Boshlang’ich sinf tabiat tushunchalarini shakllantirish uslubiy asoslari
4000 so'm

Slayd 1
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining tabiat haqidagi tasavvur va tushunchalarini shakllantirish hamda rivojlantirishning uslubiy asoslari.
Slayd 2
Reja:
Tabiatshunosliktushunchalari.
Tabiatshunosliktushunchalarini samarali o’zlashtirilishini ta‘minlovchi metodik sharoitlar.
Taqqoslash,kuzatish, tahlil, analiz va sintezning tabiatshunoslik tushunchalarini shakllantirishdagi ahamiyati.
Slayd 3
«Ertalabki tuman ochar,
Kechki tuman yopar»
Xalq maqoli
Slayd 4
Tabiat — odamning paydo boʻlgunicha ham, odam ishtiroki bilan ham mavjud borliq. Umuman — bu dunyo, odam, koinot; mikromakromega dunyolar; jonsiz va jonli narsalar bor. Tor maʼnoda — tabiat fanlari oʻrganadigan obyekt. Tabiat odamga, jamiyatga bogʻliq boʻlmagan qonuniyatga boʻysunadi. Odam tabiatning bir qismi. Odam tabiat qonunlarini oʻzgartira olmaydi, faqat qonunlardan foydalanib, tabiat elementlarini, qismlarini oʻzlashtirishi mumkin. Tabiat tushunchasi insoniyat jamiyati yashashi tabiiy sharoitlarining majmui sifatida ham qaraladi. Inson yashashi uchun mehnat qiladi, mehnat (mas., dehqonchilik, qurilish, sanoat), miya faoliyati va boshqa esa tabiatning baʼzi jihatlarini oʻzgartiradi.
Slayd 5
Odam tomonidan, yaʼni ijtimoiy mehnat jarayonida yaratiladigan moddiy boyliklar shartli ravishda «ikkinchi tabiat» deyiladi. Masalan, vodoroddan urangacha boʻlgan 92 ta kimyoviy element tabiiydir, undan keyingi kashf etilganlari sunʼiydir. Barcha sunʼiy sintetik kimyoviy birikmalar, odam yaratayotgan atom va yadro energiyalari «ikkinchi tabiat»ga kiradi.
Tabiat atamasi keng maʼnoda fizik, material olamni bildiradi. Kundalik turmushda «tabiat» soʻzi ostida odam taʼsiri ostida koʻp boʻlmagan atrof-muhit va undagi hayot (yovvoyi tabiat) nazarda tutiladi. Birinchi holda tabiatni umuman fan, ikkinchi holda esa tabiatshunoslik oʻrganadi. Bunda tabiat subatomdan galaktik miqyoslarga boʻlib koʻriladi.
Slayd 6
Tabiat obʼyekti fazo va vaqtda mavjud modda, materiyadir. Ular cheksiz maʼlum narsalarning (elementar zarralar, antizarralar, qum, tosh, tuproq, suv, havo, jonsiz va jonli mavjudot, planetalar, yulduzlar, galaktikalar va boshqa samoviy jismlar, fizik maydonlar) majmuidan iboratdir. Bir vaqtlar (fanning soʻnggi maʼlumotlari boʻyicha bundan 20 milliard yil avval) bu jismlar boshqa koʻrinishda boʻlgan. Boʻlajak milliard yillarda u yana oʻzgarib boradi.— biosferaning buzilishiga olib keladi.
Slayd 7
Tabiat odamning, jamiyatning vatani. Odamning hayoti tabiatning, biosferaning uygʻun sharoitiga bogʻliq. Bu sharoit salbiy tomonga oʻzgartirilsa, odamning normal yashashiga putur yetkaziladi, ekologik muammolar paydo boʻladi. Ilmiy-texnika yutuqlaridan notoʻgʻri foydalanish tufayli yuzaga keladi.
Slayd 8
Binobarin tabiatni puxta bilib, undan samarali foydalanish, unga toʻgʻri va oqilona munosabatda boʻlish lozim. Insonning tabiatga bunday munosabatda boʻlishida fan asosiy omil boʻlib kelmoqda. Yer va koinotda insonning faoliyati faollashmoqda. Koinotning uzoquzoq joylari (mas., metagalaktikalari)da, tabiatda yuz berayotgan hodisalarni kengroq va chuqurroq bilish tabiat haqidagi tasavvurlarni kengaytiradi
Slayd 9
Har qadamda tabiat unsurlaridan bo’lgan narsalarni ishlatamiz. Tug’ilganimizdan beri tabiat qo’ynida ungan ne’matlarni totib kelmoqdamiz. Uni asrab-avaylash zarur. Zarar etkazmay, uning unsurlaridan to’g’ri foydalanaylik. Tabiatda barcha narsa bir-biriga uyg’un. Unga ziyon qilsak — tabiat muvozanatini buzgan bo’lamiz. Qolaversa, tabiatga nima qilsak barchasi o’zimizga qaytadi. Chunki biz tabiatning ajralmas qismimiz.
Slayd 10
Tabiatshunoslik tushunchalarini o‘zlashtirishda predmetlararo; nutqni rivojlantirish, o‘qish, matematika, ona tili, musiqa, ashulla, mehnat taʼlimi, rasm fanlari bilan aloqa o‘rnatilishi muhim ahamiyatga ega. Predmetlararo aloqadan tizimli ravishda foydalanish bolalarni ilgari olingan bilimlarni qo‘llashiga, o‘quv faoliyatlarining barcha turlarida mantiqiy bog‘lanish o‘rnatishga o‘rgatadi. Tabiatshunsolik fanini o‘qitish metodikasini yaxshi bilish boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiga bolalarni o‘qitishni to‘g‘ri tashkil qilish imkonini beradi.
Slayd 11
Inson tabiat bilan chambarchas bog’liq. Agar tabiat bo’lmasa, inson bo’lmaydi.Inson tabiatni hurmat qilishi va himoya qilishi kerak. Misol uchun, agar er yuzida daraxtlar bo’lmasa, havo bo’lmaydi va inson omon qolmaydi. Shuning uchun biz tabiatni qadrlashimiz va hurmat qilishimiz kerak
Slayd 12
Tabiatshunoslik fanining mazmunini ochib berishda xilma xil o‘qitish metodlaridan foydalanish va bu fanga turlicha yondashish mumkin. U yoki bu metodni tanlashda o‘qituvchi shuni nazarda tutishi kerakki, bu tanlagan metod rivojlantiruvchi taʼlimning vaziflarini taʼminlash orqali, o‘quvchilarning bilish foaliyatini faollashtirsin va o‘quvchilar tomonidan yangi bilimlarning qanday o‘zlashtirilyotganligini tez va aniq ko‘rsatib bersa maqsadga muvoffiq bo‘ladi.
Slayd 13
Shunga ko‘ra tabiatshunoslik darslarida amaliy ishlar, suhbatlar, hissiyotni qo‘zg‘atuvchi hikoyalar, ayniqsa, mustaqil ishlardan ko‘proq foydalanish kerak, bunda tadqiqiy yondashish, murakkab bo‘lmagan tahlil va sintez, taqqoslash va umumlashtirish, tabiat ishlarining majburiy tarkibiy qismlari bo‘lishi lozim.
Tabiiy fanlar o‘quvchilarni, insonning tabiatga taʼsirini va tabiat boyliklarini avaylab – asrashni o‘rgatadi.
Slayd 14
Tabiiy fan tushunchasini samarali o‘zlashtirishni taʼminlovchi metod bu tabiatni kuzatish metodi hisoblanadi. Kuzatishlar xulosasiga ko‘ra, o‘simlik, hayvon yoki biror hodisa haqida o‘quvchida aniq tasavvurlar hosil bo‘ladi.
Tabiatshunoslikni o‘qitish jarayonida dunyoni ilmiy tushunish asoslarini shakllantirish uchun tabiatga insonparvarlik munosabatini, vatanparvarlikni va go‘zallikni tushunishni tarbiyalash kerak.
Tabiatshunoslikni o‘qitishda og‘zaki, ko‘rgazmali, amaliy va boshqa metodlardan foydalaniladi.
Slayd 15
Hozirgi kunda o‘quvchilarga zamonaviy bilim berishda ularning ijodiy faolligi, individual qobiliyatlarini ochishga qaratilgan metodlar tobora ko‘proq qo‘llanilmoqda. Tabiatshunoslik bo‘yicha mashg‘ulotlarni sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlar: ochiq havodagi o‘yinlar, o‘lkashunoslik sayyohatlari, yurishlar bilan chambarchas bog‘lamoq zarur. Tabiatshunoslik darslari — bu mehnat tarbiyasi maktabi hamdir. Aniq misollarda o‘quvchilarni odam mehnati — uning jismoniy va ma‘naviy sihatligining manbai ekanligiga ishontirib, o‘qituvchi mehnatga muhabbatni, astoydil mehnat qilish istagini, mehnat ahliga hurmatini tarbiyalaydi.
Slayd 16
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari 1-sinfda maktab xodimlarining mehnatiga hurmat, maktabning yer maydonchasidagi ishlarda qarashish, 2-sinfda esa kun tartibidagi mehnatning turlari, maktab mulkiga ehtiyotlik munosabati, xona o‘simliklarini parvarish qilish, qurilishlarda, zavod va fabrikalarda ishlovchi odamlarning kasblari bilan tanishish, 3-sinfda esa tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish, odamlar mehnatini qadrlash, mehnat va dam olish tartibini o‘rganish, dalada, polizda odamlar mehnatini kuzatish, 4-sinfda esa cho‘llarda, dashtlarda, o‘rmonlarda, tog‘larda, adirlarda odamlar mehnati bilan tanishish, yer osti boyliklari, suv, havo, o‘simliklar, hayvonlarni muhofaza qilish mavzulari bilan tanishadilar.
Slayd 17
Tabiatshunoslik o‘zining mazmuni va metodlari bilan o‘quvchilarni har tomonlama tarbiyalash uchun cheksiz imkoniyatlarga ega.
Tabiat — dunyo fani va shuning uchun ham tabiatshunoslik darslari o‘quv materiali mazmunini yetkazishning o‘ylab chiqilgan metodikasini talab qiladi, uning asosiy maqsadi bilimlar yig‘indisini faqat esda qoldirish bo‘lib qolmasdan, balki ularni ishonchga aylantirish hamdir. Ishonch insonlarga, atrof olamga bo‘lgan munosabatda, odatlarda, ish tutishda, xulqatvorda namoyon bo‘lishi kerak.
Slayd 18
Bilish muayyan voqea, hodisa, jarayon yoki predmetning mohiyatini anglashga yo‘naltirilgan faoliyat samarasi sanaladi. Qiziqish esa ana shu yo‘lda olib borilayotgan faoliyatning samaradorligini ta’minlovchi omildir. Tabiatga bo‘lgan qiziqishni shakllantirish ana shu maqsadda olib borilayotgan murakkab pedagogik faoliyat natijasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Slayd 19
Tushunchalami rivojlantirishning zarur sharoiti tizimdir. Jumladan, tabiatshunoslik tushunchalarininj hosil bo’lishi muayyan metodik sharoitlarda amalga oshadi Chunonchi: 1) tabiiy obyektni kuzatishlar; 2) qabul qilishni aniqlovchi mashqlar; 3) o’qituvchining hayajonli hikoyasi qabul qilishning to’g’ri bo’lishini ta’minlaydi. O’qituvchining savollari; yoddan rasn chizish, har xil narsalarni tanib olish bo’yicha mashqlar tasavvurlarning to’g’ri bo’lishiga yordam beradi.
Slayd 20
Tushunchalarning to’g’ri bo’lishini esa: 1.Muammoning aniq qo’yilishi; 2.O’qituvchi tomonidan o’quv materialini bayon qilish mantiqi; 3.Aniqlash va taqqoslash bo’yicha mashqlar; 4.Tushunchalarni bog’lovchi va rivojlantiruvchi takrorlash tizimi; 5.Umumlashtirishni talab qiluvchi savollar; 6.Tushunchalarni o‘quv va ko‘nikmalar bilan bog’lovchi savollar ta’minlaydi. Tabiatshunoslik tushunchalari bevosita qabul qilish — kuzatishlarga asoslanib, o‘rganilayotgan narsa yoki hodisa to’g’risida aniq va ravshan tasavvur hosil qilingan sharoitda to’g’ri bo’lishi mumkin.
Slayd 21
Taqqoslash — narsa va hodisalar o’rtasidagi o’xshashlik va tafovut belgilarini aniqlash demakdir. Taqqoslash — aqlning tahliliy ishi. Taqqoslash jarayoni murakkab, o’z ichiga sintez, umumlashtirish va xulosani oladi. O’quvchilar narsalaming belgilarini ajrata olsalar, muhimni uncha muhim bo’lmagandan farq qilsalar, bu sintez, umumlashtirish va xulosali taqqoslash bo’lishi mumkin, chunki bunda faqat muhim belgilar bo’yicha taqqoslash mumkin bo’ladi.
Slayd 22
Slayd 23
Taqqoslash uchun topshiriqlar tuzishda quyidagi talablarga rioya qilish zarur: 1. Faqat bir-biriga daxlli bo’lgan narsa va hodisalarni, ya’ni ular o’rtasida o’xshashlik yoki tafovut bo’lganlari (archa va qarag’ay, zarang va chinor)ni taqqoslash kerak. 2. Taqqoslash maqsadga yo’nalgan holda (masalan, bo’ri va it, it va mushuk) bo’lishi, taqqoslash faqat tashqi belgilari bo’yichagina emas, balki xarakteri va keltiradigan foydasiga qarab ham bo’lishi mumkin. 3. Taqqoslash xulosa bilan tugallanishi kerak. Mashqni ikki narsa yoki hodisani taqqoslash bilan boshlamoq zarur. Keyin uch, to’rt va hatto undan ko’proq obyektlarni taqqoslash mumkin bo’ladi.
Slayd 24
Kuzatish va suhbatlar taqqoslash uchun materialdir. Taqqoslashga kirishishdan oldin ularni qanday bilib borish kerakligin ko’rsatish kerak. Suhbat jarayoni shu ma’noda juda qulay Chunonchi, 3- sinfda «O‘simlik va hayvonot olami» mavzusin o‘rganishda tabiatdagi kuzatishlardan keyin ushbu savolla bo’yicha suhbat o‘tkazish mumkin: sen yashayotgan joyda qaysi o’simliklar ariq bo’ylaridagi nam tuproqda, qaysilari ariqda, uzoqda — quruq tuproqda o’sadi?
Slayd 25
Maktab maydonidagi gulzorda o’suvchi o’simliklarni poyasi barglari, gullari, mevalari bo’yicha taqqoslashni taklif qilish mumkin. Taqqoslash asta-sekin mustaqil hikoya belgilarini kasb etib boradi. Taqqoslash yordamida o’qituvchi o’quvchilar bevosita kuzatmagan, yaqqol ko’rmagan, qabul qilish vositasida sezgilar sezmagan hodisalar o’rtasidagi bog’lanishlarni ochib berish mumkin. Tahlil butunni belgilangan qismlarga ajratish, maxsus belgilarga bo’lish, o’xshash narsalarda tafovutni ajrata bilishdir.
Slayd 26
Xulosa qilib aytganda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tabiatga bo‘lgan qiziqishni shakllantirishda o‘ziga xos psixologik-pedogogik xususiyatlar ko‘zga tashlanadi. Bu yosh davr o‘quvchilari tabiatshunoslik bilimlarini xissiy idrok asosida anglashga o‘rgatadi.
O‘quvchilarga tizimli tabiatshunoslik bilimlarini berish va ularda tabiatshunoslik asoslari borasidagi jonli mushohada qilish, xissiy idrok negzida tafakkurni qaror toptirish maqsadga muvofiqdir.
Slayd 27
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 28
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
DARSDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL QILISH METODIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ALALIYA NUTQ KAMCHILIKLARI BO‘LGAN BOLALARDA LOGORITMIK MUSIQIY RITMIK TARBIYAVIY ISH USULLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 34 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH TA’LIM PEDAGOGIKASINING ASOSIY RIVOJLANISH DAVRLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 45 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BRITISH AND AMERICAN EDUCATION SYSTEMS mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Ingliz tili darsi uchun mavzu, misollar va asosiy tushunchalar jamlangan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Ingliz tili
INKLYUZIV TA’LIMNI AMALIYOTGA JORIY ETISH MASALALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ALGEBRAIK MATERIALLARNI O‘RGATISH METODIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ENG QADIMGI DAVRLARDAN XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA JAHON PEDAGOGIKA FANINING RIVOJLANISH TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOLALARNI TO‘G‘RI TALAFFUZGA O‘RGATISHNING ASOSIY VAZIFALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BIOLOGIYA O‘QITUVCHISI FOYDALANADIGAN LOKAL TEXNOLOGIYALARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 10 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
BOSHLANG‘ICH TALIMDA TARBIYA JARAYONINING MAZMUNI VA MOHIYATI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
O‘QISH DARSLARIDA QO‘LLANILADIGAN METODLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA IJTIMOIY KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim












Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.