Xalqaro huquqda javobgarlik
3000 so'm

=== Taqdimot: Xalqaro huquqda javobgarlik.pptx ===
=== Slayd 1 ===
Xalqaro huquqda javobgarlik
=== Slayd 2 ===
Reja:
1. Xalqaro-huquqiy javobgarlik tushunchasi.
2. Xalqaro-huquqiy javobgarlik subyektlari.
3. Xalqaro huquqbuzarlik tushunchasi.
4. Xalqaro huquqbuzarlik turlari va ular uchun javobgarlik asoslari.
=== Slayd 3 ===
Javobgarlik — xalqaro huquqning eng qadimiy institutlaridan biridir. Biroq, ushbu institutning huquqiy me’yorlari hanuzgacha kodifikatsiya qilinmagan, shu bois u odatda pretsedentlar va sud qarorlari negizida shakllangan oddiy-huquqiy me’yorlarga asoslanadi.
=== Slayd 4 ===
Xalqaro huquqning shartnomaviy yoki odat normalarini buzishning yuridik oqibatlari huquqbuzar davlatga, zarar ko‘rgan davlat yoki davlatlar guruhiga hamda boshqa davlat va xalqaro tashkilotlarga ta’sir qilishi mumkin. Bu oqibatlar hamda javobgarlik shakllari har xil bo‘lishi mumkin. Ular huquqbuzarlikning tabiati va xavflilik darajasiga bog‘liq bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:
=== Slayd 5 ===
a) agressiya, genotsid, irqiy kamsitish, mustamlaka mamlakatlar
va xalqlarga mustaqillik berishdan bosh tortish, urush qonunlari va
odatlarini buzganlik uchun javobgarlik;
b) huquqbuzar davlatning xalqaro huquqning boshqa subyektlariga,
alohida holatlarda ularning yuridik va jismoniy shaxslariga yetkazgan
zararini qoplash javobgarligi;
v) xalqaro huquqqa asosan huquqbuzar davlatga nisbatan uning
huquqbuzarligiga javoban BMT qo‘shinlarini ishga solishgacha bo‘lgan
majburlov choralarini qo‘llash (masalan, BMT Ustavining 42-moddasi
bo‘yicha) va boshqalar.
=== Slayd 6 ===
Xalqaro-huquqiy javobgarlik subyektlari
=== Slayd 7 ===
Xalqaro huquq subyektining xalqaro-huquqiy javobgarligi paydo bo‘lishiga u tomonidan xalqaro huquqbuzarlik sodir etilishi asos bo‘ladi.
Xalqaro huquq nazariyasiga ko‘ra, xalqaro huquqbuzarlik – bu xalqaro huquq subyektining xalqaro huquq normalari va o‘zining xalqaro majburiyatlarini buzuvchi va xalqaro huquqning boshqa subyekti yoki subyektlari guruhiga yoxud butun xalqaro hamjamiyatga moddiy va nomoddiy zarar yetkazuvchi harakati yoki harakatsizligidir (masalan, agressiya akti, suverenitetni noqonuniy cheklash, hududiy yaxlitlik va siyosiy mustaqillikka tajovuz qilish, shartnomalardagi majburiyatlarni buzish va boshqalar).
=== Slayd 8 ===
E’tibor bering!
Davlat javobgarligi xorijiy davlat yoki uning organlari tomonidan boshqa bir davlat hududida yoki uning hududi orqali sodir etilgan xalqaro huquqqa zid harakatlar natijasida ham yuzaga keladi. Bunda xorijiy davlatning harakatlari o‘sha davlatning ko‘z o‘ngida va roziligi bilan amalga oshirilgan bo‘lsa, o‘sha davlat ham xorijiy davlatning xalqaro huquqqa zid harakatlari ishtirokchisiga aylanadi. Lekin bunday harakatlar o‘sha davlatga bildirilmasdan va uning roziligisiz amalga oshirilgan bo‘lsa, u faqat o‘z organlarining ziyraklikni yo‘qotishi natijasida xorijiy davlat amalga oshirgan huquqbuzarlikning oldini ola olmaganligi uchun javobgar bo‘lishi mumkin.
=== Slayd 9 ===
Xalqaro huquqbuzarlik tushunchasi
Xalqaro huquqbuzarlik – bu xalqaro huquq subyektining harakati va harakatsizligi bo‘lib, uning natijasida subyekt xalqaro huquq normalari va o‘zining xalqaro majburiyatlarini buzadi, xalqaro huquqning boshqa subyektlari yoki butun xalqaro hamjamiyatga oddiy yoki nomoddiy xarakterga ega ziyon keltiradi. Bunda javobgarlik xalqaro huquq subyektining xalqaro huquqqa zid qilmishi va keltirgan zarar o‘rtasida sababiy bog‘liqlik mavjud bo‘lganda kelib chiqadi.
=== Slayd 10 ===
Xalqaro huquqda barcha xalqaro huquqbuzarliklarni, ularning xavflilik darajasi, miqyosi va oqibatidan kelib chiqqan holda uchta katta guruhga ajratish mumkin:
Xalqaro xarakterga ega bo‘lgan jinoyatlar
01
02
03
Boshqa xalqaro huquqbuzarliklar (xalqaro deliktlar)
Xalqaro jinoyatlar
=== Slayd 11 ===
Xalqaro jinoyat – bu xavfli xalqaro huquqbuzarlik bo‘lib, davlatlar va millatlarning muhim hayotiy manfaatlariga, hayotiy asoslariga putur yetkazadi, xalqaro huquqning muhim prinsiplari va normalarini qo‘pol ravishda buzadi, xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdid soladi va zarar yetkazadi. BMTning Xalqaro huquq Komissiyasi tomonidan tayyorlangan Davlatlarning javobgarligi to‘g‘risidagi Moddalar loyihasida xalqaro hamjamiyatning hayotiy manfaatlarini ta’minlashga asos bo‘ladigan xalqaro majburiyatning davlatlar tomonidan buzilishi natijasida vujudga keladigan xalqaro-huquqiy qilmishga xalqaro hamjamiyat oldidagi jinoyat deb qaraladi va xalqaro jinoyatni tashkil etadi. Bunday xalqaro jinoyatlar sirasiga: agressiya, genotsid, aparteid,
mustamlakachilik, harbiy jinoyatlar, insoniyatga qarshi jinoyatlar va boshqalar kiradi.
=== Slayd 12 ===
Xalqaro xarakterga ega bo‘lgan jinoyat – bu bir necha yoki barcha davlatlarning manfaatlariga tajovuz qiladigan, umumiy Xalqaro xavf-xatar keltirib chiqaradigan qilmishdir. Xalqaro xarakterga ega bo‘lgan jinoyatlar qatoriga quyidagilar kiradi: qulchilik va qullar bilan savdo qilish, giyohvandlik moddalari va psixotrop vositalarni noqonuniy ishlab chiqarish va tarqatish, havo kemalarini noqonuniy egallab olish, xalqaro terrorizm va boshqalar.
=== Slayd 13 ===
Boshqa xalqaro huquqbuzarliklar (Xalqaro deliktlar) – bu alohida davlatga yoki Xalqaro huquq subyektlarining cheklangan doirasiga zarar yetkazuvchi huquqqa zid xatti-harakatlardir. Bunday hollarda javobgarlik munosabati huquqbuzar davlat bilan huquqbuzarlikdan jabr ko‘rgan davlatlar o‘rtasida paydo bo‘ladi, huquqbuzarlik davlatlar va millatlarning mavjudligiga va hayotiy asoslariga zarar yetkazmaydi va bunday huquqbuzarlik yuqorida ko‘rsatilgan ikki guruhga kirmaydi. Bunday xalqaro huquqbuzarlikka diplomatik vakillarning faoliyatiga qarshi qaratilgan noqonuniy harakatlarga nisbatan davlat organlarining beparvoligi (harakatsizligi), savdo majburiyatlarini buzish va shu kabilar kiradi.
=== Slayd 14 ===
Xalqaro-huquqiy javobgarlik turlari va shakllari
Siyosiy
Moddiy
Davlatlarning xalqaro-huquqiy javobgarligi turlari ikkita:
=== Slayd 15 ===
Siyosiy javobgarlik uchun odatda huquqbuzar davlatga nisbatan
majburlov choralari qo‘llanadi va moddiy javobgarlik bilan uyg‘unlashib ketadi. Siyosiy javobgarlikning eng keng tarqalgan shakli sanksiyalardir. Sanksiyalar – bu huquqbuzar davlatga nisbatan qo‘llanadigan choralardir. Ular xalqaro tashkilotlar (universal va mintaqaviy), bir guruh davlatlar yoki alohida davlat tomonidan qo‘llanishi mumkin.
Siyosiy javobgarlik
=== Slayd 16 ===
Moddiy (iqtisodiy) javobgarlik davlat tomonidan moddiy zarar yetkazishga olib keluvchi xalqaro majburiyatning buzilishi bilan vujudga keladi. U reparatsiya, restitutsiya va substitutsiya shakllarida ifodalanishi mumkin. Reparatsiya – bu moddiy zararni pul ifodasida, tovar va xizmat ko‘rinishlarida qoplashdir. Reparatsiyalarning hajmi va turi odatda xalqaro shartnomalar asosida belgilanadi. Reparatsiya summasi odatda urush tufayli yetkazilgan zarar hajmidan ancha kam bo‘ladi.
Moddiy (iqtisodiy) javobgarlik
=== Slayd 17 ===
Xalqaro deliktlar (masalan, diplomatik odobni buzish, nosamimiy akt, xorijliklar tartibini buzish kabilar) uchun davlatga nisbatan retorsiya, repressaliya, satisfaksiya, restoratsiya kabi siyosiy javobgarlik shakllari qo‘llanishi mumkin. Retorsiya deb bir davlat tomonidan boshqa bir davlatga nisbatan uning manfaatlariga ziyon yetkazgani uchun Xalqaro huquqqa mos majburlov choralarini qo‘llashga aytiladi.
=== Slayd 18 ===
Repressaliya (harbiy bo‘lmagan) – bu bir davlatning ikkinchi davlatga nisbatan qo‘llashga qarshi majburlov harakatlaridir. Repressaliya bir davlat tomonidan ikkinchi bir davlatning huquqqa zid harakatlariga qarshi buzilgan huquqlarini tiklash maqsadida qo‘llanadi. U yetkazilgan zarar bilan mos kelishi va majburlov qoniqtiradigan darajada bo‘lishi lozim. Repressaliyalar iqtisodiy munosabatlar, temiryo‘l, dengiz, havo, pochta, radio va boshqa aloqa turlarining to‘liq yoki qisman uzilishi hamda diplomatik, savdo va boshqa aloqalarning uzilishi, tovar va xomashyoni huquqbuzar davlat hududidan olib chiqishga embargo qo‘yish shakllarida ifodalanishi mumkin.
=== Slayd 19 ===
Amaliyotda restoratsiya deb nomlanuvchi javobgarlik shakli ham uchraydi. U huquqbuzar davlat tomonidan biror-bir moddiy obyektning avvalgi holatining tiklanishini nazarda tutadi (masalan, uning aybi bilan ifloslangan suvning avvalgi sifatini tiklash kabi). Xalqaro tashkilotlar javobgarligi ularning huquq subyektligiga asoslanadi va bevosita undan kelib chiqadi. Xalqaro tashkilotlar javobgarligi ko‘lami va chegaralari ulardagi huquqiy subyektlik qobiliyatining ko‘lami va uning tabiatiga bog‘liq. Hozirgi kunda qator shartnomalarda xalqaro tashkilotlarning javobgarligi to‘g‘risidagi holatlar o‘z ifodasini topgan.
=== Slayd 20 ===
Xalqaro tashkilot o‘z qarorgohi joylashgan davlat qonunchiligini buzganligi uchun javobgarlikka tortilishi mumkin. Ko‘pchilik davlatlar hukumatlari xalqaro tashkilotlar va ularning xizmatchilari maqomi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qabul qilganlar va ularni buzgan tashkilotlar moddiy javobgarlikka tortilishlari mumkin. Xalqaro tashkilot o‘z ijroiya organlari va xodimlarining huquqqa zid harakatlari uchun javobgar bo‘ladi. Masalan, 1965–1967-yillarda BMT Belgiya, Gretsiya, Italiya, Luksemburg va Shveysariya bilan BMTning Kongodagi harbiy kuchlari operatsiyalari natijasida ushbu davlat fuqarolari va ularning mulkiga yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risida bitim tuzildi.
=== Slayd 21 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |













Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.