XX ASR JAHON TA’LIM TIZIMIDA GLOBAL TENDENSIYALAR

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
XX asr jahon ta’lim tizimida global tendensiyalar
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
1. Yaponiya ta’lim tizimi.
2. Amerika ta’lim tizimi.
3. Germaniya ta’lim tizimi.
4. Fransiya ta’lim tizimi.
5. Finlandiya ta’lim tizimi.
=== Taqdimot 3 ===
Respublika ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish, rivojlangan xorijiy davlatlar ta’lim darajasiga olib chiqish muhim vazifa bo‘lib qolmoqda. Ushbu vazifani bajarish maqsadida biz oxirgi yillarda chet davlatlarda shakllangan ta’lim-tarbiya tizimini o‘rganishimiz, ularning yutuqlarini tahlil etish va qo‘shimcha manbalarga ega bo‘lishimizni zamon talab etmoqda. Tendensiya (lot. teng-deri-yo‘nalmoq, intilmoq) qiziqish,intilishdir.
Global – (lot. Globus-shar) butun yer sharini qamrab oluvchi.
=== Taqdimot 4 ===
Yaponiya ta’lim tizimi
=== Taqdimot 5 ===
Uzluksiz ta’lim tizimi
Maktablar quyidagicha bo‘lingan:
1. Boshlang‘ich ta’lim 6 yil.
2. O‘rta maktab 3 yil.
3. Katta maktab 3 yil.
=== Taqdimot 6 ===
Uzluksiz ta’lim tizimi
O‘quv yili aprel oyidan boshlanadi
Boshlang‘ich hamda o‘rta maktab barcha uchun majburiy hamda bepuldir.
Boshlang‘ich maktab o‘quvchilari (1-6 sinflar uchun uyga vazifa berilmaydi. Biroq o‘rta (7-9 sinflar) va oliy maktab (10-12 sinflar) o‘quvchilari uchun ko‘p uy ishi beriladi.
=== Taqdimot 7 ===
Bog‘cha
Yaponiyada bolalarni 6 yoshga to‘lishi bilan maktabga berishadi. Unga qadar ular bog‘chada ta’lim –tarbiya olishadi.
Bog‘cha davrida bolalarga o‘qituvchilar sodda hisob-kitoblarni, shuningdek, xiragina va katakkina alifbolarini o‘qishni o‘rgatishadi.
=== Taqdimot 8 ===
Boshlang’ich maktab(1-6 sinflar)
Maktabda darslar odatda 08.30 da boshlanadi. Har dushanba kuni “lineyka” bo‘ladi. Boshlang‘ich maktablarda darslar 45 daqiqadan iborat.
Boshlang‘ich maktablarda odatda bir kunda 3 ta dars bo‘ladi. Kamdan kam hollarda 4 ta dars bo‘lishi mumkin.
Ushbu maktablarda o’quvchilar uchun uyga vazifa berilmaydi.
=== Taqdimot 9 ===
Boshlang‘ich maktab(1-6 sinflar)
Bu yerda o‘quvchilar:
Ona tili
Matematika
Biologiya
Fizika
Kimyo
Tarix
Etika
Musiqa
Rasm
Jismoniy tarbiya
Uy xo‘jaligi kabi darslarni o‘qishadi
Boshlang‘ich maktabni tugatganga qadar bolalar 1006 ta kajini yod olishlari talab etiladi.
=== Taqdimot 10 ===
O‘rta maktab (7-9 sinflar)
O‘rta maktabda yuqoridagi fanlarga qo‘shimcha ravishda yana ingliz tili va bir qancha maxsus fanlar qo‘shiladi. Ushbu fanlarning soni maktablarga qarab turlicha bo‘ladi.
Dars 50 daqiqa davom etadi. Bir kunda 6 tagacha darslar bo‘ladi.
Maktab formasi majburiy hisoblanadi.
=== Taqdimot 11 ===
Oliy maktab (10-12 sinflar)
Yuqori maktabda fanlar birmuncha boshqacharoq taqsimlangan. O‘quvchilarga oliy maktabda ko‘proq maxsus ixtisoslashgan fanlar o‘qitiladi.
Dars 50 daqiqa davom etadi. Bir kunda 6 tagacha darslar bo‘ladi.
Maktab formasi majburiy hisoblanadi.
=== Taqdimot 12 ===
Dzyudoki, ya’ni “Mahorat maktabi”
Dzyudolar qo‘shimcha maktab bo‘lib, ular bolalarni mavzuni o‘zlashtirishga ko‘maklashadi. Ushbu maktablarni “Repetitorlik maktabi” deyish ham mumkin. U yerda maxsus yollangan o‘qituvchilar bolalarga maktabda tushuntirilgan mavzuni yanada chuqurroq o‘rgatishadi.
=== Taqdimot 13 ===
Kollejlarda tahsil olish 2 yilni tashkil etadi. Bakalavriatida 4 yil hamda magistratura 2 yildan iborat bo‘lsa, doktorantura 5 yilni o‘z ichiga oladi Yaponiya oliy o‘quv yurtlari dunyoda yagona bo‘lgan “menyu-ey”, ya’ni “ talaba –tadqiqotchi” institutiga ega.
Kollej va universitet
=== Taqdimot 14 ===
Qiziqarli ma’lumotlar
Yaponiyada pedagogika universitetlari mavjud emas. Bu yerda “o‘qituvchilik” ga o‘qitishmaydi. Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan barcha fuqaro nisbatan murakkab bo‘lgan imtihondan o‘tib, o‘qituvchilik kasbi bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya oladi va bemalol faoliyat yuritaveradi. Har 10 yilda esa o‘z kasbi yuzasidan kurslardan o‘tishi talab etiladi. Shunga qarab uning litsenziyasi yana uzaytiriladi.
Shuningdek, Yaponiya maktablarida farroshlar yo‘q. Darslar tugaganidan so‘ng maktab o‘quvchilari o‘zlari maktabni va uning atrofini tezlashadi.
=== Taqdimot 15 ===
Yaponiya o‘z oldiga ikki vazifani: 1-boyish, 2-g‘arb texnologiyasini Yaponiya ishlab chiqarishiga kiritish masalasini qo‘yadi va bu ishni amalga oshirish uchun birinchi galda ta’lim tizimini tubdan o‘zgartirish kerakligini aytadi. Yaponiyada o‘qish 1-aprel (Sapura daraxtining gullashi)dan boshlanadi. Yapon qizlari asosan, oliy ta’limga kelajakda“ Yaxshi ona” bo‘lish uchun topshirishar ekan.
=== Taqdimot 16 ===
Fransiya ta’lim tizimi
Fransiya pedagoglari sinf o‘quvchilarini uch turga ajratib o‘qitishni afzal ko‘radilar:
1. Gomogenlar – matematika va gumanitar yo‘nalishdagi o‘quvchilar.
2. Yarim gomogen – tabiiy fanlarni o‘zlashtirayotgan o‘quvchilar.
3. Gegemon – u barcha fanlarni har xil saviyada o‘zlashtirayotgan o‘quvchilar.
=== Taqdimot 17 ===
Amerika qo’shma shtatlarida ta’lim tizimi:
3-5 yoshgacha bolalar uchun maktabgacha ta’lim; 1-8 sinflar uchun boshlang‘ich maktablar(6-13 yoshda o‘qiydilar); 9-12 sinflar uchun o‘rta maktablar(14-17 yoshlilar); Oliy ta’lim, bu 2 yoki 4 yil o‘qitiladigan kollejlar hamda universitetlarda amalga oshiriladi; Universitet va boshqa oliy o‘quv yurtlari tarkibida tashkil etilgan aspirantura yoki doktorantura.
=== Taqdimot 18 ===
Amerikaning yuqori maktablarida shunday o‘qituvchilar borki, ular kollejlarning 1-kurslarida o‘qitiladigan ma’lum fanlardan dars berishlari va imtihon olishlari shart.
Amerika maktablarida bitiruv imtihonlari yo‘q. Oliy o‘quv yurtlariga kirish testlari har yili 3-4 marta o‘tkiziladi. Sinov savollari kitob shaklida har yili chop etiladi. Savollar sir tutilmaydi. Balki ochiq oydin “Mana shu savollarga javob berish lozim” deb ko’rsatiladi. O‘quvchilar bu kitobni olin kirish sinovlariga tayyorlanadi.
Amerikada eng katta boylik – bu Aql!
Amerikada davlat maktablari tekin, shaxsiy maktablar esa – pullik o‘qitiladi.
=== Taqdimot 19 ===
Germaniyada ta’lim tizimi
Germaniyada odatda bolalar bog‘chada tushgacha tarbiyalanadilar. Kunning yarmida esa uyda, oilada bo‘ladilar. Germaniyada kuni uzaytirilgan bog‘chalar ham bor.
Majburiy ta’lim 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga tegishli, ya’ni bu jarayon 12 yil davom etadi.
Germaniya maktablarida “A’lo” baho “1”.
=== Taqdimot 20 ===
Finlandiya ta’lim tizimi
Finlandiya boshqa mamlakatlarga qaraganda o‘qishni kechroq boshlaydilar. Ular bolalarni 7 yoshdan maktabga qabul qilishadi.
“Bolalarni haddan ziyod erta maktabga berish foydali emasligini tasdiqlashgan. 7 yoshli bolalar bog‘chasiga qatnaydilar. U yerda darslar o‘rniga ijodiy o‘yinlar o‘ynaydilar. Bu yoshdagi bolalarga o‘ynash va jismoniy faol bo‘lish uchun vaqt kerak” deb hisoblaydilar. Bu yosh ijodkorlik davri deyiladi.
=== Taqdimot 21 ===
Majburiy ta’lim 9 yil 16 yoshdan o‘qishni tark etish mumkin. Finlandiya rivojlangan davlatlar ichida eng kam dars soatlari o‘qiydigan mamlakatlar qatorida turadi. “Ular raqobat emas, aynan hamkorlik muvaffaqiyat kalitidir” deb hisoblaydi. Finlandiyada xususiy maktablar yo‘q. O‘qituvchilar kuniga 4 soatdan mashg‘ulot o‘tadi va har hafta kasbiy rivojlanish uchun 2 soat vaqt ajratadi. Bu esa muallimlarga tushadigan stressni kamaytiradi.
=== Taqdimot 22 ===
Finlandiyada tushlik, sayohat, o‘quv qurollari bepul ta’minlanadi. Maktablarda 2 km dan ortiq masofadan qatnovchi o‘quvchilar bepul avtobusga qo‘yilgan. Har bir o‘quvchiga individual yondashuv mavjud (o‘quvchining topshiriqni o‘zlashtirish darajasiga qarab beriladi). Baholash 10 ballik. 3-sinfgacha o‘quvchilar baholanmaydi. Past baho uchun tanbeh berilmaydi. Baho faqat “ishtiyoq” sifatida qaraladi.
=== Taqdimot 23 ===
Finlandiyada maktab formasi yo‘q. Maktablarda partada o‘tirish majburiyati yo‘q (o‘quvchilar sinf xonasida ham poyabzalsiz yurish mumkin) Uyga vazifa kam. Finlandiyada hech qanday imtihonlar yo‘q. Ular “Yo hayotga, yo imtihonga tayyorlash lozim” deydi. Ular birinchisini tanlashadi. Eng uzoq tanaffuslar: har 45 daqiqadan so‘ng 15 daqiqani o‘z ichiga oladi. Bu vaqtda o‘quvchilar turli o‘yinlar o‘ynashadi. O‘quvchilar uchun maktabda maxsus kechalar tashkil etiladi va kecha so‘ngida bolalar o‘qituvchilar bilan tunab qolishadi.
=== Taqdimot 24 ===
“Fin tajribasi sizga ma’qulmi?” Umuman jahonning rivojlangan davlatlari ta’lim tizimi sizda qanday ta’ssurot qoldirdi? Vaqtingiz unumli o‘tgan bo‘lsa xursandmiz! Shu bilan darsimiz o‘z nihoyasiga yetdi!
=== Taqdimot 25 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“XX ASR JAHON TA’LIM TIZIMIDA GLOBAL TENDENSIYALAR” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar