
Slayd 1
Zulfiya hayoti va ijodi
Slayd 2
Zulfiya lirikasi.
Zulfiya dostonlari.
Reja:
Slayd 3
Tayanch tushunchalar: “Men seni”, “Qoraqalpoq daftari”, “Toshbu”, “Surat”, “Yodgorlik”, “Ona obrazi”, “Poytaxt timsoli”, “Tog‘day tayanchim”
Slayd 4
“O‘g‘lim, sira bo‘lmaydi urush”, “Mushoira”, “Men tongni kuylayman”, “Kamalak”, “Dugonalarim bilan suhbat”, “Qizlar qo‘shig‘i”, “Uni Farhod der edilar”, “Quyoshli qalam”, “Xotiram siniqlari”.
Slayd 5
Shoira Zulfiya Isroilova 1915-yili 1-martda Toshkent shahrida hunarmand-degrez oilasida tug‘ilgan. Uning onasi Xadicha opa xalq og‘zaki ijodini yaxshi bilar va bolalariga turli xil qo‘shiq, ertak, afsona hamda dostonlarni aytib berardi. Shoira o‘tmishini eslarkan: “…so‘zga shaydolik hissini qalbimda… oddiy ayol – ona uyg‘otgan”, – deydi.
1928 yili boshlang‘ich maktabni tugatgan Zulfiya Toshkent xotin-qizlar pedbilim yurtiga o‘qishga kirdi. Shu yillarda uning adabiyotga qiziqishi kuchaydi. U Navoiy, Lutfiy, Fuzuliy, Shekspir, Bayron, Nekrasov va Lermontovlarni sevib o‘qidi. Hamza, Sadriddin Ayniy, Abdulla Qodiriy, G‘ayratiylar asarlarini o‘rganib, zamonaviy yozuvchilar ijodini sinchiklab kuzatdi. Daholar ijodini o‘rganish shoiraga qanot bag‘ishladi. U o‘zining juftlangan, ohangdosh baytlar to‘qiy boshlayotganini payqab qoladi.
Slayd 6
1930-yildan boshlab “Ishchi”, “Yosh leninchi”, “Kolxozchi bolalar”, “Yangi yo‘l” gazeta va jurnallarida yosh shoiraning dastlabki she’rlari ko‘rinadi. 1932 yilda 17 yoshli shoiraning birinchi she’rlar to‘plami “Hayot varaqalari” bosilib chiqdi. “yuksalish qo‘shiqi”, “Ulug‘ bayramga”, “Men ishchi qizi”, “Zavod yo‘lida”, “Kolxoz qizi”, “Ozod qiz” kabi davr ruhi bilan sug‘orilgan she’rlar undan o‘rin olgan edi.
1933 yili o‘qishini tugatgan Zulfiya Toshkent Davlat pedagogika institutida tahsil ko‘rdi (1933-1935), keyin esa A.S.Pushkin nomidagi Til va adabiyot ilmiy tekshirish instituti aspiranturasida o‘qidi (1935-1938).
Slayd 7
1938-1939 yillarda adibaning ikkita she’riy to‘plamlari – “She’rlar”va “Qizlar qo‘shig‘i” chop etildi. Shoira bu to‘plamdagi she’rlarida ona-Vatan tabiatining go‘zal manzaralari, chaman bog‘larini, bahorini zavq bilan kuylaydi. “Bahor”, “Bahor kechasi” shular jumlasidandir. “Hojar”, “Nishondor”, “Seni sevardim”, “Studentka” kabi she’rlarida shoira xotin-qizlar tushunchasidagi yangi hayotga, istiqbolga dadil intilishini yorqin ifodaladi.
Slayd 8
Urush yillarida Zulfiyaning ijodi yanada mazmundor bo‘ldi. Bu yillarda u “Uni Farhod der edilar” (1943), “Hijron kunlarida” (1944), rus tilida “Vernost” to‘plamlarini nashr ettirdi. Bular orasida “Qo‘limda qurolu, ustimda shinel”, “Gullar ochilganda”, “Palak”, “O‘g‘lim, sira bo‘lmaydi urush” she’rlari, ayniqsa, diqqatga sazovordir.
O‘sha og‘ir yillarda Zulfiya uchun yana bir katta yo‘qotish sodir bo‘ldi. U 1944 yili umr yo‘ldoshi, ham hayotda, ham ijodda suyangan tog‘i, ikki qanoti bo‘lmish Hamid Olimjonidan fojiaviy halokati tufayli ajrab qoldi. Zulfiya umrining oxirigacha uning yodi bilan yashab, unga bo‘lgan muhabbati, sadoqatini kuylab o‘tdi.
Slayd 9
“Hijron kunlarida”, “Baxtiyor sevgini kuylardi sozim”, “Ne baloga etding mubtalo”, “Sen qaydasan, yuragim”, “Bahor keldi seni so‘roqlab” she’rlari shu hijron mevalaridir:
• Sog‘inganda izlab bir nishon
• Qabring tomon olar edim yo‘l.
• Keltirarding menga bir zamon,
• Endi har choq men eltaman gul.
• Hijroning qalbimda, sozing qo‘limda,
• Hayotni kuylayman, chekinar alam.
• Tunlar tushimdasan, kunduz yodimda,
• Men hayot ekanman, hayotsan sen ham!
Slayd 10
Shoira hayoti davomida ko‘p mamlakatlarda bo‘ldi. Uning Hindiston safari natijasi bo‘lgan “Mushoira”si juda katta Shuhrat qozondi. Zulfiya Oybek xotirasiga “Quyoshli qalam” dostonini yozib biz uchun ajoyib meros qoldirdi.
Dostonda Oybek bizning ko‘z o‘ngimizda ulkan yozuvchi, zahmatkash ijodkor, shuningdek hasta vujud egasi hamda nuroniy siymo sifatida gavdalanadi. Shoira uning qiyofasini jonlantirishda o‘z xotiralariga, yozuvchi bilan qilgan safarlari, suhbatlariga, asarlaridan olgan taassurotlariga tayanadi.
Zulfiyaning so‘nggi nidosidek jaranglab qolgan “Xotiram siniqlari” asari ham xuddi “Quyoshli qalam” singari lirik doston hisoblanadi.
Slayd 11
Unda shoira deyarli ilgarigi hech bir she’rida ifodalay olmagan tuyg‘ularini, o‘y-fikrlarini: zamonlar o‘zgarishi bilan tug‘ilgan qarashlarini to‘kib solishga, hissiy emotsional tarzda kishilarga etkazishga intiladi. Dostonda shoira istiqlol davrini hurriyat sifatida olqishlaydi. Avvalgi dostonlaridan “Xotiram siniqlari” asari psixologik tahlilning teranlashganligi, umumbashariy falsafa ifodalanganligi bilan ajralib turadi. Zulfiya, shuningdek, Pushkin, Lermontov, T.Shevchenko, Lesya Ukrainka, N.Tixonov, Vera Inber, Edi Ognesvet, Qaysin Quliyev kabi adiblar ijodidan namunalar tarjima qildi.
Slayd 12
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 13
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
La routine quotidienne Utilisation d’illustrations mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti



Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.