Hayvonot olami sistematikasi va tabiatdagi o’rni
4000 so'm

Slayd 1
Hayvonot olami va uning tabiatda tutgan o‘rni. Hayvonot olami sistematikasi
Slayd 2
Reja:
Hаyvоnоt dunyosining хilmа-хilligi va sistemаtikаsi. Bir xujayrali va ko‘p xujayrali organizmlar.
Hayvonot olamida sinf, tur va avlod. Uy va yovvoyi hayvonlar. Hayvonot olamining tabiatdagi va insonlar xayotidagi o‘rni.
Uy hayvonlarining inson hayotidagi ahamiyati. Hаyvоnlаrni muhоfаzа qilish. Qizil kitob.
Slayd 3
Slayd 4
Hayvonlarni tabiatdagi o’rni
Hayvonlar biologik resurslarning ajralmas bir qismi bo’lib, tabiatda moddalar va energiya almashinuvida muhim rol o’ynaydi. Hayvonlar o’simliklar bilan uzviy aloqada bo’lib, geografik qobiqda kimyoviy elementlarning migrasiyada qatnashadi. Hayvonlar o’simliklar tomnidan quyosh nuri ta’sirida hosil qilgan organik moddalar va bir-birlari bilan oziqlanib, biologik hamda tabiatda moddalarning almashinuvida ishtirok etadi. Yirik mavjudotlarning bir-biri bo’lgan ozuqa aloqasi – bu energiyaning bir organizmdan ikkinchi organizmga o’tkazuvchi mexanizmdir.
Yer sharida yashil o’simliklar quyosh energiyasining faqat 1% nigina o’zlashtirib, yiliga 150-200 mlrd. T organik modda hosil qiladi.
O’simliklar quyoshdan olayotgan olayotgan energiyasini 100% desak, shuning 50%ini o’simliklar nafas olish jarayonida, qolgan energiyani o’zlashtirib, organik modda sifatida organizmda to’playdi. Bu to’plangan organik modda o’txo’r va bir-biri bilan ovqatlanuvchi hayvonlarga o’tadi.
O’txo’r va etxo’r hayvonlar (konsumentlar)da energiya balansi qo’yidagicha bo’ladi: yutilgan ozuqa energiyasi to’la o’zlashtirilmaydi, uning bir qismi tashqi mhitga najas sifatida chiqariladi, so’ngra uni boshqa organizm o’zlashtiradi.
Slayd 5
Hayvonlar organizm o’zlashtirib olgan ozuqa va zapas energiyaning asosiy qismini organizmning ish faoliyatini normal saqlashga, oz qismini esa nafas olishi uchun sarflaydi. Natijada konsumentlarning o’lishi va chirishi tufayli organik qoldiqlar vujudga keladi, ularni saprofitlar (bakteriyalar, zamburug’lara, nematodalar) parchalab, anorganik moddalarga aylantiradi.
Ba’zi hayvonlar, chunonchi yirtqich qushlar zararkunanda kemiruvchilarni qirib, o’simlik hosildorligini oshiradi yoki ba’zi foydali hasharotlar o’simliklarni zararkunanda hasharotlardan va kasalliklardan saqlaydi. Masalan, boyqush bir yilda 1000 ta sichqonni yo’q qilib, 0,5 t donni saqlab qolsa, chumolilar o’rmonlarni kasallikdan saqlaydi.
Bir xujayrali dengiz hayvonlarining qoldiqlaridan cho’kindi jinslar (bo’r, ohaktosh) vujudga kelsa, poliplarning faoliyati tufayli okeanlarning sayoz va iliq suvli qismida marjon orollari vujudga keladi.
Inson uchun zarur bo’lgan oziq-ovqat resurslaridan biri hayvonlar hisoblanadi. Hayvonlar insoniyatni go’shtga, yog’ga, moyga, sutga, tuxumga, baliq maxsulotlariga va boshqalarga bo’lgan talablarini ta’minlaydi. Ma’lumotlarga ko’ra Yer sharida kishilar yiliga hayvonlar hisobiga 180 mln. T oqsil moddasiga boy bo’lgan oziq-ovqat xom ashyosi olmoqdalar yoki dunyo bo’yicha taqsimlanayotgan moyning 40% i hayvonlar hissasiga to’g’ri kelmoqda. Ko’p mamlakatlarda, jumladan Yaponiyada oziq-ovqat mahsulotlariningko’p qismini dengiz hayvvonlaridan foydalanib etishtirilmoqda. Hozir dunyo bo’yicha oziq-ovqat uchun yiliga 70-80 mln. T dengiz hayvonlari va baliqlar tutilmoqda. Akademik V.G. Bogarevnnig ma’lumotiga ko’ra Dunyo okeanlarida hayvonlar biosmassasi 1 mlrd. Tonnani tashkil etadi. Bu juda katta oziq-ovqat manbai bo’lib, bir ga dengizdan olinadigan baliq miqdori bir ga yaylovdan etishtiriladigan go’shtdan 2 marta ortiqdir. Bularnig hammasi hayvonlarning oziq-ovqat etishtirishdagi roli juda katta ekanligidan darak beradi.
Slayd 6
Slayd 7
Hayvonlar, hayvonot dunyosi
Organik olam sistemasidagi yirik boʻlimlardan biri. Hayvonlarning bundan 1 – 1,5 milliard yil ilgari okean suvida mikroskopik, xlorofillsiz amyobasimon xivchinlilar shaklida paydo boʻlgani taxmin qilinadi. Hayvonlarning eng qadimgi qazilma qoldiqlari yoshi 0,8 milliard yildan oshmaydi. Koʻp hujayrali hayvonlar – boʻshliqichlilar, chuvalchanglar, tuban boʻgʻim-oyoqlilarning dastlabki qoldiqlari soʻnggi kembriy qatlamlaridan boshlab (mil.dan 690–570 million yil avval) uchraydi. Kembriy davri boshlarida (mil.dan 570–490 million yil avval) tashqi mineral skeletli (chigʻanoqli yoki xitinli) dengiz umurtqasizlarining koʻpchilik guruxlari (trilobitalar, jabraoyoqlilar, mollyuskalar, arxeotsiatlar) rivojlangan. Kembriyning oxirida tashqi skeletga ega boʻlgan umurtqasizlar (toʻgarak ogʻizlilartsht qadimgi ajdodlari) kelib chiqqan. Silurda (mil.dan 445–400 million yil avval) hayvonlar oʻsimliklar bilan bir vaqtda quruqtik yuzasini egallay boshlaydi. Silurning keyingi davrida, dastlabki chayonlar, devon oxiridan boshlab (mil.dan 400–345 million yil avval) dastlabki quruqlikda yashovchi umurtqalilar – suvda hamda quruqlikda yashovchilar rivojlangan. Karbon davrida (mil.dan 345–280 million yil avval) quruqlikda umurtqasizlardan hasharotlar, umurtqalilardan tuban tuzilishga ega boʻlgan sudralib yuruvchilar va suvda hamda quruqlikda yashovchilar, Mezozoyning trias, yura va boʻr davrlarida (mil.dan 230–66 million yil avval) sudralib yuruvchilar hukmronlik qilgan.
Slayd 8
Trias oʻrtalarida (mil.dan 230–195 million yil avval) dinozavrlar, bu davr oxirida sut emizuvchilar kelib chiqqan. Qushlar yura davrining oxiridan (mil.dan 195–136 million yil avval) maʼlum. Boʻr davrining oxiriga kelib (mil.dan 136– 66 million yil avval) koʻpchilik dengiz umurtqasizlari, dengiz va quruqlikda yashovchi sudralib yuruvchilar, jumladan. Dinozavrlar qirilib ketadi; ular oʻrnini qushlar va sut emizuvchilar egallaydi.
Slayd 9
Hayvonlar
– Geterotrof organizmlar, yaʼni ular tayyor organik moddalar bilan oziqlanadi. Hayvonlarda metabolizm faol kechishi tufayli ularning oʻsishi cheklangan. Evolyutsiya jarayonida har xil organlar funksional sistemasi: muskul, ayirish, nafas olish, qon aylanish, jinsiy va nerv sistemalarining shakllanishi hayvonlar uchun xos boʻlgan eng muhim xususiyatlardan hisoblanadi. Hayvonlar hujayrasi qattiq sellyuloza qobiqning boʻlishi bilan oʻsimliklardan farq qiladi. Biroq hayvonlar bilan oʻsimliklar oʻrtasidagi farq nisbiy. Masalan, bir hujayrali hayvonlarning muskul, nerv va boshqa sistemalari boʻlmaydi; koʻp hujayrali hayvonlar orasida ham oʻtroq yashaydiganlari koʻp (masalan, gʻovaktanlilar, boʻshliqichlilar, mshankalar, assidiyalar, koʻp tukli chuvalchanglar). Ayrim organizmlarni oziqlanish usuli (fotosintez) va harakatlanishiga binoan bir vaqtning oʻzida hayvonlarga ham, oʻsimliklarga ham kiritish mumkin (masalan, evglenasimonlar, volvokslar va boshqalar). Hayvonlar bilan oʻsimliklar oʻrtasida keskin chegaraning boʻlmasligi ularning kelib chiqishidagi umumiylik bilan bogʻliq. Hayvonlar va oʻsimliklarning hujayralardan tuzilganligi, ular tanasida boradigan moddalar almashinuvi jarayonining umumiyligi, irsiyat va oʻzgaruvchanlik qonuniyatlarining oʻxshashligi va boshqa ana shundan dalolat beradi.
Slayd 10
Hayvonlar hujayraviy tuzilishga binoan bir hujayra va koʻp hujayralilarga ajratiladi. Bir hujayralilarda bitta hujayraning oʻzi tirik organizm uchun xos boʻlgan deyarli barcha xususiyatlarga ega. Tuban koʻp hujayralilar – plastinkasimonlar tanasi bir necha funksiyani (harakatlanish, qoplash, oziqlanish) bajaradigan, kam ixtisoslashgan hujayralardan iborat. Gʻovaktanlilar, boʻshliqichlilar, taroqlilar tanasi 2 qavat (ektoderma va entoderma) boʻlib joylashgan nisbatan ixtisoslashgan hujayralardan iborat, lekin toʻqima va haqiqiy organlar shakllanmagan; birmuncha murakkab tuzilgan. Hayvonlar toʻqima va organlari ontogenezda 3 ta murtak varaqlari (ektoderma, endoderma va mezoderma) hisobidan hosil boʻladi. Mas, ektodermadan nerv sistemasi. Sezgi organlari, teri va uning hosilalari; endodermadan ichak, nafas organlari, sekretsiya bezlari; mezodermadan suyak, muskul, qon aylanish, ayirish sistemasi organlari shakllanadi.
Uch qavatli hayvonlar birlamchi ogʻizlilar (halqali chuvalchanglar, mollyuskalar, boʻgʻimoyokdilar) va ikkilamchi ogʻizlilar (ignatanalilar, xordalilar)ga ajratiladi. Anʼanaga koʻra barcha hayvonlar umurtqasizlar (koʻpchilik hayvonlar) va umurtqalilar (xordalilar)ga boʻlinadi. Tuzilishi va oʻzaro filogenetik bogʻlanishiga binoan hayvonot dunyosi kenja dunyo, tip, sinf va boshqa taksonlarga ajratiladi. Odatda, hayvonot dunyosi 16–25 (baʼzan 10–33 ta) tipga ajratiladi. Ayniqsa tuban tuzilgan umurtqasizlarni sistemaga solishda koʻp chalkashliklar mavjud. Masalan, 20-asrning 60-yillarigacha bir hujayralilar faqat bitta tip sifatida oʻrganilgan boʻlsa, hozirgi davrda bir necha (5–7 ta) tipga ajratiladi. Barcha koʻp hujayralilar tiplari (qarang Tip) bitta koʻp hujayralilar kenja dunyosiga, bir hujayralilar esa bir hujayralilar kenja dunyosiga kiritiladi. Hayvonlarning 1,5 million (boshqa maʼlumotlarga koʻra 3–4,5 million) turi maʼlum. Yer yuzida hayvonlar yaxshi oʻrganilmagan. Har yili toʻgarak chuvalchanglar, hasharotlardan yuzlab yangi turlar koʻrsatib berilmoqda. Aniqlangan hayvonlarning 2/3qismini hasharotlar tashkil etadi.
Slayd 11
Slayd 12
Tabiatda va odam hayotida hayvonlar katta ahamiyatga ega. Hayvonlar – barcha ekosistemalarda oziqlanish zanjirining asosiy tarkibiy qismi. Hayvonlar oʻsimliklar bilan oziqlanib, oʻzlashtirgan moddalarining yana tuproqqa qaytarilishiga, binobarin oʻsimliklarning oʻsishiga imkon beradi. Oʻsimlik va hayvonlar qoldigʻi bilan oziqlanadigan hayvonlar Yer yuzini organik qoldiqlardan tozalab, tabiiy sanitarlik vazifasini bajaradi. Yirtqich hayvonlar tabiatda zararkunanda hayvonlarning sonini cheklab turishga yordam beradi. Hayvonlar odam hayotida ham katta ahamiyatga ega. Ulardan bir qancha turlari ovlanadi; uy hayvonlari goʻsht, sut, jun, teri va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari olish maqsadida va transport vositasi sifatida boqiladi. Hayvonlar orasida qishloq xoʻjaligi, odam va hayvonlarga ziyon keltiradigan parazit turlari ham koʻp. Odam faoliyatining tabiatga taʼsiri tobora kuchayib borishi bir xil turlar sonining keskin qisqarib ketishiga olib keldi. Ayrim maʼlumotlarga koʻra hozirgi davrda har kuni hayvonlarning bitta turi yoʻqolib bormoqda. Hayvonlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish maqsadida deyarli barcha mamlakatlarda qonunlar qabul qilingan; maxsus qoʻriqxonalar tashkil etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga 184 hayvon turi kiritilgan.
Slayd 13
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 14
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
Jismoniy sifatlar va ularni rivojlantirish mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
Birikmalar mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Harakat faoliyatining shakllari va turlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
AJRALADIGAN VA AJRALMAYDIGAN BIRIKMALAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy





Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.