Boshlang’ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlar

4000 so'm


Boshlang'ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlar

 

 

Slayd 1

Boshlang’ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlar

Slayd 2

Reja:
Boshlang’ichsinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish maqsadi
Boshlang’ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishning vazifalari

Slayd 3

O‘quvchilar yuqori sinflarda matematika, fizika, kimyo va boshqa fanlarni yaxshi o‘zlashtirishlari uchun boshlang‘ich sinflarda matematika fanini puxta egallashi va amaliy ko‘nikmalar hosil qilishlari kerak. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning ma’lumotini oshirish va darslarni o‘zlashtirish darajasini ko‘tarishga ko‘maklashishi uchun, boshlang‘ich maktabda sinf mashg‘ulotlari bilan bir qatorda sinfdan tashqari ishlarni ham o‘tkazish zarur.

Slayd 4

Sinfdan tashqari tashqari ishlar bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarining ajralmas qismi bo‘lishi bilan birga, o‘quvchilarni bilimga va mehnatga bo‘lgan havaslarini orttiradi, shuningdek, o‘zlashtirish sifatini oshirishga va xulqini yaxshilashga ta’sir etadi

Slayd 5

Umuman boshlang‘ich maktabda sinfdan tashqari ishlar sinf ishlari bilan mustahkam bog‘langan bo‘lib, sinf ishlarining davomi bo‘ladi, ayrim vaqtlarda esa uni chuqurlashtiradi.
Sinfdan tashqari ishlarning ikki turini bir-biridan farqlash lozim.
Birinchisi, dastur materialini o‘zlashtirishda orqada qoladigan o‘quvchilar bilan ishlash, bunga qo’shimcha dars va konsultatsiyalar kiradi. Ikkinchisi, matematikani o‘rganishga qiziquvchi o‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar.

Slayd 6

Matematikadan sinfdan tashqari mashg‘ulotlar deganda o‘quvchilarni matematik bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish maqsadida tashkil qilingan mashg‘ulotlarni tushunamiz.
Sinfdan tashqari ishning asosiy maqsadi -o‘quvchilardagi fanga bo‘lgan qiziqishni rivojlantirish, ularni darsda olgan bilimlarini to‘ldiruvchi va chuqurlashtiruvchi matematik bilim, malaka va ko‘nikmalar bilan qurollantirishdan iborat.

Slayd 7

Ma’lumki birinchi tur mashg‘ulotlar hozirgi vaqtda barcha maktablarda mavjud. Bunda mashg‘ulotlarni 3-4 o‘quvchidan iborat kichkina guruhlar bilan haftada bir marta o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Odatda sinfdan tashqari ishlar deyilganda ko‘proq ikkinchi turdagi ishlar nazarda tutiladi va ular asosan quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi:

Slayd 8

O‘quvchilarda matematika va uning tatbiqlariga qiziqish uyg‘otish;
O‘quvchilarning matematikadan dastur bo‘yicha bilimlarini kengaytirish;
Matematik fikrlash madaniyatini tarbiyalash;
O‘quvchilarni matematikadan ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan ishlashgao‘rgatish;
O‘quvchilarning matematikaning tarixiy-ilmiyqimmati haqidagi, matematika maktabining dunyo fani orasidagi roli xaqidagi tasavvurlarini kengaytirish

Slayd 9

Matematikadan darsdan tashqari mashg’ulotlarning quyidagi turlari mavjud: 1. Matematikadan mustaqil uy ishlari; 2. O’quvchilarning alohida uy ishlari; 3. Matematik sayohatlar; 4. Matematikadan sinfdan tashqari ishlar

Slayd 10

Matematikadan mustaqil uy ishlari Uy vazifasining mazmuni bir tomondan darsda o’rganilgan yangi materialni mustahkamlashga qaratilgan bo’lsa, ikkinchi tomondan keyingi darsga tayyorlashga qaratilmog’i kerak. Boshlang’ich sinflarda o’quvchiga beriladigan uy vazifalari hajmi sinfda bajarilgan ish hajmining yarmini tashkil etishi kerak. Uy vazifalarini bajarishlari uchun 1-sinfda 1 soatgacha, 2-sinfda 1-1,5 soat, 3-sinfda 1,5-2soat, 4-sinfda 2soat vaqt ajratilishi kerak

Slayd 11

O’quvchilarning alohida va guruhli ishlari Individual ishlarni tashkil qilishdan maqsad -o’quvchilarning o’zlashtirgan bilimlaridagi kamchiliklarni bartaraf qilish va o’quvchilarning o’zlashtirmaslik sabablarining oldini olish va uni bartaraf qilishdan iborat.

Slayd 12

Guruhli mashg’ulotlar – butun sinf o’quvchilari bilimidagi kamchiliklar bir xil bo’lgandagina o’tkaziladi.

Slayd 13

Matematik sayohatlar Matematik sayohatlarning maqsadi – aniq hayotiy dalil va taassurotlarni talab qilish. Maktabning joylashgan o’r niga qarab bolalar bilan har xil ustaxonalarga, fabrikalarga, kombinatlarga, jamoa xo’jaligi va boshqa joylarga sayohatlar o’tkaziladi.

Slayd 14

Maktab tajribasida matematikadan kichik yoshdagi o‘quvchilar bilan bajariladigan sinfdan tashqari ishlarning quyidagi turlari uchraydi:
Qiziqarli matematika soatlari va minutlari;
Matematik to‘garaklar uyushtirish;
Matematika gazetasi chiqarish;
Ekskursiya o‘tkazish;
Matematik burchak tashkil qilish;
Matematika kechalari o‘tkazish;
Boshlang‘ich maktablarda matematika olimpiadasi o‘tkazish.

Slayd 15

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 16

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Boshlang’ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlar” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar