Manas Leviyev O’zbekiston xalq artisti kompozitor
4000 so'm

Slayd 1
Manas (Menashe) Betyanovich Leviyev
O‘zbekiston xalq artisti kompozitor
(1912-1990)
Slayd 2
O‘zbekiston xalq artisti, kompozitor Manas Leviyev XX asr o‘zbek musiqasi tarixi sahifalarida yorqin, unutilmas iz qoldirdi.
U zamonaviy o‘zbek professional musiqa san’ati-ning rivojlanish jarayoniga tamal toshini qo‘ygan kompozitorlardan biridir.
Kompozitor yaratgan jozi-bali qo‘shiq-romanslar, sim-fonik, vokal-simfonik asarlar, balet, ayniqsa, musiqali drama, musiqali komediya va kinomusiqalar el-yurt hurma-tiga sozovor bo’ldi.
Slayd 3
Leviyev Minasay (Manas – taxallusi) Betyanovich esdaliklarida shunday deb yozadi: «…Men Namangan shahrida 1912-yilning 25-iyulida tug‘ildim. Ota-onam Samarqand shahrida istiqomat qilishgan, 1910-yili Namangan shahriga, 1917-yilda Qo‘qonga, so‘ngra esa Samarqandga ko‘chib o‘tdik. Men akalarimdan doira, dutor va nay chalishni o‘rgandim.
Slayd 4
Samarqandda 1920-yili «Turon» nomli o‘zbek o‘rta ta’lim maktabiga qabul qilishdi. 1928-yilda O‘zbekiston xalq artisti, san’atkor Ali Ardobus Ibragimov o‘zi tuzgan 120 kishidan iborat «Ko‘k ko‘ylakliklar ansambli»ga ishga taklif qildi. Mazkur ansamblning musiqa rahbari T.Sodiqov edi. Ansamblda mendan tashqari D.Zokirov, N.Hasanov, I.Oqilov, A.Jo‘rayev, V.Abdullayev va boshqalar faol qatnashar edi. O‘sha yili N.N.Mironov rahbarligida Samarqandda Musiqa va xoreografiya instituti ochildi.
Slayd 5
Men, M.Ashrafiy, M.Burhonov, T.Sodiqov, Sh.Ramazonov, O.Halimov, R.Olloberganov, M.Kalantarov, Sh.Soxibovlar birinchilardan bo‘lib o‘qishga kirdik. 1929-yili Turkmaniston Respublikasi Kerki shahridagi o‘zbek teatriga yordam berish uchun musiqa rahbari qilib tayinlandim.
Slayd 6
1930-yildan yana institutda o‘qishni davom ettirdim, harbiy ofitserlar uyidagi ashula va raqs ansambli uchun «Diviziya qadam tashlamoqda» (M.Raxmatullayev so‘zi) ommaviy marsh qo‘shiq va ikkita raqs kuylarini yaratdim.
1933–1938-yillarda Leningrad musiqa texniku-mining nazariy-kompozitorlik bo‘limida, 1938-1941 yillarda Leningrad davlat konservatoriyasida ta’lim oldim.
1941-yili urush boshlanib, kursdosh va pedagoglarim bilan ko‘ngilli askarlar diviziyasi safiga qo‘shildim. Jangda oyog‘imdan yarador bo‘lib, 1942-yilning iyun oyida Toshkentga qaytib keldim. 1942-1943 O‘quv yilidan Toshkentga ko‘chib kelgan Leningrad konservatoriyasida o‘qishimni davom etdim. Konservatoriya talabalari orasida eng yaxshi simfonik asar uchun o‘tkazilgan ko‘rik tanlovda «Nurxon» nomli simfonik poemam birinchi darajali mukofotga sazovor bo‘ldi».
Slayd 7
Kompozitor M.Leviyevning ijodiy faoliyati asosan talabalik davridan boshlandi. O‘qib yurgan yillari quyidagi asarlarni yozdi: fortepiano uchun 5 ta pyesa, sonatina, raqs, fantaziya, 3 ta etyud, 3 ta prelyudiya, 2 ta variatsiya, 20 ta o‘zbek xalq kuy va qo‘shiqlarini garmoniyalashtirdi.
Talabalar konsertida «Oq oydin kechalar», «Rangim etdi za’faron» o‘zbekcha, «Guli surxu safed» tojikcha xalq qo‘shiqlarini va Zulfiya so‘ziga yozgan «Ozod qizman» nomli qo‘shiqni o‘zi ijro etib olqishlarga sazovor bo‘lgan.
P’esa, variatsiya, torli kvartetga syuita, vilonchel uchun 4 ta etyud, 3 ta p’esa, truba va klarnet uchun p’esalar yaratdi. Navoiy she’riga bastalagan «Dilistonim sen mening» romansi simfonik orkestr jo’rligida, ilk bor David Mullaqandov ijrosida shuhrat keltirdi.
Slayd 8
Urush yillari M.Leviyev «O‘zbek o‘g‘li» va «Sherzodlar» (V.Abdullayev so‘zlari), «Biz Vatan farzandlarimiz» va «Jang maydonimiz» (M.Shayxzoda so‘zlari), «Vatan chaqirig‘i» (T.To‘la so‘zi), yakkaxon, xor va orkestr jo‘rligida «Bog‘ ko‘cha» va «Farg‘ona» (Mirtemir so‘zlari), «Go‘zal oy» (T.To‘la so‘zlari) vatanparvarlik va lirik qo‘shiqlari; kompozitor M.Burhonov bilan hamkorlikda S.Abdulla, K.Otaboyev va Mirtemir so‘zlariga 5 qismli «O‘zbekiston 20 yoshda» vokal-simfonik syuitasi, A.Lohutiy bilan hamkorlikda «Surudi baxt» («Baxt qo‘shig‘i»), «Duxtari pur g‘ayrat» kabi qo‘shiqlari, lirik romanslari, Said Ahmadning «Sherzod va Gulshod», M.Shayxzodaning «Jaloliddin» dramalariga musiqa bastaladi. Xalqimizning sevimli spektakllaridan biri bo’lgan, O’zbek teatri durdonasi hisoblangan «Toshbolta oshiq» spektakliga musiqa bastalagan.
Slayd 9
U yaratgan «O‘zbek qizi ovozi», «Tinchlik uchun» (T.To‘la so‘zlari) xalq artisti, sevimli xonanda Halima Nosirova ijrosida juda mashhur bo‘lib ketdi. Umuman, 100 ga yaqin turli mavzularda, o‘zbek, tojik klassik va zamondosh shoirlarning she’rlariga jozibali qo‘shiq va romanslar yaratdi. Ular «Qo‘shiq va romanslar» (1958-yil), «Paxta bayrami» (1977-yil), «Hayot qo‘shiqlari» (1978-yil) to‘plamlarida chop etilgan. Zamonaviy qo‘shiq san’atini rivojlantirishda original qo‘shiq va romanslari bilan xalq mehriga tushgan kompozitor M.Leviyev «O‘zbekiston kuychisi» degan nomga sazovor bo‘ldi.
1948 yilda sahna yuzini ko‘rgan (qayta qo‘yilishi 1967-yil) Navoiyning «Sab’ai sayyor» dostoni asosida yozilgan «Suxayl va Mehri» (K.Otaboyev va V.Gubskaya librettosi) baleti.
Slayd 10
1949-yil Muqimiy nomidagi musiqali teatrda sahnada qo‘yilgan «Oltin ko‘l» (Uyg‘un pyesasi) musiqali dramasi (qayta tahriri 1952-yil) M.Leviyevga katta shuhrat keltirish bilan birga o‘sha muhitda zamonaviy o‘zbek professional musiqa san’ati tarixida birinchi mustaqil ravishda va milliy uslubda yaratilgan sahna asarlar ham edi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, kelgusida kompozitor teatr uchun musiqa bastalashga mehr qo‘ydi.
Slayd 11
Muqimiy nomidagi musiqali teatr uchun yaratgan «Toshbolta oshiq» (H.G‘ulom pyesasi, 1961-yil), «Ajab savdolar» (H.G‘ulom pyesasi, 1969-yil), «Zamonali – Omonali» (G‘.G‘ulomning «Shum bola» asari asosida H.G‘ulom pyesasi, 1973-yil.)
«Xizmatingizga tayyormiz» (F.Musajonov va B.Ixtiyorov pyesalari, 1981-yil) musiqali komediyalarini; «Kimga to‘y, kimga aza» (N.Safarov pyesasi, 1962-yil). «Nozik niholim» (Ch.Aytmatovning shu nomli qissasi asosida H.G‘ulom pyesasi, 1978-yil.), «Mangulik» (H.G‘ulom pyesasi) musiqali dramalari xalq orasida mashhurdir.
Slayd 12
Shu bilan birga M.Leviyev «Semurg‘» (Zulfiya va S.Somovalar pyesasi), «Yolg‘onchi darkor» (D.Peafisa pyesasi), «Baxt qo‘shig‘i» (Uyg‘un pyesasi), «Shohi so‘zana» (A.Qahhor pyesasi), «Muhabbat afsonasi» (N.Hikmat pyesasi), «Turkiya haqida hikoya» (N.Hikmat), «Jazoir mening vatanim» (Diba pyesasi), «Hamza» (K.Yashin va A.Umariylar pyesasi), «Mirzo Ulug‘bek» (M.Shayxzoda pyesasi) dramalariga ham musiqa bastaladi.
Slayd 13
Kompozitor M.Leviyev kinomusiqa san’atining rivojlanishiga ham o‘zining Benazir hissasini qo‘shdi. 1957-yilda I.Akbarov va M.Burhonovlar bilan hamkorlikda «Orol baliqchilari» va 1959-yili «Maftuningman» (rejissiyor Y.A’zamov) kinofilmlariga musiqa, mustaqil ravishda esa «Mahallada duv-duv gap» (rejissiyor Sh.Abbosov, 1960-yil), «Bloknotdan varaqa», «Sayyot qo‘ng‘irog‘i» (rejissiyor Y.A’zamov, 1966-yil), «O‘tgan kunlar» (rejissyor Y.A’zamov, 1969-yil) kinolariga juda ko‘p asarlar yaratdi.
Slayd 14
«Fizkulturachilar paradiga» maxsus yozilgan musiqa (1947-yil), «Yorqin yo‘l» (T.To‘la so‘zi, 1947-yil.), «Oq oltin» (M.Shayxzoda so‘zi 1958 y.) kantatalar, o‘zbek xalq cholg‘u asboblar orkestri uchun 5 qismli «Yoshlik» syuitasi, «Qahramonlik» uvertyurasi, «Shodiyona» poemasi xor va yakka ijrochi bilan, «Paxta bayrami» syuitasi, «Gulla, yashna O‘zbekiston» syuitasi va boshqalar. Orkestr va ansambl uchun «O’rik gullaganda» asarining ham muallifidir.
M.Leviyev ijodiy ishlari bilan respublikamiz musiqa san’atining rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shdi va katta musiqiy meros qoldirdi. U 1961-yili «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi», 1972-yili «O‘zbekiston xalq artisti», 1979-yili Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi. Bir necha medallar bilan taqdirlangan.
Slayd 15
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 16
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
XOR SAN’ATI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. San’at, musiqa va dizaynga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 24 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Musiqa, san’at va dizayn
VARIATSION SHAKL. RONDO SHAKLI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. San’at, musiqa va dizaynga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Musiqa, san’at va dizayn
COLOUR IDIOMS mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. San’at, musiqa va dizaynga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 18 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Musiqa, san’at va dizayn
AYOLLAR YUPKASINING NAMUNASINI TAYYORLASH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. San’at, musiqa va dizaynga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Musiqa, san’at va dizayn
MUSIQA DARSINING UMUM DIDAKTIK TAMOYILLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. San’at, musiqa va dizaynga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Musiqa, san’at va dizayn
LAD. MAJOR LADI VA TONALLIKLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. San’at, musiqa va dizaynga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Musiqa, san’at va dizayn
KUY VA UNING ASOSIY ELEMENTLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. San’at, musiqa va dizaynga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 34 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Musiqa, san’at va dizayn
KATTA VA TAYYORLOV GURUHLARIDA MUSIQIY FAOLIYATGA O‘RGATISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. San’at, musiqa va dizaynga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 27 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Musiqa, san’at va dizayn
O‘ZBEKISTONDA MAQOM IJROCHILIGI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. San’at, musiqa va dizaynga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Musiqa, san’at va dizayn
KENG ASSORTIMENTDAGI LIBOSLARNI BADIIY BEZASH USULLARI VA VOSITALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. San’at, musiqa va dizaynga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 42 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Musiqa, san’at va dizayn












Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.