Ravon nutqni shakllantirish metodikasi
4000 so'm

Slayd 1
Ravon nutqni shakllantirish
Slayd 2
Reja:
Kirish.
Ravon nutqni shakllantirish vazifalari.
Ravon nutqning turlari.
Ravon nutq mohiyati.
Xulosa.
Tayanch tushunchalar: ravon nutq, dialog muloqot, muomala, individuallararo, ichki individual, umuminsoni.
Akustik va artikulatsion jihat, imitatsiya metodi.
Slayd 3
Ravon nutq tushunchasi va uni rivojlantirish vazifalari.
Ravon nutq – bu kishilarning muloqotini va o‘zaro bir-birlarini tushunishlarini ta’minlovchi mazmunan keng yoyilgan fikrdir. Ravon nutqni fikrlar dunyosidan ajratib bo‘lmaydi: ravon nutq bu fikrlar ravonligidir, unda bolaning mantiqiy fikrlash, o‘zi qabul qilayotganlarini mulohaza qilish va ularni to‘g‘ri ifodalash qobiliyati aks etadi. Ravon nutqni shakllantirish, uning vazifasini o‘zgartirish murakkablashib borayotgan bola faoliyati oqibati bo‘lib, u bolaning atrofdagilar bilan muloqotga kirishish sharoiti, muloqot shakliga bog‘liq bo‘ladi. Maktabgacha yoshda u muloqot va ta’lim jarayonida shakllanadi. Ravon nutqning shakllanishi ilk yoshdan boshlab asta-sekin ro‘y beradi. Bolalar hayotining dastlabki yetti yilida atrofdagi kishilar bilan muloqot vositasi sifatida nutqning paydo bo‘lishi va uni rivojlantirish jarayoniga alohida e’tibor qaratish zarur. Har bir kishi hayotida ravon nutq muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u uchta asosiy vazifani bajaradi: individuallararo, ichki individual va umuminsoniy. Til millatning noyob xazinasi bo‘lib, doimo og‘zaki va yozma holda, namoyon bo‘lgan. Boy, yorqin, maroqli nutq so‘zlayotgan kim bo‘lishidan qat’i nazar, nuri hisoblanadi. Tilning olijanob imkoniyatlar nutq orqali nutq jarayonida ochiladi. Nutq bo‘lmas ekan tilning cheksiz imkoniyatlari yuzaga chiqmay qolaveradi.
Slayd 4
So‘z va g‘azal sultoni A. Navoiy til va nutq munosabatlarini shunday izohlaydi. «Til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq noma’qul bo‘lib chiqsa tilning manfaatidir». Demak, til qanchalik zo‘r bo‘lmasin, u nutq uchun qurol sifatida xizmat qilar ekan. Uning kuch, qudrati nutq jarayonida namoyon bo‘lar ekan. Agar til o‘q bo‘lsa, nutq kamondir. O‘qning qudrati, kamonning qudratiga ham bog‘liq. Ma’lumki til inson aqlining, faoliyatining eng oliy va asosiy vositasidir. Chunki insonni boshqa jonzotlardan ajralib turadigan ham til emasmi?! Shunday ekan, inson aqliy faoliyatining eng oliy mahsullari tafakkur mevalari til, nutq orqali ro‘yobga chiqadi. Til tafakkur mahsulining hayotga tatbiq etilish vositasi bo‘luvchi qudratli quroldir.
Slayd 5
Nutq vazifasi uning ontogenezdagi haqiqiy rivojlanish jarayoni bosqichini aks ettiradi, ularning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga egadir:
1-Vazifasi – individuallararo – kishilar o‘rtasidagi muloqot vositasidir. Ushbu holatda nutq og‘zaki nutq – monolog, dialog, bir nechta odamlar suhbati sifatida chiqadi
2-Vazifasi – ichki individual – bu yerda nutq ko‘plab ruhiy jarayonlarni (fikrlash, diqqat-e’tibor, xotira, tasavvur va boshq. ) Aniq-tiniq anglash darajasiga ko‘targani hamda shaxsga ruhiy jarayonlarni tartibga solish va nazorat qilish imkonini bergani holda ularni amalga oshirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi
3-Vazifasi – umuminsoniy – bu o‘rinda nutq alohida bir odamga umuminsoniy ijtimoiy-tarixiy tajriba xazinasidan axborot olish imkonini beradi. Ushbu holatda u grafik ramzlar va belgilarda moddiylashtirilgan yozma nutqdir
Slayd 6
Ta’lim muassasalarida o‘qitish ikki shaklda amalga oshiriladi:
A) erkin nutqiy muloqotda;
B) maxsus mashg‘ulotlarda.
Dialog ko‘proq erkin nutqiy muloqotda paydo bo‘ladi va u bolalar lug‘atini boyitishning talaffuzga oid grammatik ko‘nikmalarini tabiiy ravishda rivojlantirish bazasi, ravon nutq ko‘nikmalariga ega bo‘lish bazasi hisoblanadi.
Dialog maxsus mashg‘ulotlarda o‘qitiladi (oyiga 1–2 ta mashg‘ulot); Ta’lim muassasalarida bo‘lib turgan vaqti mobaynida bola erkin muloqotda pedagog va boshqa bolalar bilan muloqotga kirishadi. Uyda esa kattalar bola bilan turli mavzularda dialogga kirishishlari lozim. Dialogik nutqni (yoki og‘zaki nutqni) o‘rgatish odatda suhbat shaklida, ya’ni kattalar bilan bola o‘rtasida hamda bolalarning o‘zlari o‘rtasida fikr almashish shaklida ro‘y beradi. Dialogik ravon nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg‘ulotlar suhbat metodi (suhbat) va imitatsiya metodi asosida o‘tkaziladi.
Slayd 7
Mazkur metodlar ko‘pincha quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi: Tayyorgarlik suhbati (so‘zlashish) usullari; Teatrlashtirish usullari (imitatsiya, qayta aytib berish).
Tayyorlangan suhbatning quyidagi vazifalari mavjud: To‘g‘ridan-to‘g‘ri bolalarni suhbatlashishga, ya’ni suhbatdoshi so‘zlarini bo‘lmasdan tinglash, luqma tashlash uchun qulay paytni kutgani holda o‘zini tutib turish, suhbatdoshi uchun tushunarli qilib so‘zlash; Yo‘ldosh – talaffuz va grammatik ko‘nikmalarni mashq qilish, ma’lum so‘zlar ma’nosini aniqlashtirish. Suhbat jarayonida tarbiyachi savollar, topishmoqlar, badiiy so‘z kabi turli usullardan foydalanadi. Bu usullarning barchasi suhbat paytida bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini yo‘naltirish, nutqiy muloqotni ta’minlash, bolalar fikrlarini, ularning diqqat-e’tiborlarini, xotiralarini, emotsiyalarini faollashtirishga yordam beradi.
Slayd 8
Ravon nutq mohiyati. Maktabgacha yoshdagi bolalarga nisbatan nutqning ikki shaklini – dialogik va monologik shakllarini ko‘rib chiqish lozim. Dialog ikki yoki bir necha so‘zlovchining biron-bir vaziyat bilan bog‘liq mavzudagi fikrlarining almashinuvi bilan tavsiflanadi. Dialogda, yuklamalardan foydalanilgan holda, sintaksik jihatdan sodda bo‘lgan darak, undov (iltimos, talab), so‘roq gaplarning barcha turlari namoyon etilgan. Til vositalari imo-ishoralar, mimika bilan kuchaytiriladi. Tarbiyachi shunday vaziyatni yaratishi kerakki, unda bolalar turli xil til vositalaridan foydalangan holda dialog tuzish– so‘rash, javob berish, tushuntirish, iltimos qilish, luqma tashlash va h. k. Zaruratiga duch kelsin. Ushbu maqsadda bolaning oiladagi, maktabgacha ta’lim muassasasidagi hayoti, uning do‘stlari va kattalar bilan munosabatlari, uning qiziqishlari va taassurotlari bilan bog‘liq turli xil mavzularda suhbat o‘tkazishdan foydalanish lozim. Aynan dialogda suhbatdoshni tinglash, savollar berish, mazmundan kelib chiqqan holda javob berish qobiliyati rivojlanadi.
Slayd 9
Qayd etilgan malaka va ko‘nikmalar monologik nutqni rivojlantirish uchun ham zarurdir. Tengdoshlar bilan dialogik muloqotni yo‘lga qo‘yish uchun kooperativ tusdagi faoliyat muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur faoliyat astasekinlik bilan shakllanadi. Dastlab bolalar ro‘y berayotgan hodisalarni sharhlagan holda, yaqinda turib harakat qiladilar. Ushbu vaziyatda nutq tengdosh bolaning mavjud bo‘lishi va u bilan so‘zlashish imkoniyati orqali rag‘batlantiradi hamda u o‘z faoliyatini rejalashtirish va tashkil etish, shuningdek, ijtimoiy muloqot o‘rnatish funksiyasini bajaradi. Bolalar o‘rtasidagi muloqot asosan amaliy xususiyatga ega. Dialog ko‘pincha shunday shaklga olib boriladiki, bunda bola sherigining qisqa luqmalariga harakat bilan javob beradi yoki ro‘y berayotgan hodisaga nisbatan o‘z munosabatini nonutqiy vositalar yordamida ifodalaydi. Ular orqali bolalar bir-biriga e’tibor berishni, do‘stlarini tovushidan bilib olishni, tashqi ko‘rinish detallarini sezishni, nutqiy muloqot qilishni o‘rganadigan ko‘plab xalq o‘yinlari mavjud. Dialog muloqotini yo‘lga qo‘yish uchun stol o‘yinlari va chop etilgan («loto», «domino») o‘yinlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Slayd 10
Juft bo‘lib o‘ynashda bolalar dialogik hamkorlik qilish usullarini: navbatga rioya qilish, bir-biriga xushmuomalalik bilan murojaat qilish, o‘z nuqtayi nazarini dalil-isbotlar bilan himoya qilish, fikrlarini sherigi bilan muvofiqlashtirishni o‘rganadilar. Bunday o‘yinlarda biluvchanlikning asosi sifatida nutqiy topshiriqlarning har xil turlari ishtirok etishi mumkin, masalan: berilgan tovushli so‘zlarni tanlab olish, akustik va artikulatsion jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan tovushlarni tabaqalashtirish, umumlashtiruvchi nomlarni tasniflash, rasmlar turkumi asosida birgalashib hikoya qilish va h. k.
Slayd 11
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 12
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
AN’ANAVIY, RIVOJLANTIRUVCHI VA INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
INKLYUZIV TA’LIMNI AMALIYOTGA JORIY ETISH MASALALARI VA MAVJUD TO‘SIQLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ALALIYA NUTQ KAMCHILIKLARI BO‘LGAN BOLALARDA LOGORITMIK MUSIQIY RITMIK TARBIYAVIY ISH USULLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 34 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
PEDAGOGIK FIKRLARNING ILK MANBALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
CURRENT ISSUES IN AMERICAN EDUCATION SYSTEM mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 24 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
XX ASR JAHON TA’LIM TIZIMIDA GLOBAL TENDENSIYALAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ALGEBRAIK MATERIALLARNI O‘RGATISH METODIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH TA’LIM PEDAGOGIKASINING ASOSIY RIVOJLANISH DAVRLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 45 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
STEAM TA’LIM TEXNOLOGIYASINI MAKTABGACHA TA’LIMDA QO‘LLASH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ECO TOURISM mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 38 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DARSDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL QILISH METODIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DIKTANT VA UNING TURLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim












Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.