Bolalar musiqa tinglash faoliyati metodikasi

4000 so'm


Bolalar musiqa tinglash faoliyati metodikasi

 

 

Slayd 1

Musiqa tinglashga doir metodik tavsiyalar

Slayd 2

Reja:
Bolalarning musiqa tinglash faoliyati
Maktabgacha yoshdagi bolalarda qo’shiq kuylash ko’nikmalarini shakllantirish

Slayd 3

Bolalarning musiqa tinglash faoliyati
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqa mashg’ulotlari bolalarning quyidagi faoliyat turlari asosida tashkil yetiladi: musiqa tinglash, qo’shiq kuylash, musiqiy-ritmik harakatlarni bajarish, musiqiy savodxonlik, bolalar musiqa asboblarida ijro yetish, musiqiy-ijodiy faoliyat. Ushbu musiqiy faoliyat turlarining har biri ustida to’xtalib o’tamiz

Slayd 4

Musiqa tinglash
Musiqa tinglash – bolalar musiqiy faoliyatining yetakchi turlaridan biri hisoblanadi. Musiqa tinglashning bolalar musiqiy savodxonligi tarkib topishida ahamiyati beqiyosdir. Musiqani tinglamay turib, bolalar musiqa madaniyatini o’zlashtirishlari, milliy va dunyo musiqa san’ati durdonalaridan bahramand bo’lishlari, ular bilan yaqindan tanishishlari, musiqaning ifoda vositalarini chuqur o’rgatishlari, musiqa san’atiga mehr-muhabbatlari hosil bo’lishini tasavvur yetib bo’lmaydi. Bolalarda bunday sifatlarning shakllanishida musiqa tinglash jarayonining ahamiyati kattadir.

Slayd 5

V.I.Petrushin o’zining «Musiqa psixologiyasi» asarida musiqa idrokiga alohida to’xtalib o’tadi. Uning fikricha, tinglovchi biror bir musiqiy asarni tinglaganda, uning muallifi va kuyning nomini avval yeshitgan bo’lsa, uni darhol aniqlay oladi. Har bir musiqiy asar insonning hayoti davomida orttirgan taassurotlari, kechinmalarini uyg’otadi. Lekin tinglovchi musiqiy asarni tinglaganda, musiqaning ifoda vositalari orqali o’zining yemas, balki kompozitorning kayfiyati, his-tuyg’ularini anglashi kerak.

Slayd 6

Har bir kishining musiqiy didi uning turar joyi, yashash tarzi va uni o’rab turgan ijtimoiy muhit bilan chambarchas bog’liq, deb hisoblaydi. Olim «… Musiqiy idrok tafakkurning boshlang’ich bosqichidir», deydi.
Olimning yuqoridagi fikrlaridan kelib chiqib, shunday xulosaga kelish mumkin:
Musiqani idrok yetish bolaning yeshitish qobilyati bilan bog’liq.
Bola musiqani idrok yetganda oldin yegallangan taassurotlari ko’z oldida gavdalanadi.
Bolaning musiqiy didi u yashayotgan ijtimoiy (makro, mikro) muhit bilan bevosita bog’liq.
Musiqani idrok yetish taffakur qilish jarayonining boshlang’ich bosqich-laridan biridir.

Slayd 7

N.A.Vetlugina o’zining «Musiqani idrok yetish» nazariyasida musiqaning nihoyatda ta’sirchanligi va uni idrok yetish jarayoni bilan bog’liq bo’lan qonuniyatlarni ochib bergan. N.A.Vetlugina musiqiy asarlarni idrok yetish muammosini har tomonlama tahlil yetgan olimadir. U musiqa tinglashning ahamiyati, ijro yetishdan ko’ra musiqa tinglash kishi ruhiyatiga ko’proq ta’sir yetishiga alohida urg’u beradi. N.A.Vetlugina musiqa tinglash jarayonini tashkil yetish metodikasi haqida fikr bildiradi. Maktabgcha yoshdagi bolalarni har xil mazmundagi kuy va qo’shiqlarni tinglashga o’rgatar yekanmiz, tinglash jarayonini tashkil yetishning samarali usullarini aniqlab olishimiz lozim.

Slayd 8

Tinglovchi o’zining ijrosi bilan uyg’unlashib, undan zavq oladi va musiqani tinglash uning kundalik hayotiga aylanib qoladi.
Tinglovchi o’zini, butun vujudini musiqa ummoniga g’arq yetib, qalbi bilan uni his yetib, haqiqiy musiqa bilimdoni sifatida tinglaydi.
Bu fikr bilan B.V.Asafev musiqani hamma har xil tinglashini ta’kidlaydi. Musiqa san’atini yaxshi tushunadigan, biladiganlar boshqacha va shunchaki havaskorlar boshqacha tinglashini uqtiradi. Albatta, musiqashunos musiqani idrok yetganda asarning ijodkori, uning shakli, xarakteri, janri haqida bemalol fikr yurita oladi. Havaskor yesa musiqa tinglaganda, faqatgina musiqaning xarakteri, badiiy obrazi haqida qisman tushuncha bera oladi.

Slayd 9

Musiqani bilishning ikkinchi bosqichida bola asar haqida o’z fikrini aytishi, uning g’oyaviy-badiiy mazmuniga baho berishi, asarning xarakter xususiyatlarini tahlil qilishi lozim. Bunda tanqidchilik, san’atshunoslik va hokazolarda muallif va uning asarlari haqida insoniyat to’plagan bilimlar mujassamlashadi. Musiqani tinglash yakkanavoz va jo’rovozlikni ajrata bilish, sozlar va sozlar tembrini ajrata olish, musiqiy did va idrokni rivojlantirish, o’zbek, qardosh va jahon xalqlari bastakorlari asarlaridan namunalar tinglash kabi musiqiy-nazariy bilimlarni o’z ichiga oladi.

Slayd 10

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning yosh xususiyatlariga mos bo’lgan, o’z tuzilishi, mazmuni jihatdan go’zal, yuksak g’oyalarni, o’tmish va kelajakni aks yettiruvchi musiqa asarlarining yangrashi maqsalga muvofiq. Bolalar oilada, radio, televideniye orqali, shuningdek, teatr, kontsert va boshqa jamoatchilik joylarida musiqa bilan doimo oshno bo’ladilar, ya’ni bolalarning hafta davomida tinglaydigan musiqa ko’lami haftadagi bir soatlik mashg’ulotdan bir necha bor ko’pdir. Ammo ular tinglaydigan musiqa asarlarining hammasi ham bolalar yoshiga mos yemasligi va ular musiqani badiiy-g’oyaviy jihatdan hamma vaqt ham maqsadga muvofiq idrok yeta olmasligini hisobga olish lozim. Shuning uchun ham musiqa mashg’ulotlarida musiqani tinglash jarayoni bolalarning hayotiy musiqiy faoliyatiga nisbatan pedagogik maqsadga muvofiq yekanligi bilan farq qiladi va badiiy-axloqiy tarbiya berishga yo’naltirilgan vosita sifatida muhim rol o’ynaydi.

Slayd 11

Musuqiy didni rivojlantirish

Slayd 12

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 13

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Bolalar musiqa tinglash faoliyati metodikasi” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar