=== Taqdimot 1 ===
Umurtqalilar nafas olish tizimining solishtirma anatomiyasi
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
Umurtqalilar (Vertebrata) haqida umumiy ma’lumot.
Umurtqali hayvonlar turlari.
Jabra va o‘pkaning vazifasi.
Umurtqalilarning nafas olish organlari.
=== Taqdimot 3 ===
Umurtqali hayvonlarning kelib chiqishi
Birlamchi umurtqali hayvonlarning ajdodlari hozirgacha topilmagan. Lekin, shunday bo‘lsa ham ko‘pgina yirik zoolog olimlar qadimgi umurtqali hayvonlarning qazilma qoldiqlarini tekshirib umurtqali hayvonlarni 2 ta bo‘limga bo‘lishadi:
1. Jag‘sizlar (agnatha) bo‘limi.
2. Jag‘og‘izlilar (gnathostomata) bo‘limi.
=== Taqdimot 4 ===
Jag‘sizlar bo‘limi o‘z navbatida qalqonli maxluqlardan (baliqlarga o‘xshash) kelib chiqqan va ular silur davrida keng tarqalgan. Qalqonli maxluqlar o‘z navbatida qalqonsiz maxluqlardan kelib chiqqan degan taxminlar bor. Chunki, silur va devon davrlarida jag‘sizlarning vakillari keng tarqalgan. Keyinchalik ularning ko‘pchiligi qirilib ketib, faqatgina bitta shoxchasi baliqlarning terisi va jabrasida parazitlik qilib yashab qolgan. Keyinchalik jag‘sizlardan jag‘og‘izlilar, ya’ni baliqlar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar va sutemizuvchilar kelib chiqqan.
=== Taqdimot 5 ===
Umurtqalilar klassifikatsiyasi
=== Taqdimot 6 ===
=== Taqdimot 7 ===
Umurtqalilarning nafas olish organlari
Umurtqalilarning nafas olish organlari ikki xil bo‘ladi: Jabralar va o‘pkalar, bundan tashqari, ba’zilarida teri orqali nafas olish ham muhim ahamiyatga ega.
Jabra apparati, odatda, halqumni tashqi muhit bilan bog‘lovchi simmetrik joylashgan juft yoriqlar sistemasidan iborat. Jabra yoriqlarining oldingi va orqa devorlari plastinkasiman o‘simta hosil qiluvchi shilliq qobiq bilan o‘ralgan; o‘simtalar jabra yaponchalaridan iborat.
=== Taqdimot 8 ===
Yuqorida aytilgan har bir yaproqlarga ega bo‘lgan jabra yoriqlari devori yarim jabra deb ataladi. Jabra yoriqlari orasida visseral jabra yoylari joylashgan. Shunday qilib, har bir jabra yoyi har xil ikkita jabra yorig‘ining yarim jabralari bilan, ya’ni bir yoriqning oldingi yarim jabrasi va ikkinchi yoriqning orqa yarim jabrasi bilan tutashgan.
=== Taqdimot 9 ===
Jabra yoriqlari halqumdan tashqariga qarab o‘suvchi juft entodermal o‘simtalar sistemasi sifatida hosil bo‘ladi. Shu bilan bir vaqtda tashqi qavatning entodermal o‘simtalari ham hosil bo‘la boshlaydi. Bu o‘simtalar bir-biriga qarama-qarshi o‘sib, keyin o‘zaro birlashadi. Binobarin, jabra yoriqlari ento va ektodermal kelib chiqishga ega. Odatda, jabra yaproqlari ektodermal murtakdan hosil bo‘ladi. Faqat to‘garak og‘izlilarda va qalqondorlarda ular entodermadan hosil bo‘ladi.
=== Taqdimot 10 ===
Quruqlikda yashovchi umurtqalilarning nafas olish organi o‘pka.
U hiqildoq orqali halqumga ochiladigan bir juft xaltachadan iborat. O‘pka embrional rivojlanish davrida halqum devorining qorin tomonidan paydo bo‘ladigan bo‘rtmalar sifatida hosil bo‘lib, entodermal kelib chiqishga ega. Rivojlanishning boshlang‘ich davrlarida o‘pka jabra yoriqlarining bir juft ichki, ya’ni entodermal boshlang‘ichini eslatadi. Shu holat va jabra bilan o‘pkaning qon ta’minotidagi o‘xshashlik o‘pka jabra xaltasining oxirgi juftiga gomologik ekanligidan dalolat beradi.
=== Taqdimot 11 ===
To‘garak og‘izlilarning nafas olish sistemasi.
Boshqa barcha umurtqalilarnikiga qarama-qarshi o‘laroq to‘garak og‘izlilarning jabra xaltalari jabra yoriqlarida taraqqiy etib, entodermadan kelib chiqqan. Jabra xaltalarining ichki yuzasida shilimshiq parda qatlami bo‘lib ularda juda ko‘p mayda qon tomirlari bor. Minogalarning har bir jabra xaltasi (ular 7 juft) mustaqil tashqi teshik bilan tashqariga ochiladi. Jabra xaltasining ichki teshigi nafas nayi bilan tutashgan. Jabra xaltachasining orasida keng bo‘shliqlar jabra oldi sinuslari bo‘lib, bu sinuslarning har qaysisini biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan jabralararo to‘siqlar ikki kameraga ajratib turadi.
=== Taqdimot 12 ===
=== Taqdimot 13 ===
Minoganing nafas olish akti ikki xil: erkin suzib yurgan minogada suv og‘iz bo‘shlig‘idan nafas nayiga, so‘ngra jabra xaltachasiga, keyin uning tashqi teshigi bilan tashqariga chiqariladi. U ovqatlanish uchun o‘ljasiga yopishganida og‘iz orqali suv kira olmaydi, suv jabra xaltachasining tashqi teshigi orqali kirib yana shu teshik orqali chiqib ketadi. Har ikkala holda ham suvda erigan kislorod kapillyarlardagi qonning pigmentlari bilan qo‘shiladi va venoz qondagi karbonat angidrid gazi suvga o‘tib, u orqali tashqariga chiqariladi.
Minoganing jabra apparati:l-tashqi jabra teshiklari, 2-nafas nayi, 3-jabra qopchasi, 4-jabra oldi sinusi, 5-jabraro to‘sig‘i, 6-ichki jabra teshigi.
=== Taqdimot 14 ===
Tog‘ayli baliqlarning nafas olish organlari. Tog‘ayli baliqlarning skeleti tog‘aydan iborat bo‘lib, jabra qopqoqlari va suzgich pufaklari bo‘lmaydi. Jabra yoriqlari 5-7 juft bo‘ladi.
=== Taqdimot 15 ===
Akulalar turkumi – akulalar ancha yirik, tanasi torpedasimon, dum suzgichi juda kuchli rivojlangan. terisini qoplab turgan tangachalari haqiqiy suyakli baliqlarnikidan batamom farq qiladi. Ularning tangachalari qalin va yirik plastinkalardan iborat boʻlib, har qaysi tangacha ustida sirtdan emal bilan qoplangan tishsimon oʻsimtasi boʻladi. akula jagʻida bunday oʻsimtalar tishlarga aylanadi. Barcha umurtqali hayvonlar, shu jumladan, odamlarning tishlari ham akulalarnikiga oʻxshash tuzilgan. akulalar juda serharakat yirtqich baliqlar boʻlib, ancha yirik hayvonlarga, shu jumladan, choʻmilayotgan odamga ham hujum qiladi. Koʻpchilik akulalar tirik tugʻadi, ba’zi turlari tuxum qoʻyib koʻpayadi.
=== Taqdimot 16 ===
Akulaning har bir jabra yorig‘ining bir uchi halqumiga, boshqa uchi esa tashqariga ochiladi. Jabra yaproqlari jabra yoriqlarining oldingi va keyingi devoriga qator o‘rnashgan. Jabra yaproqlari har qaysi qator jabraning yarim bo‘lagini hosil qiladi. Jabraning ikkita yarim bo’lagi birgalikda yaxlit jabrani vujudga keltiradi. Shunday qilib, akula boshining har qaysi tomonida hammasi bo‘lib to‘rtta jabra va uning bitta yarim bo‘lagi (til osti yoyi) bor. Jabralarning orasida va oxirgi jabraning orqasida, bir tomoni to‘g‘ridan-to‘g‘ri halqumga, ikkinchi tomoni bevosita tashqariga ochiladigan jabra yoriqlari bor. Jabra yoylaridan esa jabralararo to‘siqlar chiqadi, bu to‘siqlar bir jabraning ikkita yarim jabrasini ajratib turadi. Bu to‘siqlarni tog‘ay shu’lalar tutib turadi.
=== Taqdimot 17 ===
Ichi yorilgan akula (erkagi): l-burun teshigi, 2-og‘iz teshigi, 3-jabralari, 4-tashqi jabra teshiklari, 5-venoz qo‘ltig‘i, 6-yurak oldi bo‘lmasi, 7-yurak qorinchasi, 8-artcrial konusi, 9-qorin aortasi, 10-olib keluvchi jabra arteriyasi, 1l-oshqozonning kardial qismi, 12-osh-qozonning pilorik qismi, 13-ingichka ichak, 14-ichi yorilgan spiral klapanli yo‘g‘on ichagi, 15-to‘g‘ri ichak, 16-rektal bezi, 17-kloakasi,
18-jigari, 19-o‘t pufagi, 20-o‘t yo‘li, 21-oshqozon osti bezi, 22-talog‘i, 23-buyragi, 24-urug‘ yo‘li, 25-qorin juft suzgich qanotining kopulyativ o’simtasi, 26-qalqonsimon bez, 27-urug‘don.
=== Taqdimot 18 ===
Suyakli baliqlar (osteichthes) — umurtqali hayvonlar sinfi. Quyi devon davridan ma’lum. Uzunligi 0,7—1,1 sm dan 5—7 m gacha, ba’zan undan ko‘proq; vazni 1,5 t gacha. Ichki skeleti birmuncha suyaklangan, ba’zi turlarida tog‘aydan iborat. Tangachalari ganoid, kosmoid yoki suyakdan tuzilgan. Dum bo‘laklarini tog‘ay yoki suyak nurlar ushlab turadi. Jabralari to‘siq bilan bo‘linmagan, jabra teshiklari jabra qopqoqlari bilan yopilgan. Ayrim turlarining suzgich pufagi ikkilamchi tarzda yo‘qolib ketgan. urug‘lanishi, odatda, tashqi; ayrim turlari tirik tug‘adi. Osmoregulyasiya jabralar va teri orqali ortiqcha suvning chiqarilishi orqali amalga oshadi.
=== Taqdimot 19 ===
Suyakli baliqlar parrak suzgichli va nur suzgichli kenja sinflarga bo‘linadigan 33 turkum 420 oila va 20000 ga yaqin turni o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston suv havzalarida suyakli baliqlar ning 8 turkum, 14 oilaga mansub 48 turi tarqalgan. suyakli baliqlarning 18 turi, jumladan 3 ta o‘rta Osiyo endemik turi O‘zbekiston qizil kitobiga kiritilgan.
=== Taqdimot 20 ===
Suyakli baliqlarning nafas olish organi. Suyakli baliqlarning nafas olish organlari tog‘ayli baliqlarniki singari ektodermali jabra hisoblanadi. Zog‘ora baliqda, shuningdek, barcha suyakli baliqlarda oldingi to‘rtta jabra yoylariga o‘rnashgan to‘rt juft butun jabra bo‘ladi. Bundan tashqari, jabra qopqog‘ining ichki tomonida til osti yoki soxta jabra deb ataladigan murtak holidagi jabraning ham yarim bo‘lagi bo‘ladi. Bir butun jabra ikki qator bo‘lib jabra yoylariga joylashgan jabra yaproqlaridan tashkil topgan. Akulalarda bo‘ladigan jabralararo to‘siqlar suyakli baliqlarda reduksiyalangan, shuning uchun jabra yaproqlari faqat jabra yoylariga birikadi.
=== Taqdimot 21 ===
Natijada bir jabraning ikkita yarim jabra yaproqlarining asosi bir-biriga qo‘shilib ketadi. Ularning uchlari esa tashqi tomondan jabra qopqog‘i bilan cheklangan jabra bo‘shlig‘ining ichida osilib turadi. Jabra yoylarining ichki tomonida bir qancha mayda tishsimon jabra qilcha (lichinka)lari deb ataladigan va qo‘shni jabra yoyi tomon yo‘nalgan o‘simtalari bo‘ladi. Jabra qilchalari maxsus suzish apparatiga aylanib, suv bilan birga kirgan ovqat moddalarini halqumdan jabra bo‘shlig‘i orqali tashqariga chiqib ketishiga to‘sqinlik qiladi.
=== Taqdimot 22 ===
Yo‘g‘on qon tomirlari (qon olib keluvchi va qon olib ketuvchi jabra arteriyalari) jabra yoylari bo‘ylab jabra yaproqlari asosida joylashgan.
Zog‘ora baliqning nafas olish sistemasi:
Jabra yoyi,
Jabra qilchalari (lichinkasi),
Jabra yaprog‘i,
5-qon olib keluvchi va qon olib ketuvchi jabra arteriyalari.
=== Taqdimot 23 ===
Suvda hamda quruqlikda yashovchilar- gavda harorati o‘zgarib turadigan (poykiloterm) hayvonlar. Hozirgi suvda va quruqlikda yashovchilar 3 turkum 25-30 oilaga mansub 400 ga yaqin turni o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston hududida dumsizlar turkumiga mansub 2 turi (baqa va qurb tarqalgan; dumlilar turkumidan tritonlar akvariumlarda boqiladi. Suvda va quruqlikda yashovchilar, asosan, suvda ko‘payadi. Ko‘pchilik dumsizlar va ayrim dumlilar uchun tashqi urug‘lanish, ko‘pchilik dumlilar va barcha oyoqsizlar uchun ichki urug‘lanish xos. Odatda, tuxum qo‘yadi, ayrim turlari tirik tug‘adi. Lichinkasi voyaga yetgan davridan keskin farq qiladi (ayniqsa, dumsizlar itbalig‘i); metamorfoz orqali rivojlanadi.
=== Taqdimot 24 ===
Suvda va quruqlikda yashovchilarning fe’l-atvorli xususiyati nafas olish organlarining nisbatan ko‘pligidir. Kislorodni yutib, karbonat angidridni ajratib chiqarishda lichinkalarning terisi, tashqi va ichki jabralari, voyaga yetganlarida esa o‘pka, teri va og‘iz-halqum bo‘shlig‘ining shilimshiq pardasi ishtirok etadi. Voyaga yetgan baqaning nafas organlari o‘pka (pulmones) bilan teri hisoblanadi, teriga yirik-yirik qon tomirlari keladi.
=== Taqdimot 25 ===
O‘pka bir juft sodda xaltachadan iborat, uning devorlari yupqa, ichki yuzasi katakchali bo‘ladi. Nafas yo‘llari kattagina hiqildoq traxeya kamerasidan iborat, bu kamera to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘pka bo‘shlig‘iga aylanib ketadi. Hiqildoq-traxeya teshigi bir juft cho‘michsimon tog‘ay bilan o‘ralgan, tovush bog‘ichlari shu tog‘aylarga tortilgan. Tovush bog‘ichlari hiqildoq teshigining yon tomonidan o‘rab olgan ikkita shilliq parda burmasidan iborat.
Amfibiyalarning nafas olish organlari
=== Taqdimot 26 ===
Sudralib yuruvchilar
Nafas olish organlari. Kaltakesaklarning nafas yo‘li tashqi burun teshigidan boshlanadi. So‘ngra havo ichki burun teshigi-xoana orqali og‘iz bo‘shlig‘iga kiradi. Og‘iz bo‘shlig‘idan keyin uchta tog‘aydan tashkil topgan hiqildoq joylashgan. U maxsus muskul orqali til osti apparati bilan bog‘langan. Og‘iz bo‘shlig‘idagi havo hiqildoq orqali uzun nafas olish nayi-traxeyaga o‘tadi, traxeyadagi talaygina tog‘ay halqalar uning puchayishiga yo‘l qo‘ymaydi. Traxeya oldin tomoq, so‘ngra ko‘krak bo‘shlig‘idan o‘tib, taxminan yurak atrofida ikkita qisqa nay-bronxga bo‘linadi.
=== Taqdimot 27 ===
O‘pka va nafas olish yo‘llarining birmuncha kuchli differensiallanganligi bilan suvda hamda quruqlikda yashovchilarning nafas olish organlaridan farq qiladi. O‘pka qopcha shaklida bo‘lib, uning ichki devori asalari uyasiga o‘xshash mayda-mayda murakkab to‘siqchalar bilan qoplangan. Nafas akti boshqa barcha amniotalardagidek ko‘krak qafasining kengayishi va torayishi bilan sodir bo‘ladi. Sudralib yuruvchilarning tuxum ichida rivojlanayotgan embrioni ontogenezida suvda hamda quruqlikda yashovchilarning lichinkalik davriga mos keladi, ya’ni jabra yoriqlari hosil bo‘lsa ham jabra apparati shakllanmaydi, tuxumda bo‘lgan murtak allantois va sariqlik xaltasining qon tomirlari orqali nafas oladi.
=== Taqdimot 28 ===
O‘pka va nafas olish yo‘llarining birmuncha kuchli differensiallanganligi bilan suvda hamda quruqlikda yashovchilarning nafas olish organlaridan farq qiladi. O‘pka qopcha shaklida bo‘lib, uning ichki devori asalari uyasiga o‘xshash mayda-mayda murakkab to‘siqchalar bilan qoplangan. Nafas akti boshqa barcha amniotalardagidek ko‘krak qafasining kengayishi va torayishi bilan sodir bo‘ladi. Sudralib yuruvchilarning tuxum ichida rivojlanayotgan embrioni ontogenezida suvda hamda quruqlikda yashovchilarning lichinkalik davriga mos keladi, ya’ni jabra yoriqlari hosil bo‘lsa ham jabra apparati shakllanmaydi, tuxumda bo‘lgan murtak allantois va sariqlik xaltasining qon tomirlari orqali nafas oladi.
=== Taqdimot 29 ===
Voyaga yetgan sudralib yuruvchilar terisi shox qatlam bilan qoplanganligi uchun faqat o‘pka orqali nafas oladi. O‘pka tashqi tomondan xaltasiman tuzilishini saqlagan bo‘lsa ham, ularning ichki tuzilishi amfibiyalarnikiga nisbatan murakkab bo‘ladi. Kaltakesak va ilonlarning o‘pka xaltasi ichki devori burmali va chuqurchali tuzilishga ega bo‘lib, bu nafas olish yuzasini kengaytiradi. Toshbaqa va timsohlarda o‘pkaning ichi xuddi qushlarnikidek bulutsimon (kovakli) tuzilishga ega bo‘ladi. Xameleon, ba’zi kaltakesaklar va ilonlarda o‘pkaning pastki qismi barmoqsimon o‘simtali bo‘ladi, lekin bu o‘simtalarda gaz almashinishi bo‘lmaydi.
=== Taqdimot 30 ===
Bu o‘simtalardagi havo pishillash samarasini oshiradi, sho‘ng‘ishda va qizilo‘ngachda uzoq vaqt oziq o‘tishida gaz almashinishini yengillashtirishda yordam beradi. Nafas olish akti qovurg‘alararo va qorin muskullari yordamida ko‘krak qafasining kengayishi va torayishi orqali yuzaga keladi. nafas olish aktida, ayniqsa, toshbaqalarda yelka va chanoq muskullari ishtirok etadi. Toshbaqalarda yana og‘iz-halqumi orqali havoni yutish mexanizmi saqlangan.
=== Taqdimot 31 ===
Qushlarning nafas olish organlari sudralib yuruvchilarnikiga nisbatan ancha murakkab tuzilgan. U tashqi burun teshiklaridan boshlanib xoanalarga qo‘shiladi. Nafas olishdagi havo xoanalar orqali og‘iz bo‘shlig‘iga, so‘ngra toq (uchta) uzuksimon va bir juft cho‘michsimon tog‘aylardan tashkil topgan ustki hiqildoqqa, undan halqa tog‘aylar bilan o‘ralgan traxeyaga o‘tadi. Traxeya yurak yaqinida o‘ng va chap o‘pkalarga kiradigan bronxlarga bo‘linadi.
Qushlarning nafas olish sistemasi
=== Taqdimot 32 ===
Traxeya
Bronxlar
O‘pka
Havo xaltalari
Ustki hiqildoq
Pastki hiqildoq.
=== Taqdimot 33 ===
Biroq hiqildoq quruqlikda yashovchi boshqa umurtqalilarda tovush apparati vazifasini bajarmaydi. Qushlarda tovush apparati funksiyasini faqat ularning o‘ziga xos bo‘lgan pastki hiqildoq bajaradi. Pastki hiqildoq traxeyadan bronxlar chiqadigan joyda o‘rnashgan bo‘lib, tuzilishi ustki hiqildoqnikiga o‘xshash. Qushlar o‘pkasi suvda ham quruqlikda yashovchilar hamda ko‘pgina sudralib yuruvchilarnikiga o‘xshash xaltachalar ko‘rinishida bo‘lmay, balki ichi zich tanachalardan iborat. Bunga ishonch hosil qilish uchun skalpel dastasi bilan bir tomondagi o‘pkani ko‘krak qafasining orqa devoridan ajratib olib, kesib ko‘ring.
=== Taqdimot 34 ===
Qushlarning bronxlari o‘pkaga kirgandan keyin tarmoqlanadi. Ularning asosiy tarmoqlari o‘pkani yorib o‘tib havo xaltachalariga qo‘shiladi, ya’ni bronxlar tarmoqlarining bir qismi o‘pkani teshib o‘tib, sig‘imi o‘pka sig‘imidan bir necha marta katta bo‘lgan havo xaltachalarini hosil qiladi. Havo xaltachalari turli ichki organlar orasida joylashib, ularning o‘simtalari teri ostiga, muskullar orasiga va pnevmatik suyaklarga o‘tadi. Qushlarda havo xaltachalari bir nechta: ikkita bo‘yin, bitta o‘mrovaro, ikki-uch juft ko‘krak va bir juft nihoyatda katta qorin xaltalari bor.
=== Taqdimot 35 ===
Qushlarning havo xaltachalari sxemasi (qorin tomonidan ko‘rinishi): 1-traxeya, 2-o‘pka, 3-bo‘yin havo xaltachasi, 4-o‘mrovaro havo xaltachasi, 5-8-o‘mrovaro havo xaltachasi o‘simtalari, 9-ko‘krak oldi havo xaltachasi, 10-ko‘krak orti havo xaltachasi, 11-qorin havo xaltasi.
=== Taqdimot 36 ===
Sutemizuvchilarning nafas olish sistemasi
Qushlardagi singari sutemizuvchilarda ham yagona nafas olish organi o‘pka hisoblanadi. Sutemizuvchilar teri-qon tomirlari orqali 1 % kislorodni qabul qiladi. Tashqi burun teshigi orqali kirgan havo ichki burun teshigi-xoanalar orqali hiqildoqqa o‘tadi . Hiqildoqda tovush pardalari joylashgan. Hiqildoq dorzal (orqa) tomonidan uchlari bir-biriga qo‘shilmagan bir qancha tog‘ay halqalardan tashkil topgan uzun naysimon nafas olish nayi yoki traxeyaga qo‘shiladi. Ko‘krak qafasida traxeya ikkita nayga bo‘linadi, bu nayning har biri tegishli o‘pkaga kiradi. Bu naylar bronxlar deb ataladi va faqat amniotalardagina bo‘ladi. O‘pkada bronxlar diametri borgan sari kichrayib boruvchi ingichka naychalarga tarmoqlanib, yupqa devorli alveola (pufakcha)lar bilan tugaydi.
=== Taqdimot 37 ===
Alveolalarning devorlarida mayda qon tomirlari joylashgan bo‘lib, shu yerda gaz almashinuvi jarayoni sodir bo‘ladi. O‘pkaning alveolyar tuzilishi faqat sutemizuvchilar o‘pkasi uchun xos. Alveolalar qon tomirlarga juda boy. Alveolalar soni har xil bo‘ladi. Yirtqichlarda 300-500 mln ta, harakatchan yalqovlarda esa 6 mln ta bo‘ladi. Nafas olish soni ham hayvonlarning katta-kichikligi va moddalar almashinuviga bog‘liq.
Masalan: otlar 1 minutda 8-16 marta nafas oladi, odam 15-20, kalamush 100-150, sichqonlar 200 marta nafas oladi. Sutemizuvchilarning nafas olishi havo haroratiga ham bog‘liq bo‘ladi. Bu sohada kalabuxova (1944) ma’lumotlari dalil bo‘la oladi. Tulki +5 + 10°c da 1 minutda 26 marta, +15 +20°c da 29 marta, +25°c da 39 marta nafas oladi va hokazo.
=== Taqdimot 38 ===
Traxeya va bronx
=== Taqdimot 39 ===
O‘pka ko‘krak bo‘shlig‘ida bronxlarga osilib turadi. Sutemizuvchilarning ko‘krak qafasi qorin bo‘shlig‘idan gumbaz shaklidagi muskul devorli to‘siq diafragma orqali ajralgan. Nafas akti sutemizuvchilarda, xuddi barcha amniotalardagiga o‘xshash ko‘krak qafasining kengayishi va torayishi, shu bilan birga, diafragmaning pastga tushishi, elastik o‘pkalarning kengayib havoni ichiga tortishi bilan ham sodir bo‘ladi. Nafas chiqarish jarayonida ko‘krak qafasining devori siqilib diafragma ichkariga gumbazsimon botib kiradi. Natijada ko‘krak qafasining umumiy hajmi kichrayib, undagi bosim ortadi va o‘pka siqilib uning ichidagi havo chiqib ketadi.
=== Taqdimot 40 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.