Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodlari

4000 so'm


Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodlari

 

 

Slayd 1

Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodlari

Slayd 2

Arifmetik material kursning asosiy mazmunini tashkil etadi. Boshlang’ich kursning asosiy o’zagi natural sonlar va asosiy miqdorlar arifmetikasidan iborat. Bundan tashqari, bu kursda geometriya va algebraning asosiy tushunchalari birlashadi.
V-XI sinflarda o’qitiladigan matematikaning eng asosiy va o’quvchilar yoshiga mos bo’lgan elementar tushunchalari beriladi. Yuqori sinflarda shu tushunchalar kengaytirilgan, chuqur-lashtirilgan va boyitilgan holda o’qitiladi. Demak, boshlang’ich sinf matemati-kasining mazmuni yuqori sinf matematikasining mazmunini ham belgilab beradi. Boshlang’ich matematikaning tuzilishi o’ziga xos xususiyatlarga ega:

Slayd 3

Arifmetik material kursning asosiy mazmunini tashkil qiladi. U natural sonlar arifmetikasi, asosiy miqdorlar, algebra va ge-ometriya element material bilan qo’shib o’qitiladi.
Boshlang’ich sinf materiali konsentrik tuzilgan. Masalan, oldin I-o’nlikni raqamlash o’qitilsa, keyin 100 ichida raqamlash va arifmetik amallar bajarish o’qitiladi. Undan keyin 1000 ichida arif-metik amallar bajarish, keyin ko’p xonali sonlar ichida.
Bularni o’qitish bilan birga raqamlash, miqdorlar, kasrlar, algebraik va geometrik materiallar qo’shib o’qitiladi.
Nazariya va amaliyot masal»alari o’zaro bog’langan xarakterga ega.
Matematik tushuncha, xossa, qonuniy bog’lanishlami ochish kursda o’zaro bog’langan.

Slayd 4

Har bir tushuncha rivojlantirilgan holda tushun-tiriladi.
Masalan, arifmetik amallami o’qitishdan oldin uning aniq mohiyati ochiladi, keyin amalning xossalari, keyin komponentlar orasidagi bog’lanish, keyin amal natijasi, oxirida amallar orasidagi bog’lanish beriladi.
Asosiy tushunchalar va natijaviy tushunchalar o’zaro bog’lanishda berilgan.
Masalan, qo’shish asosida ko’paytirish keltirib chiqarilgan. Boshlang’ich matematika kursi o’z tuzilishi bo’yicha o’z ichiga olgan, arifmetik, algebraik va geometrik materialdan iborat qismlarni boshlang’ich matematika kursida konsentrik joylashuvi saqlanadi.

Slayd 5

Arifmetik amallaming xossalari va mos hisoblash usullarini o’rganish bilan bir vaqtda arifmetik amallar natijalari bilan kompo-nentalari orasidagi bog’lanishlar ochib beriladi. (Masalan, agar yig’indidan qo’shiluvchilardan biri ayrilsa, ikkinchi qo’shiluvchi hosil bo’ladi.) Komponentlaridan birining o’zgarishi bilan arifinetik amallar natijalarining o’zgarishi kuzatiladi.
Algebra elementlarini kiritish, chuqur, tushunilgan va umumlashgan o’zlashtirish maqsadlariga javob beradi: tenglik, tengsizlik, tenglama, o’zgaruvchi tushunchalari konkret asosda ochib beriladi.

Slayd 6

L-sinfdan boshlab sonli tengliklar va tengsizliklar
(4=4, 6=1+5, 25, 8-3< 8-2 va hokazo) qaraladi.
Ularni o'rganish arifmetik materialni o'rganish bilan bog'lanadi va uni chuqurroq ochib berishga yordam beradi.
2-Sinfdan boshlab (x+6)-3=2 va h.k
ko'rinishdagi tenglamalar qaraladi.

Slayd 7

Tenglamalami yechish, oldin tanlash metodi bilan, so’ngra amallaming natijalari bilan komponentlari orasidagi bog’lanishlami bilganlik asosida bajariladi.
O’zgaruvchi bilan amaliy tekshirish o’quvchilarning funksional tasavvurlarini egallashlariga imkon beradi.
Geometrik material bolalaming eng sodda geometrik figuralar bilan tanishtirish, ulaming fazoviy tasav-vurlarini rivojlantirish, shuningdek, arifmetik qonuniyatlarni, bog’lanishlami ko’rsatmali maqsad-lariga xizmat qiladi (Masalan, to’g’ri to’rtburchakning teng kvadratlarga bo’lingan ko’rsatmali obrazidan ko’paytirishning o’rin almashtirish xossasini bog’lanishi ochib foydalaniladi … ).

Slayd 8

L-sinfdan boshlab to’g’ri va egri chiziqlar, kesmalar, ko’pburchaklar va ularning elementlari, to’g’ri burchak va hokazo kiritilgan.
O’quvchilar geometrik figuralami tasavvur qila olishni, ulami nomlari, katakli qog’ozga sodda yasashlami o’rganib olishlari kerak. Bundan tashqari, ular kesma va siniq chiziq uzunligini, ko’pburchak perimetrini, to’g’ri to’rtburchak, kvadrat va umuman har qanday’ figuraning yuzini (paletka yordamida) top ish malakasini egallab olishlari kerak.

Slayd 9

O’qitish metodi tushunchasi
Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitisbning maqsadlari quyidagilar:
umumta’lim maqsadi, tarbiyaviy maqsadi, amaliy maqsadi.
Bumaqsadlar bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lib, bir-birini to’ldiradi.
Ta’lim maqsadi o’qituvchidan quyidagilami talab qiladi:
a)o’quvchilarga matematik bilimlar tizimidan, bilim, malaka ko’nikma berish;
b)haqiqiy olamni matematik metodlar bilan o’rganish;
v)o’quvchilaming og’zaki va yozma nutqlarini o’stirishni, uning sifatli bo’lishini ta’minlash;

Slayd 10

G) o’quvchilarga matematikadan shunday bilimlar berishni ta’minlashi kerakki, bu bilimlar orqali, faol bilish faoliyati orqali, bilim, malaka, ko’nikmalari ortib borsin.
Tarbiyaviy maqsad. Matematika o’qitish o’quvchilami sabotlilikka, tirishqoqlikka, puxtalikka, o’z fikri va xulosalarini nazoarat qila olishga, ayniqsa, kuzatish, asosida aytiladigan fikrlarning ravon bo’lishiga erishish kerak. Miqdorlar orasidagi bog’lanishni ifodalash uchun matematikada simvollar ishlatiladi. Mana shu matematik til rivojlanishi kerak. O’qituvchining vazifasi simvolik tilda ifodalan-gan matematik fikrni ona tiliga ko’chirishga o’rgatishdan iborat bo’lmog’i kerak.

Slayd 11

Bilishga intilish, mustaqil ishdan qanoat hosil qilish tuyg’ularini tarbiyalashi kerak. Matematika fanini o’qitishning o’zi o’quvchilarda diqqat va fikrni to’play bilishni tarbiyalaydi.
O’qituvchi quyidagilami ta’minlashi kerak:
a) o’quvchi moddiy olamdagi bog’lanishlarni, miqdorlarning
o’zgarishini, bir-biri bilan aloqasini anglay olishi;
b) o’quvchilarning matematikani o’rganishga astoydil
qiziqishini ta’minlash;
d) mehnatga, vatanga insonlarga bo’lgan munosabatini
tarbiyalash, estetik did hosil qilish;
g) o’zbek millatining tarixi, jumladan, matematika o’qitilishi
tarixiga bo’lgan dunyoqarashni tarbiyalash;
d) o’quvchilaming fikrlash qobiliyatini va matematik
madaniyatini tarbiyalash.

Slayd 12

Amaliy rivojlantiruvchi maqsad. Matematika o’qitishdan kuzatilgan amaliy maqsad – o’quvchilar olgan bilimlami, amalda qo’llay olishga o’rgatishdan iborat. Olingan bilimlami sonlar va matematik ifodalar, nuqtalar ustida bajariladigan amallarga tatbiq qila bilish, har xil masalalami yechishda foydalana bilishga o’rgatish. Bu bilimlarni kundalik hayotda uchraydigan masalalarni hal qilishga qo’llay bilishga o’rgatishdir.
O’qitish metodi tushunchasi didaktika va metodikaning asosiy tushunchalaridan biri.
Shunday qilib o’qitish metodlari o’zlashtirish, tarbiyalash va rivojlanish kabi uchta asosiy vazifani bajaradi.

Slayd 13

O’qitish metodlaridan, ta’limning yangi mazmuniga, yangi vazifalariga mos keladiganlariga ongli tanlab olish uchun oldin hamma o’qitish metodlarini tasniflashni o’rganib chiqish zarur.
Ilmiy-tadqiqot metodlari haqida ma‘lumot
Pedagogik tarbiyalashga oid ish tajribalami o’rganmay va umumlashtirmay, pedagogik jarayonini chuqur tadqiq qilmay turib pedagogikani rivojlantirib bo’lmaydi. Hozirgi ta’lim-tarbiya pedagogikani ilmiy bilishning

Slayd 14

Umumiy metodi bilan qurollantiradi, ammo boshqa har qanday fan kabi pedagogika fanining ham xususiy tadqiqot metodlari mavjud.
Ilmiy tadqiqot metodlari – bu qonuniy bog’lanishlami, munosa-batlami, aloqalami o’rnatish va ilmiy nazariyalami tuzish maqsadida ilmiy axborotlarni olish usullaridir. Kuzatish, tajriba, maktab hujjat-lari. Bilan tanishish, o’rganish, suhbat va so’rovnomalar o’tkazish, i1miy pedagogik tadqiqot metodlari jumlasiga kiradi. So’nggi vaqtlarda matematik va kibernetik metodlardan, shuningdek, modellashti-rish metodlaridan foydalanish qayd qilinmoqda. Boshlang’ich matematika o’qitish metodikasida butun pedagogik tadqiqotlarda qo‘llaniladigan metodlarning o’zidan foydalaniladi

Slayd 15

Kuzatish metodi – odatdagi sharoitda kuzatish natijalarini tegishlicha qayd qilish bilan pedagogik jarayonni bevosita maqsadga yo’niiltirilgan holda idrok qilishdan iborat. Kuzatish metodidan o’quv-tarbiya ishining u yoki bu sohasidagi ishning qanday boriyot-ganini o’rganish uchun foydalaniladi. Bu metod o’qituvchi va o’quvchilarning faoliyatlari haqida majbur qilinmagan tabiiy sharoitda aniq material to’plash imkonini beradi. Kuzatish vaqtida tadqiqotchi o’quv jarayonining odatdagi borishiga aralashmaydi. Kuzatish aniq maqsadni ko’zlangan reja asosida uzoq yoki yaqin vaqt oralig’ida davom etadi. Kuzatishning borishi, faktlar, sodir bo’layotgan voqealar, jihozlar kuzatish kun-daligiga qayd qilinib boriladi.

Slayd 16

Tajriba – bu ham kuzatish bo’lib, maxsus tashkil qilingan,
tadqiqotchi tomonidan nazorat qilib turiladigan va tizimli ravishda o’zgartirib turiladigan sharoitda o’tkaziladi. Pedagogik tajriba o’qitishning va tarbiyalashning u yoki bu usulining, ko’rsatma -qo’llanmalarining samaradorligini tadqiq qilishda qo’llaniladi. .
Tajriba o’tkazishdan oldin tadqiqotchi tadqiq qilinishi kerak bo’lgan masalalami aniq ifodalab olishi, bunday masalalami hal qilinishi maktab amaliyotida va pedagogika fani uchun ahamiyatga ega bo’lishi kerak. Tajriba o’tkazishdan oldin tadqiqotchi o’rganish predmeti bo’imish masalaning nazariyasi va tarixi bilan, shuningdek, shu soha bo’yicha amaliy ish tajribasi bilan tanishib chiqadi. Tadqiqotda ilmiy farazni o’MI katta ahamiyatga ega. Butun tajribani tashkil qilish ilmiy farazni tekshirishga yo’naltiriladi.

Slayd 17

Tajriba natijalarini tahliI qilish, taqqosiash metodi bilan o’tkaziladi. Buning uchun ikki yoki bir necha guruh tuziladi, bu guruhlarga kirgan o’quvchilar tarkibi bo’yicha tayyorgarlik daraJalari va boshqa ko’rsatkichlar bo’yicha imkoni boricha bir xilda bo’lishi kerak. Bir XII sinflarda tadqiqotchi tomonidan maxsus ishlab chiqiIgan tajriba materiali bo’yicha ish bajariladi. Taqqoslash uchun nazorat sinflari tanlanadi, bu sinflar o’quvchilar tarkibi, ulaming bilim darajalari bo’yicha taxminan tajriba sinflarga teng kuchii bo’lishi kerak, bu sinflarda matematika tajriba sinflarda qo’llaniladigan metodlar, vositalar va boshqalar qo’llanilmaydi.

Slayd 18

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 19

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodlari” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar