Yordamchi so‘zlar va ko‘makchilar haqida
5000 so'm

Slayd 1
Yordamchi so‘zlar haqida ma’lumot. “Kashfiyotlar olamida” mavzusida matn yaratish.
Slayd 2
Ko‘makchilar. Ularning grammatik xususiyati, turlari: asl ko‘makchilar, ot ko‘makchilar, fe’l ko‘makchilar.
Ko‘makchi va kelishik qo‘shimchalari.
Ko‘makchi otlarni aniqlash yuzasidan mashqlar va testlar ishlash.
“Kashfiyotlar olamida” mavzusida matn yaratish.
Reja:
Slayd 3
Bog‘lovchi
Ko‘makchi
Yuklama
Mustaqil lug‘aviy ma’noga ega bo‘lmay, gap bo‘laklari va gaplarni o‘zaro
bog‘lash, xilma-xil munosabatlarni ko‘rsatish yoki ularga qandaydir qo‘shimcha
ma’no qo‘shishga xizmat qiladigan so‘z turkumlari yordamchi so‘z turkumlari
deyiladi. Yordamchi so‘z turkumlariga bog‘lovchi, ko‘makchi va yuklama kiradi.
1. Ko‘makchilar va ularning grammatik xususiyatlari, turlari.
Slayd 4
Ko‘makchi shakli va bajaradigan vazifasi jihatidan quyidagi turlarga
bo‘linadi:
a) so f ko‘makchi;
b) yarim ko‘makchi;
d) qo‘shimchasimon ko‘makchi. Nutqimizda tez-tez ishlatiladigan [uchun], [bilan], [sari],[qadar], [kabi],
[singari], [sayin], [orqali] so‘zi sof ko‘makchi, ular tobe so‘zni hokim so‘zga
bog‘lashga xizmat qiladi. Sof ko‘makchi boshqa so‘zga birikkan holda turli
munosabatni anglatadi. Jumladan, [bilan] ko‘makchisi o‘zbek tilida asosan
ko‘makchi, ba’zan bog‘lovchi vazifasida ishlatiladi. Shuning uchun bu ko‘makchi
turi yordamchi so‘zdan birining o‘rnida ikkinchisi qo‘llanilishi nuqtayi nazaridan
ko‘makchi-bog‘lo‘vchi atamasi ostida ham o‘rganilmoqda. [Bilan] yordamchisining etimologiyasi haqida prof .A.N.Kononov, V.V.Radlov, eni kabi
qator turkiyshunoslarning fikrini e’tiborga olib, uning [birlan] so‘zidan kelib
chiqqanini aytgan. [Bilan] yordamchisining [birla], [birlan], [bila], [ila], [-la]
shakllari vazn, qofiya va uslub talabiga ko‘ra ko‘proq poeziyada uchraydi.
Slayd 5
Bilan ko‘makchisi — keng tarqalgan yordamchi so‘z. Uning bog‘lovchilik, ko‘makchilik tabiati olimlarimiz orasida tortishuv bog‘ishiga sabab bo‘lgan. Shu boisdan «… va, bilan, hamda, shuningdek, so‘zi hozirgi o‘zbek adabiy tilida teng bog‘lovchining biriktiruv bog‘lovchi turiga kiradi» degan fikr ham ilgari surilgan.
Ammo bu o‘rinda shuni qayd etish kerakki, bog‘lovchi vazifasidagi [bilan] ning [va], [ham] biriktiruv bog‘lovchisidan farqlanadigan o ‘ziga xos xususiyati bor:
— «birgalik» ma’nosi [bilan] yordamchisi uchun xos: Chodir sahnasidan bir qiz bilan yigit chiqib o‘yin qildi (M.Ism.). Ushbu misoldagi [bilan] o‘rnida [va] ni qo‘llasak, yuqoridagi ma’no kelib chiqmaydi, balki qiz bilan yigitning alohida alohida o‘ynagani ma’nosi ifodalanadi. [va], [ham] bog‘lovchilari uyushib kelgan fe’l kesimni bog‘laydi, ammo
[bilan] da bu imkoniyat chegaralangan. Qiyoslang: Lola ishlaydi va o‘qiydi. Lola ishlaydi ham o‘qiydi. Ammo Lola ishlaydi bilan o‘qiydi tarzidagi gap nutqda ishlatilmaydi. [Bilan] ning grammatik vazifasi — bog‘lovchi va ko‘makchi vazifasida kela olishi; shunga ko‘ra, [bilan] boshqa ko‘makchidan farqlanadi.
Shuning uchun [bilan] ko‘makchisini ko‘makchi-bog‘lovchi termini bilan ataganimizda, uning barcha xususiyati qamrab olinadi. Bu ko‘makchi turi gapda vosita ma’nosini bildirganda to‘ldiruvchi, sabab, payt, harakatning bajarilish tarzini bildipganda hol vazifasida keladi.
[Uchun] ko‘makchisi «atalganlik» ( Yo‘lchi uchun keltirgan tugunchak yodiga tushdi (Oyb.)), «maqsad» (Hamma xalq ochdan o‘lmaslik uchun bir amal taqal qilib turibdi (Oyb.)), «sabab» (Kampirning axmoqligi yo dushmaningizning ig‘vosi uchun shundoq deyishga qandoq tilingiz bordi?(A.Qah.)), «evaz» (E’tiboringiz uchun rahmat) kabi ma’noda qo‘llanib, to‘diruvchi, maqsad, sabab holi vazifasida keladi.
Bilan ko‘makchisi
Slayd 6
Sof ko‘makchilar lug‘aviy ma’nosini batamom yo‘qotgan: bilan, uchun, kabi, singari, uzra, sayin, qadar singari so‘zlarni o‘z ichiga oladi. Bunday ko‘makchilar urg‘u olmaydi, urg‘u ko‘makchidan oldingi so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga tushadi.;
Ko‘makchi vazifasida qo‘llanadigan so‘zlarga tomon, boshqa, sababli, orqali, tufayli, qarab, qaramay, so‘ng, tashqari, beri, ko‘ra, chog‘li, uzra singari so‘zlar kiradi.
Ot turkumidan: tomon, tashqari, bo‘yi, chamasi, holda, yo‘sinda;
Sifatdan: sababli, tufayli, qarshi, chog‘li, doir, muvofiq, o‘zga, boshqa;
Fe’ldan: qarab, qaraganda, ko‘ra, tortib, degan, deydigan, osha, bo‘ylab, yarasha, qaramasdan, qaramay, qarata;
Ravishdan: avval, so‘ng, keyin, burun, ilgari, beri, beri, buyon, asosan, binoan.
Ko‘makchi-bog‘lovchilar bog‘lovchi vazifasini ham bajaradigan ko‘makchilar: bilan, deb, deya. Masalan: daftar bilan qalam; Umrim shirino‘tsin deb(deya), u ko‘p mehnat qildi.
Ko‘makchilar kelib chiqishiga ko‘ra:
Slayd 7
Uchun ko‘makchisi maqsad, sabab, atalganlik, evaz kabi ma’nolarni ifodalaydi va ot, olmosh, harakat nomidan keyin keladi: insoniyat uchun qayg‘rurmoq, o‘qimagani uchun tushunmaslik, kitoblarni sen uchun oldim. Yashash uchun kurashmoq. Uchun ko‘makchisi she’riyatda chun tarzda ham ishlatilai. Bunday holda -chun o‘zkdan chiziqcha bilan ajratiladi. Shuningdek, uchun ko‘makchisi -gina, -dir affikslarini ham olishi mumkin: Lekin nima uchundir uning bu yovuz maqsadi hech ijobat topmasdi.
Kabi, singari, yanglig‘, misli (misol) ko‘makchilari o‘xshatish, solishtirish, qiyoslash ma’nosini ifodalashiga ko‘ra ma’nodoshdir: xamirdan qil sug‘urgan (kabi) singari yengil.
Sababli, tufayli ko‘makchilari sodir bo‘layotgan ish-harakatning sababini bildiradi: U shunday qadrli mehmon kelishini oldinroq bilmagani sababli tayyorgarlik ko‘ra olmaganidan xijolatda edi. Orqali ko‘makchisi ish-harakat sodir bo‘lishda vosita bo‘lgan narsani yoki ish-harakat sodir bo‘lishida vosita bo‘lgan o‘rin ma’nosini ifodalaydi: Salimjon uyiga paxtazor orqali qaytdi.
Osha, bo‘ylab, uzra ko‘makchisi: 1.Ish-harakatning boshqarilgan so‘zdan anglashilgan vaqt davomida sodir bo‘lishini ifodalaydi: Yillar osha gurkiraydi jonajon Vatan. 2.Ish-harakatning boshqarilgan so‘zdan anglashilgan o‘rin bo‘ylab sodir bo‘lishini anglatadi: Oltin vodiylar osha(uzra) yangrasin qo‘shiq. Jahon bo‘ylab(uzra) yangrar bir ovoz.
Bo‘yicha // bo‘yincha ko‘makchisi: 1) moslk, mutanosiblik ma’nosini ifodalaydi: Darslar o‘quv jadvali bo‘yicha olib boriladi. 2) chegaralash ma’nosini bildiradi: Rektorning xo‘jalik shilari bo‘yicha o‘rinbosari.
Uchun ko‘makchisi
Slayd 8
Gap bo’laklarini yoki qo’shma gapning qismlarini bog’laydigan yordamchi
so’zlar bog’lovchi deyiladi. Bog’lovchilar gap bo’laklari va ayrim sodda gaplarni o’zaro qanday munosabatda ekanliklarini ko’rsatadi. Farzand olgan tarbiyasiga qarab ota-onasiga rohat yoki jazo keltiradi. («Oz-oz o’rganib dono bo’lur»)
Kumush ichkariga kirib ko’zdan g’oyib bo’ldi, lekin Otabek yana bir necha daqiqa erga mixlangandek qotib turdi.
2. Bog‘lovchilar, ularning grammatik xususiyatlari, turlari.
Slayd 9
Yakka bog’lovchilar uyushgan bo’laklar va ayrim gaplar orasida yakka
holda qo’llanadi. Bular va, hamda, lekin, biroq, -ki (-kim), chunki, agar, gar, balki, go’yo, basharti, garchi, go’yoki, holbuki, vaholanki.
Xazon qilmas Zaynabni zamon Va otashda o’rtanmas Omon.
Takroriy bog’lovchilar bir gapda ikki yoki undan ortiq o’rinda gap
bo’laklari, shuningdek qo’shma gaplarda ayrim sodda gaplar bilan birga aynan takrorlanadi. Bular dam…, dam, goh…, goh, xoh…, xoh, yo…, yo, yoki…, yoki, ham…, ham, ba’zan…, ba’zan, bir…,bir. Masalan, U goh dashtdagi otlarning kishnashiga, goh yaqin chodirdagi go’zal kanilarning mayin kulgulariga quloq solib yotarkan, olam beg’ubor bo’lib tuyular edi.
Bog’lovchilar qo’llanishiga ko’ra ikki turli bo’ladi:
Slayd 10
1) Teng bog’lovchilar; Teng bog’lovchilar grammatik jihatdan teng huquqli gap bo’laklarini va
gaplarni o’zaro bog’lashga xizmat qiladi. Masalan, Kitob har qanday bilimning joni va yuragi, har qanday fanning ibtidosidir. Teng bog’lovchilar biriktiruv, zidlov va ayiruv bog’lovchilariga bo’linadi.
1) Biriktiruv bog’lovchilar guruhiga va, hamda, bilan, ham kabi so’zlar kiradi. Bu bog’lovchilar gapning uyushiq bo’laklarini, qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bir-biriga bog’laydi. Biriktiruv bog’lovchisi va eng ko’p qo’llanadigan bog’lovchidir. Ham, hamda bog’lovchilari ham gapning uyushiq bo’laklarini va qo’shma gap qismlarini bog’lash uchun qo’llanadi. Sultonmurod ham do’st Zayniddin cheksiz quvondilar. (O.) Kun sovidi hamda erlar muzladi. 2) Zidlov bog’lovchilari guruhiga biroq, ammo, lekin, balki, holbuki kabi so’zlar kiradi. Bu bog’lovchilar mazmunan bir-biriga qarama-qarshi qo’yilgan bo’laklarni yoki gaplarni bog’lash uchun xizmat qiladi. 3) Ayiruv bog’lovchilar guruhiga yo, yoki, yo…, yo, yoxud, dam…, dam, goh…, goh, xoh…, xoh, ba’zan…, ba’zan, bir-bir kabi so’zlar kiradi.
2) ergashtiruvchi bog’lovchilar.
Bog’lovchilar gapdagi vazifasiga ko’ra ikki xil bo’ladi:
Slayd 11
2. Ergashtiruvchi bog’lovchilar
Ergashtiruvchi bog’lovchilar qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bir
biriga tobelanish yo’li bilan bog’laydi.
Ergashtiruvchi bog’lovchilar grammatik aloqalarni ifodalash va ma’nolariga qarab: 1) Aniqlov bog’lovchisi; 2) Sabab bog’lovchilari; 3) Chog’ishtiruv bog’lovchilari; 4) Maqsad bog’lovchisi; 5) Shart va to’liqsizlik bog’lovchilariga bo’linadi.
1) Aniqlov bog’lovchlariga ya’ni, -ki (-kim) so’zlari mansub bo’lib, ular ergash gaplarni bosh gapga bog’lash uchun qo’llanadi. Bilib qo’yki, seni Vatan kutadi. Mirzo Ulug’bek joyiga o’tirmagan ham ediki, saroybon kirib, ikkinchi nomani tutdi. (O.Y.)
2) Sabab bog’lovchilariga chunki, shuning uchun, negaki, zeroki, nainki kabi so’zlar kiradi. Bu bog’lovchilar ergash gapni bosh gapga bog’lab, sabab, payt ma’nolarini ifodalaydi. Chorasi bo’lmagan ishga kirishma, chunki undan qutilib bo’lmaydi. (Amir Temur o’gitlari)
Slayd 12
3) Chog’ishtiruv bog’lovchilari: go’yo, go’yoki. Bu bog’lovchilar bosh gapda ifodalangan fikrni ergash gapdagi fikr bilan qiyoslab ko’rsatadi. Sen menga baxsh etding ko’rkam bir yoshlik, go’yo qalbimda ulg’aydi quyoshday viqor. (J.Jabborov). Nihoyat chollar jim bo’lishadi, go’yo yoshliklarini sog’inganday boshlarini quyi solishadi (O.)
4) Maqsad bog’lovchisi toki qo’shma gap tarkibidagi maqsad ma’nosini ifodalagan ergash gapni bosh gap bilan bog’laydi. Yomonlarning jazosini berish kerak, toki ular yaxshilarning boshiga yomon kunlarni solmasinlar. (H.G’.)
5) Shart va to’liqsizlik bog’lovchilari: agar (gar), modomiki, basharti, garchi, garchand, mabodo. Bu bog’lovchilar shart va to’liqsiz ergash gaplarning bosh gapga bo’lgan munosabatdagi shartni, shu bilan birga to’liqsizlik ma’nolarini anglatadi: Agar kishining hayoti biror maqsad, biror g’oya uchun kurash bilan o’tsa, bunday hayotga hech afsus qilmaslik kerak. (M.Ibr.) Bu oqshom, garchi tevarak tinch bo’lsa ham, kechagidan ko’ra qo’rqinchliroq, ezuvchanroq tuyular edi. (O.)
Bog’lovchi vazifasini bajaruvchi so’zlar
Boshqa so’z turkumiga oid ba’zi so’zlar ham bog’lovchi o’rnida qo’llanadi: bilan, deb, degan, bordi-yu, u(-yu), -da.
Masalan: Umrim shirin o’tsin deb, tilni tiydim hamisha. Ayvonda Hurmatbibi bilan onam choy ichib, gaplashib o’tirishibdi (O.)
Slayd 13
Ayrim so’z yoki gapga qo’shimcha ma’no berish uchun qo’llanadigan yordamchi so’zlar yuklamalar deb ataladi. Masalan: Haqiqiy kasbu kamol faqat ilm bilan hosil bo’ladi. (M.Hasaniy). Quyosh ham atayin nurlarini to’kib, mag’rur ko’tarildi. (O.)
Yuklamalar tuzilishiga ko’ra ikki xil: a) qo’shimcha holatdagi yuklamalar: – mi, -chi, -a, -ya, -oq (-yoq), -da, -u (-yu), -gina (-kina, -qina), -ku; b) so’z holatidagi yuklamalar: axir, faqat, xudi, nahotki, ham, naq, xolos. To’ydan faqat Anor xabardor (H.O.)
Yuklamalar: nutqdagi biror so’zni ajratib ko’rsatish uchun qo’llanadi: Elektr ko’zgagina emas, qo’lga ham yordam bersin. gapga so’roq ma’nosi berish uchun qo’llanadi: Shu ashula sizga yoqadimi? – so’raydi yigit. – Ha, Sizga-chi?; His va hayajonni ifodalash uchun ishlatiladi: Naqadar go‘zal bir gul-a!; taajjubni ifodalash uchun qo‘llanadi: Bolaga o‘xshaydi-ya.; ta’kid va kuchaytiruv ma’nolarini ifodalash uchun ishlatiladi: Axir, har tup g‘o‘za – xalq boyligi, davlatning boyligi. Shuningdek, yuklamalar tasdiq, inkor, chegaralov, qistash kabi ma’nolarni ifodalash uchun va nutqqa tasviriylik berish uchun ham ishlatiladi.
3. Yuklamalar va ularning grammatik xususiyatlari, turlari.
Slayd 14
Hozirgi o’zbek adabiy tilida gapga yoki ayrim so’zlarga beradigan qo’shimcha ma’nolariga ko’ra yuklamalarni quyidagicha turlarga bo’lish mumkin.
1. So’roq va taajjub yuklamalari: -mi, -chi, -a, -ya. So‘roq va taajjub yuklamalari: -mi, -chi, -a, -ya. Bunday yuklamalar so‘zlarga yoki gaplarga taalluqli bo‘lib, asosan gapni so‘roqqa aylantiradi. Shuningdek, so‘zga yoki gapga turli emotsional ma’no ottenkalari qo‘shadi. -mi yuklamasi so’roq, taajjub, hayrat kabi ma’nolari bildiradi. Masalan: – Kelinning suluvligi Marg’ilonda ma’lum ekanmi? (A.Qodiriy) -chi yuklamasi so’roq, kuchaytiruv, harakatga undash, buyruq, iltimos, ta’kid ma’nolarini bildiradi. – Sizga-chi, Anvar (A.Qodiriy)
2. Kuchaytiruv va ta’kid yuklamalari: -ku, -u, -yu, -da, -oq (-yoq), -ki (- kim), ham, hatto, hattoki, axir, nahot (nahotki). -ku, -u, -yu, -da, -oq (-yoq), -ki (-kim) yuklamalari ma’noni kuchaytirish, to’liqsizlik, tezlik va davomiylik ma’nolarini ifodalash uchun qo’llanadi. Shundan keyin men uzoq safarga ketdim-u, Masturaning taqdiridan bexabar bo’ldim (A.Q.)
3. Ayiruv va chegaralov yuklamalari: faqat, faqatgina, -gina (-kina, -qina). Bu yuklamalar turli so’z turkumlari bilan kelib, ularni chegaralab ko’rsatish va ma’no jihatdan ajratish uchun qo’llanadi. O’zi haqida o’ylamay, faqat xalqqa ilm berishga bel bog’lagan olim kishi xudi shamga o’xshaydi, sham o’zini yondiradi, xalqqa ziyo bag’ishlaydi. (M.Hasaniy)
Yuklamalarning turlari
Slayd 15
4. Aniqlov yuklamasi xuddi, naq, ayni. Bu yuklamalar o’zi mansub bo’lgan so’zning ma’nosini aniqlab ko’rsatish uchun qo’llanadi. Ilm o’rganib, ilmiga amal qilmagan kishi naq yer haydab, uni ekmagan kishiga o’xshaydi. (M.Xasaniy) Hayosi yo’q po’sti shilib olingan yog’och va xuddi yog’i tugagan chiroqqa o’xshaydi. (M.Hasaniy) Xuddi yuklamasi: a) aniqlab ko’rsatish ma’nosini bildiradi:
O’g’li otasining xuddi o’zi. Yoshlar maorif bo’limiga xuddi mo’ljallangan vaqtda, soat o’n birda yetib keldilar.; b) chog’ishtirish (qiyos) ma’nosini bildiradi (bunday choqda u -dek, -day affiksi bilan yasalgan yoki kabi, singari ko’makchilari bilan birga boshqarilgan otlar va olmoshlardan oldin keladi): Tunda xuddi rasmdagi kabi allaqanday jozibador…bir daraxtni silkitdi. Sidiqjon qip-qizarib, xuddi favqulodda bir narsa ko’rgan singari, ko’zaning ichiga qaradi. Shuningdek, xuddi yuklamasi kuchaytirish ma’nosini ifodalashi ham mumkin: Talabalar ishini, xuddi oynada ko’rib turganday yaqqol namoyon qildi.
5. Gumon yuklamasi: -dir barcha so’z turkumlariga qo’shilib kela oladi va o’zi aloqador bo’lgan so’zga gumon, noaniqlik ma’nosini qo’shadi: – Sizga nimadir va’da bergandir-da? (Isfandiyor) 6. Inkor yuklamasi na… na uyushiq bo’laklar va qo’shma gap tarkibidagi ayrim gaplar oldidan kelib, ularning mazmunini inkor etadi, bo’lishsizga aylantiradi. Inkor shaklli gap bo’laklari va gaplar oldida kelganda, bo’lishsizlik kuchaytiriladi, ta’kidlanadi. Bu buyruqqa na ona e’tiroz qildi va na qiz (Cho’lpon). Na qor, na yomg’irdan darak bor. (O.)
2. Yuklamalarning yozilishi
1) -mi, -oq(-yoq), -gina (-kina,-qina), -dir yuklamalari o‘zidan oldingi so‘zga qo‘shib yoziladi: Shu bugunoq ota-onasigagina emas, butun mahallaga yetib bormaydimi?
Slayd 16
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 17
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
Badiiy adabiyotda milliylik va umuminsoniylik mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
La Famille – Fiches de vocabulaire mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy



Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.