Zahiriddin Muhammad Bobur. Gazallar
8000 so'm

Slayd 1
Zahiriddin Muhammad Bobur
(1483-1530)
Slayd 2
Slayd 3
Bobur 1483-yilning 14-fevralida Andijonda tug‘ildi.
Otasi temuriyzoda Umarshayx Farg‘ona viloyati hukmdori edi.
Onasi Qutlug‘ Nigorxonim Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi.
Slayd 4
Bo‘lajak shoir 12 yoshida ekan, otasi bevaqt halok bo‘lib, Farg‘ona hokimligi uning zimmasiga tushadi.
Slayd 5
15 yoshida bobomeros Samarqandni zabt etadi.
16 yoshida bu azim shaharni tashlab chiqishga majbur bo‘ladi.
Keyin ham 2 marotaba bu shaharni egallashga muvaffaq bo‘ldi.
UNUTMANG!
Slayd 6
1503-yilda Jayhun (Amu)ni kechib, Xurosonga o‘tdi. Kobul va G‘aznani qo‘lga kiritdi.
1526-yilda esa Hindistonni zabt etib, katta saltanat o‘rnatdi.
Slayd 7
1530-yilning 26-dekabrida Agrada vafot etdi
Keyinroq uning xoki, vasiyatiga muvofiq, Kobulga ko‘chiriladi.
Slayd 8
Agra. “Orom bog’i”. Bobur Mirzo ilk marta shu yerga dafn etilgan.
Slayd 9
Slayd 10
Dehli. Boburiylar avlodi. Qamarjahon Zebunniso Begim
Slayd 11
Bobur avlodlari. Qamarjahon Zebunniso Begimning qizi Pokiza Sulton Begim
Slayd 12
Haydarobod. Boburiylar avlodi Ziyovuddin Tusiy.
Slayd 13
Haydarobod. Laylo Ummaxoni xonadonida
Slayd 14
Andijon. Bobur uy – muzeyi
Slayd 15
Toj mahal haqida nima bilasiz?
Slayd 16
BILIB OLING
Tojmahal – Hindistondagi boburiylar sulolasi davriga oid meʼmoriy yodgorlik. Agra shahri yaqinidagi Jamna daryosi boʻyida Shoh Jahon suyukli xotini Arjumandga atab qurdirgan.
1631-1652-yillarda qurilgan.
Taxminan 20 ming ishchi qurilish ishlari bilan band bo’lgan;
1000 ortiq fillar Agra shahridan 320 km uzoqda joylashgan tosh yo’naladigan yerdan marmarlarni keltirgan.
Slayd 17
Bobur ikki she’riy to‘plam — devon tuzgan.
Bobur o‘zbek va fors tillarida ijod etgan zullisonayn shoirdir. U ona tilida yozgan she’rlarini to‘plab, 1519- yilda Kobulda, 1528 – 1529- yillarda Hindistonda devonlar tuzgan.
Bu ikki to‘plam o‘sha joylar nomi bilan «Kobul devoni», «Hind devoni» deb ataladi. Kobul devoni topilgan emas.
Slayd 18
Saqlanib qolgan she’rlarining soni 400 dan ortiq.
Shundan 119 tasi g‘azal, 231 tasi ruboiy.
Shuningdek, shoir devonidan tuyuq, fard, masnaviy, qit’a, muammo kabi janrlar ham joy olgan.
Slayd 19
G’AZALLARDAN NAMUNALAR
Slayd 20
Mening ko’nglumki, gulning g’unchasidek tah-batah qondur,
Agar yuz ming bahor oisa, ochilmog’i ne imkondur.
Agar ul qoshi yosiz bog’ gashtini orzu qilsam,
Ko’zimga o’qdumr sarv-u ko’ngulga g’uncha paykondur.
Paykon — kamon uchidagi metall, boshoq.
Bahor-u bog’ sayrin ne qilaykim, dilsitonimning
Yuzi gul, zulfi sunbul, qomati sarvi xiromondur.
Visoli lazzatidin zavq topmog’liq erur dushvor…
Slayd 21
Sendek menga bir yori jafokor topilmas,
Mendek senga bir zori vafodor topilmas.
Bu shakl-u shamoyil bila xud hur-u parisen
Kim, jinsi bashar ichra bu miqdor topilmas.
Ag’yor ko’z olida-u ul yor ayon yo’q,
Cam xori ko’ngul ichra-yu g’amxor topilmas.
Ey gul, meni zor etmaki husnung chamanida,
Ko’zni yumub ochquncha, bu gulzor topilmas…
Slayd 22
BOBURNOMA
Slayd 23
BILIB OLING!
«Boburnoma» avtobiografik ocherklarni eslatuvchi voqeiy hikoyalardan iborat. Ularda muallif Movarounnahr, Xuroson, Afg’oniston, Hindiston kabi mamlakatlarda o’zi qatnashgan, ko’rgan yoki eshitgan voqealarni hikoya qiladi. Asarda tarixiy davr va Bobur hayoti sahifalari haqqoniy ifoda etilgan.
Slayd 24
ASAR HAQIDA
Eski o‘zbek (chig‘atoy) tilida yozilgan (taxm. 1518/19—1530).
«Boburiya», «Voqeoti Bobur», «Voqeanoma», «Tuzuki Boburiy», «Tabaqoti Boburiy», «Tavorixi Boburiy» kabi nomlar bilan ham ma’lum.
Boburning o‘zi esa «Vaqoe» va «Tarix» degan nomlarni ishlatgan.
Slayd 25
«Boburnoma» o‘zida bayon qilingan voqealar jarayoniga ko‘ra 3 qismga:
Boburning Movarounnahr (1494—1504);
Afg‘oniston (1504—24);
Hindiston (1524— 30) dagi hukmdorlik davriga bo‘linadi.
Slayd 26
Jahongashta – “Boburnoma”!
Jahonda birinchi to‘liq nashrini (ingliz tilida) 1826 y.da J. Leyden va V. Erskin amalga oshirdi. F. Talbot esa mazkur nashr asosida 2 marta (1878, 1909) uning qisqartirilgan nashrlarini chop ettirdi. 1921 y.da ingliz sharqshunosi A. Beverij «B.»ni mustaqil suratda asl nusxadan qayta tarjima qildi. Birgina Angliyaning o‘zida «B.» tarjimalari 9 marta nashr etildi.
Forschaga (1586), undan parchalar Vitsen tomonidan golland tiliga (1705), A. Keyzer tomonidan qisqartirilgan holda nemis tiliga (1828), Pave de Kurteyl tomonidan to‘la holda fransuz tiliga (1871) tarjima qilingan.
N. I. Ilminskiy Qozonda nashr ettirdi (1857).
M. Sale rus tiliga to‘la tarjima qilib, 3 marta (1958, 1982, 1993) nashr ettirdi…
Slayd 27
P. Shamsiyev va S. Mirzaevlar tomonidan «Boburnoma»ning ikki jildli (1948) va bir jildli (1960) nashri chop etildi.
Istiqlol yillarida Bobur haqida Qomus yaratildi.
Slayd 28
Memuar nima?
«Memuar» fransuzcha «esdalik» ma’nosini anglatadi. Muallifning o’zi qatnashgan yoki ko’zi bilan ko’rgan real voqealar haqida hikoya qilingan asar memuar asar hisoblanadi. Oybekning «Bolalik», A. Qahhorning «O’tmishdan ertaklar» asarlari memuarning namunalaridir.
Memuar asarlar bayon qilish shakli, zamoniy izchilligi jihatidan kunda-liklarga o’xshab ketsa, materialning tabiati, tasvirlanayotgan voqealarning haqqoniyligi, badiiy to’qimaning yo’qligiga ko’ra ilmiy asarlarga yaqin turadi.
Slayd 29
Bilimingizni sinang!
Bobur necha yoshda 1-marta Samarqandni egallaydi?
Bobur “Xatti Boburiy”ni kashf qilganda necha yoshda edi?
Boburning lirik merosi?
Bobur kimning qaysi asarini she’riy yo’l bilan tarjima qildi?
“Boburnomada” “Baldan mahfuza” deb ta’riflangan shahar?
Boburnomada ikki meva Samarqanddan ham mashhur deyilgan. Bu qaysi meva edi?
“Boburnoma” da qaysi shaharning qirmizi baxmali haqida, uning atrof javonibga tarqatilishi (eksport qilinishi) haqida aytilgan?
Qanday asarlar memuar asar deyiladi?
XX asr o’zbek adabiyotida qanday memuar asarlar bor?
Slayd 30
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 31
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |















Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.