Raqamlashtirishning rivojlanishi va istiqbollari
4000 so'm

Slayd 1
Raqamlashtirishning rivojlanishi va uning istiqbollari
Slayd 2
Reja:
Iqtisodiyotning barcha sohalariga raqamli texnologiyalarni joriy etish zarurligi.
O’zbekistonda raqamli iqtisodiyot taraqqiyotidagi ilmiy muammolar tahlili.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 dekabrdagi Pf-5598-sonli Farmonida belgilangan vazifalar.
Slayd 3
Bizga ma’lumki hozirgi tezkor rivojlanib kelayotgan mamlakatlarning asosiy iqtisodiy madaniy va boshqa sohalarining asosiy negizi raqamlashtirilgan. Bu esa hozirgi XXI asrning asosiy ko’rinishi desak mubolag’a bo’lmaydi. Shu nuqtai nazardan mamlakatimizda ushbu sohani takomillashtirish maqsadida ko’plab amaliy ishlar olib borilmoqda. Misol tariqasida Prezidentimizning quyidagi fikrlariga nazar solsak «Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan Raqamli iqtisodiyot milliy konsepsiyasini ishlab chiqishimiz kerak. Shu asosda «Raqamli O’zbekiston-2030″ dasturini hayotga tatbiq etishimiz zarur», – dedi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev «Raqamli iqtisodiyotga o’tish» konsepsiyasini ishlab chiqishda axborot xavfsizligiga alohida etibor berish kerak ekanligini ta’kidlab o’tdi.
Slayd 4
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga yo’llagan murojaatnomalarida 2020 yilni – «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili» deb e’lon qildilar. Shuni mamnuniyat, g’urur va iftixor bilan ta’kidlash mumkinki, bu murojaatnoma nafaqat 2020 yil uchun qo’llanma va yo’llanma vositasida, balkim, O’zbekistonni yaqin o’rta muddatga taraqqiyot yo’lini belgilab beruvchi Dastur sifatida fundamental ahamiyatga ega bo’lgan tarixiy hujjat sifatida baholash mumkin. Umuman, har qanday fan, jumladan, iqtisodiyot, qolaversa, jamiyat matematika yutuqlaridan o’rinli foydalanmasa yuksaklikka erisha olmaydi.
Slayd 5
Jahon tajribasida ilmfan rivojiga asoslanib keskin rivojlanishga erishgan va erishayotgan Aqsh, Yaponiya, Koreya, Malayziya, Singapur, Xitoy, Rossiya kabi qator davlatlarni misol qilib keltirish mumkin. Shuningdek, «Joriy yilda matematika, kimyo-biologiya, geologiya kabi yo’nalishlarda fundamental va amaliy tadqiqotlar faollashtirilib, olimlarga barcha shart-sharoitlar yaratilib beriladi», deb aniq va ravon ko’rsatilgan. Murojaatnomada «Raqamli O’zbekiston – 2030 dasturini ishlab chiqishni ikki oy muddatda yakunlash lozim», deb aniq vazifalar belgilandi. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda Prezident Sh. Mirziyoyevning 2018-yil 18-dekabr Oliy Majlisga murojaatnomasida navbatida, puxta matematik ko’nikmalarni taqozo etadi.
O’zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishiga turli iqtisodiy islohotlar bilan birgalikda raqamli iqtisodiyot faoliyatini jamiyatda keng targ’ib qilishning o’ziga xos va mos foydali jihatlarini ochib berish.
Slayd 6
Bugungi kunda keng targ’ib etilayotgan raqamli iqtisodiyot ichki iqtisodiyotning rivojlanishida mamlakatlarning global iqtisodiyotga integratsiyalashuv darajasiga bevosita bog’liqdir. Hozirgi kunda raqamli iqtisodiyotning etakchi davlatlari YaIMdagi ulushi yil sayin o’sib bormoqda. Masalan, uning Aqsh iqtisodiyotidagi ulushi 10,9 foiz, Rossiyada 3,9 foiz, Hindistonda 5,5 foiz, Belarusda 6,5 foiz va Xitoyda 10 foizni tashkil etadi3. Tashqi iqtisodiy aloqalarning barqarorligi va diversifikatsiyasi milliy iqtisodiyotning rivojlanish dinamikasi va barqarorligiga, uning tarkibini shakllantirishga, faoliyat samaradorligiga sezilarli ta’sir ko’rsatishi raqamlar misolida namoyon bo’lmoqda.
Slayd 7
Davlatimiz rahbari tomonidan «Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida raqamli infratuzilmani yanada modernizatsiya qilish chora tadbirlari to’g’risida»gi Pq-3832 qarorining qabul qilinishi raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish, undan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va zamonaviy infratuzilmani qo’llashda muhim dasturi amal hisoblanadi.
Dunyo mamlakatlari singari O’zbekistonda ham raqamli iqtisodiyot rivojlanib bormoqda. Kundalik hayotimizga axborot-texnologiyalarini tadbiq qilinishi ortidan oddiy insonlar uchun ko’plab imkoniyatlar yaratilmoqda. Lekin shuni ham ta’kidlab o’tish joizki, O’zbekistonda raqamli iqtisodiyot bir necha barobar sekin rivojlanmoqda. Ya’ni imkoniyat bor, kerakli resurslar mavjud, lekin rivojlanish darajasi boshqa mamlakatlarga nisbatan ancha past.
Slayd 8
O’zbekistonda raqamli iqtisodiyot taraqqiyoti borasida hal qilinishi kerak bo’lgan qanday ilmiy muammolar mavjud. Bular qatorida quidagilarni ko’rsatishimiz mumkin:
Internet tezligining pastligi va sifatsizligi;
Ko’plab sohalardagi monopoliya;
Fuqarolarda kompyuter savodxonligining pastligi;
Qonunchilikning shaffof emasligi;
Axborot-texnologiyalari bo’yicha mutaxasislarning yetishmasligi;
Ilm-fan va ayniqsa aniq fanlar rivojlanishining sustligi
Bizyuqorida sanab o’tgan muammolarga bosqichma-bosqich dunyo tajribasidan kelib chiqqan holda yechim topsak, albatta O’zbekiston ham raqamli iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy oladi.
Slayd 9
Raqamli iqtisodiyot rivojlanishining boshqa afzalliklarini ham keltirib o’tamiz:
Ishlab chiqarishda mehnat samaradorligini oshirish;
Kompaniyalarning raqobatdoshligini oshishi;
Ishlab chiqarishdagi harajatlarning kamayishi;
Yangi zamonaviy kasblar paydo bo’lishi;
Kambag’allikni yengish va ijtimoiy tengsizlikning yo’qolishi
Yuqoridagilar raqamli iqtisodiyotning bor yo’g’i bir nechta afzalliklari hisoblanadi
Slayd 10
Dunyo olimlarining Ta’kidlashicha, raqamli texnologiyalar iqtisodiyotga bog’liq 50 foizdan ortiq sohalarni keskin o’zgartirib yuboradi. Ushbu qarash axborot texnologiyalari va raqamli platformalar biznes modellarni keskin o’zgartirib, ularning samaradorligini vositachilarni bartaraf etishi va jarayonlarni optimallashtirishiga asoslangan. Jahon banki hisob-kitoblariga binoan, tezkor internet foydalanuvchilarining 10 foizga ko’payishi yillik YalM ko’lamini 0,4 foizdan 1,4 foizgacha oshirishi mumkin ekan.
Slayd 11
Aholining internet bilan ta’minlanganligi (100 ta doimiy aholiga birlik hisobida)
2016, 2017, 2018, 2019, 2020.
Jismoniy shaxslarga 25.8, 29.1, 33.2, 39.1, 56.2,
Jami 26,6 30.2, 34.5, 40.4, 58.4.
O’tishni soddalashtirish, aholi turmushi sifatini oshirish, investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan elektron hukumatni, shu jumladan davlat xizmatlarini ko’rsatish tizimini modernizatsiya qilish va rivojlantirish borasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 dekabrdagi «O’zbekiston Respublikasi davlat boshqaruviga raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat hamda axborot tizimlarini joriy etish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida» gi Pf-5598-sonli Farmoni bunga yaqqol misol bo’la oladi.
Slayd 12
2020 yilda ijtimoiy soha ob’ektlariga qadar alanish imkonini beyuqori tezlikdagi telekommunikatsiya xizmatlaridan foydruvchi optik tolali aloqa liniyalari tashkil etish bo’yicha keng ko’lamli ishlar olib borilgan. Jumladan, 5 834 ta maktabgacha ta’lim ob’ektlariga qadar 3 625 km. , 3 401 Ta sog’liqni saqlash ob’ektlariga qadar 2 213 km. Va 9 471 ta xalq ta’limi ob’ektlariga qadar 11 625 km. Optik tolali aloqa liniyalari tashkil etilgan.
Bu faktlarning barchasi raqamlashtirishning mukammal darajda qo’llanishi natijasida Kompaniya faol ijtimoiy faoliyatini yuritibgina qolmay, ongli ravishda mamlakatning ilgari boruvchi va har tomonlama uyg’un rivojlanishiga yo’naltirilgan sezilarli ijtimoiy yuklamani o’z zimmasiga olishini ham ko’rsatadi.
Slayd 13
Xulosa
Rivojlanish uchun insoniyat hayotining yengil darajaga keltirishni maqsad qilgan holda amalga oshirilsagina aniq bir rejani qo’llasa bo’ladi. Insoniyat taraqqiyotining hozirgi davri va yaqin istiqbolida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimining sifat jihatdan rivojlanishi raqamli texnologiyalarni keng joriy etish bilan bevosita bog’liq bo’lib bormoqda. Mamlakatimiz taraqqiyotining istiqboli ham raqamli iqtisodiyot rivojlanishi va raqamli texnologiyalarning qamrov darajasiga tayanadi.
Slayd 14
Nazorat uchun savollar:
Iqtisodiyotning barcha sohalariga raqamli texnologiyalarni joriy etish zarurligi nimada?
O’zbekistonda raqamli iqtisodiyot taraqqiyotidagi ilmiy muammolar tahlili nimalardan iborat?.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 dekabrdagi Pf-5598-sonli Farmonida qanday vazifalar belgilangan?
Slayd 15
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 16
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
INKLYUZIV TA’LIMNI AMALIYOTGA JORIY ETISH MASALALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
STEAM TA’LIM TEXNOLOGIYASINI MAKTABGACHA TA’LIMDA QO‘LLASH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BIOLOGIYANI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN METODLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DEZOKSIRIBONUKLEN KISLOTA VA RIBONUKLEN KISLOTALARNING TUZILISHI VA FUNKSIYASI MAVZUSINI O‘QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOLALARNI ASHULA AYTISH, MUSIQA TINGLASH VA MUSIQIY RITMIK HARAKATLARGA O‘RGATISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. San’at, musiqa va dizaynga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Musiqa, san’at va dizayn
ALGEBRAIK MATERIALLARNI O‘RGATISH METODIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKASINING MAZMUNI VA KETMA KETLIGI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 11 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA IJTIMOIY KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
INKLYUZIV TA’LIMNI AMALIYOTGA JORIY ETISH MASALALARI VA MAVJUD TO‘SIQLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BIOLOGIYA O‘QITUVCHISI FOYDALANADIGAN LOKAL TEXNOLOGIYALARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 10 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA JISMONIY TARBIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
AN’ANAVIY, RIVOJLANTIRUVCHI VA INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim












Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.