Quyi Amudaryo okrugi tabiiy geografiyasi
4000 so'm

Slayd 1
Quyi Amudaryo Okrugi
Slayd 2
Reja:
Quyi Amudaryoning tabiiy sharoiti, geografik oʼrni va chegarlariga tavsif.
Quyi Amudaryoning geologik tuzilishi va relefiga tavsif.
Quyi Amudaryoning iqlimi va ichki suvlariga tavsif.
Quyi Amudaryoning tuproqlari, oʼsimlik va hayvonot dunyosiga tavsif.
Tabiiy geografik rayonlari va landshaftlari
Slayd 3
Quyi Amudaryo kosmik surati
Slayd 4
O’zbekistonning asosiy qismini o’z ichiga olgan Turon Tabiiy geografik provinsiyasi egallab turgan o’rniga ko’ra: R.I.Abolinning Turkiston okrugiga, Ye.P.Korovin va A.N. Rozanovlarning O’rta Osiyo (Turon) tuproq-boranik provinsiyasiga, A.Z.Genusov, B.V.Gorbunov va N.V.Kimberglarning Turon tuproq-iqlim provinsiyasiga, L.N.Babushkinning Turon iqlim provinsiyasiga, P.S.Vernikning Turon botanik provinsiyasiga tog’ri keladi.
Slayd 5
Quyi Amudaryo tabiiy-geografik okrugi Qoraqum choʼli bilan Orol dengizi orasida joylashib oʼz ichiga Amudaryoning qadimiy va hozirgi zamon deltasini oladi. Okrugni gʼarbdan Ustyurt, janubdan Ungizorti Qoraqum, sharqdan Qizilqum va Sultonvays togʼlari, shimoldan esa Orol dengizi oʼrab turadi. Quyi Amudaryoning ushbu chegara orasidagi maydoni 46 ming kv km ni tashkil etadi.
Quyi Amudaryoning tabiiy sharoiti, geografik oʼrni va chegarlariga tavsif.
Slayd 6
Ustyurt
Unguzorti Qoraqumi
Orol dengizi
Qizilqum va Sulton Uvays
Slayd 7
Okrugning maydoni 46 ming km kv, 45 ming km kb
365 Km
319 km
Slayd 8
Quyi Amudaryo okrugi janubi-sharqdan shimoli-gʼarb tomonga choʼzilgan boʼlib, shu tomonga kengayib, pasayib boradi. Okrug janubda Tuyamoʼyin tangligidan boshlanib, Orol dengizigacha davom etadi. Shu masofada uning uzunligi 400 km boʼlib, kengligi bir. Xil emas. Eng janubiy qismida Tuyamoʼyin tangligida okrugning kengligi taxminan 10—12 km boʼlib, shu yerdan Amudaryoning qadimiy deltasi boshlanadi va shimoli-gʼarbga (qarab kengayib, Xorazm-Toshxovuz tekisligini hosil qiladi hamda kengligi 75—80 km ga etadi. Amudaryoning qadimiy deltasi Taxiatosh tangligigacha davom etadi va torayadi, soʼngra shimolga tomon yana kengayib qadimiy delta tugab, Amudaryoning hozirgi zamon deltasi boshlanadi hamda Orol dengizigacha davom etadi. Shu yoʼnalish boʼyicha delta pasayadi va kengayib, baʼzi yerlarda 140—150 km ga etadi.
Slayd 9
Slayd 10
Quyi Amudaryo okrugi antropogen davrning allyuvial delta yotqiziqlarining asta-sekin to’planishi va uning deltasining Orol dengizi tomonga o’sishi tufayli vujudga kelgan. Binobarin, Quyi Amudaryoda quruqlikning vujudga kelish jarayoni janubi-sharqdan, ya’ni Tuyamo’yin tangligidan shimoli-g’arb, shimol tomonga qarab davom etgan. Amudaryoning hozirgi zamon deltasini Orol dengiziga tutashgan mintaqasida «eng yosh» delta bo’lib, uning maydoni Orol dengizi suv sathining pasayishi hisobiga muttasil kengayib bormoqda. So’nggi 35-40 yil ichida Orol dengizi suv sathining 15,5 metr pasayishi tufayli uning suvi ba’zi joylarida 100 km gacha chekinib, quruqlikka aylanib qoldi.
Slayd 11
Amudaryo del’tasi
Slayd 12
De’lta
Slayd 13
Amudaryo del’tasi
50 000 km kv
Volga del’tasidan – 3,5marta
Nil del’tasidan – 2marta
Slayd 14
Aqchadaryo del’tasi
Eng yoshi Amudaryo del’tasining Orol bo’yi qismi
Eng qadimgisi Sariqamish del’tasi
Slayd 15
Xvalin davrda Amudaryo suvini Xorazm botig’iga quygan
Allyuvial yotqiziqlar to’lgandan keyin Aqchadaryo del’tasini hosil qilgan
Keyin Amudaryo shimolga Orol tomon burilgan va hozirgi del’tani hosil qilgan
Qadimgi cho’kmalardan bo’lganSariqamish va Asakovdanni suv bilan to’ldirgan
Keyin Amudaryo shimoliy-g’arbga oqqan
Uystyurt va Unguzorti Qoraqum o’rtasidagi do’nglikni yorib o’tib
Slayd 16
Delta yassi tekisliklarining mutlaq balandligi eng janubida:
114 m ni,Nukusda 73 m, Mo’ynoq atrofida 53 m, Dengiz bo’yida 35 m ni.
Beltog’ (Achchibuloq cho’qqisi, 101 m), Qo’shkonatog’ (138 m).
Qiziljar (118 m), Mo’ynoq (98 m) qoldiq balandliklari atrofidagi
tekisliklarga nisbatan 50-80 m ko’tarilib turadi. Qadimgi o’zanlar,
insonning xo’jalik faoliyati ta’sirida Quyi Amudaryo relyefi
Ancha o’zgarib, qadimgi tabiiy holatini o’zgartirgan.
Slayd 17
Quyi Amudaryo okrugi yer usti tuzilishi jihatidan yassi tekislik bo’lib, shimolga va shimoli-g’arbga qarab bir oz nishabdir. Lekin qiyaligi juda sezilarsiz (qiyaligi 0,0017) ligi tufayli Amudaryo tarmoqlanib, ilon izi bo’lib, sekin oqadi. Shuning uchun Amudaryoning qadimiy o’zanlari vujudga kelib uning relefini ancha murakkablashtirgan.
O’sha qadimiy o’zanlar orasida nisbiy balandliklari 60—80 m: ga yetuvchi bir necha tepalik darz, marzalar va qoldiq tog’lar mavjud. Bu tepaliklarning ba’zilari qadim yaxlit bo’lib, daryoning «tentirab» oqishi tufayli, ular bo’laklarga bo’linib ketgan.
Daryoning o’sha qadimiy o’zanlari o’rnida esa kichik ko’llar vujudga kelgan Quyi Amudaryo okrugi O’zbekistonning shimoli-g’arbida joylashganligi sababli qishi nisbatan sovuq, yozi esa issiq, quruq va serquyosh.
Slayd 18
Quyi Amudaryo relefining tabiiy holatini oʼzgartishda insonning xoʼjalik faoliyati ham muhim relef hosil qiluvchi omilga aylangan. Chunki inson oʼzining koʼp asrlik xoʼjalik faoliyatida Quyi Amudaryo yerlarini tekislagan, jarlarni toʼldirgan, ariq va zovurlar qurgan, oqibatda okrug yer usti tabiiy holatini oʼzgartgan.
Quyi Amudaryo okrugi Oʼzbekistonning shimoli-gʼarbida joylashganligi sababli qishi nisbatan sovuq, yozi esa issiq, quruq va serquyosh. Qishda okrug shimoli-sharqiy tomonidan esuvchi havo massasi taʼsirida boʼlib, harakat ancha pasayib ketadi. Bu yoʼnalishdagi havo massasi koʼproq oktyabr oyidan may oyigacha davom etadi. May oyidan boshlab shimoli-sharqiy tomondan etib keluvchi havo massasi kuchsizlanib, soʼngra shimoldan va shimoli-gʼarbdan esuvchi havo massasi ustunlik qiladi hamda sentyabr oyigacha davom etadi. Sentyabr oyidan boshlab yana shimoli-sharqiy yoʼnalishga ega boʼlgan shamollar ustunlik qilib, harorat kechalari pasayib, sovuqlar boʼlishi mumkin.
Slayd 19
Quyi Amudaryo
Slayd 20
Borlitov, Kuskantov, Qoshqantov, Beltov
Manqir, Tuzqir, Tarimqiya, Zangibobo
Quyanchiq, Qoratov, Qummeltov, Jumirtov.
Slayd 21
Iqlimi
O’rtacha yillik harorat 100—120 S
Yanvarning o’rtacha harorati —4,5°—7,6°S atrofida (Xivada —4,5°, Chimmoyda — 7,6°),
Eng past haroratni —33° (Taxiatoshda)ga pasaytirib yuboradi.
Quyi Amudaryo okrugi O’rta Osiyoning eng qurg’oqchil hududi hisoblanib.
Ba’zan shimoldan va shimoli-sharqdan sovuq havo massasi kirib kelib, turib qolib.
Yiliga 79—108 mm yog’in tushadi.
Slayd 22
Faqat quyi amudaryo okrugidagina yerlarni shug’orish uchun yiliga daryodan 24 m3 suv olinmoqda
Amudaryo Nukus shaharida
Qipchoqdaryo
Oqdaryo, Erkindaryo
Ko’hnadaryo, Qortaboyuzoq
Toldiqdaryo, Qozoqdaryo
Ichki suvlari
Slayd 23
Quyi Amudaryo okrugida 100 dan ortiq ko’llar bo’lib
Ularning umumiy maydoni 285 km2.
Eng ko’p ko’llar Xorazm—Sariqamish deltasida joylashib, 60 dan ortiq umumiy maydoni 127,74 km2 ga teng ko’llarning qolgan qismi Amudaryoning hozirgi zamon deltasida joylashgan.
Slayd 24
Amudaryoning qadimiy deltasidagi eng kattako’llar qatoriga
Amudaryoning qadimiy deltasidagi eng katta
ko’llar qatoriga
Sho’rko’l,
Tengizko’l,
Ulug’sho’rko’l,
Ziyko’l,
Oqko’l,
Abilko’l.
Slayd 25
Amudaryoning hozirgi zamon deltasidagi eng muhim ko’llari
Shudoche,
Shecheko’l,
Xo’ja ko’l,
Moshanko’l,
Qorateren.
Slayd 26
Yer osti suvlari
Uning o’rtacha yillik chuqurligi sug’oriladigan zonada 0,83—2,69 m.
Qishda grunt suvining sathi juda pasayib 2,2—3,6 m ga tushadi.
Okrugning cho’llar bilan tutashgan qismida 20—30 m ga yetadi.
Sug’oriladigan zona chetlarida chuqurligi 10—15 m bo’lsa.
Sho’r yuvish va vegetatsiya davrida grunt suv sathi. ko’tarilib, chuqurligi 0,4—0,6 m tashkil etadi.
Slayd 27
Quyi Amudaryo okrugida tuproq hosil qiluvchi omillarning (ona jinsi, relefi, iqlimi, yer osti suvlari, o’simlik qoplami) xususiyatlari turlicha bo’lganligi tufayli uning tuproq qoplami xam bir xil emas
Okrugning ko’p qismini o’tloq qayir, sug’oriladigan o’tloq (o’tloq voha) tuproqlari tashkil qiladi
Shuningdek, sug’oriladigan o’tloq (o’tloq voxa) tuprog’i, o’tloq qayir allyuvial va o’tloq botqoq, sho’rxok, botqoq sho’rxok tuproqlar uchraydi
Quyi Amudaryo okrugida sho’rxoklar yaxlit lenta hrsil qilmasdan sug’oriladigan yerlar orasida ham «orol» holda uchraydi
Beltov, Manqir, Tuzqir kabi past tog’larda surqo’ng’ir tuproq turi mavjud
Quyi Amudaryo okrugidagi qoldiq qirlar hisobldngan Qummoltau, Barlitov, Qashqantov.
Tuprog’I
Slayd 28
O’simliklari
Geobotanik nuqtai nazaridan okrug o’simliklari quyidagi turlarga bo’linadi;
To’qay
Galofit
Psammofit
Qo’g’a, turang’il, yovvoyi jiyda, tol, yulg’un, tol, jiyda, turang’il
Qo’ralar, ruvak, qamish, suvoqlar, qirqbo’g’in, kovrak, qora saksovul, burgan, tetir
Sarisazon, iloq, qora saksovul, kovrak
Bahorda efemer va efemeroidlar, burgan, tetar (ertezak), sura.
Slayd 29
Qushlarning 222 turi
Sut emizuvchilarning 31 turi (asosan kemiruvchilar)
Baliqlarning esa 30 turi mavjud
Hayvonlari
Slayd 30
Quyi Amudaryo okrugi Oʼzbekistonning eng qurgʼoqchil hududi hisoblanib, yiliga 79—108 mm yogʼin tushadi. Yogʼin miqdori okrugning janubidan shimoliga tomon ortib boradi. Agar Xivada yillik yogʼin miqdori 79 mm boʼlsa, Qoʼngʼirotda 108 mm ga etadi. Soʼnggi yillarda Orol suv sathini pasayishi tufayli uning atrofida yozgi harorat ortib, qish sovuqlashib bormoqda. Okrugda yogʼin yil boʼyi bir xil tushmaydi. Eng koʼp yogʼin qish va bahor fasliga, eng kam yogʼin yozga toʼgʼri keladi. Agar yillik yogʼin miqdorini 100% desak, uning 35—40% qishga, 44—45% bahorga, 7—17% yozga, 10—15% kuzga toʼgʼri keladi. Bahorda baʼzan yogʼin jala tarzida yori6, qishloq xoʼjalik ekinlariga, xususan, gʼoʼzaning yosh nihollariga zarar keltiradi. Quyi Amudaryoda shamolning kuchi va yoʼnalishi hamma qismida bir xil emas. Orol dengizi yaqinida shamolning oʼrtacha tezligi sekundiga 4—5 m, okrugning janubida (Xivada) 3 m atrofida. Shamollar koʼpincha shimoliy va shimoli-sharqiy tomondan esadi. Shimoli-sharqiy shamollar koʼproq yilning sovuq faslida essa, shimoliy va shimoli-gʼarbiy shamollar yilning issiq faslida esadi.
Slayd 31
Slayd 32
Quyi Amudaryo deltasining Qizilqum va Qoraqumga tutashgan qismlarida va delta ichidagi oʼzlashtirilmagan qumli choʼllarda toshbaqa, yumronqoziqlar, kul rang va taroq barmoqli gekkon, qum sichqoni, yumaloq boshli kaltakesak, choʼl mushugi, tulki, oʼqilon, efa uchraydi.
Quyi Amudaryo okrugida baliqlar koʼp boʼlib, ular daryoda va uning tarmoqlarida, koʼllarda, irrigatsiya shoxobchalarida yashaydi. Eng koʼp tarqalgan laqqa baliqlar, choʼrtan baliqlari, osyotrlar, losossimon baliqlar va boshqa baliqlardir. Quyi Amudaryo okrugida toʼqay landshafti va u yerdagi qushlar va boshqa hayvonlarni muhofaza qilish uchun Baday toʼqay qoʼriqxonasi hamda Quyi Amudaryo (delta landshafti va u yerdagi qush, baliqlarni asraydi), Nuruntbek (toʼqay landshafti va choʼchqa, chiyaboʼri, qirgʼovul), Xorazm (koʼl landshafti va u erdagi suv qushlari) kabi buyurtmalar mavjud.
Slayd 33
Quyi Amudaryo okrugining tabiiy boyliklari xilma-xil boʼlib, eng muhimlari yer-suv resursidir. Bu okrug xududida 2,4 mln gektarga yaqin sugʼorishga yaroqli yerlar mavjud. Lekin hozir 0,6 mln gektar maydondagi yerlar sugʼoriladi, xolos. Ikkinchi muhim resursi qamishzorlari va oʼtloqlaridir. Okrug hududiga 0,5 mln ga atrofida qamishzorlar mavjud edi, lekin xozir Amudaryo deltasiga suv kam etib borayotganligi uchun uning maydoni yil sayin kamaymoqda. Qamishzorlar sifatli em-xashak, silos xom-ashyosidir. Maʼlumotlarga koʼra 10 t qamishdan 8 t silos olish mumkin.
Slayd 34
I.Chimboy Qo’ng’irot tabiiy geografik rayonini.
II. Beltov tabiiy geografik rayoni.
III.Xorazm tabiiy ‘geografik rayoni.
Slayd 35
Chimboy – Qo’ng’irot tabiiy geografik rayonini
Amudaryoning hozirgi zamon del’tasi va unga yondosh hududlarni o’z ichiga oladi. Shimolda Orol dengizi, g’arbda Ustyurt okrugi bilan, sharq Beltov bilan, janub Xorazm bilan chegaralanadi.
Qishi sovuq (yanvar – 7,50) davomiyligi 3,5 oy, +100 yuqori harorat yig’indisi 38000. (Iyul +260) Yog’in: 90-110 mm
Quyidagi tabiiy geografik 6 ta Landshaftlarga bo’linadi.
Slayd 36
Chimboy Qo’ng’irot tabiiy geografik rayonini
Orol suv satxining pasayishi tufayli Quruqlikka aylangan, grunt suvi yuza va o’ta sho’r, o’simlik deyarli o’smaydigan yoki siyrak holda galofit tur o’simliklar o’suvchi botqoq sho’rxak va o’tloq-sho’rxak joylardan iborat bo’lgan Landshaft
Amudaryo deltasining o’tloq botqoq va qayir allyuvial tuproqlar tarqalgan tuqay o’simliklari o’suvchi qangi qayir va qayir landshafti.
Amudaryoning allyuvial delta tekisliklarida va qayirlarida joylashgan o’tloq-allyuvial va taqir tuproqli madaniy Landshaft.
Amudaryoning chap soxilidagi qora saksovul o’suvchi taqir-sho’rxak tuproqli delta tekisliklari landshafti.
Bir yillik sho’ralar o’suvchi sho’rxakli delta tekisliklar landshafti.
Bu tur landshafti birinchi Landshaftning janubida Orolning qadimiy qirg’oqlarida hamda madaniy Landshaftlar orasida uchraydi.
Negizi Mz –Kz ning yotqiziqlaridan iborat bo’lgan shuvoq o’suvchi sur qo’ng’ir tuproqli past qoldiq tog’lar (Qushqontov- h 123m; Qizillar h 117m) Landshaftli.
Rayonlarning landshaftlarga bo’linishi
Slayd 37
Beltov tabiiy geografik rayoni
Chimboy-Qo’ng’irot rayonining sharqida joylashib, janubdan Qizilqum okrugi bilan shimol – g’arbda Orol dengizi, shimol-sharq Qozog’iston bilan chegaralanadi.
Kenglik bo’ylab cho’zilgan Beltovni, Orol bo’yi Beltov janub-sharqdan, Aqchadaryo, Jonidaryo deltasini o’z ichiga oladi.
Yanvar – -9,20, iyul +290. +100 Yuqori harorat yig’indisi 4180
Slayd 38
Dengizchekinishi tufayli Quruqlikka aylangan, galofit tur o’simliklar siyrak o’suvchi sho’rxak, o’tloq sho’rxak, botqoq sho’rxakdan iborat Orol dengiz qirg’oq buyi tekisliklar landshafti.
Beltovning shimolida oq saksovul o’suvchi marzasimon relefga ega bo’lgan Eol qumli tekislik landshafti.
Negizi mz-kz jinsli shuvoq o’suvchi sur qo’ng’ir tuproqli past qoldiq tog’ (Beltov) landshafti.
Oqchadaryo va Janadaryo allyuvial-deltasidagi Qora saksovul o’suvchi taqir tuproqli sho’r hamda sho’rxakli delta tekislikni landshafti.
Slayd 39
Xorazm tabiiy ‘geografik rayoni
Okrug janubda asosan sug’orib madaniy landshaftga aylantirilgan Amudaryoning Quyi deltasini o’z ichiga oladi.
Qadimiy deltalar Daryoliq (Ko’nadaryo) Dovdan, Charmonyab, Tanidaryo allyuvial tekisliklari bor.
Yanvar -50, vegetatsiya qishi 10 % tashkil etadi, iyul +27,50 +100 yuqori t yig’indisi 42500 Yog’in 80 mm
.
Slayd 40
Xorazm tabiiy ‘geografik rayoni
Janub-sharq qismida joylashgan efemer o’simliklar bilan band bo’lgan, sur-qo’ng’ir tuproqli qadimiy platolar landshafti (pliotsen-eski 4 lamchi davr).
Amudaryoning Yangi qayrlarida joylashgan tuqay o’simliklari bilan koplangan o’tloq va botqoq allyuvial tuproqli qayirlar landshafti.
Amudaryoning allyuvial-delta tekisligidagi Qora saksovul o’suvchi taqir-sho’rxak va sho’rxakli delta tekisliklar landshafti.
Xorazm voxasining delta tekisliklaridagi o’tloq tuproqli madaniy landshafti.
Ko’llar atrofida va kichik sho’rxakli botqoqlarda joylashgan sho’ralar o’suvchi delta tekisliklaridagi sho’rxaklar landshafti.
Amudaryoning qadimiy o’zanlari atrofida va rayonning janubida O’ngizorti Qoraqumiga tutashgan joylardagi yantoq o’suvchi eol qumli landshafti.
Slayd 41
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 42
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
O‘ZBEKISTON ICHKI SUVLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
Eng qadimgi dunyo geografik bilim va tasavvurlarining rivojlanishi (eramizning V asrigacha) mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
Aholining hududiy joylashuvi. Dunyo aholisining joylashuvi va tarqalishiga ta’sir etuvchi omillar. Aholi punktlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
O’ZBEKISTON IQLIMI VA IQLIM RESURSLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
Dunyodagi demografik vaziyat. Demografik bashorat va demografik siyosat. Dunyo aholisining rivojlanishiga taalluqli global muammolar mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
Kosmografik va ilmiy geografik bilimlarning rivojlanishi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
Dunyo mamlakatlari geograflarining ilmiy-tarixiy geografik tadqiqotlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya





Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.