘lik, suv, issiqlik, ozuqali tuproq zarur ekanligi to‘g‘risidagi bilimlarini tajriba, amaliy mashg‘ulotlar orqali takomillashtirish;
-bahor gullari haqidagi tasavvurlarini aniqlash, bolalarni ularning rangi, shakli, gullari, yaproqlarining hajmi, belgilariga qarab qiyoslash asosida xarakterlashga o‘rgatish;
-erta gullaydigan o‘tsimon, butasimon o‘simliklar va daraxtlar bilan tanishtirishni davom ettirish. Ba’zi daraxtlar(o‘rik, bodom) avval gullab, so‘ng barg chiqarishi, ba’zilari esa barg chiqarib(olma, behi) so‘ng gullashini tushuntirish;

Slayd 8

-Bolalar bilan birgalikda maktabgacha ta’lim muassasasi hovlisida daraxt va gul ko‘chatlarini ekish, tagini ‘rgatish. Qurigan shox-shabbalarni qirqish, ko‘milgan gul, tok va anor ko‘chatlarini ochish va ularni parvarish qilish ko‘nikmasini hosil qilish;
-bog‘, poliz va gulxonada sabzavot va gul ekinlari yetishtirish haqidagi bolalar tasavvurlarini boyitish;
-o‘simliklarning ayrim turlari misolida bolalar ularning urug‘dan ko‘karib, to urug‘ bergunigacha bo‘lgan o‘sish va rivojlanish davrining izchilligini, unib chiqishi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni, ularni parvarishlash usullarini bolalar ongiga singdirish, amalda kuzatish ishlarini olib boorish;

Slayd 9

-Yovvoyi o‘simliklar urug‘ini to‘kib ko‘payishi va madaniy o‘simliklarni inson tomonidan yetishtirilishi, madaniy va yovvoyi o‘simliklarning inson hayotidagi ahamiyati, barcha o‘simliklarni ehtiyot qilish va ularni qo‘riqlash asosida madaniy va yovvoyi o‘simliklar haqida umumiy tasavvurni shakllantirish; o‘simliklar qanday belgilari asosida (xonaki, dala, poliz ekinlari)madaniy o‘simliklar (o‘rmon, o‘tloq ekinlarini), yovvoyi o‘simliklarga bo‘linishi to‘g‘risidagi tushunchalarini shakllantirish, guruhdagi gullar nomini bilishga da’vat etiladi.

Slayd 10

Hayvonot dunyosi Bolalarni o‘zlariga tanish bo‘lgan yovvoyi (quyonlar, tulkilar va hokazo) va tabiat burchagida yashovchi hayvonlarning moslashuvchanlik xususiyatlari haqida v’lumot beriladi. Hayvonlarning o‘zi yashaydigan muhitga tanasining tuzilishi va xattiharakat bilan moslanishiga doir belgilarini ajrata bilishga o‘rgatiladi. Uzun, baquvvat oyoqlari tez yugurish imkonini beradi (bo‘ri), agar hayvonning orqa oyoqlari uzunroq bo‘lsa, unda hayvon katta-katta sakrab yuradi (quyon), o‘tkir qayrilgan tirnoqlari daraxtlarga tirmashib chiqishga yordam beradi (olmaxon), to‘mtoq baquvvat, oldingi oyoqlari yon tomonga chiqqan, tirnoqlari yerni qazishga moslashgan (toshbaqa, ko‘rsichqon). Hayvonlarning tana qoplami (himoya uchun xizmat qiladigan rang (quyon, olmaxon)ga, ignalar (tipratikan), qattiq qoplamga (toshbaqa) ega bo‘lib, bular dushmandan o‘zini himoya qilishda yordam) himoya va moslashuv xususiyatiga ega ekanligi haqidagi tasavvurlari kengaytiriladi.

Slayd 11

O‘simlik (suv quyish, tagini yumshatish) va hayvonlar (ovqatlantirish, kattalar yordamida akvarium yoki qafasni tozalash)ni parvarishlash o’rgatiladi . Kuz faslining o‘ziga xos xususiyatlari: kunlar soviy boshlab, kunduzi qisqaradi. Yaproqlar to‘kiladi, o‘tlar so‘liydi, o‘simliklar o‘sishdan to‘xtaydi, chunki ular uchun zarur bo‘lgan yorug‘lik va issiqlikning miqdori kamayadi. Sovuq tushishi bilan hasharotlar yashirinadi, qushlarning ko‘pchiligi issiq o‘lkalarga uchib ketadi, hayvonlar qishga tayyorgarlik ko‘radilar: tullaydi (barcha hayvonlar), ovqat to‘playdi (olmaxon), ovqat yeb semirib ketadi va uyqu uchun joy izlaydilar (tipratikan, ayiq). Ushbu davrda bolalar uchun yangi O‘zbekiston sharoiti uchun xos bo‘lmagan uy hayvonlari-shimol bug‘usi bilan tanishtirish, ularning yashash joyi, tashqi qiyofasi, fe’l-atvori, inson tomonidan boqilishi va ular yetkazadigan foydalar haqida tasavvuri shakllantiriladi.

Slayd 12

Hayvonlarning tana tuzilishi va fe’l-atvori, tabiiy sharoitlarga moslashuvi yungining qalinligi, uning qor ostidagi mox (shimolda o‘sadigan o‘simlik)ni kovlab olish ko‘nikmasi, bug‘uning keng qo‘shaloq tuyoqlari bilan loy, tuproqli yer va hatto qiya yerlarda ham yura olishi, o‘zining belgilari bilan uy hayvonlari toifasiga kirishi haqida so‘zlab beriladi. Tabiat burchagida yashovchi qushlar haqida, ularning yashash sharoiti, oziqlanishi, ko‘payishi to‘g‘risidagi tasavvurlari boyitiladi. Qushlarning uchishga moslashganligi haqidagi tasavvurlarini shakllantirish(keng yig‘ma qanotlari, dumi, yengil patlari havoga tayanish va uchish imkonini beradi) muhimdir.

Slayd 13

Qish faslining o‘ziga xos tabiati haqida tushuncha berish: yer yuzi va daraxtlar usti oppoq qor bilan qoplanganda(kunlar qisqa, sovuq, ayozli bo‘lishi, ariq va ko‘lmaklarning muzlashi, qorning pag‘a-pag‘a yog‘ishi va b.) tabiat qanchalik jozibali ko‘rinishiga bolalar e’tiborini qaratish, ularning estetik tuyg‘ularini shakllantirish muhim. Daraxt va butalar bargsiz, harakatsiz holatda bo’ladi. Hasharotlar ham, ular bilan oziqlanuvchi qushlar ham yo‘q. Ular issiq o‘lkalarga uchib ketishgan. Qishlab qoluvchi qushlar o‘t-o‘lanlarning urug‘larini va o‘simliklarning mevalarini, odam yashab turgan joy oldidagi ovqat qoldiqlarini yeydilar.

Slayd 14

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 15

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Maktabgacha yoshdagi bolalarni jonli va jonsiz tabiat bilan tanishtirish” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

three × 5 =

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar