Xudoyberdi To‘xtaboyev va Po’lat Mo’min hayoti va ijodi
6000 so'm

Slayd 1
Xudoyberdi To‘xtaboyev va
Farhod Musajonlarning
hayoti va ijodi.
Slayd 2
Bolalarning sevimli shoiri Po’lat Mo’min yoshligidanoq adabiyotga havas qo’ydi. U Toshkent pedagogika bilim yurtida o’qib yurgan vaqtida adabiyot to’garagiga faol qatnashdi. Adabiyotni qunt bilan o’qidi, o’rgandi. O’rta ma’lumot olgach, hozirgi Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universitetining o’zbek tili va adabiyoti fakultetiga o’qishga kirib, uni muvaffaqiyatli tamomladi, aspiranturada o’qidi, maktablarda o’qituvchilik qildi. So’ngra O’zbekiston davlat nashriyotida ishladi. Po’lat Mo’min qaerda ishlamasin, doimo adabiyotga muhabbat bilan qaradi, uni qunt bilan mutolaa qildi, o’rgandi. Kichik-kichik she’rlar yoza boshladi.
Slayd 3
1944-yilda «Bahorga sayohat» nomli birinchi she’ri bosilib chiqdi. Birinchi she’rlar to’plami esa 1949- yilda «Sayrang, qushlar» nomi bilan nashr etildi. Kitob adabiy jamoatchilik tomonidan iliq kutib olindi. To’plamdan munosib o’rin olgan «Sayrang, qushlar», «Obod o’lkam», «Haykal», «Alla va Jalla» (ertak) singari asarlari mazmundorligi, qiziqarliligi bilan kitobxonlarning e’tiborini o’ziga jalb etdi.
Slayd 4
Bolalar shoirining «Tuganmas kon», «O’qituvchi baho qo’yganda», «Ko’chalarni to’ldirib», «Sizga nima bo’ldi, o’g’il bolalar?», «Yuqumli «2»lar», «Bilsa bo’lar yekan-ku!», «Sentabrdan kim sevinar?» kabi she’rlari ham A’lo va yaxshi o’qish uchun intilayotgan, harakat qilayotgan bolalar to’g’risida yozilgandir.
Po’lat Mo’minning «5» baho qo’shig’i», «Xursandmisiz?, Xursandmiz!», «Sentabrim», «Uch baho — puch baho» singari qo’shiqlari o’qish, ilmli bo’lish mavzusiga bag’ishlangan.
Slayd 5
Po’lat Mo’min bolalarning axloq va odob kuychisi hisoblanadi. Bu masala ko’proq uning «Birovlar», «Bir odamning afsusi», «So’zi shunaqa —o’zi shunaqa», «Behzodni bilasizmi?», «Ulg’aydimi aqlingiz?», «Qo’ling oltin — yo’ling oltin», «Birinchi bo’l, birinchi!» kabi she’r va qo’shiqlarida ochib beriladi.
Po’lat Mo’min «Alla bilan Jalla», «Ziyrak fil va ziqna baqqol», «Har kimniki o’ziga, oy ko’rinar ko’ziga», «Unutgan o’g’il», «Oltin nay», «Dono bola», «Bilganni qari — bilmaydi pari» singari ertak, dostonlarida xalq og’zaki ijodi namunalaridan unumli foydalangani ko’rinib turadi.Po’lat Mo’min dostonchi shoir sifatida ham juda qadrlidir. Uning “Oltin nokli bog”, «Ko’cha — ko’pchilik uchun», «Eh, rosa shirin ekan!», «Xolning jiyron velosipedi», «Ko’ngil istar yaxshilik» degan dostonlari allaqachon kichkintoylarning sevimli asarlariga aylanib ketgan.
Slayd 6
Po’lat Mo’min o’zining ertak-pesalari bilan ham yosh kitobxonlar o’rtasida shuhrat qozondi. Uning «Qovoqvoy bilan Chanoqvoy», «Suqatoy-Konfetvoy», «Ona bolam deydi, bola onam deydi» nomli fantastik ertak-pesalari uzoq vaqtlardan beri bolalarning quvonchiga quvonch qo’shib kelayotir. Qovoqvoyning dangasaligi, lapashangligi, erkaligi, tantiqligini o’tkir kulgi ostiga oluvchi va Chanoqvoyning bilimdonligi, donoligi va mehribon do’stligini ulug’lovchi «Qovoqvoy bilan Chanoqvoy» bolalarni yaxshilikka da’vat etadi .
Bu asardagi yaxshi fazilatlar dramaturgning boshqa bir ertak-pesasi «Suqatoy-Konfetvoy»da ham ko’ringan. Tematika va g’oyaviy yo’nalishi, uslubi jihatidan bu ikki asar bir-biriga yaqin.
Slayd 7
Po’lat Mo’minning butun e’tibori, ijodining mohiyati bolalarga pokiza hayot yo’lini ko’rsatib berishga intilishdan iborat:
• Aql, Odob, Fan yo’li,
• Yo’llarning eng ma’quli.
• Kimki yursa uch yo’ldan,
• Ishi keladi o’ngdan.
• Yo’llar eltar maktabga,
• Etkazadi maqsadga.
• Bugina emas, bolalar Po’lat Mo’minning o’nlab topishmoqlarini ham sevib o’qib o’rganadilar va zehnlarini charxlaydilar.
Slayd 8
Qudrat Hikmat
Slayd 9
Iste’dodli bolalar shoiri Qudrat Hikmat qisqa va samarali ijodini kichkintoylarni ilmga ishtiyoq, ona-Vatanga, jonajon yurtimizga sadoqat ruhida tarbiyalashga bag’ishladi.
Qudrat Hikmat 1925-yilda Toshkent shahrida kambag’al oilada tug’ildi. Bo’lajak shoir Quddus Muhammadiy rahbarlik qilgan adabiyot to’garagida faol ishtirok etdi. Uning bu to’garakka qatnashishi she’riyat sirlarini egallashida katta ahamiyatga ega bo’ldi.
Qudrat Hikmatning ijodiy o’sishida Oybek, Abdulla Qahhor, Uyg’un, Mirtemir, Quddus Muhammadiylarning murabbiylik roli katta bo’ldi.
Slayd 10
Qudrat Hikmatning «Mening Vatanim» (1950), «Baxtli bolalar» (1951 – 1952), «Odobli» (1953), «Do’stlik» (1954), «Rodnoy Uzbekistan» (1955) kabi qator to’plamlari nashr etildi. Keyinchalik «Ilonshoh va uning amaldori ari haqida ertak» (1963), «Soatjonning soati» (1964), «Toshbaqalar hujumi» (1965), «Daydi bola», «O’g’lim bilan suhbat» (1970) singari kitoblari bilan o’zbek bolalar adabiyoti taraqqiyotiga samarali hissa qo’shdi.
Shoir asarlarining mavzu doirasi keng va rang-barang. Turli yoshdagi kitobxonlar Qudrat Hikmat asarlarini sevib o’qiydilar, ulardan estetik zavq oladilar. Shoir o’z asarlarida bolalarni qiziqtirgan, ularning bilgisi, eshitgisi kelgan narsa va voqealarni ixcham, o’ynoqi vazn va qofiyalari pishiq ishlangan misralarda ifodalaydi.
Slayd 11
Qudrat Hikmat ijodining yana bir muhim tomoni shundaki, u bolalar tilini yaxshi o’zlashtirgan, o’rgangan. Shuning uchun ham uning she’rlari go’zal va yoqimli, sodda va ravon. 1952- yilda Qudrat Hikmat hayotida quvonchli voqea yuz berdi. Yana bir kitobi «Baxtiyorlik» nomli she’rlar to’plami nashr etildi. Uning «Odobli», «Baxtli bolalar» kitoblari shoir esa nomini keng kitobxonlar ommasiga tanitdi.
Slayd 12
Xudoyberdi To‘xtaboyev
Slayd 13
Bolalarga kitob yozmoq uchun bolalikka qaytib bormoq kerak, – deb yozadi buyuk adibimiz Said Ahmad, – Boshlagan kitobingga oxirgi nuqta qo’yguningcha bola bo’lib yashashing zarur. Bolalik orzulari bir nuqtada turmaydi. Har daqiqada o’zgaradi. Bir kuni militsioner bo’lging kelsa, ertasiga uchuvchi bo’lging keladi. Ko’ngilga tikkan bu niyatlaring sal fursatdan keyin o’zgaradi-yu, birdan josus tutadigan askar bo’lging kelib qoladi. Polvon bo’lib hammani qoyil qoldirging, masxaraboz bo’lib tsirkda yuzlab odamlarni kuldirging, o’rmonu to’qaylarda yo’lbars terisini shilib kelging, senga ikki qo’ygan o’qituvchingni lol qoldirging keladi.
Slayd 14
Otaxon adib olqishiga muyassar bo’lgan Xudoyberdi To’xtaboev 1932- yilning 17- dekabrida Farg’ona viloyatining O’zbekiston tumaniga qarashli Katta Tagob qishlog’ida dehqon oilasida dunyoga keldi. Boshqa bolalar qatori Xudoyberdi To’xtaboev ham poda boqdi, yer chopdi, paxta terdi, xullas qishloqda bo’ladigan hamma sohalarda qo’lidan kelganicha mehnat qildi. Hayot nimadan iborat ekanligini yoshligidanoq bila boshladi.
Qo’qon pedagogika bilim yurtini muvaffaqiyatli tamomlagan Xudoyberdi To’xtaboev ona qishlog’ida muallimlik qilar ekan, unda ilmga nisbatan cheksiz ishtiyoq uyg’onadi. Shuning uchun ham u o’qituvchilikni tashlab, Toshkent davlat dorilfununiga o’qishga kirdi. Bu yerda Alisher Navoiy, Bobur, G’. G’ulom, Oybek, H. Olimjon, A. Qahhor asarlarini sevib o’qidi, o’rgandi.
Slayd 15
Yozuvchining bolalar va o’smirlarga atab yozgan asarlarining qiziqarli, o’qimishli, jozibali bo’lishining asosiy sabablaridan biri ham shu. Shuning uchun ham Xudoyberdi To’xtaboevning birinchi yumoristik-sarguzasht qissasi, bolalar hayotidan olingan «Sehrli Shapkacha» tez orada bolalar hurmatiga sazovor bo’ldi va uni jamoatchilik juda yaxshi kutib oldi. Yozuvchining yumorga moyilligi, oddiy vaziyatlardan ham kulgi chiqara olish iste’dodi ilgarigi asarlariga nisbatan bu asarida yana ham chuqurroq seziladi.
Slayd 16
Iste’dodli bolalar adibi Xudoyberdi To’xtaboevning «Sir ochildi», «Aka-uka Omonboy bilan Davronboyning qishloqqa gaz olib kelganlari haqida jajji qissa», «Besh bolali yigitcha», «Shirin qovunlar mamlakatida yoki sehrgarlar jangi», «Mungli ko’zlar», «Jannati odamlar», “Quyonlar saltanati”, “Qiz talashgan o’smirlar” va boshqa roman hamda qissalarining yuzaga kelishi o’zbek bolalar adabiyotining yutug’i hisoblanadi.
Slayd 17
Farhod Musajon
Slayd 18
O’zining qisqa hajmli va hayajonli hikoyalari, mazmundor qissalari, kichkintoylarni to’lqinlantiradigan pesalari bilan bolalarning quvonchlariga quvonch ulashgan qalamkashlardan biri Farhod Musajon 1933-yilda Toshkent shahrida tug’ilgan. 1956-yilda ToshDUning sharq fakultetini tamomlaydi. Bir necha yil O’zbekiston radiosida, «O’zbekiston madaniyati» gazetasida, «G’uncha» jurnalida mehnat qiladi. 1966-yildan esa «O’zbekfilm»da muharrir, bosh muharrir vazifalarida ishladi.
Slayd 19
F. Musajonning ilk asari 1955-yilda e’lon qilingan. Shundan so’ng «Daradagi qishloqda» (1960), «Turdi, galstuk va men» (1970), «Oftobni quvlab» (1970), «Chin do’stlik» (1976), «Chevar qiz» (1982), «Buloq suvi» (1982), «Turdi, velosiped va men» (1983), «Glotok rodnikovoy vodi», «Tekin tomosha» (1989) kabi kitoblarining maydonga kelishi bolalar uchun katta bayram bo’ldi.
1977-yilda adib o’zining bolalarga atab yozgan barcha hikoyalarini jamlab, yigirma ikki taboqdan iborat katta kitobini qayta ishlagan va to’ldirilgan holda chop ettirdi. Bu kitobini ham ilgarigisiga o’xshab «Tekin tomosha» deb atadi. Oldingisidan farqli o’laroq, bu kitob uch qismdan iborat: kichkintoylar uchun, o’rtancha yoshdagilar va o’smirlar uchun.
Slayd 20
Farhod Musajonning o’ziga xos uslubi bor. Uning asarlaridan bir parchagina o’qigan odam muallifning kimligini aniqlab olishi mumkin. U aniq, sodda, tushunarli va ixcham yozadi. Shu sababli katta mahorat evaziga yillar davomida paydo bo’ladigan va shakllanadigan badiiy soddalik tufayli uning asarlari o’qimishli chiqadi. Bolalar tili bilan aytsak, hikoyalari «rostakam bo’lgan voqeaga o’xshaydi». Darhaqiqat, adib voqealarni xuddi hayotdagidek ishonarli va qiziqarli qilib so’zlab beradi. Bu juda muhim. Negaki bolalar hikoya voqealariga ishonmasalar asarning ta’sir kuchi yo’qqa chiqadi. Mana shu omil – ishontira olish mahorati F. Musajon ijodining eng muhim xususiyatidir.
Slayd 21
Ma’lumki, maktabgacha tarbiya bolalar kitobxonligi asosan ota-onalar, tarbiyachilar tomonidan amalga oshiriladi. Bolalar o’zlari tinglagan asarlari yordamida atrof-muhit bilan tanisha boradilar. Ona yurtga, tabiatga muhabbat xislatlari; mehnat qilish va mehnat ahlini hurmat qilish kabi fazilatlar shu yoshdan shakllana boshlaydi. Turmushda qizg’anchiq bo’lmaslik, kasb-hunar egallashga intilish, kattalarni hurmat qilish kabi ijobiy fazilatlar ham shular jumlasiga kiradi. Bolalarning pedagogik-psixologik xususiyatlarini yaxshi o’rgangan Farhod Musajon kichik yoshdagi bolalarga bag’ishlab «Eng yaxshi chana», «Shodiyona kun», «Shiqildoq», «Pahlavonvanimjon», «Sovg’a», «Ajoyib buzoqcha», «Yaxshilik», «To’labber», «Varrak» kabi o’nlab hikoyalar yaratgan.
Slayd 22
Farhod Musajonning «Orzuga ayb yo’q», «Bo’sh kelma, Aliqulov», «Buloq suvi» kabi va boshqa qissalari o’zbek bolalar adabiyotida muhim o’rinda turadi.Farhod Musajon dramaturg sifatida ham yoshlarning mehrini qozongan. «Xayolparastlar», «Oq kabutar», «Sabil qoldi», «O’g’limni qaytarib beringlar» pesalari shular jumlasiga kiradi.
Bular orasida, ayniqsa, «O’g’limni qaytarib beringlar» asari mashhur. Dramaturg uning nomini o’zgartirib «Najot istab» deb qaytadan ishladi. U hozirgi O’zbek Milliy teatrida sahna yuzini ko’rdi. Dushanbeda, va Almatida, Tataristonda qo’yildi.
Slayd 23
Pesada, asosan, bola tarbiyasida ota-onaning o’ynaydigan beqiyos katta roli haqida gap boradi.
Farhod Musajonning kattalarga bag’ishlab «Bahor nafasi», «Bu ko’zlarga ishonsa bo’ladi», «Xotin kishining ra’yi», «Ko’r shofyor», «Zo’raki kashanda», «Nozik masala», «Kalla-pocha», «Himmat», «Bog’ ko’cha» kabi kitoblari bosilib chiqqan.
Slayd 24
Hakim Nazir (1915 – 2008)
Slayd 25
Hakim Nazir o’zbek bolalar nasrining otaxon ijodkorlaridan, kichkintoylarning sevimli adiblaridan biridir. U bolalar uchun o’ndan ziyod qissa, roman, pesa, son-sanoqsiz hikoyalar yaratdi. «So’nmas chaqmoqlar», «Yonar daryo», «Kenjatoy» qissalari, «Lochin qanotlari» romani, o’nlab hikoyalari ko’pgina xorijiy tillarga tarjima qilinib, chet ellarda ham o’z o’quvchisini topdi.
Slayd 26
Qunt, chidam bilan o’z ustida ishlashi, tinimsiz ijodiy izlanishi tufayli Hakim Nazir bolalar yozuvchisi sifatida kitobxonlarga tanildi. 1940-yilda «Kenja» (yangi nomi «Quyosh qachon tutiladi?»), 1946- yilda «Salim ota» nomli hikoyalari respublika tanlovlarida sovrindor bo’ldi. 1951-yilda esa rus tilida chiqqan «Malchiki iz kishlaka» hikoyalar to’plami Moskvada bo’lib o’tgan tanlovda mukofot oldi.
«Qishloqdagi jiyanlarim» (1948), «Besh baho» (1955) «Cho’l havosi» (1958), «Yaxshi ism» (1962), «Meni taniysizmi?» (1963), «Bolajonlarim» (1964) nomli hikoyalar to’plamlari birin-ketin e’lon qilinib, bolalar va o’smirlarning ma’naviy mulkiga aylandi.
Slayd 27
Hakim Nazirning ko’pgina hikoyalari bog’cha yoshidagi yoki endigina birinchi sinfga qadam qo’ygan bolalar hayotini aks ettirishga bag’ishlangan. Buni adibning «Bir og’iz so’z», «Rasmli kitobcha», «Davronning qushchasi», «Qaysargina ukam», «Yaxshi ism», «Ikki o’rtoq», «Bulbul», «Qanddon», «Igna», «Bir tup g’o’za» kabi hikoyalari misolida aytish mumkin. Bu hikoyalarda bolalar o’rtasidagi o’zaro do’stlik, axloq-odob, a’lo o’qish, jamoat ishlarida faollik ko’rsatish, kattalarning yumushlariga ko’mak-lashish, qushlar va jonivorlarga g’amxo’r bo’lish, orzu-umidlar qanotida yashash va boshqa masalalar aks etganini ko’ramiz.
Slayd 28
Muallif hikoyada qahramonlar xususiyatiga alohida e’tibor beradi. Abdusamad cho’rtkesar bola. Goho ba’zi gaplarni shartta aytib yuboradi (sigirni qidirib yurganda Qoraboy akaga qilgan muomalasini esga oling). Karim sofdil, to’g’ri bola. Shu bilan birga, serharakatligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Bu holni biz Karimning xatti-harakatlari, qiliq, odatlari, so’zlari, o’rtoqlari bilan munosabatlarida ko’ramiz.
«Boshoq» hikoyasi bolalarning o’qishdan bo’sh vaqtlarida ota-onalarga yordam berishlarini Azimjon, Mamat, Salimjon, Toshtilla obrazlarida gavdalantiradi
Slayd 29
Hakim Nazirning aksariyat asarlari, yuqorida ko’rganimizdek, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga bag’ishlangan. Uning jami kitoblari 50 dan ortiq. Shulardan 7 tasi bolalar va o’smirlar uchun yozilgan qissalar. Muallifning birinchi qissasi — «Ko’k orol chiroqlari»da urushdan keyin qishloq hayotida yuz bergan qiyinchiliklarni yengishda ota-onalariga ko’maklashgan bolalar haqida, ularning mehnatda chiniqishi, do’stlikning sinalishi aks ettiriladi. Bu qissani muallif kitobxonlar talabi asosida qayta ishlab, «So’nmas chaqmoqlar» nomi bilan nashr ettirdi.
Slayd 30
«Dadamni topib beringlar» qissasida bir dehqon oilasi boshiga tushgan nohaqlik kichiklar nazari orqali o’tkazilib, ularning ongi va ruhiyatiga yetkazilgan salbiy ta’siri badiiy tahlil etilganini ko’ramiz va yosh qahramonlar bilan birga iztirobga tushamiz.
Hakim Nazir so’nggi kitobini «Oq fotiha» deb atadi. Bu xotira-qissa bo’lib, bolalik sarguzashtlariga bag’ishlangan. Muallif bezovtalik, g’ulg’ula-hayajonlarga to’la bolalik chog’lari, ko’rgan-kechirganlarini jonli lavhalarda hikoya qiladi, kichiklikda ota-onasidan olgan ilk insoniy saboqlari uchun chuqur va samimiy minnatdorchiligini izhor etadi.
Slayd 31
«Hakim Nazir 1973- yilda «Lochin qanotlari» romanini yaratdi. Bunda urushga ketgan ota-onalarning o’rnini bosgan O’ktam, Umri va boshqa yosh vatanparvarlar timsollari gavdalantirildi. Romanni jamoatchilik iliq qabul etdi. Tadqiqotchilar «Lochin qanotlari» romani o’zbek bolalar adabiyotida deyarli qo’l urilmagan mavzu —urush yillari kichkintoylarning buyuk g’alabaga qo’shgan hissasini ko’rsatishga bag’ishlangan yirik asar sifatida qimmatlidir, deb yozadilar.
Yozuvchining «Chiranma g’oz — hunaring oz» nomli pesasi ko’p yillar davomida yosh tomoshabinlar teatri sahnasida qo’yildi.
Slayd 32
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 33
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
La Famille – Fiches de vocabulaire mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Birikmalar mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Boborahim Mashrab hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 18 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
FORS TILIDA SIFATDOSH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
La routine quotidienne Utilisation d’illustrations mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy




Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.