
Slayd 1
Zavqiy
(1853-1921)
Slayd 2
Zavqiy taxallusi bilan qalam tebratgan shoirning asl ismi Ubaydulloh bo‘lib, 1853-yilda Qo‘qon shahrining Qatag‘on dahasaga qarashli Shayxon mahallasida mahsido‘z kosib Muhammad Solih oilasida dunyoga kelgan.
Slayd 3
TAHSIL
Bo‘lajak shoir dastlab mahallasidagi maktabda o‘qigan, so‘ng 1870—1874-yillarda shoirtabiat tog‘asi Muhammad Siddiq yordamida «Madrasai Oliy» va «Madrasai Chalpak» madrasalarida tahsil ko‘rgan.
Slayd 4
Shoirning ijodiy faoliyati madrasada tahsil olib yurgan paytlarida boshlangan. O‘sha paytlarda u Muqimiy, Muhyi, Furqat, Nisbat, Muhayyir kabi taniqli shoirlar bilan tanishdi, ular bilan adabiy majlislarda, mushoaralarda ishtirok etdi. Bu muhit Zavqiyning ijodiy kamolida alohida ahamiyat kasb etdi.
Furqat o‘z esdaliklarida ushbu shoirlar tez-tez to‘planishib, adabiy suhbat qurganlari, bir g‘azalga ergashib, uning ma’nosini turli shakl va ifodalarda aytib, she’riy bahs va ijodiy musobaqa qilishlari haqida yozgan edi.
Slayd 5
Tog‘asi Muhammad Siddiq bilan birga haj safariga chiqib, olti oy davomida Turkiya va Arabiston mamlakatlarida bo‘ladi. Shoir safar davomida boshqa xalqlarning hayoti, urf-odatlari bilan tanishadi. Natijada dunyoqarashi kengayib, ijodida yangi mavzu va ohanglar paydo bola boshlaydi.
Slayd 6
Zavqiy 1921-yilda ikki oy davom etgan og‘ir kasallikdan so‘ng 68 yoshida vafot etgan.
Slayd 7
Zavqiyning she’rlari, maqolalari o‘z davrida «Turkiston viloyatining gazeti», «Sadoyi Farg‘ona», «Tirik so‘z», «Najot» gazetalarida hamda «Al-Isloh» jurnalida bosilgan, asarlaridan namunalar to‘plam va bayozlarga kiritilgan.
Slayd 8
Shoirning o‘z qo‘li bilan tuzgan devoni uning vafotidan so‘ng, aniqrog‘i, 1930-yilda turmush o‘rtog‘i Xayrunniso tomonidan Qashqarga olib ketilgan. Hozir bu devon Zavqiyning Xitoy Xalq Respublikasida yashayotgan avlodlari qo‘lida saqlanmoqda.
Yurtimizda shoirning saqlanib qolgan asarlari jamlanib, 1958- va 1960-yillarda ikki marta nashr etilgan. 2003-yili Zavqiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan mazkur to‘plamning to‘ldirilgan nashri bosmadan chiqdi.
Slayd 9
Asarlari
Zavqiy adabiyotimiz tarixida yirik hajvchi shoir sifatida ham e’tirof etiladi.
Uning bir qator asarlarida, jumladan, «Ajab zamona», «Qahatchilik», «Zamona kimniki», «Veksel» kabi she’rlarida mustamlaka tuzumidagi ijtimoiy tengsizlik, adolatsizlik, chor ma’muriyati himoyasida bo‘lgan ayrim nopok amaldorlarning kirdikorlari fosh etiladi.
Slayd 10
Diqqat qiling!
«Ta’rifi kalish», «Otim», «Fonus», «Pashshalar» kabi hajviyalarida esa u ijtimoiy hayotdagi ayrim nosozliklar, kishilar faoliyatidagi holatlar ustidan zaharxandalik bilan kuladi.
Hayotda va adabiyotda paydo bo‘lgan har bir xayrli yangilikni qizg‘in kutib olishga odatlangan Zavqiy Muqimiy boshlab bergan «Sayohatnoma» janri an’anasini munosib davom ettirib, bir nechta she’rlar yozgan.
Slayd 11
Hajvi ahli Rasta
Slayd 12
Zavqiy 1905- yilning avji yozida savdo bilan shug’ullanib, o’zgalarning haqiga xiyonat qiladigan 46 nafar baloxo’rni fosh etib bitilgan „Hajvi ahli rasta» she’rini maxsus qog’ozga katta harflar bilan yozib, Mo’ymarak ataluvchi saylgohning eng gavjum joyidagi terakka ilib qo’yadi.
She’rda haromdan hazar qilmaydigan savdogar, boy va sudxo’rlar ochiqchasiga o’rinli tanqid qilingan va mahorat bilan kulgiga olingan edi.
Zavqiy tomonidan butun Farg’ona vodiysiga sharmanda qilingan bu shaxslar albatta, jimgina qarab turishmadi. Ular shahar hokimiga ariza berib, shoirning ustidan ish qo’zg’atishga erishdilar.
Uzoq davom etgan tergovlardan so’ng Zavqiy yuz so’m jarima to’lab, qamoqdan qutulib qoladi.
Slayd 13
“Ajab ermas” muxammasi
Zavqiyning ijtimoiy tartibotlarni isloh qilish borasidagi qarashlari uning „Ajab ermas» nomli muxammasida yaqqol namoyon bo’ladi.
U ma’rifatchi shoir, kelajakka umid bilan qarovchi musulmon, jamiyat tartiblarini isloh qilish lozimligini bilgan ziyoli sifatida yaxshi kunlar kelishiga, zulm-u adovat yo’qolishiga ishonadi.
Slayd 14
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 15
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |














Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.