Usmon Nosir hayoti va ijodi tahlili
3000 so'm

Slayd 1
Usmon Nosir hayoti va ijodi
Slayd 2
Usmon Nosirning o’zbek adabiyotida tutgan o’rni
Usmon Nosir hayoti va ijodi.
Shoir she’rlari tahlili.
Reja:
Slayd 3
Dunyo adabiyoti tarixida shunday shoirlar o‘tganki, ularning umri va ijodi xuddi qorong‘i osmonni birdan yoritib yuborgan chaqmoqqa o‘xshaydi. bilsangiz, bir lahzada chaqnab o‘tib ketadigan chaqmoqda ko‘plab elektrostansiyalar yillar davomida ishlab chiqaradigan quvvat bo‘ladi. Rus shoiri Lermontov, tatar ijodkori Abdulla To‘qay, o‘zbek adabiyotining favqulodda iste’dodli namoyandasi Usmon Nosir mana shunday yorqin siymolardandir. Garchi juda kam umr ko‘rgan bo‘lsalarda, ular yozib qoldirgan asarlarning ahamiyati asrlarga tatigulikdir.
Slayd 4
Bo‘lg‘usi shoir 1912-yilning 13-noyabrida Namangan shahrida dunyoga keldi. Uning hunarmandchilik bilan ro‘zg‘or tebratadigan otasi bu paytda og‘ir xasta bo‘lib, bola go‘dakligidayoq olamdan o‘tadi. Usmon o‘z otasi mehrini, uning erkalashlarini ko‘rmay o‘sdi. To‘rt yasharligida onasi Xolambibi shu yerlik Nosirhoji degan kishiga turmushga chiqadi va oila Qo‘qonga ko‘chib keladi.
Yoshligi Qoʻqondagi bolalar uyida oʻtgan Usmon oʻrta maktabni bitirgach, 1931-yildan boshlab Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Pedagogika akademiyasining til va adabiyot fakultetida Amin Umariy, Adham Hamdamlar bilan birgalikda tahsil oldi. U tengdoshlari orasida o‘zining o‘tkir fikri, fanlarni tez o‘zlashtira olishi, shoirlik iste’dodi va sho‘x-sha’n tabiati bilan yaqqol ajralib turardi. Usmon Nosir nafaqat adabiyotni, balki dunyo tarixi, falsafasi, san’atini ham chanqoqlik bilan o‘zlashtirishga, buyuklarga ergashib ijod qilishga oshiqardi. bu intilishlar shoirning dastlabki asarlaridayoq o‘zini ko‘rsatdi.
Slayd 5
Usmon Nosir uchun tabiat manzaralari she’riy asarni qo‘shimcha tashbihlar bilan bezash, go‘zallashtirish vositasi emas edi. U tabiatni go‘yo ona anglab, o‘zini esa shu ona bag‘riga doimiy talpinuvchi farzand hisoblardi. Uning she’rlarida har bir fasl, yer, osmon, quyosh, yulduz va oy, daraxtlar va chechaklar, qushlar va hayvonlar badiiy umuml ashma, obraz darajasiga o‘sib chiqadi.
Usmon Nosirning ilk sheʼrlari maktabda oʻqib yurgan vaqtlaridayoq matbuotda koʻrina boshlagan edi. Shoirning “Quyosh bilan suhbat”, “Safarbar satrlar” (1932), “Traktorobod” (1934), “Yurak” (1935), “Mehrim” (1936) kabi sheʼriy toʻplamlari, “Norboʻta” va “Naxshon” dostonlari birin-ketish nashr qilindi. Uning “Norboʻta” (1932) asarida Oʻzbekistondagi fuqarolar urushi mavzui, “Naxshon”da qardosh arman xalqi farzandlarining ozodlik uchun intilishlari kuylangan boʻlsa, antiq dunyodagi qullar kurashi “Nil va Rim” kabi poetik asarlarida oʻz aksini topdi.
Slayd 6
Usmon Nosir sheʼriyati, avvalo, hayotiyligi, jozibadorligi va isyonkorligi, ayni chogʻda, sodda va ravonligi bilan kitobxon qalbidan chuqur oʻrin olgan. Shundan boʻlsa kerak, shoir sheʼrlari hamon davralarda tez-tez yod aytiladi:
Yurak, sensan mening sozim,
Tilimni nayga joʻr etding,
Koʻzimga oyni berkitding,
Yurak, sensan ishqibozim.
Senga tor keldi bu koʻkrak,
Sevinchim toshdi qirgʻoqdan,
Tilim charchar, ajab gohi
Seni tarjima qilmoqdan.
Slayd 7
Usmon Nosirning tarjima sohasidagi xizmati ham bebahodir. Uning tarjimasida A. Pushkinning “Bog’chasaroy fontani”, M. Lermontovning “Demon” (“Iblis”) dostonlari oʻzbek kitobxonlari qalbiga yetib borgan.
Joʻshqin isteʼdod egasi Usmon Nosirning asarlari hamisha kishini hayajonga soladi. Usmon Nosir qatagʻon davrining qurbonlaridan biri sifatida yosh umrini shoʻro lagerlarida azob-uqubatda oʻtkazib, 1944-yili vafot etdi.
Usmon Nosir 1937-yilning 18-iyulida hibsga olinganda hali 25 yoshga toʻlmagan edi. Fojiani qarangki, buyuk isteʼdodning ayni ijodiy kamolotga koʻtarilgan bir davrida uni mustabid tuzumning qatagʻon siyosati ayamadi. Shoir bir sheʼrida:
Ming yillardan keyin ham
Unutmas meni bogʻim.
Sheʼrlarim yangrab qolur…
Bir umrga oʻlmayman, –
degan edi.
Slayd 8
1937-yilning 27 -yanvar kuni respublika jamoatchiligi yosh shoirning 10-yillik ijodini keng nishonlagan, oradan yarim yil o‘tgach, Yozuvchilar uyushmasida majlis uyushtirilib, “shoirning hulv-atvori”ni ko‘rib chiqish masalasi ko‘tarilgan. Majlisdan ikki kun o‘tgach, shoirlar safidan chetlatilib, hibsga olinadi. Bu voqet 1937-yilning 13-iyulida bo‘lib o‘tgan. Usmon Nosir “xalq dushmani” tamg‘asi bilan surgun qilinadi. Endi uni Zlatoustsk qamog‘i, Vladivostok, Magadan, Mariinsk lagerlari kutardi. 1943- yil u hozirgi Kemerova viloyati hududidagi Sibir lagerlarida bo‘lgan.
1940-yilning 20- avgustida Usmon Nosir Magadandan Stalinning nomiga ariza yozishga jur’at qilib, unda o‘z ishini “ko‘rib chiqishlarini” so‘raydi. “Xalq otasi”ga qamoqda o‘tirib ham, “she’riy roman”, uchta sahna asari va bir qator she’rlar yozgani haqida xabar beradi: “Men hali yoshman va g‘ayratga to‘laman! Men xalqning farovonligi uchun ijod qilishim kerak! Men aybsizman!”, deya qayd etgan shoir.
Slayd 9
Ushbu arizani Stalin ko‘rib chiqqan. O‘zbekiston hukumatiga Usmon Nosirning arizasini ko‘rib chiqishni buyuradi. 1944-yilning oxirlariga kelib, hay’at guruhi tuzilib, unda professor Borovkov, shoir Maqsud Shayhzoda va o‘sha vaqtda “Qizil O‘zbekiston” gazetasining bosh muharriri Siddiq Rajabovlar bo‘lgan. Hay’at Usmon Nosirni aybsiz bilib, uni oqlashadi.Afsuski, shoir bu vaqtga kelib olamdan ko‘z yumgandi. U 1944-yilning 9-mart kuni vafot etadi, 15-mart kuni Suslov qishlog‘idagi (hozirgi “Pervomayskoye”) qabristonga dafn etiladi.
Usmon Nosir o‘zidan keyin kichik bo‘lsa-da, juda boy meros qoldirgan va xalqning yuragida yashashda davom etmoqda.
Kemerovsk viloyatida Usmon Nosirning xoki saqlanadi. U yerda shoirning xokini yerga ko‘mgan shaxs – Anatoliy Mitrofanovich Sirota istiqomat qiladi. Siyosiy mahkum qilinganlarning sobiq qabristoni o‘rnidagi keng dalada g‘arbga yuzlanayotgan yagona haykal qad rostlab turibdi – u yerda Usmon Nosir so‘nggi nafasigacha qaytishni istagan O‘zbekiston nomli ona Vatani joylashgan.
Slayd 10
2003-yil O‘zbekistonda o‘zbek shoiri Usmon Nosir tavalludining 90-yilligi keng nishonlangan.
Yoshlik (Usmon Nosirning she’rlari)
Kunlarimni yoshligimdan ayamadim,-
Menda yoshlik nokaslikni hech ko‘rmadi.
Qiz sevganda, ho‘ngir-ho‘ngir qon yig‘ladim,
Go‘yo qalbim amri azmimni bir so‘rmadi.
Yoshligimning tarozusi beposangi,
Bir pallasi bahor toshi bilan og‘ir:
Sevinchim ko‘p… shodligim zo‘r… tilim biyron,
Qaysi umr shunday yoshlik ko‘rdi, axir?
Yuragimga achchiq-achchiq botar edi,
«Bog‘ ko‘cha»da sharsharakning mungli kuyi…
Hayron bo‘lib, bolalikda o‘ylar edim,
Qaydadir deb bu oftobning yotar uyi?
Slayd 11
Bolaligim gul bog‘larni ko‘rolmagan,
G‘arib bo‘lib, mungsib yurgan ko‘chalarda.
Yulduz sanab, yildan uzun kechalarda
Hisobiga sira azal yetolmagan.
Ayamadim yoshligimdan kunlarimni,
Nokaslikni ravo ko‘rmay sevintirdim,
Chunki unga yuragimda o‘lib qolgan
Bolaligim erkaligin tiriltirdim.
Yoshligimning sarguzashti benihoyat,
Bisoti ham tasodifga to‘lib bitgan…
Keyin bilsam, tasodiflar zarur ekan,
Hodisani yetaklarkan sababiyat.
Slayd 12
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 13
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
La routine quotidienne Utilisation d’illustrations mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
FORS TILIDA SIFATDOSH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti



Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.