XVI – XVIII asrlarda Yevropada ma’rifatchilik asri
8000 so'm

Slayd 1
XVI – XVIII asrlarda Yevropada ma’rifatchilik asri
Slayd 2
Reja:
Angliyada ma’rifatchilik davri.
Fransiyada ma’rifatchilik davri.
Nemis ma’rifatchilik davri.
Slayd 3
XVI – XVIII asrlarda Yevropada yashab ijod qilgan olimlarning ma’rifatchilikka qo’shgan hissasi
Yevropa ma’rifatchilik davrining o’ziga xos xususiyatlari.
Slayd 4
1. Yevropa ma’rifatchilik davrining o’ziga xos xususiyatlari.
Ma’rifatchilik oqimi XVII-XVIII astlarda Yevropada vujudga kelgan va keyinchalik butun dunyoga yoyilgan. Ushbu oqim vakillari bilimga alohida ahamiyat beradilar, ular dunyoni aql-idrok bilan anglash mumkin, uni tafakkur bilan o’zgartirish lozim, deb hisoblaydilar. Bu oqim adabiyotning asosiy xususiyati xalqni jaholatdan, qoloqlikdan qutqarishga qaratilganligi, bilim olishga, ma’rifatga chaqirig’i bilan xarakterlanadi.
Slayd 5
Ma’rifatchilar mavjud ijtimoiy tuzumni mukammal emas deb biladilar, inson esa gunohkor banda ekanligini tan oladilar. Biroq ular inson aqliga ishonadilar. Ko’pchilik ma’rifatchilar xudoning mavjudligini inkor etmas edilar. Ularning fikricha, borliqni Xudo yaratgan, biroq endi insonga uni boshqarish erki berilgan. Shu sababli ular inson qudratiga, uning yaratuvchilik kuchiga katta baho berganlar.
Slayd 6
Ushbu yo’nalish vakillari aql va bilim bilan inson dunyoni yaxshilik tomon eltishga qodir, deb hisoblaydilar. Ular «ijtimoiylik» va «tabiiylik», «tabiat» va «tamaddun» o’rtasida uyg’unlik vujudga keltirishga uringanlar. Shu sababli ham bu davr adabiyotida madaniyat va ma’rifatning moddiy asosini kuchaytirish yo’lidagi sayohatlar, insonning tabiat bilan kurashi va g’alabasi, inson tafakkurining sinovi kabi mavzular yetakchilik qiladi.
Slayd 7
2. Angliyada ma’rifatchilik davri.
Ingliz yozuvchisi D.Defoning «Robinzon Kruzo» asarida kimsasiz orolga tushib qolgan inson aqli va mehnatkashligiga tayanib taraqqiyot cho’qqisiga erishadi, o’limga mahkum qahramon hayotga bo’lgan cheksiz muhabbati va idrok kuchi bilan tabiat oldida bo’yin egmaydi.
Slayd 8
Volter
Ayni paytda ma’rifatchilik adabiyotida kurashchan qahramonlarning ziddi bo’lgan obrazlar ham mavjud. Ular ko’proq yevropalik bo’lmagan qahramonlar timsolida namoyon bo’ladi. Masalan, Monteskyoning «Fors maktublari» asaridagi Uzbek, S.Jonsonning «Rasselas, Abissin shahzodasi» asaridagi Rik yoki Volterning «Soddadil» asaridagi yovvoyi – o’ta soddaligi, ma’sumligi, dunyodan bexabarligi bilan ajralib turadi.
Slayd 9
Ma’rifatchilar jaholat, nodonlikni tanqid ostiga oladilar. Ingliz adibi J.Sviftning «Gulliverning sayohati» asarida hajv tig’i yangi tijoratga asoslangan Angliyaning nodon hukmdorlariga qarshi qaratiladi. G.Fildingning «Topib olingan Tom Jonson tarixi» va T.Smolletning «Perigrin Piklning sarguzashtlari» asarlarida yovuzlik va ezgulik to’g’risidagi an’anaviy tushunchalardan chekiniladi, hayotiy, jonli obrazlar yaratiladi. Ma’rifatchilar tarbiya, bilimning ahamiyatiga alohida urg’u berganlar, to’g’ri tarbiya yordamida o’zlari orzu qilgan mukammal inson -halol, mehnatkash, bilimdon kishini yaratish mumkin, deb hisoblaganlar. Biroq shunga qaramasdan ushbu adabiyotda yaratilgan yorqin obrazlar ko’proq ziddiyatli, murakkab shaxslar bo’lib chiqdi.
Slayd 10
3. Fransiyada ma’rifatchilik davri.
Fransuz adibi A.R.Lesajning «Santilyanalik Jil Blaz hayoti tarixi» romanining qahramoni, ingliz yozuvchisi S.Richardsonning «Klarissa Garlo yoki yosh xonimning tarixi» asarining qahramoni Lovlas kabilar manfiy va musbat tomonlarning yig’indisi, o’ziga xos, takrorlanmas obrazlar bo’lib qoldi. Ma’rifatchilik adabiyotining yana bir o’ziga xaos xususiyati oddiy kishilar, past tabaqa vakillari obraziga murojaat qilinishida ko’zga tashlanadi. Masalan, D.Didro («Ramo» asaridagi Ramoning jiyani) yaratgan obrazda bir shaxsning o’zida xudbinlik va tanqidiy ruh, Bomarshe asarining («Seviliyalik sartarosh» asari qahramoni xizmatkor Figaro) qahramonida esa uddaburonlik, tadbirkorlik, ayni paytda, lo’ttibozlik, nayrangbozlik mujassam.
Slayd 11
Ma’rifatchilik davri adabiyotidagi novatorlik faqat yangi fikrda emas, yangi shaklda ham namoyon bo’ldi. Ma’rifatchilar mavjud shakllarga yangi ko’rinish, yangi mazmun baxsh etdilar. Drama janri rivoji yangi bosqichga ko’tarildi. Klassitsizm dramasining yuqori (tragediya) va quyi (komediya) janrga qo’yadigan talablaridan chetga chiqildi, drama qahramonlari oddiy kishilar, mavzusi esa zamonaviyligi bilan xarakterlanadi.
Ma’rifatchilik davri adabiyotining asosiy janri – roman vujudga keldi. Ma’rifatchilik romani erkin janr bo’lib, qat’iy talablarga bo’ysunmas, makon va zamonda chegaralanmagan, asosiy tasvir obyekti real voqelik va shaxslar edi.
Slayd 12
Nemis ma’rifatchilik davri
Nemis adabiyoti ko’plab badiiy kashfiyotlari bilan ma’rifatchilikni yangi pog’onaga ko’tardilar. Buni Shillerning «Vallenshteyn» tragediyasi va Gyotening «Faust» asari misolida ko’rish mumkin. Shiller («Insonni estetik tarbiyalash to’g’risida xatlar» asarida) va Gyote («Vilgelm Maysterning talabalik yillari» romanida) «qashshoqlik va mulohaza» saltanatida yashovchi insonlarni san’at yordamida qayta tarbiyalash mumkin, deb hisoblaganlar.
Ma’rifatchilar hissiyotga ortiqcha berilishdan cho’chiganlar, Russo, L.Stern, O.Goldsmit kabi ijodkorlar uchun xos bo’lgan sentimentalizmdan qochganlar. Haddan ortiq hissiyotga berilish ma’rifatchilar nazdida oddiy zamin kishisi uchun xos emas, buyuk shaxslar uchun esa uning ijtimoiy dunyoqarashini xiralashtiruvchi xususiyat deb topilgan. Shu sababli ma’rifatchilar yoki zaminga yaqin janrlarga yoki yuksak janr – tragediyaga ko’proq murojaat qilganlar.
Slayd 13
Shiller
Ma’rifatchilar XVII asr klassitsizmining qolip tusini olgan qonuniyatlarini tanqid qilganlar, uning estetikasini sifat jihatdan o’zgartirganlar, unga zulmga qarshi g’oyalar, ma’rifatparvarlik ohanglarini kirgizganlar. Volterning «Edip», «Brut», Shillerning «Messinlik kelin» tragediyalari, Gyotening «Ifigeniya Tavridda» dramasi shu jihatlari bilan e’tiborga molik.
Slayd 14
Buyuk nemis shoiri va mutafakkiri, Yevropa ma’rifatchilik oqimining so’nggi yorqin namoyandasi Iogann Volfgang Gyote 1749-yili Leypsig shahrida imperator maslahatchisi oilasida tug’ildi. Otasi Yoxann Kaspar Gyote imperiya maslahatchisi, huquqshunoslik fanlari doktori bo’lgan. Onasi Elizabet Gyote Gekstor shahar meri Yoxann -Volfrang Testorning qizi 17 yoshida 38 yoshli maslahatchiga turmushga chiqqan edi. Oilada to’ng’ich farzand bo’lgan Iogann avval Leypsigda o’qiydi, so’ngra esa Strasburgda huquq va tabiyot fanlaridan tahsil oladi. 1771-yili cherkov va davlat o’rtasidagi munosabatlar mavzusida dissertatsiya himoya qiladi.
Slayd 15
Bulardan tashqari Gyote geologiya, optika, hayvon va o’simliklar haqidagi asotirlarga ham qiziqqan, san’at tarixini o’rgangan, rasm chizgan, Shekspir ijodiga bag’ishlangan ma’ruzalarni tinglagan, she’r yozgan. Shekspir bilan bir qatorda yosh Gyotega V.Skott, Gizo, Vilmen va Kuzen kabi romantik yozuvchilar ijodi kuchli ta’sir ko’rsatgan, ayni paytda Fixte, Shelling, Gegel kabi faylasuflar ijodidagi falsafiy fikr parvozi ham uni maftun qilgan, bo’lajak buyuk shoir dunyoqarashining shakllanishida katta rol o’ynagan.
Slayd 16
Gyote o’z ijodini 70-yillarda boshlagan. Ilk dramalari «Gyos fon Berlixingen», «Prometey», «Muhammad», qator she’riy asarlari unga katta shuhrat keltirdi. 1774-yilda «Yosh Verterning iztiroblari» romanini yaratdi. Unda yosh qalbning ishqiy kechinmalari tasviri ijtimoiy voqealar bilan bog’lanib ketadi.
Slayd 17
Gyote 1776-yilda gersog Karl Avgustning vaziri vazifasiga tayinlanadi. U o’z mavqeidan foydalanib demokratik islohotlar o’tkazish umidida harakat qiladi, biroq orzulari to’siqlarga uchraydi, niyatlari puchga chiqadi va Gyote 1786-1788-yillari Italiyaga sayohat qilishga qaror qiladi. Ushbu sayohat taassurotlari natijasi o’laroq «Ifigeniya Tavridada» (1786), «Egmont» (1788), «Torkvato Tasso» dramalarini yozadi.
Slayd 18
1789-yilda bo’lib o’tgan Fransuz burjua inqilobi uning qalbida ziddiyatli fikriar uyg’otadi. U inqilobning qon to’kuvchi, birodarkushlik mohiyatini qabul qila olmaydi, o’z vatanida bunday hodisalar bo’lishini istamaydi. «Venetsiya epigrammalari» (1790), «Fuqaro General» dramasi (1793), «Nemis muhojirlari suhbati» novellasi (1794), «German va Doroteya» dostoni (1794) da ana shu qarashlar aks etgan. 1794-yili nemis klassitsizmining yorqin namoyandasi G.Shiller bilan do’stlashadi.
Slayd 19
Gyotening dunyoqarashiga Sharq ijtimoiy-falsafiy qarashlarining ta’siri katta bo’lgan. Sharq mavzusiga murojaat qilishini uning o’zi shunday izohlaydi: «Yevropadagi hayot sharoiti va davr taqozo qiladi». Napoleon urushidan so’ng tushkunlikka tushgan Yevropa voqeligidan ko’ra Sharq uni o’ziga ko’proq jalb qiladi. Gyote Sharq mamlakatlari madaniyati, tarixi, adabiyotini juda yaxshi bilgan, Firdavsiy, Anvoriy, Sa’diy, Nizomiy, Rumiy, Hofiz, Jomiy kabi buyuk sharq ijodkorlari asarlari bilan yaqindan tanish bo’lgan. U Hofiz Sheroziyni o’ziga ustoz deb biladi. Sharq she’riyatidagi hayotsevarlik, inson aqliga, imkoniyatlariga ishonch tuyg’usi uni o’ziga maftun qiladi. Bu kayfiyat uning 1819-yilda e’lon qilingan «Mag’rib-u Mashriq devoni» she’rlar turkumida o’z ifodasini topgan.
Slayd 20
Ayni paytda Gyote buyuk asari «Faust» ustida 1772-yili boshlagan ishini davom ettiradi. «Faust» Gyotening butun ijodiy faoliyati davomidagi izlanishlarining samarasi bo’lib, Yevropa ma’rifatchilik harakati qarashlarini yorqin aks ettiradi. «Faust» asari asosida afsona yotadi, unga ko’ra dunyo va g’ayb ilmlarini mukammal egallagan isyonkor doktor Faust iblisga imonini sotadi. Gyote ijodini o’rgangan olimlar fikricha, Faust VI-VII asrlarda yashagan tarixiy shaxs bo’Iib, favqulodda o’tkir aqli va g’aroyib shaxsiyati bilan shuhrat qozongan, sayohat qilishni sevgan. U nihoyatda qobiliyatli, bШmdon kishi bo’lganmi, yoki uchiga chiqqan ko’zbo’yamachi, lo’ttiboz odam bo’lganmi, bunisi noma’lum. Lekin uning qilmishlari, ko’rsatgan mo’jizalari elni qoyil qoldiigan, xalqunga ishongan, muhabbat qo’ygan. Bu Faust haqida ko’plab rivoyat-u afsonalar to’qilishiga sabab bo’lgan. XVI asrda yashab o’tgan frankfurtlik noshir Shpis «Mashhur folbin va afsungar doktor Yoxann Faust tarixi» nomli kitobida Faust haqidagi barcha rivoyat va hikoyatlarnijamlaydl Muallif jannat, do’zax, qiyomat haqidagi diniy qarashlar, tasawurlarni ham bayon etadi. Shpis talqinida Faust tafakkur va bilimlari kuchini ishlatib inson bajara olishga qodir bo’lmagan ishni qila olmagach, ya’ni afsonaviy go’zal Yelenani asrlar qa’ridan o’z yoniga chorlashga muvaffaq bo’lmagach, iblis bilan shartnoma tuzadi va uning yordamida Yelena vasliga muyassar bo’ladi. Shpis fikricha, isyonkor Faust bu qilmishi uchun u dunyoda do’zax o’tida yonmog’i lozim. Isyonkor Faust shaxsi Gyoteni o’ziga maftun qiladi, ilk marotaba Faust haqidagi afeonaga «Prafaust» asarida murojaat qiladi.
Slayd 21
«Faust» asari murakkab, ramzlarga, tagma’nolarga to’la asar. Unda aniq makon va davr ko’rsatilmagan, konkret shaxslar nomi atalmagan, biroq doston o’z davrining muammolari, g’oyalarini aks ettiradi. Ayni paytda unda butun insoniyat dardlari, intilishlari o’z ifodasini topgan. Gyote insonga cheksiz mehr va ishonch bilan qaraydi, uning qudratiga qoyil qoladi, ojizligidan iztirob chekadi. «Faust» tragediyasi insonning ruhiy imkoniyatlari tadqiqiga bag’ishlangan.
Slayd 22
5. XVI – XVIII asrlarda Yevropada yashab ijod qilgan olimlarning ma’rifatchilikka qo’shgan hissasi
Shon-sharaf yaxshi rassomga o’limdan keyin keladi deb ishoniladi. Fransua Boucher bu qoidadan istisno edi: u «qirol Lui XVning birinchi rassomi» va Rassomlik va haykaltaroshlik akademiyasining direktori bo’lgan. Fransua Boucher 1703 yil 29 sentyabrda Parijda tug’ilgan. Uning otasi kashta tikish uchun naqshlar chizib pul topdi. Kichkina Fransuaning qobiliyatini sezgan otasi uni o’qishga yubordi. Dastlab, Fransua Boucher Gabriel Danielning «Fransuz tarixi» ni tasvirlash bilan shug’ullanib, Italiya bo’ylab sayohat qildi, mahalliy rassomlik ustalarini o’rganib, mifologik va bibliyaga oid rasmlar, ichki makon manzaralari, landshaftlar, pastorallar va hatto balet uchun to’plamlarni yaratdi.
Slayd 23
Bir so’z bilan aytganda, u juda ko’p qirrali va faqat ijtimoiy foydali usta edi. Ehtimol, bu davom etadi. Fransua Boucher juda muvaffaqiyatli rassomga aylangan bo’lar edi, landshaftlari va cho’ponlarining rasmlarini chizgan bo’lar edi va shubhasiz tasviriy san’at ixlosmandlarining keng ko’lamida tan olinishi kerak edi. Ammo u yaxshi ijodkorlardan biri bo’lar edi. Hamma narsa qirol Markuz de Pompadurning sevimlisi tomonidan o’zgartirildi. Uzoq bo’lmagan, dangasa va qashshoq Luisdan farqli o’laroq, u o’qimishli, aqlli va odatdagidek, yozuvchilar, haykaltaroshlar va rassomlarga homiylik qilgan. Ammo u yaxshi ta’m va mutanosiblik jihatidan farq qilmadi: masalan, Volter, uni filistlik odobidan bezovta qildi.
Slayd 24
1748 yilda Fransua Boucher «Marquise de Pompadour» da ishlay boshladi, Versalga tez-tez tashrif buyuradi va to’rt yildan so’ng unga Luvrda yashash va ishlashga ruxsat beriladi. Fransua Boucher Marquiz nima istayotganini his qilishni bilardi. U o’zini shampan, truffuff va shokoladdan ko’proq yaxshi ko’rar edi va hech bo’lmaganda go’zal, hashamatli va yosh rasmlarda qolishni xohlardi. Markiz-de-Pompadur vafotidan keyin muvaffaqiyat tugadi.
Slayd 25
Rassomning asarlari juda ko’p qirrali bo’lib, u allegorik va mifologik mavzularga murojaat qildi, qishloq yarmarkalari va Parijning moda hayoti, bo’yalgan janr sahnalari, pastorallar, landshaftlar, portretlar.
Baucher ko’plab faxrlarga sazovor bo’lgan, shu jumladan sud rassomi unvonini olgan (1765). U Parijning shaxsiy saroylari va xonim de Pompadurning turar joylarini bezashda faol ishtirok etgan. Lui XVning bir nechta portretlarida suratga olgan Markiz de Pompadurning muxlisi edi. Umrining so’nggi yillarida u Qirollik rasm va haykaltaroshlik akademiyasining direktori va «qirolning birinchi rassomi» edi. Boucherning eng yaxshi asarlari g’oyat jozibali va mukammal ijro etilishi bilan ajralib turadi.
Slayd 26
Zamonaviy frantsuz san’atida Baucherning san’at darajasi pastligi tanqid qilinadi. Tanqidchilar rassomning yuqori texnikasini tan olib, uning asarlarining «shirinligini», uning badiiy didini va umumiy «burjua» yoki «filistinizm» ni ta’kidlashadi.
Slayd 27
Volfgang Amadey Motsart
(Wolfgang Amadeus Mozart; 27-yanvar, 1756, Zalsburg – 5-dekabr, 1791, Vena) klassik eraning mashhur va koʻp taʼsir koʻrsatgan bastakori boʻlgan. Uning 600 dan ortiq kompozitsiyalari orasida simfoniya, konserto, kamer, pianino, opera va xor uchun yozilgan asarlar bor. Motsartning ishlaridan boshqa koʻpgina bastakorlar ilhomlanishgan, va uning asarlari hamon orkestrlarning standart repertuarlaridan joy olgan.
Slayd 28
Motsart — avstriyalik kompozitor. Vena klassik maktabining yirik namoyandasi. Sozanda, oʻqituvchi va kompozitor. Leopold Motsartning oʻgʻli va shogirdi. Yoshligidanoq noyob musiqiy isteʼdod va xotira egasi, virtuoz sozanda (pianinochi, skripkachi), mohir dirijyor va kompozitor sifatida tanilgan: 5 yoshidan ilk musiqa asarlarini ijod etgan, 6 yoshdan butun Yevropa boʻylab gastrolda boʻlgan. 1770 yildan Bolonya Filarmoniya akademiyasi aʼzosi.
Slayd 29
Maʼrifatchilik davri gʻoyalari taʼsiri ostida kamol topgan Motsartning ijodi 18-asrning badiiy choʻqqilaridan biri. Motsart uslubida klassik tizimga xos ratsionalizm mezonlari bilan birga sentimentalizm xususiyatlari oʻzaro tutashgan. Keng qamrovli musiqiy-badiiy obrazlar dunyosida joʻshqinlik va chuqur ehtiros, iroda va matonat, ayni paytda nafislik va mayinlik xususiyatlari keng oʻrin olgan. Uning shodlik, xushchaqchaq tuygʻularga boy, hayotbaxsh ijodida fojia mavzulari, dard-alam kayfiyatlari ham chuqur ifoda topgan.
Slayd 30
Eng yirik musiqa ustalari oʻrtasida Motsart oʻz ijodining serqatlamligi va kengligi bilan ajralib turadi. Motsart deyarli barcha musiqa janrlariga murojaat etib, 600 ga yaqin asar yaratgan, musiqa tarixida goʻzallik va mukammal garmoniya timsoli sifatida oʻz nomini qoldirgan. Motsart operaning yangi turlarini yaratgan. „Figaroning uylanishi“ opera-komediyasi (1786), „Don Juan“ opera-dramasi (1787), „Seholi fleyta“ milliy opera-ertagi (1791) (jami 17 ta) jahon musiqali teatri xazinasining durdonalariga aylangan.
Slayd 31
Lyudvig van Betxoven
(Ludwig van Beethoven, 1770-yil 17-dekabr, Bonn, Germaniya — 1827-yil 26-mart Vena, Avstriya) — buyuk olmon bastakori, dirijyor va pianisti.
Betxoven — nemis kompozitori, pianinochi va dirijyor. Vena klassik maktabining vakili. 1792-yilda Venaga koʻchgan va tez orada oʻzining erkin va taʼsirchan, yangi ijro uslubi bilan isteʼdodli pianinochi, badihachi-improvizator sifatida tanilgan. Venada (1795—1800) yaratgan fortepiano konsertlari, 8-chi „Patetik“ fortepiano sonatasi, kvartetlari, 1-chi simfoniyasi, „Prometeyning yaratmalari“ baletidayoq Betxovenga xos, Buyuk Fransuz inqilobi gʻoyalari taʼsiri ostida shakllangan ijodiy uslubi koʻzga tashlandi.
Slayd 32
27 yoshidan qulogʻi ogʻirlashib, keyinchalik butunlay kar bulib qolsada, ichki uquv, his-tuygʻu bilan birtalay asarlar yaratdi, dirijyorlik qildi. Betxoven ijodi, ayniqsa 1801—1812 yillarda kamol topdi. Qahramonlik va demokratizm ruxi bilan yug’rilgan 3-chi („Qahramonnoma“), 5-chi simfoniyalari, „Fidelio“ operasi, I. Gyotening „Egmont“ fojiasiga yozgan musiqasi, „Appasionata“ fortepiano sonatasi, skripka va fortepiano uchun „Kreyserov“ sonatasi mashhur. Chuqur fojiaviylik va adolat tantanasiga ishonch ruxi bilan sugʻorilgan 9-chi simfoniyasi Betxoven ijodining choʻqqisidir. Soʻnggi asarlari (28—32 fortepiano sonatalari, 12—16 kvartetlari, bagatellar)da kompozitorning yangi ifoda vositalari topishga intilishi seziladi.
Slayd 33
Musiqiy qahramonlik uslubini yaratgan Betxoven simfonik musiqa tafakkuri (qarang Simfonizm) koʻlamini nihoyatda kengaytirgan, kamercholgʻu va vokal musiqasi, konsert janrlarining gʻoyaviy mazmunini teranlashtirgan, mavjud musiqa shakllari va janrlarini isloh etgan.
Ijodida turli (ingliz, venger, italyan, nemis, polyak, rus, ukrain) xalq kuylarini qayta ishlagan, Sharq mavzulariga murojaat qilgan (Saʼdiy sheʼrlariga 2 kanon). Betxovenning 5, 7, 8, 9-chi simfoniyalari, fortepiano va skripka konsertlari, birtalay fortepiano va skripka sonatalari, kamer ansambl va boshqa asarlari Oʻzbekistonda ijro etiladi.
Slayd 34
Jan Batist Pyer Antuan de Mone
LAMARK (Lamarck) Jan Batist Pyer Antuan de Mone (1744.1.8, Bazanten, Pikardiya — 1829.18.12, Parij) — fransuz tabiatshunosi, dastlabki toʻliq evolyusion taʼlimot asoschisi (qarang Lamarkizm). Parij FA aʼzosi (1783 yildan). Parijda tibbiyot va botanikani oʻrgandi (1772—76 yil). «Fransiya florasi» (1778) 3 jildli asarida oʻsimliklar sistematikasining asosiy prinsiplarini bayon qildi. «Oʻsimliklarning tabiiy tarixi» (1803), «Zoologiya falsafasi» (1809) asarlarida oʻzining gradatsiya toʻgʻrisidagi taʼlimotini asoslab berdi. «Umurtqasizlar tabiati tarixi» asarida (1815—22) hayvonlarni astasekin oddiydan murakkablashib borishi tartibida sistemaga soldi. L. Birinchi marta hayvonlarni umurtqasizlar va umurtqalilarga ajratishni taklif qildi. U ilk bor «umurtqasizlar» va «biologiya» terminlarini fanga kiritdi, zoopsixologiyaga asos soldi.
Slayd 35
BOMARSHE
(Beaumarchais) Per Ogyusten Karon de (1732.24. 1— Parij — 1799. 18. 5) — fransuz dramaturgi. Dastlabki pesalari «Yevgeniya» (1767), «Ikki dust» (1770) da ijtimoiy tengsizlik qoralanadi. «Xotiralar» pamfleti (1773—74) da B. ning demokratik qarashlari o‘z aksini topgan. «Seviliya sartaroshi» (1775), «Figaroning uylanishi» (1784) B. ga jahonshumul shuhrat keltirdi. «Figaroning uylanishi» da yozuvchi oddiy xalq vakili — Figaroning aqlzakovatini ulug‘lab, aslzoda Almavivning johil va nodonligidan kuladi. B. komediyalari jahon teatr sahnalaridan munosib o‘rin egallagan. Ular asosida yaratilgan «Seviliya sartaroshi», «Figaroning uylanishi» operalari Navoiy nomidagi teatrda sahnalashtirilgan.
Slayd 36
Uilyam Xogart
Ushbu buyuk ingliz rassomi satira ustasi, san’atning maxsus turlarini yaratuvchisi sifatida mashhur bo’lib, u san’at yordamida jamiyatda axloqni rivojlantirishga harakat qildi. U XVIII asr Angliya va butun dunyo rasmlari va grafikasiga katta hissa qo’shdi. Bo’lajak rassom 1697 yilda Londonda kambag’al oilada tug’ilgan, u erda otasi va o’qituvchisi yarim kun lotin tilida ishlagan, onasi esa xalq retseptlariga ko’ra turli xil dorilarni tayyorlagan. U oilada omon qolishga muvaffaq bo’lgan birinchi bola edi – o’sha kunlarda go’daklar o’limi juda katta edi. O’g’ilning ijodiy moyilligi erta bolalikdan namoyon bo’ldi, u bolada hatto eng kichik tafsilotlarni ham yodda tutib, eslab qolish qobiliyati bilan ajralib turardi. Ammo maktabda u pichoq ostidan mutolaa qildi, sevimli rasmidan boshqa hech narsa qilishni xohlamadi.
Slayd 37
Uning oilasi qashshoqlashganda va otasi qarz zindoniga tushganida, Uilyam o’yuvchi, kumush hunarmandning talabasi bo’ldi. Bu erda u kasbni egalladi, metall bilan ishlashni va printlar yasashni o’rgandi, shuningdek moda Rokoko uslubining barcha xususiyatlarini bilib oldi.
Otasi vafotidan so’ng, kelajakdagi rassom butun oilasi uchun boquvchiga aylanishi kerak edi – bundan tashqari onasining yana ikkita qizi bor edi. U o’z ishini yoqtirmadi, lekin uni ovqat uchun qilishga majbur bo’ldi.
Slayd 38
O’zining orzularini ro’yobga chiqarish uchun Uilyam mustaqil ravishda o’qishni va xususiy badiiy akademiyalarda saboq olishni boshladi. 1720 yilda u ustaxonani ochishga muvaffaq bo’ldi va asosan «kunning yovuzligi» satirik mazmuniga ega bo’lgan o’z o’yma naqshlarini chiqara boshladi.
To’rt yil o’tgach, Xogart sud rassomi D. Tornxill asos solgan maktabda o’qishni boshladi. 1730 yilgacha Uilyam kitoblarni tasvirlashni o’rganadi va 1726 yilda Samuel Butlerning mashhur «Goodybras» she’ri bilan ishlaydi. Ikki yildan so’ng u o’zining birinchi rasmli rasmini chizdi – bu D. Gayning «Pauper operasi» spektakli asosida yaratilgan.
Slayd 39
1753 yilda u Go’zallikni tahlil qilish san’ati haqida kitob nashr etdi. To’rt yil o’tgach, qirol Xogartni asosiy sud rassomlariga aylantirdi va bu lavozimda qaynotasini almashtirdi.
Rassom o’z hayoti davomida ko’plab tazyiqlar va rasmlarni yaratdi, satirik va ba’zan juda ham zaharlanib o’sha zamondagi jamiyatning illatlarini fosh qildi. U doimo ma’rifatparvarlarning pozitsiyalarida turar edi va shu tariqa odamlarga o’z xatti-harakatlari to’g’risida haqiqatni yetkazishga harakat qilar edi.
Slayd 40
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 41
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |










Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.