Boshlang’ich sinf tabiat tushunchalarini shakllantirish

4000 so'm


Boshlang'ich sinf tabiat tushunchalarini shakllantirish

 

 

Slayd 1

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tabiat haqidagi tasavvur va tushunchalarini shakllantirish hamda rivojlantirishning uslubiy asoslari

Slayd 2

1. Tabiatshunoslik tushunchalari.
2. Tabiatshunoslik tushunchalarini samarali o‘zlashtirilishini ta’minlovchi metodik sharoitlar.
3. Taqqoslash, kuzatish, tahlil, analiz va sintezning tabiatshunoslik tushunchalarini shakllantirishdagi ahamiyati
Reja:

Slayd 3

Boshlang’ich ta’lim metodikasi
Tabiatshunoslik darslarining asosiy maqsadi, o’quvchilarni tabiatni kuzatishga o’rgatish, ularda mehnat ko’nikmalari va tabiatga ongli munosabatni shakllantirishdan iborat. Ana shu muhim talablami bajarish, awalo, tabiat haqidagi tasavvur va tushunchalarni shakllantirishdan boshlanadi. Maktab dasturi talablari asosida darslar samaradorligini oshirish, awalo, o’quvchilarning mustaqil kuzatishlarini to’g’ri tashkil qila olishdadir. O’quvchilarda u yoki bu tushunchani shakllantirishda narsalar to’g’risida aniq tasawurlar hosil qilish, o’rganilayotgan materialni atrof-muhit bilan bog’lash, hissiy idrok muhim ahamiyatga ega, ya’ni tabiatshunoslik fanlarini o’rganish jarayonida olgan bilimlari asosida real borliq bilan ongli ravishda munosabat o’matishlari lozim. Shuning uchun fanga qiziqtirishning turli yo’Uarini qo’llash, o’quv jihozlari vositasida olam va real tabiatni umumlashtirib, bir-biriga bog’lab tushuntirish lozim.

Slayd 4

Boshlang’ich ta’lim metodikasi
Tabiatshunoslik dasturi biologik, geografik, shuningdek tabiatda kechadigan fizik, kimyoviy jarayonlarga oid elementa tushunchalaming o ‘zlashtirilishini nazarda tutadi. Tabiatshunoslik darslarida eng muhim tushunchalami ajratil tushuntirish ilmiy dunyoqarashning shakllanishini ta’minlaydi. Tabiatshunoslik tushunchalari umumiy muhim belgilari bilai birlashtirilgan obyektlar, hodisalar, jismlarning butun guruh to’g’risidagi umumlashgan bilimlardir. Chunonchi, «o’simliklar» tushunchasiga barcha o’simlikla uchun umumiy bo’lgan muhit belgilari bilan bir guruhga bir lashtirilgan har xil narsalar kiradi. Ularning hammasi o’sadi rivojlanadi, nafas oladi, ko’payadi, ya’ni tirik organizm hisob lanadi. Tushunchalami tasawurlardan farq qila bilish kerak. Tasavvur sezgi organlar faoliyatining, xotiraning yoki tasawu qilishning mahsulidir. Tushuncha tafakkur mahsuloti hisoblanadi Tushunchalar qabul qilinadigan va tasavvur etiladigan narsala ustida fikr yuritish natijasida vujudga keladi. Masalan, qushn tasavvur qilish uchun unga qarash kifoya.

Slayd 5

Boshlang’ich ta’lim metodikasi
O’sha qush to’g’risidi tushuncha hosil qilish uchun esa aniq bilimlar va ularn tizimlashtirish bo’yicha fikrlash kerak bo’ladi. Qabul qilish va tasawurlar ayrim narsalaming qiyofasidir Tushunchalar esa o’zida butun narsalar sinfiga taalluqli umum lashgan mazmunni aks ettiradi. Masalan, «barg» tushunchas daraxt, buta, o’t o’simliklarda o’sadigan hamma barglarga taalluq lidir. Tasawurlar tushunchalaming sezgili asosi hisoblanadi, biroq tasawurlar bilan tushunchalar o’rtasida keskin chegara yo’q Tasawurlar narsalaming muhim xususiyatlarini tobora ko’proq aks ettirib borishi bilan umumlashadi hamda tushunchalarg; aylanadi. Ayni vaqtda tushuncha o’z-o’zidan vujudga kelmaydi. I yoki bu narsa yoxud tabiat obyektlari to’g’risida tasawurlaminj bo’lishi ular to’g’risidagi tushunchadan dalolat bermaydi. Tushuncha ko’pgina ayrim hodisalarning muhim belgilarini umum lashishi sifatida hosil bo’ladi. 1-, 2- Sinflarda o’quvchilar «Atrofimizdagi olam» fanidai umumiy tabiatshunoslik tushunchalarini oladilar.

Slayd 6

Boshlang’ich ta’lim metodikasi
Tabiatshunoslik kursida tushunchalar umumiylashtirish va mavhumlashtirishning darajasi bo’yicha har xildir. Ularning asosiy ta’riflari: 1) mazmuni; 2) hajmi; 3) shu tushunchaning boshqa tushunchalar bilan bog’lanishi va munosabatidir. Mazmun tushunchalam ing eng muhim belgilari bilan xarakterlanadi. Tabiatning eng muhim belgilarini ajratish uchun «belgi» va «eng muhim belgi»ni farqlash kerak. N.I.Kondakov: «Belgi — bu barcha narsa yoki hodisalarning ko’rsatkichi, tomonidir, ularga qarab narsa va hodisalami tanlab olish, aniqlash yoki ta’riflash mumkin», — deb belgilaydi, «eng muhim belgi — bu shunday belgiki, unda narsaning tub tabiati ifodalanadi, shu bilan boshqa tur va guruhdagi narsalardan farqlanadi… Agar bu belgi mustasno qilinsa, bunda tushuncha parchalanadi, mavjud bo’1may qoladi». Mazmuni bo’yicha tushunchalar oddiy va murakkabga bo’linadi.

Slayd 7

Boshlang’ich ta’lim metodikasi
Masalan, «Quruqlik yuzasining shakllari» murakkab tushuncha. Uning eng muhim belgisi: tekis yuza (tekislik)ning ko’tarilgan (tepalik, tog’lar), pasayganligi (tog’ oralig’i jarlik)dir. Shu paytning o’zida tepalikka oddiy tushuncha sifatida ham qarashimiz mumkin; uning eng muhim belgisi tagi, cho’qqili va yon bag’irligidir. Tushunchalar hajmiga qarab, alohida va umumiy bo’ladilar. (Masalan, tabiatshunoslik kursida «O’z o’lkamizning tabiati», «Tabiatda mavsumiy o’zgarishlar» tushunchalarini umumiy de atash mumkin, ular hissiy qabul qilishlar bilan bog‘liqdir v alohida tushunchalar, umumiy tasawurlardan iborat. Alohida v umumiy tushunchalar ham geografik, ham biologik kelib chiqishig ega bo’lishi mumkin. Geografik tushunchalar alohida (Toshkent) va umumiy (tog’lai foydali qazilmalar) tushunchalarga, biologik tushunchalar va (chittak, lola, archa, avlod, hayvonlar, bargli o’simliklar) tushun chalariga bo’linadi. Har xil tushunchalami shakllantirishda tasawurlar bilai tushunchalar o’rtasiga chegara qo’yish mumkin.

Slayd 8

Boshlang’ich ta’lim metodikasi
Bilimni tekshirish uchun savollar
Tasavvur nima? 2. Tushuncha nima? 3. Tabiatshunoslik tushunchalarini qanday ta’riflaysiz? 4. Umumiy oddiy tushunchalami shakllantirishda o’qituvchi nimaga ko’proq e’tibor qaratishi kerak? 5. Yakka tushunchalar umumiy tushunchalardan qanday farqlanadi? 6. Tabiatshunoslik tushunchalari boshlang’ich sinflarda qanday shakllantiriladi? 7. Tushunchalar hosil bo’lishi uchun qanday metodik sharoitlarni zarur deb hisoblaysiz? 8. Tabiatshunoslik tasawurlari va tushunchalarini shakllantirishda tafakkur va nutqning o’MI qanday? 9. Taqqoslash nima? 10. Taqqoslash uchun topshiriqlar tuzishda qanday talablarga rioya qilish kerak?

Slayd 9

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 10

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Boshlang’ich sinf tabiat tushunchalarini shakllantirish” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar