XI-XIV asrdardagi Movarounnashr tangalari

4000 so'm


XI-XIV asrdardagi Movarounnashr tangalari

 

 

Slayd 1

XI-XIV ASRDARDAGI MOVAROUNNASHR TANGALARI.

Slayd 2

Tangashunoslik sohasida ham Qoraxoniylar tahsinga sazavor ishlarni amalga oshirishgan. Qoraxoniylar tangasi somoniylar tangasidan yozuvining nafisligi va umuman bezaklarning xilma-xilligi xamda sifatliligi bilan ajralib turadi. Kamdan-kam hollarda fil, yo’lbars, arslon, qoplon, quyon, qushlar , hatto baliq tasvirlangan. Qoraxoniylar mavjudodni tasvirlashni islom dinida ma’qul ko’rilmasligidan yaxshi xabardor bo’lganliklari uchun mavjudod rasmlari ichki bozorda ishlatish uchun chiqariladigan chaqalardagina berilgan.

Slayd 3

Qoraxoniylar mis, kumush tangalar, XII asrning O’rtalariga kelib oltin tangalar xam zarb qilganlar

Slayd 4

Ayni vaqtda Qoraxoniylar davridan 40 dan ortiq zarbxonalar fanga ma’lum.Masalan: Axsikent. Bolasog’un, Barob, Barsxon (Issiqko’l janubida) va boshqalar. Shuni ta’kidlash joizki bir zarbxona bir necha nomlarda tanga zarb qilgan bo’lishi mumkin

Slayd 5

Qoraxoniylar davlatini salmog’i ular zarb etgan XI asrning kumush tangalaridagi yozuvlar ma’nosida xam aks etgan. XI asr kumush tangalarida bu davrga kelib, musulmonlar dunyosining diniy boshlig’i Bag’dod xalifasining nomi butun Qoraxoniylar davlatining xokimi, shuningdek uning vassali shahar yoki viloyat hokimining va tanga zarb qilingan joy ko’rsatilgan.

Slayd 6

Mis tangalardagi yozuvlar kumush tangalardagi yozuvlardan farq qiladi. Ularda xalifaning nomi ko’rsatilmay, faqat tanga zarb qilingan shahar yoki viloyat xokimining nomi, tanga zarb qilingan joy ko’rsatilgan.

Slayd 7

Qoraxoniylar asosan kumush tangalardan tashkil topgan tangalar sistemasini xam somoniylardan meros qilib oldilar. X asr oxiri XI asr boshlarida Qoraxoniylarning oddiy kumush pullari sof kumushdan tayyorlanib xalqaro savdoda ishlatilgan. XI asrning ikkinchi o’n yilliklariga kelib kumush tangalarni sifati o’zgaradi. Kumush miqdori kamayib uning o’rniga mis qo’rg’oshin ishlatila boshlandi.

Slayd 8

XI asr O’rtalariga kelib Ettisuv va Farg’onada tarkibida umuman kumush bo’lmagan dirxam tangalar zarb qilingan va oq tangaga «dirxam» – ya’ni kumush tanga deb yozilgan.

Slayd 9

Fanda «kumush inqirozi» deb atalgan bu xodisa XI asrda butun musulmon sharqida qayd qilingan. Qoraxoniylar davlatida «kumush inqirozi»ni sodir bo’lishiga o’zaro kurashlar sabab bo’lgan. Undagi ko’plab Harajatlar sifatsiz dirxamlarni chiqarishga sabab bo’lgan, tanga zarb qilishdagi bunday firibgarlik, aholini kumush va mis tangalarga bo’lgan ishonchini yo’qotgan.

Slayd 10

. Tangalar asosan Samarqand, Buxoro, O’zgan zarbxonalarida chiqarilgan. XII asrning 60-yillariga kelib, tanga zarb etish ishlari butunlay o’zgardi. O’zgan va Samarqandda kumush suvi yugurtirilgan dirxamlarni ko’plab zarb kila boshlashiga yo’l qo’yiladi. Shu bilan bir qatorda Samarqand va Buxoroda oltin dinorlar ham zarb etila boshlandi. Kumush suvi yugurtirilgan dirxamlar kundalik savdoga bo’lgan talabni qondiradigan bo’lsa, oltin tangalardan savdo bitimida xalqaro savdoda xam foydalanilgan.

Slayd 11

O’zbekiston xududida XI-XII asrlarda muomalada bo’lgan tangalarni asosiy qismi Qoraxoniylar davrida zarb qilingan tangalarni tashkil qiladi. Lekin O’zbekistonning ba’zi janubiy tumanlari, ya’ni Termiz g’aznaviylar, keyinchalik Temuriylar davlati tarkibiga kirgan. Bu erlarda g’aznaviylar va Temuriylar tomonidan zarb qilingan tangalar muomalada bo’lgan

Slayd 12

O’zbekiston xududida XI-XII asrlarda muomalada bo’lgan tangalarni asosiy qismi Qoraxoniylar davrida zarb qilingan tangalar tashkil qiladi. Lekin O’zbekistonning ba’zi janubiy tumanlari, ya’ni Termiz g’aznaviylar, keyinchalik Temuriylar davlati tarkibiga kirgan. Bu erlarda g’aznaviylar va Temuriylar tomonidan zarb qilingan tangalar muomalada bo’lgan.

Slayd 13

XIII asr boshlarida Turkiston mo’g’ullar tomonidan istilo qilindi. Keyinchalik bu imperiya aloxida davlatlarga, uluslarga parchalanib ketdi. XIII asr oxirlarida Chig’atoylar davlatida yuqori probali kumush tangalar muntazam chiqarila boshlandi, bu bilan kumush inqiroziga chek qo’yildi.

Slayd 14

Samarqandning XIII asr dirxamlarida, forsiy va onda-sonda turkiy matnlar arab yozuvida berilgan.XIII asr Buxoro tangalarining noyob nusxalarida xatto Xitoy ierogliflar uchraydi, bir vaqt Buxoro noibi xitoy bo’lgan.
Lekin 1225 yili Samarqandda zarb qilingan dirxamlar diqqatga sazovor Unda «Bu tanga Samarqand va uning viloyatlarida utadi» deb yozilgan.

Slayd 15

Samarqandda Lekin 1225 yili Samarqandda zarb qilingan dirxamlar diqqatga sazovordir zarb qilingan kumush suvi yugurtirilgan mis dirxamlarda tojik tilida yozilgan so’zlar kishini yana xayratga soladi. «Kimda – kim Samarqand va uning chekkalarida ushbu tangani olmasa, u jinoyatchi xisoblanadi» deb yozilgan. Sababi Shundaki avvalgi xukmdorlar davrida bo’lganidek, mo’g’ullar istilosidan keyin xam dirxamlarni uz qiymatidan ortikroq yurgizishga majbur qilganlar. Aholi kumush suvi yugurtirilgan mis dirxamlarni olish dan bosh tortar edilar. Shuning uchun ham Samarqandda tezlikda xaqiqiy kumush tangalar zarb qilindi. Buxoroda xam ahvol shunday tarzda edi.

Slayd 16

1321 yili mo’g’ul xoni Kebekxon o’tkazgan pul isloxoti savdoni rivojlantirish uchun yanada qulay, imkoniyat yaratdi. Shu davrdan e’tiboran yagona namuna bo’yicha og’irligi 1,4 grammga yaqin bo’lgan kumush dinorlar chiqarila boshlandi. Bir kumush tanga 6 ta dirxamga to’g’ri kelardi.

Slayd 17

AMIR TEMUR TANGALARI TASVIRI TUSHIRILGAN POPCHTA MARKALARI

Slayd 18

Slayd 19

Slayd 20

XORAZM. VIII ASR

Slayd 21

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 22

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“XI-XIV asrdardagi Movarounnashr tangalari” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar