Shimoliy Amerika AQSH va Kanada geografiyasi
4000 so'm

Slayd 1
Shimoliy Amerika. Aqsh va Kanada
Slayd 2
Slayd 3
Aqsh – hududining kattaligi bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turadi. Maydoni 9 363,2 ming km2. Aqsh uch qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismi, asosiy hudud – 48 shtatdan iborat, butun mamlakatning 4/5 qismini egallaydi. Bu hudud to‘rtburchak shaklda bo‘lib, sharqdan g’arbga 4,7 ming, shimoldan janubga 3 ming km ga cho‘zilgan. Qolgan hududlari Alyaska shtati va Gavayi orollaridan iborat.
Slayd 4
Davlat tuzumi bo‘yicha Aqsh 50 shtatdan tashkil topgan federativ respublika. Davlat boshlig’i prezident, u 4 yil muddatga saylanadi. Oliy qonunchilik organi – Kongress (vakillar palatasi va Senat). Har bir shtat o‘z konstitutsiyasi, o‘z qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi organlariga, saylab qo‘yiladigan gubernatoriga, shu bialan birga o‘z ramzlariga ega. Shtatlardan tashqari Kolumbiya federal okrugi mavjud bo‘lib, uning hududida mamlakat poytaxti Vashington joylashgan.
Slayd 5
Mamlakat relefi katta tafovutlarga ega emas. Mamlakat hududining katta qismini Kordilera tog’lari, yassi tog’lar va platolar egallaydi. Kordilera tog’larining sharqiy chetlarida Qoyali tog’lar ko‘tarilgan. Mamlakatning eng baland nuqtasi Alyaskadagi Mak-Kinli cho‘qqisi (6193 m.) Sharqda Appalachi tog’lari cho‘zilgan (2037 m). Kordilera va Appalachi tog’lari oralig’ida keng ichki tekisliklar (Markaziy, Buyuk) va Meksikabo‘yi pasttekisligi joylashgan. Aqsh ning asosiy hududida foydalanishga yaroqsiz yerlar kam. Bunday hududlarga Kordilera va Appalachining balandlik qismlari, shuningdek Atlantika okeani bo‘yidagi pasttekisliklarning botqoqlashgan joylari kiradi. Alyaska va Gavayi shtatlarida yerlarning katta qismi foydalanishga yaroqsizdir.
Slayd 6
Slayd 7
Yog’inlar 100 mm (Moxav cho‘lida) dan, tog’larda 3000 mm gacha va undan ko‘p tushadi
Yanvarning o‘rtacha harorati Alyaskada -250S dan, Florida yarim orolida +200S gacha. Iyulning o‘rtacha harorati g’arbiy qirg’oqbo‘yida +14..+220S dan, +16..+260S gacha.
Slayd 8
Slayd 9
Aholisi. Aqsh aholisi 316 025 000 kishi. Aqsh hududidagi tub joy aholi hindu qabilalaridan tashkil topgan bo‘lib, XVI asrdan boshlab yevropaliklar kolonizatsiyasi boshlangandan keyin izchillik bilan hindular yo‘q qilib yuborilgan. (Ma’lumot uchun: Aqsh hududida istiqomat qilgan yuzlab qabilalar ichida eng kattalari: Atlantika qirg’oqbo‘yida delavarlar, lenni-lenaplar, Buyuk ko‘llar atrofida irokezlar, Buyuk tekisliklar hududida siular, Texas va Meksikada apachilar, Kaliforniyada komanchilar, Floridada seminollar, Qoyali tog’lar va Kordilerada shoshonlar kabilardir. Bu qabilalarning har birining tarkibiga bir qancha kichik qabilalar kirgan). Alyaskada eskimoslar yashaydi.
Slayd 10
Yevropaliklarning avlodlari aholining 77,1% ini (ular orasida nemislar, inglizlar, shotlandlar, irlandlar, italyanlar, yahudiylar, polyaklar, ukrainlar diasporalari ko‘p sonlidir), afroamerikaliklar – 12,9% ni, Osiyoliklarlar 4,2% ni, tub joy aholi 1,8% ni, qolganlar (asosan lotin amerikaliklar) 4% ni tashkil etadi.
Yillik o‘sish 10‰. AQShda yillik o‘sish tobora pasayib bormoqda. 1960-1964 Yillar davomida ko‘rsatkich 22‰ , 1983 -1986 yillarda 15,5‰ bo‘lgan. Endilikda tabiiy o‘sishning pasayib borishi an’anaviy tus olmoqda.
O‘rtacha yosh 35,8 yosh, o‘rtacha umr davomiyligi 77 yosh.
Slayd 11
Aqsh aholisining yosh tarkibi aholi qatlamlari bo‘yicha aniq seziladi. Hindu va negr aholining yosh tarkibidagi salmog’i barcha yosh guruhlari bo‘yicha juda past, chunki aholi tabaqalarining hayot tarzi shuni taqozo qiladi.
Aqsh aholisining jinsiy tarkibida katta tafovut yo‘q. Erkaklar 49%, ayollar 51% ni tashkil qiladi.
Diniy tarkibi juda turli tuman bo‘lib, aholining qayerdan ko‘chib kelganligi bilan bog’liqdir. 260 Dan ortiq cherkovlar ro‘yxatga olingan va ularning har biri 50 mingdan ortiq qavmga ega. Protestantlar 55% (Angliya va Skandinaviya davlatlaridan kelganlar), katoliklar 37% (Italiya, Ispaniya va Polshadan kelganlar), pravoslavlar (Rossiya, Gretsiyadan kelganlar), hinduistlar (hindlar), musulmonlar (arablar, turkiylar).
Slayd 12
Aholi zichligi 32 kishi. Mamlakat aholisining 70% dan ortig’i, mamlakat hududining 12% ida yashaydi. Dengiz bo‘yida zichlik 350-400 kishidan, tog’li shtatlarda 2-3 kishigacha farq qiladi. AQShda aholi joylashuvi shaharlar geografiyasi bilan bog’liqdir. Shaharlar soni 9 mingdan oshadi. Urbanizatsiya darajasi 78%. 1950 yilda AQShda 170 shahar aglomeratsiyasi hisoblangan bo‘lsa XX asrning 80 yillariga kelib 300 ga yetdi. Millioner shaharlar Aqsh da 6 ta bo‘lgani holda, millioner aglomeratsiyalar 40 taga yetadi.
Slayd 13
Mamlakat Shimoliy Amerikada joylashgan. Geografik o‘rnining o‘ziga xosligi quruqlikda faqat bitta davlat bilan chegaradoshligi va uchta okean bilan bevosita o‘ralganligidir. Aqsh bilan asosan janubdan va Alyaska shtati bilan shimoli-sharqdan chegaradosh, quruqlik chegaralarining umumiy uzunligi 8893 km, shundan 2477 km Alyaska bilan chegarasining uzunligidir. Shimoldan Shimoliy Muz okeani, sharqdan Atlantika va g’arbdan Tinch okeanlari bilan bevosita chegaralanadi, qirg’oq chiziqlarining uzunligi 243791 km. Mamlakat hududining maydoni 9 976 140 km2, bu jihatdan dunyoda 2-o‘rinda turadi. Shimoliy Muz okeanidagi orollar hisobiga uning hududi qutb doirasidan 800 km ichkariga kirib boradi. Kanada hududi tarkibiga Baffin Yeri, Viktoriya, Elsmir, Banks, Nyufaundlend va b. orollar kiradi.
Slayd 14
Kanada hududini shartli ravishda 4 qismga bo‘lish mumkin. Tekislik va platolardan iborat Kanada qalqoni, Kanada Kordilerasi, Buyuk tekisliklar va Appalachi tog’lari. Kanada qalqoni mamlakat sharqida joylashgan va mamlakat hududining yarmini egallaydi. G’arbda Kanada Kordilerasi joylashgan bo‘lib, uning asosiy tog’ zanjirlari: Qoyali tog’lar va Qirg’oq tizmasi kabilardir. Kanadaning eng baland nuqtasi Login tog’i (5951 m). Mamlakat janubi bo‘ylab, Avliyo Lavrentiy daryosigacha tekisliklar cho‘zilib ketgan. Avliyo Lavrentiy daryosi vodiysi ortida, sharqda Appalachi tizmasi joylashgan.
Slayd 15
Yog’inlarning o‘rtacha miqdori shimolda 150 mm, mamlakat markazida 250-400 mm, sharqiy qirg’oqbo‘yida 1250 mm, g’arbda 2500 mm.
Yanvarning o‘rtacha harorati shimolda -350S dan janubda +40S gacha, iyulniki Kanada Arktika Arxipelagi orollarida +40S dan, janubda +210S gacha.
Slayd 16
Aholisi. Kanada aholisi 33 mln dan ko‘proq kishini tashkil etadi. Hududning ulkanligi tufayli aholi zichligi 1 km2 ga o‘rtacha 3 kishini tashkil etadi. Shu bilan birga aholi juda notekis joylashganligi ko‘zga tashlanadi, mamlakat aholisining 90% i mamlakat hududining 10% qismida, asosan Aqsh bilan chegaralaridan 150 km uzoqda bo‘lmagan doirada yashaydi.
Kanadada aholining tabiiy ko‘payishi 5‰ ga teng. Jinsiy tarkibda keyingi 10 yilliklar davomida o‘zgarishlar sodir bo‘ldi va endilikda ayollar ulushi ko‘pchilikni tashkil etmoqda. Kanada G’arb davlatlari ichida aholi yosh tarkibida mehnat yoshidagi aholining ulushi ustunlik qilishi bilan ajralib turadi.
Slayd 17
O‘rtacha yosh 37,8. O‘rtacha umr davomiyligi 79 yosh. Urbanizatsiya darajasi 79%. Yirik shaharlari uchta millioner shahar: Toronto, Monreal va Vankuver. Qishloq aholi punktining an’anaviy shakli fermadir.
Slayd 18
Slayd 19
Kanada iqtisodiyoti postindustrial xo‘jalik tizimiga xos bo‘lib, Yaim hajmi 2012 yilda aholi jon boshiga 52232 $ dan to‘g’ri kelgan.
Slayd 20
Kanadani 5 iqtisodiy rayonga ajratish mumkin: Shimoliy, Markaziy, Dasht, Tinch okean va Atlantika.
Shimol – yangi o‘zlashtirilayotgan rayon bo‘lib, mamlakat hududining ¾ qismini egallaydi, tog’-kon sanoati, gidroenergetika va rangdor metallurgiya tarmoqlariga ixtisoslashgan. Mamlakatning janubi-sharqida joylashgan Markaziy rayon eng o‘zlashtirilgan va rivojlangan mintaqadir. Dasht rayoni yoqilg’i va qishloq xo‘jalik mintaqasidir. Tinch okean rayoni rangdor metallurgiya va o‘rmon sanoatiga ixtisoslashgan bo‘lsa, Atlantika rayoni sanoatning eski tarmoqlari ko‘p bo‘lgan depressiv mintaqadir.
Slayd 21
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 22
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
Aholining hududiy joylashuvi. Dunyo aholisining joylashuvi va tarqalishiga ta’sir etuvchi omillar. Aholi punktlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
Dunyodagi demografik vaziyat. Demografik bashorat va demografik siyosat. Dunyo aholisining rivojlanishiga taalluqli global muammolar mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
Hozirgi zamon geografik bilimlarining rivojlanishi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
O’ZBEKISTON IQLIMI VA IQLIM RESURSLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TASHKIL TOPISHI, GEOGRAFIK O‘RNI, MAYDONI VA CHEGARALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 41 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya





Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.