Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyaga kirish

4000 so'm


Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyaga kirish

 

 

Slayd 1

Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyaga kirish.

Slayd 2

Reja:
Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyani predmet va vazifalari
Hayvonlar xatti-harakatini psixologik bilimlar tizimidagi o’rni
Zopsixologiya va qiyosiy psixologiya usullri
Zopsixologiya va qiyosiy psixologiyani rivojlanish tarixi
Zoopsixologiyani tadbiq qilishni besh usuli
Psixikani vujudga kelishi
Asab tizimigacha bo’lgan davr va asab tizimini paydo bo’lishi
Instinkt va malakalarni o’rganishni zamonaviy holatlari

Slayd 3

Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyani predmet va vazifalariQiyosiy psixologiya yuqori darajada rivojlangan umurtqalilarni atropogenetik holatlarini o’rganuvchi sohalardan biri xisoblanadi.
Uning asosiy holati hayvonlarni intellektini o’rganishdan iboratdir. Ba’zi holatlarda qiyosiy psixologiya fan sifatida emas balki usul sifatida talqin etilishi mumkin.
Ba’zi bir olimlar esa aksincha tasavvur qiladilar, masalan Vladimir Aleksandrovich Vagner zoopsixologiyani qiyosiy psixologiyani bir qismi sifatida e’tirof etgan.Qiyosiy psixologiya hozirgi kunda hayvonlar va insonlarning kelib chiqish qonuniyati va ularning rivojlanish holatlarini o’rganadigan fanlar qatoriga kiritiladi.

Slayd 4

Qiyosiy psixologiyani predmeti sifatida inson va hayvonlarning holatlarini solishtirishdan iboratdir.
Shuning uchun ham qiyosiy psixologiya zoopsixologik ma’lumotlar asosida tahlil qilinadi, inson va hayvonlarning ontogenez va filogenezidagi o’zgarishlarni tahlil qilishga yo’naltirilgan bo’ladi.Qiyosiy psixologiya va zoopsixologiyani vazifasi sifatida quyidagilarni kiritishimiz mumkin.
-Zoopsixologiya fanga nisbatan an’anaviy ishonchsizlik holatlarining mavjudligi.
-Hayvonlarning psixikasini o’rganish mumkin emas degan g’oyalarning mavjudligi.
-Ilmiy zoopsixologiya hayvonlarning xissiyotlarini o’rganishdan iborat emas, balki uning vujudga kelishi va evolyusiya natijasida o’zgarishini o’rganadi.
Amaliy vazifalari sifatida hayvonlar psixikasi haqidagi bilimlarni kerakli bo’lgan sohalarda ishlatishdan iborat, bunda uchta sohani keltirib o’tishimiz mumkin:
Inson faoliyatining hayotiy va xo’jalik sohasida;Insonni tabiatni himoya qilish sohasida;
Rivojlanayotgan psixoterapevtik maqsadlarda.

Slayd 5

Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyani muammolari:
Psixik aks ettirishni vujudga kelishi va uning rivjlanishi ;
Hayvonlarda tug’ma va orttirilgan xatti-harakatlar tavsifi;
Ontogenezdagi xatti xarakatlar qonuniyatlari, turli xil guruhdagi hayvonlarning psixikasi
Hayvonlarning intellektini o’ziga xosligi;
Hayvonlarning psixikasi va xatti-harakatlarini antropogenetik ahamiyatlari.

Slayd 6

Hayvonlar xatti-harakatini psixologik bilimlar tizimidagi o’rni
Hayvonlarning psixologik jihatdan o’rganish bilan birga , hozirgi kunda hayvonlarni biologik tarzda o’rganish ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bu etologiya soxasining tarkibiga kirib ular shu soha bilan shug’illanishadi. Etologlar birinchi navbatda hayvonlarning xatti-harakatini ekologik omil asosida o’rganishadi, bunda hayvonlarni ma’lum bir sharoitlariga moslashish holatlari o’rganiladi.
Bir vaqtning o’zida etologiya filogenezdagi hayvonlarning xatti-harakatini o’zgarish holatlarini ham tadqiq etadi.
Etologik o’ziga xoslik asosida albatta hayvonlarning instinktiv xulq-atvorlari yotadi.
Dala sharoitida kuzatishlar natijasida etologlar hatti-xarakat biologiyasi nazariyasini yaratdilar.
Bunda asosiy o’rinda instinktiv xulq atvor birlamchi o’ringa chiqadi. Ular evolyusion bilimlarga, funktsional morfologiyaga , ommaviy ekologiyaga, xayvonlar tizimiga , googeografiyaga va boshqa sohalarga qimmatli foyda keltirdilar.
Zoopsixologiya o’zining xatti-harakatlarini hayvonlar xulq-atvorini o’rganishga qaratadi, etologlar esa biologik holatlarga.
Biroq psixik omillarsiz xayvonlarning biologik holatlarini o’rganish mumkin emas, va aksincha47.

Slayd 7

Zoopsixologiyani fiziologiya bilan aloqasi ham uzviylik holati mavjud.
Ayniqsa neyrofiziologiya oliy nerv fiziologiyasi bilan , zoopsixologdan farqli ravishda fiziolog psixik aks ettirish holatlarini o’rganadi.
Fiziologik tadqiqotlar xuddi zoopsixologiya kabi o’tkaziladi, unda xatti-harakatlar tahlil qilinadi, bunda albatta fiziolog oliy nerv faoliyatiga o’z e’tiborini qaratadi.
Uning birlamchi vazifasi faoliyat tizimlari va a’zolarini o’rganishdan iborat.
Sodir bo’layotgan holatlarni o’rganayotgan vaqtda albatta psixik aks ettirishlarni ham kuzatish mumkin, biz organizmni bir butun sifatida idrok qilishimiz zarur bo’ladi.
Biroq fiziologik jarayonlarda xatti-harakat shakli, fiziologik mexanizmlarni anglashga yordam beradi, demak fiziologik mexanizmlar va alohida jarayonlar orasidagi chegaralarni yo’qotadi.
Shuning uchun ham fiziologiyani o’rganayotgan vaqtda etologik yoki zoopsixologik nuqtai nazarlar bilan yondoshish mumkin emas.

Slayd 8

Fiziologlarni vazifasi zoopsixolog va etologlarnikidan farqlidir.
Yuqoridagi xech bir fan boshqasining o’rnini bosa olmaydi, ular faqatgina xamkorlikdagi faoliyatni amalga oshirishlari mumkin.
Bu yo’nalishlar orqali hayvonlarni to’liq tahlil qilish imkoniyatini yaratishimiz mumkin.
Hayvonlarni tadqiq qilish asosan laborotoriya sharoitida amalga oshiriladi.
Zoopsixologiya fanida hayvonlarni atrof muhit bilan munosabatlarini o’rganish holatalari ham mavjud. Hayvonlar o’zlarini oldingi tajribalaridan kelib chiqqan holda ularni nazorat qilish oson bo’ladi.

Slayd 9

Zopsixologiya va qiyosiy psixologiya usullari
Zoopsixologiyani o’rganish metodlari ikki asosiy guruhga bo’linadi:1) empirik ma’lumotlar va faktlar asosida olingan metodlar;2) empirik ma’lumotlar va faktlarni tahlil qilish asosidagi metodlar.Empirik ma’lumotlar va faktlar asosida olingan metodlar bu faktik materiallarni tadqiqot predmeti va holatlari orqali olingan xisoblanadi.
Shuning uchun ham bu metodlar fanning ma’lum bir sohasiga va tadqiqotni ma’lum bir tadqiqiga aloqador hisoblanadi.
Zoopsixologiyada bu hayvonlarning xatti xarakatlari xisoblansa , qiyosiy psixologiyada inson va hayvonlarning xatti-harakatlarni solishtirish xisoblanadi.
Bir biriga uyqash bo’lgan fanlar bir biriga o’xshash ba’zi bir holatlarda bir xil usullardan foydalanishlari mumkin48. Bu zoopsixologiyaga bilan bog’liq bo’lgan fanlarga xam aloqador, fiziologiya va etologiya.
Empirik ma’lumotlar va faktlarni tahlil qilish asosidagi metodlar bu fanlar metodologiyasi xisoblanadi. Bunda fanlarning nazariy holatlari, kelib chiqish vaqtlari nazariy va amaliy ahamiyatlarini o’rganish mumkin.

Slayd 10

Tadqiqotning predmeti haqidagi ma’lumotlar albatta nazariy asoslar orqali tahlil qilinadi.
Shu tariqa hayvonlarning xatti-g’arakatlarini o’rganib zoopsixologiya , etologiya va fiziologiya fanlari bir xil predmetni o’rganib, biroq ularni turlicha talqin etishlari kerak bo’ladi.
Psixologiya subyekt psixikasining ichki holati bo’lib, psixik jarayonlarni tuzilishi, funktsiyasi ;
Etologiya hayvonlarning turlarini vujudga kelishi va moslashish ahamiyatini, fiziologiya insonlar va hayvonlarning psixikasini ichki mexanizmlarini o’rganishdan iborat.
Ilmiy tahlil nazariyalari metodlari o’rganiladi, ular tafakkurning mexanimzlari asosida shakllanadi. Buning uchun albatta fanning metodologiyasi bo’lishi shart.
Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiya psixologik yondoshuvlardan foydalanadi, bunda psixikani evolyusion jabhada tahlil qilish mumkin.
Evolyusion yondoshuvda:
Evolyusion tizimli yondoshuv, faoliyatli yondoshuv, madaniy tarixiy, qiyosiy psixologik. Bularning nazariy tahlili keyingi bo’limlarda ko’riladi.
Empirik ma’lumotlar va faktlar asosida olingan metodlar zoopsixologiya va qiyosiy psixologiya fanida ikki asosiy guruhga bo’linadi. Kuzatish usuli eksperiment metodi.
Har bir usulning qo’llanish holatlari ma’lumotlarni tahlil qilishga doir haolatlar bilan belgilanadi.

Slayd 11

Zopsixologiya va qiyosiy psixologiyani rivojlanish tarixi.Zopsixologiya fan yosh fanlar qatoriga kiradi. Fanning paydo bo’lishi 200 yil atrofida deb tahmin qilinadi. Biroq uning asosi qadimdan o’rganilgan. Birinchi navbatda etologiya sohasini ritvojlanishi bilan bog’liq, ya’ni yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirish , shuning asosida zoopsixologiya rivojlana boshlagan. Qo’lga o’rgatish.
Hayvonlarning xatti-harakatlarni empirik jihatdan o’rganish turli xildagi hayvonlarni xonakilashtirish imkoniyatini yaratdi.
Biroq bizga qadar qadimiy o’rgatish holatlari yetib kelmagan, biz o’rgatish holatini yaqinroq holati bilan tahlil qilish imkoniyatiga egamiz.
Zoopsixologiya fani rivojlanish holatida mustaqil fan sifatida emas, balki dunyoqarashning bir turi sifatida shakllangan.
Hayvonlarning xulq atvori faylusuflar tomonidan ko’proq o’rganilgan. Bu esa teologik nazariyani keltirib chiqardi.
Hyech bir olim hayvonlarning xatti-harakatlarini tahlil qilmasdan boshqa holatga o’tmagan.
Shaxs nazariyalarida ham albatta shu holatga murojaat qilinadi

Slayd 12

Zoopsixologiyada nazariyalar klassifikasiyasi. Umuman olganda zoopsixologiya haqidagi nazariyalarni ikkita katta guruhga ajratishimiz mumkin:
kreasion (teologik) va rasional (tabiiy ilmiy)49.Kreasion harakat nazariyasi faraz sifatida talqin qilinadi, unda quyidagi holatlar tahlil qilinadi yuqori ong mavjudligi boshqalar uchun qaror qabul qilish imkoniyatining mavjudligi.
Ular ikki guruhga bo’linadi:- kartezianlik;
-harakatning metafizik nazariyasi. Rasional nazariyasining asosida hayvonlarning hatti harakati ong orqali boshqarilishi talqin qilinadi. Ularni instinktlar deb e’tirof qilinadi.
Instinklar esa shaxsiy tajribalar bilan umumlashtiriladi, bunda albatta shaxsiy tajribaning o’rni katta deb xisoblanadi.
Oxirgi aytilgan holatlarni insonda improvizasiya deb ataladi. Bu farazlarmaterialistik xisoblanadi.
Qattiq rasional xatti-harakat formasini o’rniga hayvonlarda instinktiv xatti harakat va individual xulq atvori tavsiya qilishadi, biroq evolyusion rivojlanish ularda cheklangan50.

Slayd 13

Rasional nazariyalarni bir necha guruhga ajratishimiz mumkin:- antromorfor yo’nalish nazariyas sifatida;- atomistik nazariyalar (tropizmlar nazariyasi, reflekslar nazariyasi);- determinat nazariyalar(bixeviorizm, geshtalpsixologiya)- tana tuzilishlari nazariyasi (Vagnerni metodologik nazariyasi , Lorensning obyektiv xarakat nazariyasi51) zoopsixologiyada kreasion nazariya. Kreasionizm
Zoopsixologiyada kreasion nazariya. Kreasionizm ( lotin tilidan olingan . Creator – yaratuvchi) – bu yo’nalish tabiiy fanlarda nomaterial dunyoviy ongni shakllantirish imkonini beradi.
Dunyoni yaratilish holatini xudo tomonidan berilgan deb e’tirof etiladi. Bu nuqtai nazardan hamma narsa xudoning irodasiga bog’liq deb etirof etiladi.
Zamonaviy olimlar ya’ni bu nuqtai nazar tarafdorlari kitoblardagi isbotdan tashqari holatlarni izlashadi. Etologiyada esa bu kam tadqiq qilingan. Biroq har doim ham bu shunday bo’lmagan.

Slayd 14

Teologik nazariyani ilmiy holatini XVII asrda yashab o’tgan R.Dekart (Rene Decartes 1596-1650) tahlil qildi.
Bu nazariyaning asosida xristianlik dinidagi ruhning abadiyligi olinDI. Bu g’oya Yevropaning ko’p qismida yetakchilik qilardi.
R.Dekart tanani ruhdan ayri rivojlanishi qabul qilar edi, tafakkurni esa ruhning xususiyatlariga kiritgan edi. Ruh uchun aqliy jarayonlar kerak deb e’tirof etar edi. Ruhning rivojlanish faqat insonlarda deb aytib o’tgan. Hayvonlar uning fikriga ko’ra xissiyotsiz kimyoviy mashin sifatida talqin qilgan .
Zoopsixologiyada metafizik qarashlar. Metafizik dunyoqarash teologik dunyoqarashni rivojlangan holati xisoblanadi. Yangi tarixda teologik nazariyalarni ilmiy asoslash majburiyati tug’ildi. Metafizikada kreasion hatti harakatlar mustaqil mavjudot sifatida hayvonlar tahlil qilinadi. Metafizik psixologiyaning asosiy holati oliy ongning mavjudligi deb aytib o’tiladi. Metafizika xatti-harakatlarni tahlili bilan shug’illangan. XIX asrdagi Ernest Gekkelning asarlarida zoopsixologiya va metafizika tahlil qilingan.

Slayd 15

Zoopsixologiyada rasional farazlarning rivojlnish tarixi Zoopsixologiyada rasional jihatdan o’rganish metafizika va teologiyadan avvalroq paydo bo’lgan. Bizning qadimgi ajdodlarimiz avval hayvonlarni qo’lga o’rgatib, so’ngra ijodiy g’oyalarni talqin qildilar. Zoopsixologiyada rasionalizmni ilmiy va tabiiy ilmiy sifatida e’tirof qildilar.
Rasionalizm holatining asosi birlamchi hayvonlarning xulq atvorida ko’rsatilgan. Birinchi rasionalistik yo’nalishning vakili Arastu bo’lgan. U turli xil hayvonlarni solishtirib o’zining fikrlarini Iskandar Zulqarnaynga jo’natgan. Hayvonlarning xulq atvorini inson bilan solishtirib u hayvonlarda ham psixik jarayonlar mavjudligini ko’rsatib o’tgan.
Uning fikriga ko’ra har bir hayvon turlichadir. Arastuning fikriga ko’ra eng aqlli hayvonlar sifatida u fillarni aytib o’tgan. Arastuning rasional qarashlari zoopsixologiyaning asosiga kiritilgan. XVIII asrda xuddi shu natijaga keldilar. XVIII asr hayvonlar o’rtasida turli tajribalarni o’tkazish imkoniyatini berdi. Byuffon, Reomyur, Galler, Reymarus, Kondilyak, Lerua va Lamarklarning tadqiotlari sababli turli xil xayvonlarda instinkt tshunchasi va evolyusion rivojlanish holatlari o’rganilgan53.

Slayd 16

XVIII asrda zoopsixologiyadagi psixologik nazariyalar. Zoopsixologiyaning asoschisi sifatida Jorj Byuffon (1707-1788) keltirib o’tilgan. U 44 tomli havonlarni xulq atvori bo’yicha ilmiy ishlar to’plamini yaratdi. Bu etologiyaning sistemali ravishda shakllanishiga sababai hisoblanadi.
J.B.Lamarkning zoopsixologik nazariyalari. XIX asrning boshlarida tabiiy fanlar falsafadan ajralib chiqdi. Bu zoopsixologiya fanining paydo bo’lishiga asos bo’lib xizmat qildi. Biroq zoopsixologiyaning markaziy konsepsiyasi xali ham mavjud emas edi.
XIX asrga qadar hayvonlarning xatti-harakatlarini va darajalarini xech kim tizimlashtirgan emas edi. Bu vazifani Jann Batis Lomark bajardi..
1809 Yilda u o’zining mashhur asari Zoologiya falsafasi kitobini chop qildi. Bunda zoopsixologiya alohida fan sifatida tahlil qilingan. U evolyusiyaning yakunlangan nazariyasini yaratdi , buning asosida tashqi muhit olgan reaksiyalarga tashqi muhitning ta’sir yotadi deb talqin qilingan.
Lamarkning fikriga ko’ra organizmlardagi o’zgaruvchanlik tashqi muhitning ta’sir ostida sodir bo’ladi deb aytib o’tilgan. Asosiy omil sifatida u organizmgi tashqi muhitga javob reaksiyasida deb tushunadi. Bu holatlar tug’ma va orttirilgan bo’ladi deb tushuntirgan.

Slayd 17

Lamark talqinicha: «Organizmlar tashqi muhit ta’sir ko’rsatishi bo’yicha o’zgaradi, muhim hayvonlarning psixikasini o’zgartiradi….». Lamark zoopsixologiya faniga qimmatli kashfiyotni berdi.
U psixikani asab tizimiga tobe’ligini aniqladi. U tomonidan psixik aktlar klassifikasiyasi tuzildi.
Eng sodda akt sifatida qvo’zg’atuvchi xisoblanadi, murakkasb sifatida sezuvchanlik deb e’tirof etdi. Hayvonot olami uchta guruhga bo’lingan.Zoopsixologiyada rasional nazariyalar.
Antromorfoz nazariya asoschilari inson psixikasi va hayvon psixikasi yagona ekanligini e’tirof etishadi. Bu yo’nalish tarafdorlariinsonning tafakkuri va ong xech qanday o’zgarishlarsiz hayvonot olamiga ko’chirilishi mumkin
Inson psixikasiga aloqador bo’lgan holatlar, hayvonot olamida ham topilishi mumkin. Bu yo’nalish Ch.Darvin tomonidan tavsiya qilingan. Vundtning nazariyalari ham shunga tayanadi .

Slayd 18

Zoopsixologiyada atomistik nazariya. Atomistik guruhga inson va hayvonlarning bir xilligini ta’kidlovchi guruhlarni kiritishimiz mumkin. Insonning psixikasi hayvonlarning psixikasidan bir muncha murakkab deb aytib o’tiladi. Inson hayvonlarning xatti-harakatini qaytaradi deb aytib o’tiladi. Bu evolyusion xulq-atvor sifatida aytib o’tiladi. Bu faraz tarafdorlari sodda hayvonlarning xulq atvorlari va insonning faoliyatini bir biriga solishtirish orqali tahlil qilganlar. Atomistik nazariya tarafdorlari laborotoriya sharoitida eksperimentlar o’tkazishni ma’qul topganlar. Ular aqliy jihatdan tahlil qilmasdan balki eksperimentlar asosida xulosa chiqazishni afzal bilishgan. Atomistlar hayvonlardagi psixik xususiyatlar nima ekanligini aniqladilar. Morfologlar, gistologlar, fiziologlar va ximiklarning bu davrdagi tadqiqotlarda xissalari katta xisoblanadi. Ular tomonidan eksperimental zoopsixologiya va asab tizimi fiziologiyasi yo’nalishi paydo qilindi. Bu hozirgi kunga qadar mavjuddir.

Slayd 19

Tropizmlar nazariyasi J.Leb. Bu yo’nalishning asoschilari fiziologik jarayonlarning tashqi holatlari kimyoviy reaksiyalardan iborat deb xisoblaganlar. Bu zoopsixologiyani shakllanishiga xissa qo’shdi.
Biroq bu yo’nalish tarafdorlarining fikriga ko’ra ular kimyoviy reaksiyalarni o’rganib, psixik jarayonlarni ham o’rganish mumkin deb xisoblanalar. Bu yo’nalishning asoschisi J.Leb xisoblanadi (1859-1924) amerikalik biolog.
Tropizmlar o’simlik va hayvonot olamining yorug’likka, mexanik ta’sirlarga, kimyoviy ta’sirlarga, haroratga ta’siri deb tushunilgan. Masalan hayvonlar yorug’likka javob berishgan , Lebning fikriga ko’ra bu ijobiy fototropizm deb atagan.
Agar yorug’likdan qochsa salbiy fototropizm sifatida talqin qilgan. Tropizm nazariyasi tarafdorlari o’simlik dunyosida qolib ketmasdan , balki hayvonot olamiga ham shu holatlarni qo’llashgan57.

Slayd 20

Pavlovning reflekslar nazariyasi. Faol harakatlarni o’rganish bo’yicha ko’pgina olimlar mehnat qilgan. Birinchi bo’lib fiziologik mexanizmlarni o’rgangan olim I.M.Sechenov xisoblanadi. Uning ishlari asosida Rossiyada fiziologiya fani rivojlandi. XIX asrning oxiriga kelib I.P. Pavlov hazm qilish fiziologiyasi bilan shug’illandi, aynan shu holat asab tizimining faoliyatiga bog’liq ekanligini isbotladi. Bu tadqiqotlar Nobel mukotiga tavsiya qilingan. Eksperimental fiziologiya holatiga tayangan holda I.P.Pavlov reflekslar nazariyasini yaratadi: shartli va shartsiz.
Zoopsixologiyani tadqiq qilishni besh usuli.Labirint usuli. Bu usulni Smoll (Small) Albion Vudberi o’ylab topgan, amerikalik sosiolog sosial darvinizmning nomoyondasi xisoblanadi. «Amerika sosiologiya jurnali» asoschisi 1895yilda tashkil toptirgan , 1892 yilda Chikago universiteti sosiologiya fakultetiga asos solgan. Tajriba xayvonchasiga turli xildagi yemak qo’yiladi, bunda tajriba hayvonchasi mummoni yechimini topgandan so’ng mukofot tariqasida yemak berilgan.

Slayd 21

Aylanib o’tish metodi. Hayvonlar muammoning mavjudgi orqali yechimni aylanib o’tish bilan topishlari mumkin. Bunda muammoni yechimiga kelishda bir qator to’siqlar bo’lishi mumkin. Labirint usulidan farqli ravishdahayvonlar bu holatda ozuqani idrok qilishi , unga qaratilgan harakatni amalga oshirishadi. Tezlik inobatga olinadi va baholanadi. Bu metod orqali yuqorida keltirilgan muammolarning barchasi o’rganiladi.
Bir paytning o’zidagi yoki ta’qib qilish metodi. (Obyektlarnitanlash signallar , tasvirlar va boshqalar ularni bir holatlarini ajratish usuli orqali tahlil qilinishi mumkin. Bu metod tajribadagi hayvonchalarning qobiliyatlarini aniqlash uchun mo’ljallangan. Bunda ikkita bir xil turdagi xayvon ham ishtirok etishi mumkin. Bu usul orqali hayvonlarda rangni idrok , shaklni, ko’lamni idrok qilishni aniqlash mumkin.

Slayd 22

Psixikani vujudga kelishi.Uzoq vaqtlar davomida psixologiya tabiiy ijtimoiy fanlardan ajratilib o’rganiladigan ilm sohasi sifatida qaralgan. Buning asosiy sababi shundaki, o’sha paytlarda psixologiya, inson ruhi idealistik nuqtai nazaridan talqin etilgan. Psixologiya oldida turgan asosiy vazifa asosan inson ichki olamini o’rganish bo’lib, bu ichki olamga tashqi dunyoga aloqasiz ravishda lrganizm ichida paydo bo’ladigan ichkarida kechadigan jarayonlar, holatlar sifatida talqin etilgan. Masaslan R.Dekartning ta’kidlashicha, insonning o’zini o’zi anglashi uning ruhiy hayotiga xos bo’lgan narsa bo’lib barcha psixik kechinmalarning murakkabligi faqat ana shu ichki jarayonlargagina bog’liqdir.
O’tgan asrda ana shu ichki olamni tashqi olamga qarshi qo’yib, uni ajratgan holda talqin etish g’oyalariga qarshi kurash avj olib ketgan edi bundan 100 yilcha muqaddam I.M.Sechenov tomonidan his etiladigan va amalga oshiriladigan psixologik faoliyatlarning o’rganishi kerak deb aytadi.
I.M.Sechenov tomonidan taklif qilingan oyeflektor nazariya konsepsiyasi dualizm qarashlarini psixik hayotga tadbiq etish bo’yicha birinchi ilmiy qarash bo’lmagan.Psixologiyan tabiat va jamiyat haqidagi fan sifatida joriy qilish sobiq sovet psixologlarining asosiy maqsadlaridan biri bo’lgan. Sobiq sovet psixologlarining ishida psixologiya ichki dunyo haqidagi fan sifatida emas balki, tashqi ko’rinishlar haqidagi fan deb hisoblangan.

Slayd 23

Psixologiyani ruhiy hayotning o’ziga xosligi haqida emas, balki hayot faoliyatining uzoq muddat rivojlanish natijasi sifatida , unda organizmning atrof muhit bilan faol o’zaro aloqaga kirishadi, unda u o’z o’rnini topishga intiladi. Bunday aks ettirish jarayonida, atrof muhitning ta’siri ostida miyada psixik jarayonlar vujudga keladi. Bu holat esa psixikaning ichki dunyo haqidagi fan tushunchasini yo’qotgan va buning natijasida evolyusion rivojlanish vujudga keladi. Psixik jarayonlar shu tariqa o’rganish obyekti bo’lib qolgan.Sobiq sovet psixologlarining fikriga ko’ra psixika hayot faoliyatda vujudga kelgan , balki organizmning hayot faoliyatini ma’lum shart sharoitlarda vujudga keltiradi. Masalan: notirik tabiatda alohida buyumlarning o’zaro aloqasi mavjud. Biroq bunday aloqalar ularning yashashi uchun sharoit hisoblanmaydi qoya suvdan mustaqil ravishda bo’lishi mumkin, suv qirg’oqdan mustaqil ravishda mavjud bo’lishi mumkin. Masalan: kerosinda mavjud bo’lgan kakliy ochiq havoga qo’yilganda uchib ketishi mumkin. Yerning rivojlanishi jarayonida juda murakkab qo’shilishlar vujudga kelgan. Bu katta molekulalar konservatlar deb atalgan.

Slayd 24

Hamma tashqi olam ko’rinishidan hayotni qo’llash uchun biotik ta’sir va mavjud bo’lmagan abiotik ta’sir mavjud edi. Agar biz hayot evolyusiyasini diqqat bilan kuzatsak, ularni ma’lum bir bosqichlarga ajratishimiz mumkin. Birinchi bosqich bu o’simliklar olami. Bu forma evolyusiyaning hamma bosqichlarida uchraydi. Sodda bir to’qimali suv o’tlaridan tortib, to zamonaviy o’simliklarga qadar.Ko’pgina tadqiqotchilarning fikriga ko’ra o’simliklar olamining o’ziga xosligi shundan iboratki, ular ma’lum bir joyga bog’langanlar, harakat qilmaydilar. O’simliklar olami ma’lum bir moddalar almashinuvida to’xtaydi. O’simliklarning xayot faoliyati 1 biotik omillarga bog’liq holda amalga oshiriladi. O’simliklar ma’lum bir sharoitlarga nisbatan sezuvchan bo’lib qoladilar. Demak o’simliklar ham o’z ehtiyojlariga egadirlar. O’simliklar ularga ta’sir qilagan omillarga nisbatan ta’sirlarga javob berish xususiyatlariga egadirlar. O’simliklar ma’lum bir xududga bog’langandirlar, undan ortiqcha harakat qilmaydilar. O’simliklar yorug’likka, haroratga, kimyoviy ta’sirlarga nisbatan ta’sir berish xususiyatlariga egadirlar. Bunday harakatlar tropizmlar deb ataladi.

Slayd 25

Tropizmlar fototropizm (yorug’likka javob), termotropizm (haroratga), geotropizm (yer markaziga intilishi), xemotropizm (kimyoviy ta’sirlarga) larga bo’linadilar. O’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, tropizmlar ijobiy (taassurot kelgan yo’nalishga qarab intilish) yoki salbiy (zararli taassurotlarga intilish) xarakterga ega bo’lishi mumkin.O’simliklar dunyosidan farq qiluvchi bosqich bu hayvonot olami hisoblanadi. Hayvonot olamining o’simliklar dunyosidan farqlanuvchi xususiyatlari bu hayvonlarda harakatning mavjudligidir.
Bu ba’zida yetarli xisoblanmaydi, chunki ba’zi bir o’simliklar haoakatlanish xususiyatlariga eagdirlar. Masalan kungaboqar yoki pashsha yutuvchi o’simlik, kungaboqar quyoshga qarab harakatlansa, pashsha yutuvchi pashshalarga qarab harakatlanadi. Lekin bundaay harakatlar hayvonlarning xatti harakatlaridan farqlanadi. Hayvonlarning xarakati faol xarakterga ega.
O’simliklar dunyosidan hayvonot dunyosiga o’tishdagi yangilik bu hayvonlarda yangi qo’zg’atuvchining ko’rinishi vujudga kelishidir. Hattoki eng sodda tuzilgan hayvonlar ham biotik qo’zg’atuvchilarni paydo bo’lishini namoyon qilishlari mumkin. Bu A.N.Leontyev talqitniga ko’ra sezuvchanlik deb nomlangan. Hayvonlarda sezuvchanlikning paydo bo’lishi yangi xususiyatlardan biri hisoblanadi va bu esa yangi organizmlarni vujudga keltiradi, bu holat esa psixikaning vujudga kelishining asosiy omili hisoblanadi.

Slayd 26

Asab tizimigacha bo’lgan davr va asab tizimini paydo bo’lishi
Asab tizimigacha bo’lgan davr va asab tizimini paydo bo’lishi.Amerikalik tadqiqotchi Jennigs eng sodda jonzotlarda tadqiqot ishlarini olib borgan. Ma’lumki amyobaning tanasiga tegilsa, uning holati o’zgaradi. Tegilgan joyda yolg’on oyoqlar paydo bo’ladi. Bular psevdopodiyalar deb ataladi, amyoba shu oyoqlari bilan obyektni ushlab oladi, agar bu obyekt ozuqa bo’lsa amyoba uni o’zlashtiradi, agar ozuqadan tashqari narsa bo’lsa amyoba uni tashlab yuboradi. Bunga yaqin javobni distant qo’zg’atuvchilar orqali ta’sir qilinganda kuzatishimiz mumkin. Ba’zi bir holatda amyoba ma’lum bir masofada turgan obyektga yaqinlasha boshlaydi va uni ushlab oladi, boshqa hollarda esa ular teskari xatti-harakatlarni amalga oshira boshlaydilar. Ko’pgina tadqiqotchilarning fikriga ko’ra buni quyidagicha izohlash mumkin, zaif qo’zg’atuvchilar amyobalarda faol reaksiyani vujudga keltiradi va aksinchakuchli qo’zg’atuvchilar teskari effektni vujudga keltirad, bu esa amyobani qo’zg’atuvchidan uzoqlashishiga olib keladi. Amyobaning tanasi bir xil bo’lmagan qavatlar protoplazmasidan iborat. Tashqi protoplazmagel holatida bo’ladi, ichki protorlazma zol (suyuqlik) holatida bo’ladi. Protoplazmaning tashqi qavvati tashqi ta’sirga qo’zg’aluvchan bo’ladi, shundan so’ng u zol holatiga o’tadi. Bu yolg’onoyoqlarning shakllanishiga sabab bo’ladi, shundan so’ng amyoba harakatlanadi

Slayd 27

Foterning tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, amyobaga 20 marta zaif mexanik ta’sirdan 2 tasiga javob qaytaradi, zaif yorug’likka esa umuman javob bermagan, biroq yorug’lik va mexanik stimullarning 20 tasidan, 16 tasiga javob qaytargan. Mayer va Shreyr taxminlariga ko’ra zaif qo’zg’ovchilarga nisbatan ijobiy, kuchli qo’zg’ovchilarga nisbatan salbiy ta’sirotlar vujudga keladi. Bless va Leontyevlarning tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki, dafniya yorug’likka nisbatan to’g’ri harakatlanmasdan, balki yoysimon harakatlanar ekan. Polyak olimi Dembrovskiyning tadqiqotlarida ham sodda hayvonlarni kerakli harakatlarni amalga oshirishga o’rgatish mumkinligi ko’ringan. U bir xujayrali hayvonlarni dumaloq idishga solib qo’yib, ularni qanday harakatlanishini kuzatgan, ularning haoakatlari boshida xaotik xarakterga ega bo’lgan, ma’lum muddat o’tgandan so’ng esa, bu tartiblangan harakatga aylangan.Tadqiqotchilar juda qiziq ma’lumotlarga ega bo’lishgan, bir xujayrali hayvonlarning qo’zg’atuvchilarini tarqalishi sekundiga 1-2 mikrondan oshmasa, eng sodda asab tizimiga ega bo’lgan hayvonlarda tezlikni tarqaligi katta hisoblanadi, u sekundiga 50 smni tashkio qiladi, qurbaqaning asab tizimini tarqalish tezligi 25 metrga, insonniki esa sekundiga 125 metrni tashkil qilar ekan. Bu holatlar shuni ko’rsatadiki, ma’lum bir asab tizimiga ega bo’lgan hayvonlarda asab tizimining tezligi oshar ekan. Bu holatlarning hammasi asab tizimining paydo bo’lishi zamin bo’lib hizmat qilgan. Eng birinchi asab tizimi to’rsimon asab tizimi hisoblanadi. Bu asab tizimining tolalari to’rga o’xshash bo’lganligi sababli u to’rsimon asab tizimi deb yuritilgan. Bu nerv tolalari juda kuchli sezuvchanlikka ega bo’ladi. Bu to’rsimon asab tizimi yuqori umurtqalilarda «retikulyar formasiya» deb nomlangan asb holatlarini eslatadi.

Slayd 28

To’rsimon asab tizimining sezuvchanligini ko’tarilishigasabab bo’lib nafaqat kontakt qo’zg’atuvchilar, distant qo’zg’atuvchilar ham bo’lishi mumkin. To’rsimon asab tizimi bir qator kamchiliklarga egan. To’rsimon asab tizimida asosiy boshqaruv holatlari mavjud emas. Nemis olimi Bets dengiz yulduzlari o’rtasida tadqiqot o’tkazgan.
Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, dengiz yulduzchalarining bittasi yetakchiga aylanadi, unga ta’sir qilinganda unga shu tola orqali hamma a’zolar javob bera yuoshlaydi. Biroq shu yetakchi nur olib tashlansa, boshqa nur uning funksiyasini bo’yniga olishi mumkindir. Bu esa dengiz yulduzining nera apparati o’sha tamoyilda qolganligini ko’rsatadi.
Yangi asab tizimining paydo bo’lishiga sabab bo’lib, ular xatti-harakatini boshqara oladilar. Shu sharoitlar markaziy asab tizimini paydo bo’lishini ta’minlaydi.Bu asab tizimini chuvalchanglarda kuzatish mumkin. Bu nerv tugunlaridan iborat bo’lib, bular ganglionar asb tizimi deb yuritiladi. Bu asab tizimida oldingi gangliyaning paydo bo’lishi muhim ahamiyatga egadir, bu uning boshqaruv apparatini paydo bo’lganligini ko’rsatadi. Chuvalchanglarning asab tizimini yakunlanganligini kuzatishimiz mumkin.

Slayd 29

Instinkt va malakalarni o’rganishni zamonaviy holatlari
Instinkt va malakalarni o’rganishni zamonaviy holatlari. Ko’pgina olimlarning fikriga ko’ra instinktlar bu ongdagi maqsadlarning yo’qligida hayvonlarning maqsadli xatti-harakatidir. Demak instinkt bu nasldan naslga hyech qanday o’zgarishsiz o’tadigan tug’ma xatti-harakat formasidir. Bu xatti-harakat shakli umurtqasizlarning hayotida yetakchi ahamiyat kasb etadi, masalan qusursqalarda bu xatti-harakat formasi asosiydir, quyi darajada rivojlangan umurtqalilarda ham instinktlar yetakchi o’rin egallaydi faqat asta sekinlik bilan individual o’zgaruvchan xatti-harakatlarga o’rnini bo’shata boshlaydi.
Agar yomg’ir chuvalchangini bosh gangliyasini olib tashlaganda u harakat qilishi ma’lum. Yomg’ir chuvalchangi uyini qishda issiq tutishi uchun va oziqlanishi uchun uyiga daraxt bargini olib kirar ekan.
Tadqiqotchilar shuni kuzatishdiki yomg’ir chuvalchangi bargni oxiridan tortib uyiga olib kirar ekan. Bu xatti-harakatni ko’rganlar u aqlli xatti harakat qilayapti degan fikrga borishlari mumkin.
Shuning uchun ham olimlar uni ustidan tadqiqot o’tkazib chuvalchanglarni harakatini kuzatganlar. Ular chuvalchangda shaklni idrok qilish formasi bormi yoki yo’qligini kuzatganlar.

Slayd 30

Ular fargni shakliga o’xshash shaklni bargdan kesib olganlar, bargni asosi hisoblangan barg shakli hozirda oxiri hisoblana boshlagan, shunda chuvalchang oxiri hisoblangan tomonidan uyiga torta boshlagan, demak chuvalchang boshqa omillar orqali xatti-harakatini boshqarishi ma’lum bo’lgan.
Demak chuvalchanglar ma’lum bir tug’ma xatti-harakatni amalga oshirishini kuzatishimiz mumkin. Bu xatti-harakat formalarining murakkabligi nimadan iboratligini kuzatganimizda, shunday xulosaga kelishimiz mumkinki evolyusiya jarayonida qandaydir noma’lum yo’llar bilan hayvonlarning yashashi uchun shart sharoit yaratiladi, bunda ularning tana shakllari, yashash sharoitlari hisobga olinadi. Kapalak yoki pashshaning qanoti uchish uchun eng maqbul asbob hisoblanadi. Asalarining tumshug’i esa asal yig’ish uchun eng maqbulidir.
Har bir qumursqalarning xatti-harakati yashash uchun eng maqbul holatdardan biri hisoblanadi. Darvinning fikriga ko’ra bu evolyusiyaning natijasida, tabiiy tanlanish vaqtida vujudga kelgan hisoblanadi. Ularning nasl qoldirishga bo’lgan xatti-harakatida ham instinkt formalarini kuzatishimiz mumkin, masalan chivinlar o’z tuxumlarini suvga qo’yadilar, agar ular quruq joyga tuxumlarini qo’ysalar tuxumlar nobud bo’lishlari mumkindir.

Slayd 31

Asalarining oldingi gangliyasi kelgan ma’lumotlarni tahlil qilish qobiliyatiga egadir, bular murakkab xatti-harakatlarni amalga oshirishga yordam beradi.Har bir hatti harakatlar instinktiv darajada tuzilganligi sababli ulardagi ma’lum o’zgarishlarga hayvonlar javob berishmasligi mumkin.
Instinktiv xatti–harakatning besh xil turi mavjud.
Oziqlanish, 2)nasl qoldirish, 3) naslga g’amxo’rlik, 4)ximoyalanish, 5)in qurish va gala bo’lib yashash. Har bir xatti harakatlar shu instinktlar asosida amalga oshiriladi. Ular murakkab holatlarga duch kelsalar instinktlar chegarasidan chiqib keta olmaydilar. Masalan o’rgimchak to’riga pashsha tushganini vibrasiya orqali sezadi va ozuqaga intiladi. Agar iniga boshqa narsa tushsa ham unga intiladi, chivin suvga tuxum qo’yadi, lekin oynani ko’rsa ham tuxum qo’yishi mumkindir

Slayd 32

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 33

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyaga kirish” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar