Yaponiya geografiyasi va iqlimi
4000 so'm

Slayd 1
Yaponiya
Slayd 2
Slayd 3
Sharqiy Osiyodagi 4 yirik orol (Kyusyu, Xonsyu, Sikoku, Xokkaydo) va orollar guruhi (Ryukyu va minglab mayda orollar)da joylashgan davlat. Shimolda Oxota dengizi, g’arbda Koreya bo‘g’ozi va Yapon dengizi, sharqda Sharqiy Xitoy dengizi va Tinch okean suvlari o‘rab turadi. Qirg’oq chiziqlarining uzunligi 29751 km. Mamlakat hududining umuiy maydoni 377835 km2.
Slayd 4
Tekisliklar Yaponiya hududining 15% qismini egallaydi, ularni tog’lar o‘rab turadi. Yaponiya orollarida 188 ta vulqon mavjud, ularning 40 tadan ortig’i harakatdadir.
Hududning shimoldan janubga tomon cho‘zilganligi iqlimiy tafovutlarni keltirib chiqargan. Xokkaydo orolidagi SApporoda yanvarning o‘rtacha harorati -50s, iyulniki +220s, Okinavada (Ryukyu oroli) yanvarda +160S va iyulda +280s. Umumiy yillik yog’in miqdori Xokkaydo sharqida 1000 mm dan markaziy Xonsyu tizmalarida 3800 mm gacha yetadi.
Slayd 5
Qor Yaponiya hududining barcha qismida yog’adi, lekin janubda faqat bir necha kungacha saqlanib turadi, mamlakatning shimoli-g’arbida 95 kungacha turishi mukin. Bu davrda qor qoplamining qalinligi 4,5 m ga yetishi mumkin. Kyusyu, Sikoku, Xonsyuning janubiy va sharqiy qirg’oqlarida subtropik iqlim qaror topgan. Mamlakatda sersuv, qisqa, asosan tog’ daryolarining qalin to‘ri mavjud (eng yiriklari – Sinano, Tone, Kitakami daryolari Xonsyu, Isikari Xokkaydo orolida).
Slayd 6
O‘simliklar dunyosi. Yaponiya hududining 60% ga yaqini o‘rmonlar bilan qoplangan. 2750 Turdagi o‘simliklar o‘sadi, shundan 168 turdagi daraxtlardir. Yaponiya orollarida tropik, subtropik va mo‘’tadil mintaqalarga xos o‘simliklar uchraydi.
Hayvonot olami. Yapon makakasi, qiziltumshuq maymun, ayiqlar, norka, qunduz, suvsar, quyon, olmaxon, yapon xoldor bug’usi, ko‘rshapalaklar yashaydi. Qush, sudralib yuruvchi va amfibiyalar turlari ham ko‘p uchraydi.
Slayd 7
Slayd 8
Slayd 9
Yaponiya aholisi 2017 yilda 126 783 000 kishiga yetgan. Aholining o‘rtacha zichligi 1 k2ga 335,40 kishini tashkil etadi, lekin mamlakat hududi bo‘yicha aholi juda notekis joylashgan. Aholining ⅔ qismi Tinch okean sanoat mintaqasi bo‘lgan ingichka qirg’oqbo‘yi hududida joylashgan.
Slayd 10
Yarim asr mobaynida tug’ilish ko‘rsatkichi mamlakat bo‘yicha 3,5 martaga (36% dan 10% gacha), tabiiy o‘sish 6 martaga (18% dan 3% gacha) qisqardi. O‘rtacha umr davomiyligi va bolalar o‘limi ko‘rsaktichining pastligi bo‘yicha mamlakat dunyoda 1-o‘rinda turadi, o‘rtacha umr davomiyligi 80 yoshga teng, bolalar o‘limi 4%. Jinsiy tarkibda ayollar soni ortiq, tug’ilishning pastligi va umr davomiyligining uzunligi mamlakat aholisini «qariyotgan millat»lar qatoriga kiritadi.
Slayd 11
O‘rtacha yosh 42.
Ayni vaqtdagi tabiiy ko‘payish 1% ni tashkil etadi.
Slayd 12
Yaponiya milliy tarkibi bo‘yicha bir millatli davlat hisoblanadi. Yaponlar 99,3% ni tashkil etadi. Xokkaydo oroli shimolida kam sonli xalq aynlar yashaydi (20 ming kishi atrofida).
Diniy tarkibi buddizm va sintoizmga baravar e’tiqod qilinishi bilan izohlanadi.
Slayd 13
Urbanizatsiya darajasi 78%. Yirik shaharlari Tokio, Iokogama, Osaka, Nagoya, Kobe, Kioto, Kavasaki. Tokio aglomeratsiyasi (yaponlar uni Keyxin deb atashadi) dunyodagi eng yirik aglomeratsiyadir. U Nagoya, Osaka va Kobe aglomeratsiyalari bilan birgalikda Tokaydo megalopolisini tashkil etadi. Bu yerda mamlakat aholisining deyarli yarmi istiqomat qiladi.
Mehnat resurslari savodlilik, malakalalilik, mehnat intizomi va samaradorlik bo‘yicha juda yuksak darajaga ega. Yaponiyada xizmatchi va ishchilar umrbod yollanladi. Ilmiy xodimlar soni bo‘yicha Germaniya, B. Britaniya va Frantsiyani birgalikda qo‘shib hisoblaganda ham Yaponiya ustunlik qiladi. Yaponiyadan emigrantlar asosan Aqsh va Avstraliyaga chiqib ketishadi, shu bilan birga mamlakatga kirib keluvchilar ham yetarlicha bo‘lib, ular Xitoy va Janubiy Koreyadan noqonuniy ravishda kirishga intilmoqdalar.
Slayd 14
Slayd 15
Slayd 16
Slayd 17
Yaponiya xo‘jaligining hududiy strukturasidagi xarakterli xususiyat sanoat ( ¾ qismi), qishloq xo‘jaligi (2/5 qismi) va xizmat ko‘rsatish sohalari (ayniqsa moliya – ¾ qismi va fan va maorif – ½ qismi)ning Tokiodan Nagasakiga qadar cho‘zilgan Tinch okean qirg’og’idagi ishlab chiqarish mintaqasida to‘planganligidir. Yaim hajmi aholi jon boshiga 2017 yilda 46736 $ ni tashkil etgan.
Slayd 18
Elektroenergiya ishlab chiqarish yiliga 1 trln kVt soatni tashkil etadi va dunyoda 3-o‘rinda turadi. Yaponiya zamonaviy energetikasi asosini IESlar tashkil etadi, ishlab chiqarilayotgan elektroenergiyaning 60% i IESlar hissasiga to‘g’ri keladi. Ular asosan import xom-ashyosi (neft, gaz, ko‘mir)dan foydalanadi. Yadro energetikasi yuksak darajaga erishgan ular 30% elektroenerergiyani ishlab chiqaradi. Yaponiyada dunyodagi eng kuchli Ies – Kasima va Aes – Fukusima bunyod qilingan.
Slayd 19
Yaponiya qora metallurgiyasi to‘lig’icha import xom-ashyoga asoslangan. Deyarli barcha yirik qora metallurgiya korxonalari Tokio, Tiba, Iokogama, Kavasaki, Nagoya, Osaka, Kobe, Fukuyama, Vakayama, Kitakyusyu kabi port shaharlarda shakllangan. Yaponiya temir rudasini import qiluvchi eng yirik davlat hisoblanadi, yiliga 120 mln tonna ruda sotib olinadi. Temir rudasi asosan Avstraliya, Hiniston, Braziliyadan keltiriladi. Po‘lat ishlab chiqarish yiliga 120 mln tonna bo‘lib, Xitoydan keyin 2-o‘rinda turadi, lekin bu yerda ishlab chiqarilgan po‘lat sifat jihatdan yuqori baholanadi.
Yaponiyada rangdor metallurgiya ishlab chiqrishning oxirgi bosqichlarida shakllangan. Rafinadlangan mis, nikel, rux ishlab chiqarish bo‘yicha Yaponiya dunyoda 3-o‘rinda, ikkilamchi alyuminiy ishlab chiqarish bo‘yicha 2-o‘rinda turadi. Alyuminiy metallurgiyasining yirik markazlari Toma va Niigata, mis – Xitati va Sakai, qo‘rg’oshin va rux – Akita va Toyama hisoblanadi.
Slayd 20
Yapon mashinasozligi mahsulotlari turlari
Slayd 21
Jahon iqtisodiyotida yetakchilik qiladigan yapon kompaniyalariga, «Toyota Motors», «Masusita Elektrik», «Soni korporeyshn», «Xonda Motors», «Toshiba», «Fudsisu» va boshqalar kiradi.
Slayd 22
Yaponiyadagi eng muhim don ekini sholi hisoblanadi, yana sabzavotchilik va bog’dorchilik ham rivojlangan. Hamma joyda dukkakli ekinlar ekiladi. Xokkaydo orolida qand lavlagi yetishtiriiladi. Mamlakatning janubiy rayonlarida tamaki, sitruslar va shakarqamish yetishtiriiladi. Mandarin yetishtiriish bo‘yicha Yaponiya dunyoda birinchi o‘rinda turadi.
Slayd 23
Yaponiya transport xo‘jaligi avtomobil va temir yo‘llarning qalin to‘ri bilan ajralib turadi. Mamlakatdagi yo‘lovchi aylanmasining 90% dan ortig’i ularning hissasiga to‘g’ri keladi. Mamlakatda quvur va daryo transporti amalda yo‘q va tashqi yuk tashish mutlaq ravishda dengiz transportiga to‘g’ri keladi (yuk aylanmasining 90% da ortig’i).
Avtomobil yo‘llarining uzunligi (1,1 mln km) bo‘yicha 4-o‘rinda turadi, avtomobil parki bo‘yicha AQShdan keyingi 2-o‘rinni egallagan.
Tezyurar temir yo‘llarning rivojlanishi (masalan Tokioni Fukuoka biblan bog’laydigan mashhur «Sinkansen» (Yangi yo‘l) temir yo‘l magistrali) yo‘lovchi aylanmasi bo‘yicha dunyo yetakchilaridan bo‘lishiga yordam beradi.
Slayd 24
Tashqi savdo aylanmasi (1,1 trln dollar) bo‘yicha 4-o‘rinda turadi. Eng muhim savdo hamkorlari 20-asr so‘nggida Xorijiy Osiyo mamlakatlari (40%), Aqsh (25%), G’arbiy Yevropa davlatlari (15%) hisoblanadi.
Eng muhim eksport mahsulotlari avtomobillar, kemalar, elektronika va elektrotexnika, sanoat uskunalari (yapon eksportining 75%i), po‘lat (10% dan ortiq), kimyo va yengil sanoat mahsulotlaridir, importda mashina va uskunalar (30% dan ortiq), sanoat xom-ashyosi va yoqilg’i (30% atrofida), shuningdek oziq-ovqat (15%) yetakchilik qiladi.
Jahon moliya bozorida kapital eksporti bo‘yicha muhim o‘rinda turadi, kapital eksportining 80% dan ortig’i Osiyo-Tinch okean mintaqasi davlatlariga yo‘naltirilgan.
Slayd 25
Yaponiyani hududiy o‘lchamlari, aholi xususiyatlari, xo‘jalik ixtisoslashuvi va rivojlanish darajasi o‘yicha 3 ta asosiy iqtisodiy mintaqalarga: markaz, Janubi-G’arb va Shimolga ajratish mumkin.
Markaz – Xonsyu orolining o‘rta qismini egallaydi va Tinch okean sanoat mintaqasining asosiy qismini o‘z ichiga oladi. Bu yerda mamlakat aholisining ⅔ qismi yashaydi, mamlakatdagi eng yirik megalopolis – Tokaydo joylashgan. Bu mintaqada sanoat mahsulotlarining ¾, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 2/5 qismi ishlab chiqariladi. Xizmat ko‘rsatish sohasining katta qismi to‘plangan. Markazning ixtisoslashgan tarmoqlari energetika, qora va rangdor metallurgiya, transport va aniq mashinasozlik, kimyo va yengil sanoat hisoblanadi, sholi, bug’doy, arpa, dukkaklilar yetishtiriiladi, sut qoramolchiligi va baliqchilik rivojlangan. Bu yerda mamlakatning asosiy moliya, transport, fan, maorif, madaniyat markazlari joylashgan (Tokio, Iokogama, Yokosuka, Nagoya, Kioto, Osaka).
Slayd 26
Janubi-G’arb Xonsyu orolining janbi-g’arbiy qismini, Kyusyu, Sikoku, Ryukyu orollarini o‘z ichiga oladi. Mintaqada sanoat mahsulotlarining 1/5 va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ⅓ qismi ishlab chiqariladi. Mintaqa qora metallurgiya, kemasozlik, elektronika sanoatiga ixtisoslashgan, sholi, dukkaklilar, sitruslar, mevalar, choy, tamaki, yetishtiriiladi, baliqchilik va dengiz mahsulotlarini yetishtiriish rivojlangan. Mintaqaning eng yirik iqtisodiy markazlari Kitakyusyu va Fukuoka shaharlaridir.
Slayd 27
Shimol – Yaponiyaning eng qoloq mintaqasidir. Xokkaydo oroli va Xonsyu orolining shimoliy qismini o‘z ichiga oladi. Bu mintaqada aholi juda zich joylashgan. Mintaqa iqtisodiyotida undiruvchi sanoat (ko‘mir va tog’-ruda), qora va rangdor metallurgiya, o‘rmon va oziq-ovqat sanoati, sholi, dukkaklilar, qand lavlagi, baliqchilik muhim o‘rin tutadi. Shimolning tog’li va qirg’oqbo‘yi rayonlari ekologik sharoitning yaxshiligi bilan ajralib turadi, shuning uchun turizm va dam olishning asosiy markazlari hisoblanadi. Mintaqa sanoat mahsulotlarining 1/20 qismini va qishloq xo‘jalik mahsulotlarining ⅓ qismini ishlab chiqaradi. Asosiy iqtisodiy markazi Sapporo shahridir.
Slayd 28
Slayd 29
№
Prefektura
Ma’muriy markaz
Aholi
01.10.17
Maydoni, km²
Zichlik kishi./km²
Xokkaydo
1
Xokkaydo
Sapporo
5 348 000
83 456,64
64,08
Toxoku regioni
2
Aomori
Aomori
1 279 000
9 644,21
132,62
3
Ivate
Morioka
1 255 000
15 278,88
82,14
4
Miyagi
Senday
2 322 000
7 285,75
318,69
5
Akita
Akita
995 000
11 636,25
85,51
6
Yamagata
Yamagata
1 101 000
9 323,46
118,10
7
Fukusima
Fukusima
1 881 000
13 782,75
136,47
Slayd 30
Kanto regioni
8
Ibaraki
Mito
2 897 000
6 095,69
475,23
9
Totigi
Utsunomiya
1 962 000
6 408,28
306,18
10
Gumma
Maebasi
1 958 000
6 363,16
307,72
11
Saytama
Saytama
7 308 000
3 797,25
1924,68
12
Tiba
Tiba
6 256 000
5 156,60
1213,11
13
Tokio
Gorod Tokio
13 743 000
2 187,65
6281,08
14
Kanagava
Iokogama
9 161 000
2 415,84
3791,80
Slayd 31
Tuyubu regioni
15
Niigata
Niigata
2 266 000
12 583,72
180,07
16
Toyama
Toyama
1 056 000
4 247,55
248,59
17
Isikava
Kanadzava
1 147 000
4 185,55
274,01
18
Fukui
Fukui
778 000
4 189,59
185,68
19
Yamanasi
Kofu
824 000
4 465,37
184,55
20
Nagano
Nagano
2 076 000
13 562,23
153,07
21
Gifu
Gifu
2 011 000
10 621,17
189,34
22
Sidzuoka
Sidzuoka
3 673 000
7 780,38
472,11
23
Ayti
Nagoya
7 527 000
5 164,58
1457,31
Slayd 32
Kansay regioni
24
Mie
TSu
1 799 000
5 777,22
311,41
25
Siga
Otsu
1 413 000
4 017,36
351,76
26
Kioto
Kioto
2 599 000
4 613,13
563,41
27
Osaka
Osaka
8 832 000
1 897,86
4653,32
28
Xyogo
Kobe
5 503 000
8 395,89
655,43
29
Nara
Nara
1 348 000
3 691,09
365,21
30
Vakayama
Vakayama
944 000
4 726,29
199,75
Slayd 33
Tuyugoku regioni
31
Tottori
Tottori
565 000
3 507,26
161,11
32
Simane
Matsue
685 000
6 707,86
102,12
33
Okayama
Okayama
1 908 000
7 113,21
268,24
34
Xirosima
Xirosima
2 830 000
8 479,26
333,77
35
Yamaguti
Yamaguti
1 382 000
6 112,89
226,08
Sikoku regioni
36
Tokusima
Tokusima
743 000
4 146,59
179,17
37
Kagava
Takamatsu
968 000
1 876,52
515,72
38
Exime
Matsuyama
1 364 000
5 677,95
240,23
39
Koti
Koti
713 000
7 105,15
100,35
Slayd 34
Kyusyu va Okinava
40
Fukuoka
Fukuoka
5 110 000
4 976,99
1026,72
41
Saga
Saga
824 000
2 439,60
337,70
42
Nagasaki
Nagasaki
1 354 000
4 104,90
329,84
43
Kumamoto
Kumamoto
1 766 000
7 405,84
238,46
44
Oita
Oita
1 152 000
6 339,55
181,70
45
Miyadzaki
Miyadzaki
1 088 000
7 734,81
140,66
46
Kagosima
Kagosima
1 625 000
9 188,70
176,84
47
Okinava
Naxa
1 444 000
2 275,94
634,45
Jami
126 783 000
377 944,41
335,40
Slayd 35
Slayd 36
Xonsyu orolining janubiy qirg’oqbo’yi. (Tokiodan Simonosekigacha), shuningdek Sikoku va Kyusyuning shimoliy qirg’oqbo’yi kiradi. Bu hudud mamlakatning ⅓ qismini egallaydi va Tinch okean sanoat mintaqasi deb ataladi. Bu yerda yalpi sanoat mahsulotining ⅘ qismi ishlab chiqariladi va sanoatda band aholining ⅘ qismi yashaydi. Sanoat korxonalarining zichligi bo’yicha 1-o’rinda turadi.
Yaponiya iqtisodiyotining hududiy joylashuv xususiyati
Xonsyu va Xokkaydoning g’arbiy qirg’oqbo’yi va shimoli-sharqiy qismi, hamda janubiy Yaponiya – Sikoku, Kyusyu janubi va Ryukyu orollari
Soya quyoshli
Slayd 37
Yaponiya iqtisodiy rayonlari
Kanto
Yaponiyaning yetakchi iqtisodiy rayoni bo’lib, eng yirik tekislikda joylashgan. Mamlakat hududning 10% ni egallagan. Bu yerda aholining ⅓ qismi yashaydi va milliy daromadning 35% yaratiladi. Hududda yirik Keyxin shahar aglomeratsiyasi joylashgan. Bu yerda ulkan ishlab chiqarish, boshqaruv, madaniy, ilmiy potensial yig;ilgan. Kanto ko’p tarmoqli iqtisodiyoti bilan ajralib turadi , shu bilan birga mashinasozlik, ayniqsa fantalab tarmoqlar ulushi kattadir. Shuningdek poytaxt regioni bozori uchun shakllangan tarmoqlar (yengil, oziq-ovqat, poligrafiya) mavjud. Usunomiya shahri Universiteti bazasida yangi materiallar, korxonalarni avtomatlashtirish vositalarini yaratish, nafis keramika bo’yicha tadqiqotlar olib borilapdigan texnopolis shakllangan. Regionning Yaponiya transportida ahamiyati katta, bu yerda poytaxtni dengizbo’yi va ichki hududlar bilan bog’laydigan eng yirik magistrallarning tugunlari joylashgan. Regionda poytaxtga xos boshqaruv funksiyalari xos bo’lib, hududda nafaqat Yaponiya balki boshqa davlatlarning bir qancha yirik ishlab chiqarish, savdo kompaniyalari, banklarning shtab-kvartiralari, ma’muriy-boshqaruv tashkilotlari joylashgan. Tokioda dunyodagi eng yirik moliya birjalaridan biri mavjud.
Slayd 38
Kinki
Xonsyu orolining janubi-g’arbida joylalshgan. Uning hududida mamlakat aholisining 16%i yashaydi. Iqtisodiy ahamiyati bo’yicha ikkinchi o’rinhda turadi. Bu regionga ko’hna Yaponiya va yirik sanoat mintaqasi qiyofasi xosdir. Regionda an’anaviy ishlab chiqarish – tekstil, yog’ochni qayta ishlash, kemasozlik bilan birga radioelektronika, nefteximiya korxonalari joylashgan. Ximedzi shahrida texnologiya instituti bazasida optoelektronika, EHMlar uchun mikrosxemalar, biotexnologiyaga ixtisoslashgan texnopolis shakllangan. Mintaqaning eng yirik iqtisodiy markazi Osaka shahri bo’lib, uning atrofida Xansin aglomeratsiyasi shakllangan. Uning tarkibiga Kobe, Amagasaki, Ximedzi, Sakai shahrlapri kiradi. Kioto shahri o’ziga xos tarixiy xususiyatga ega bo’lib, yiliga 40 mln turustni qabul qiladi.
Slayd 39
Tokay
Xonsyu orolining markazida joylashhgan. Bu regionga qayta ishlovchi sanoat xos bo’lib, avtomobilsozlik, nefteximiya, tekstil va qog’oz ishlab chiqarish ajralib turadi. Xamamtsu texnopolisi vizual-informatsion texnologiyalarga ixtisoslashgan. Nagoya shahri markazi hisoblanadi. Region qishloq xo’jalik ahamiyatiga ega bo’lib, choy va sitruslar yetishtiriladi. Dengiz transporti alohida rivojlangan. Nagoya, Yokkanti, Simidzu, portlari mavjud.
Slayd 40
Kyusyu
O’z nomidagi orolda joylashgan. Shimoliy va janubiy qismlaprida rivojlanishdagi tafovutlari bilan ajralib turadi. Shimoliy Kyusyu – Yaponiyaning eng eski sanoat mintaqasi bo’lib, qora metallurgiya, ko’mir qazib olish, og’ir mashinasozlik, sement ishlab chiqarish va kemasozlik rivojlangan. Shu bilan birga mintaqada sholi, bug’doy, arpa va mevalar yetishtirish rivojlangan. Mintaqada 6 ta texnopolis: Shimoliy Oita, Miyadzaki, Kokubu-Xayato, Kumamoto, Sasebo, Kurume-Tosu shakllantirilgan, ular radioelektronika, biotexnologiya, nafis kimyoga ixtisoslahhgan va elektron mashinasozlikni rivojlantirishga yo’naltirilgan. Bu yerda 2 jta milliy kosmik markaz mavjud. Yirik iqtisodiy markazlari – Kitakyusyu, Fukuoka, Kagosima.
Slayd 41
Toyugoku
Xonsyu orolining janukbi-g’arbiy qismi va unga yondosh orollarnni egallaydi. Region hududi tog tizmasi bilan janubiy Sanyo va shimoliy San’in hududlariga ajraladi. Jaknubi qismi yuqori rivojlangan. Regionda xom-ashyo va energiyatalab ishlab chiqarish – qora metallurgiya, neftni qayta ishlash va kimyo sanoati shakllangan. Kemasozlik va avtomobilsozlik rivojlanmoqda. Regionda aniq ajralib turadigan markaz yo’q. Xirosimada mashinasozlik, Kurasikida neftni qayta ishlash va kimyo, Fukuyamada qora metallurgiya rivojlangan. Ube va Tokuyama shaharlarida mamlakatdagi kimyo sanoatining eng yirik korxonalari mavjud. Sanyo pturistik markaz hisoblanadi. Region taraqqiyoti 3 ta texnopolis – Okayama, Xirosima, Yamaguti bilan bog’liq. Ikkiutasida elektronika, Yamagutida yangi materiallar, Ehm dasturiy ta’minotlari, oken resurslarini o’zlashtirish texnologiyalari ishlab chiqariladi.
Slayd 42
Xokuriku
Xonsyu orolining g’arbiy qirg’oqbo’y markazida joylashgan. Tog’li sharoit rivojlanishga to’sqinlik qiluvchi asosiy omildir. Rangli mektallurgiya, metallga ishlov berish, rivojlangan. Neft qazib olinadi. Regionda Toyama texnopolisi shakllangan, u biotexnologiya va farmasevtikaga ixtisoslashgan. Iqtisodiy markazi Niigata.
Slayd 43
Toxoku.
Xonsyu orolining shimoli-sharqiy qismida joylashgan. Undiruvchi sanoat taraqqiy etgan. Neftning 25% ini, temirning 70% ini, kumushning 60% ini, qo’rg’oshinning 50% ini, oltinning 25% ini beradi. Regionni rivojlantirish uchun 3 ta texnopolis – Aomori (qishloq xo’jaligida biotexnologiyaning qo’llanilishi), Akita (yarim o’tkazgichlar va yangi materiallar), Nagaoka (aqlli dastgohlar va moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlari) kabilar shakllantirilgan. Qishloq xo’jaligida sholi va chorvachilik, baliqchilik, yog’och tayyorlash rivojlangan. Iqtisodiy markazi – Senday
Slayd 44
Xokkaydo
Xo’jalik tizimi Toxokuga o’xshaydi. Uning tarkibida qishloq xo’jaligi, o’rmon, baliqchilik va undiruvchi sanoat yetakchilik qiladi. Regionda yirik shoxli qoramolning ¼ qismi boqiladi. Ko’mirning 50%, marganetsning 60% I, oltinning 25% qazib olinadi. Qog’oz sanoati rivojlanmoqda. Xakodate texnopolisi elektronika, biotexnologiya, oken resurslarini o’zlashtirishga ixtisoslashgan. Bosh markazi – Sapporo shahri.
Slayd 45
Sikoku
Yapon arxipelagining 4 oroli mustaqil iqtisodiy rayon hisoblanadi. Shimoliy qismida mashinasozlik, kimyo korxonalari joylashgan. Rayonda oziq-ovqat, qog’oz, tekstil ishlab chiqarish asosiy tarmoqlar hisoblanadi. Subtropik dehqonchilik shakllangan, yiliga 2-3 marta hosil olinadi. Muhim shaharlari Masuyama, Takamasu.
Slayd 46
Okinava rayoni
Ryukyu arxipelagi orollarida shakllangan. Eng zaif rivojlangan rayon bo’lib, subtropik qishloq xo’jaligi va Aqsh harbiy bazalariga xizmat ko’rsatish shakllangan.
Slayd 47
Iqtisodiy rayonlarning taraqqiyoti bo’yicha guruhlari
Yaponiya markazidagiYuqori darajada rivojlangan ko’pfunksiyali rayonlar: Kanto, Kinki, Tokay
G’arbiy va janubi-g’arbiy Yaponiyaning industripal – agrar rayonlari: Toyugoku, Xokuriku, Kyusyu, Sikoku, Okinava
Nisbatan kech o’zlashtirilgan industrial – agrar shimoliy rayonlar: Xokkaydo, Toxoku.
Slayd 48
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 49
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
Aholining hududiy joylashuvi. Dunyo aholisining joylashuvi va tarqalishiga ta’sir etuvchi omillar. Aholi punktlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
Kosmografik va ilmiy geografik bilimlarning rivojlanishi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
Aholi sonini hisoblash va tahlil qilish. Mehnat resurslari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
Dunyodagi demografik vaziyat. Demografik bashorat va demografik siyosat. Dunyo aholisining rivojlanishiga taalluqli global muammolar mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
O‘ZBEKISTONNI TABIIY GEOGRAFIK RAYONLASHTIRILISHI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
Dunyo mamlakatlari geograflarining ilmiy-tarixiy geografik tadqiqotlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
AHOLI MIGRATSIYASI MIGRATSION JARAYONLARNING YUZAGA KELISH OMILLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
Eng qadimgi dunyo geografik bilim va tasavvurlarining rivojlanishi (eramizning V asrigacha) mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
O’ZBEKISTON IQLIMI VA IQLIM RESURSLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya
Iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Geografik tushunchalar, hududlar va mavzuga oid asosiy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 19 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Geografiya





Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.