=== Taqdimot 1 ===
UMUMIY FARMAKOLOGIYA
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
Dori vositalarining Farmakodinamik parametrlari.
Dori vositalarining organizmga kirish yo‘llari.
Dori vositalarining organizmda taqsimlanishi.
Dori vositalarining ekskretsiya yo‘llari.
01
04
02
03
=== Taqdimot 3 ===
Farmakodinamika va farmakokinetika asoslari
Farmakokinetika – bu dori moddalarining organizmga kiritish yo‘llarini, undagi so‘rilishini, taqsimlanishini, depolanishini, parchalanishini va chiqarib yuborilishini o‘rganuvchi bo‘lim hisoblanadi.
Farmakodinamika – bu dori moddalarining biologik samaralarini, shuningdek, ularning ta’sir mexanizmlarini va ta’sir qilish joylari (lokalizatsiyasi) ni o‘rganuvchi bo‘limdir.
=== Taqdimot 4 ===
Dori vositalarini organizmga kiritish yo‘llari. So‘rilish
Dori nafas olish yo‘li bilan o‘pkaga kiradi (masalan, inhalerlar).
Eng keng tarqalgan usul, dori oshqozon-ichak traktiga kiradi
Dori teri ostiga, mushak ichiga yoki tomir ichiga yuboriladi.
Dori teri orqali organizmga so‘riladi (masalan, krem, malhamlar).
01
04
02
03
Og‘iz orqali qabul qilish
Parenteral kiritish
Terini qoplagan yuzaga qo‘llash
Nafas olish yo‘li
=== Taqdimot 5 ===
Dori vositalarining organizmda taqsimlanishi. Biologik to‘siqlar. Depolanish
Taqsimlanish – dori qonga so‘rilgandan so‘ng, u tananing turli to‘qimalariga tarqaladi. Bu qon-to‘qima to‘sig‘i orqali sodir bo‘ladi.
Biologik to‘siqlar – bu to‘siqlar dorining o‘tishini cheklaydi. Masalan, qon-miya to‘sig‘i miyaning himoyasini ta’minlaydi.
Depolanish – ba’zi dorilar tanadagi ayrim to‘qimalarda to‘planishi mumkin. Masalan, yog‘ to‘qimalari ba’zi dorilarni saqlaydi.
=== Taqdimot 6 ===
Depolanish Absorbsiyalangan Dori vositalari qonga tushganidan keyin turli a’zo va to‘qimalarga etib boradi. Bunda ular organizmda asosan notekis taqsimlanadi va ayrim moddalargina nisbatan tekis taqsimlanadi (masalan, ayrim noingalyasion narkoz vositalari, etil spirti). Ularning taqsimlanish xususiyatiga organizmdagi biologik to‘siqlar va depolar ta’sir ko‘rsatadi. Biologik to‘siqlarga quyidagilar kiradi: kapillyarlar devori hujayralar (sitoplazmatik) membranasi gematoensefalik to‘siq yo‘ldosh to‘sig‘i (homiladorlik paytida). Gidrofil birikmalar kapillyarlar devori orqali oson o‘tadi va interstitsial suyuqlikka tushadi, ammo ular hujayralar membranasi orqali o‘ta olishmaydi. Chunki mazkur membrana oqsil-fosfolipidlardan tashkil topgan.
=== Taqdimot 7 ===
Dori vositalarining organizmda parchalanishi (biotransformatsiyasi, metabolizmi)
Konyugatsiya
Metabolik transformatsiya
=== Taqdimot 8 ===
Kiritilgan ko‘pchilik dori vositalari organizmda biotransformatsiyaga uchraydi. Faqat ayrim birikmalargina o‘zgarmagan holda chiqarib yuborilishi mumkin. Bularga asosan yuqori gidrofil ionizatsiyalangan birikmalar kiradi. Lipofil birikmalardan esa faqat ingalyatsion narkoz vositalarigina organizmda kimyoviy reaksiyalarga kirishmaganliklari tufayli nafas yo‘llari orqali o‘zgarmagan holda chiqarib yuboriladilar. Dori vositalarining parchalanishi katta ko‘pchilik holatlarda jigarda uning miksomali fermentlari ta’sirida amalga oshiriladi. Ular organizm uchun yot bo‘lgan lipofil birikmalarni nisbatan gidrofillarga aylantirib beradilar.
=== Taqdimot 9 ===
Bundan tashqari gidrofil birikmalarning parchalanishida organizmdagi nomikrosomali fermentlar (jigardagi, ichaklar devoridagi, qon zardobidagi va boshqalar) ham ma’lum darajada ahamiyatga ega. Dorilarning organizmda parchalanishining ikkita turi mavjud:
1) metabolik transformatsiya;
2) konyugatsiya.
=== Taqdimot 10 ===
Dori vositalarining organizmdan chiqarilish yo‘llari
Siydik bilan chiqarish – buyraklar dorilarni filtrlaydi va siydik bilan chiqaradi;
Najas bilan chiqarish – ba’zi dorilar oshqozon-ichak traktidan chiqarilmay, najas bilan chiqariladi;
Teri orqali chiqarish – teri orqali ham ba’zi dorilar chiqariladi;
Nafas olish yo‘li bilan chiqarish – ba’zi dorilar o‘pkadan chiqariladi.
=== Taqdimot 11 ===
Dori vositalari, ularning metabolitlari va konyugatlari organizmdan quyidagi yo‘llar orqali ajratiladi:
buyraklar orqali;
o‘t orqali;
ichak orqali;
bezlar orqali (so‘lak bezlari, me’da bezlari, ichak bezlari, ko‘z yosh bezlari, ter bezlari, emizikli davrda sut bezlari);
o‘pka orqali (gazsimon vositalar, ingalyatsiya narkoz vositalari, etil spirti va boshqalar).
=== Taqdimot 12 ===
Dori vositalarining farmadinamik parametrlari
Farmakodinamika – Dori vositalarining organizmga ta’siri va ta’sir mexanizmlarini o‘rganadi. Bu dorilarning hujayra, to‘qima va organlarga ta’sirini o‘z ichiga oladi.
Farmakodinamika uning asosiy maqsadi – u yoki bu ta’sir samarasini keltirib chiqaruvchi Dori vositasining qayerga va qanday qilib ta’sir ko‘rsatishini aniqlashdan iborat. Zamonaviy tibbiyotning kundan-kunga takomillashib borayotganligi tufayli mazkur masalani hal etish faqat tizimlar yoki a’zolar faoliyati orqali emas, balki hujayra, hujayra osti, molekulyar va molekula osti darajalar orqali hal etilmoqda.
=== Taqdimot 13 ===
Bunda asosiy e’tibor Dori vositasining organizmdagi ma’lum biologik substratlar hisoblanuvchi “nishon” hujayralar bilan o‘zaro ta’sirlashishiga qaratiladi. Dori vositalari uchun “nishon” sifatida retseptorlar, ion kanallari, fermentlar, transport tizimi va genlar xizmat qilishi mumkin. Moddalarning o‘zaro ta’sirlashuvchi substratlari makro molekulalarining faol guruhchalariga retseptorlar deyiladi. Hozirda ularning 4 turi mavjud. I. Ion kanallari faoliyatining bevosita nazoratini amalga oshiruvchi retseptorlar. Bularga misol qilib n-xolinoretseptorlarni, GAMKA-retseptorlarni, glutamat retseptorlarini keltirib o‘tish mumkin. II. “G-oqsillar – ikkilamchi o‘tkazgichlar ” yoki “ G-oqsillar – ion kanallari” tizimlari orqali effektor hujayra bilan birikuvchi retseptorlar.
=== Taqdimot 14 ===
Bunday retseptorlar ko‘pchilik gormonlarda hamda mediatorlarda (mxolinoretseptorlar, adrenoretseptorlar va b.) mavjud. III. Effektor ferment faolligini to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshiruvchi retseptorlar. Ular bevosita tirozinkinaza bilan bog‘langan holda oqsillarning fosforlanishini boshqaradi. Insulin hamda o‘sishning qator omillari retseptorlari mazkur tipda tuzilgan. IV. DNKning transkripsiyasini boshqaruvchi retseptorlar. I-III turdagi membrana retseptorlaridan farqli ravishda ular hujayra ichi (eruvchan sitozoldagi yoki oqsillar yadrolaridagi) retseptorlaridir. Bunday retseptorlar bilan steroid va tireoid gormonlar o‘zaro ta’sirlashadilar.
=== Taqdimot 15 ===
Dori vositalarining quyidagi ta’sir turlari tafovut qilinadi:
Mahalliy yoki chegaralangan ta’sir – Dori vositasining ta’sir qiluvchi moddasi faqat ishlatilgan joygagina mahalliy ta’sir qiladi. Masalan, mahalliy anestetiklarning yoki o‘rab oluvchi vositalar sezuvchi – afferent nerv oxirlariga ta’sir qilib, ularning sezuvchanligini susaytirib qo‘yishi hisobiga faqat chegaralangan yoki mahalliy samara yuzaga chiqaradi.
Umumiy yoki rezorbtiv ta’sir – katta ko‘pchilik dori vositalari organizmga so‘rilganidan keyin qonga tushib, barcha a’zo va to‘qimalarga umumiy ta’sir ko‘rsatadi.
=== Taqdimot 16 ===
Asosiy ta’sir – Dori vositasi qaysi maqsadni amalga oshirish uchun qo‘llanilgan bo‘lsa, o‘sha ta’siri asosiy hisoblanadi. Masalan, dimedrol preparatini allergiyaga qarshi vosita sifatida qo‘llanilganda uning H1- retseptorlarni bloklashini asosiy ta’sir deb hisoblanadi, ammo, u uxlatuvchi vosita sifatida qo‘llaniladigan bo‘lsa, unda MNSni susaytiruvchi xossasini asosiy ta’sir deb hisoblanadi.
Nojo‘ya yoki noxush ta’sir – Dori vositasining asosiy ta’siridan tashqari yuzaga chiqadigan barcha boshqa keraksiz ta’sirlari nojo‘ya yoki noxush ta’sir deyiladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST, VOZ) ekspertlari tomonidan e’tirof etilishicha, kasalliklarning oldini olish, ularni diagnostika qilish yoki davolash maqsadida qo‘llanilgan dori preparatlari ta’sirida kelib chiqadigan barcha keraksiz samaralari nojo‘ya ta’sir deb yuritiladi.
=== Taqdimot 17 ===
Bevosita yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir – bunda dori preparatining samarasi bevosita sezuvchi a’zoning yoki nishon hujayraning ma’lum bir substrati bilan o‘zaro birikishi orqali yuzaga chiqadi.
Bilvosita yoki biror narsa orqali ta’sir qilish – bunda dori preparati sezuvchi a’zoning yoki nishon hujayraning ma’lum bir substrati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sirlasha olmaydi, buning uchun u boshqa birorta substratga ta’sir qiladi va shundan keyin u orqali asosiy ta’sirlashishi lozim bo‘lgan nishon hujayra bilan o‘zaro ta’sirlashadi.
Reflektor ta’sir – mazkur ta’sir turida dori vositasi ekstero- yoki intero retseptorlar bilan o‘zaro ta’sirlashishi orqali samara yoki tegishli nerv markazlarining, yoki ijro a’zosining holatida o‘zgarishlarga olib keladi. Masalan, validolning tilostidagi sovuqni sezuvchi retseptorlarini qo‘zg‘atishi orqali reflektor ravishda koronar qon tomirlardagi spazm bartaraf etiladi.
=== Taqdimot 18 ===
Ta’sir mexanizmi deb dori moddaning organizmdagi maxsus retseptorlar yoki ularning qaysidir substratlari bilan qanday qilib birikishiga aytiladi. Masalan, pilokarpin gidroxlorid m-xolinoretseptorlar bilan bevosita birikadi, atropin sulfati esa m-xolinoretseptorlarni bevosita bloklaydi. Yurak glikozidlari kardiomiotsitlardagi Na+K+ -ATF-aza bilan birikishi natijasida ularning kardiotonik samarasi yuzaga chiqadi.
Spetsifik ta’sir – dori moddalarning organizmdagi spetsifik retseptorlar bilan o‘zaro ta’sirlashishi natijasida paydo bo‘ladigan, qo‘llanilayotgan dori moddasigagina xos bo‘lgan samaralarning yuzaga chiqishi.
=== Taqdimot 19 ===
Qaytar ta’sir– bu “modda-retseptor” orasidagi bog‘lanishning mustahkamligiga bog‘liq holda ko‘pchilik dori moddalariga xos tarzdagi ta’sir turidir. Masalan, prozerinning yoki galantaminning atsetilxolinesteraza fermenti bilan bog‘lanishi.
Qaytmas ta’sir – ayrim dori moddalarida “modda-retseptor” orasidagi bog‘lanishning kovalent bog‘lar orqali amalga oshirilishi natijasida mustahkam bog‘lanish paydo bo‘lishi. Bu holda dori moddasining ta’siri juda ham uzoq davom etishi mumkin. Masalan, armin preparatining atsetilxolinesteraza fermenti bilan bog‘lanishi “qaytmas” ta’sirga asoslangan.
=== Taqdimot 20 ===
Tanlab ta’sir qilish deb dori moddasining faqat ma’lum a’zo yoki to‘qimalardagi bir xildagi retseptorlar bilan o‘zaro ta’sirlashishiga va boshqa birorta ham retseptorga ta’sir ko‘rsatmasligiga aytiladi. Masalan, kuraresimon vositalar asosan tanlab xolinoretseptorlarning oxirgi plastinkalarini bloklashlari hisobiga skelet mushaklarining bo‘shashishiga sabab bo‘ladilar.
Allergik ta’sir – organizmga kiritilayotgan dori moddasini organizm antigen sifatida qabul qilishi natijasida yuzaga chiqadigan o‘ziga xos samara hisoblanadi. Ko‘pincha allergik reaksiyalar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Allergik reaksiyaning yuzaga chiqishi kiritilayotgan dori moddasining dozasiga bog‘liq emas.
=== Taqdimot 21 ===
Dori vositalarining ta’sir mexanizmi va lokalizatsiyasi. Ta’sir turlari
Retseptorga ta’sir – dorilar hujayralardagi o‘ziga xos retseptorlarga birikib, turli jarayonlarni faollashtiradi yoki to‘sib qo‘yadi.
Fermentga ta’sir – dorilar fermentlarning faolligini o‘zgartirib, metabolizm jarayonlariga ta’sir ko‘rsatadi.
Ion kanallarga ta’sir – dorilar hujayra membranasidagi ion kanallarning o‘tkazuvchanligini o‘zgartirdi, bu hujayraning elektr faolligini o‘zgartiradi.
=== Taqdimot 22 ===
Farmakoterapevtik samaraning dori vositasi xususiyatiga va uning qo‘llanilish shart-sharoitlariga bog‘liqligi
Dori xususiyatlari;
Bemor xususiyatlari;
Qo‘llanish shartlari.
Doza va konsentratsiya Dori vositalarining ta’sir samaralari ko‘pincha ularning organizmga kiritilayotgan dozasiga bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Dozaga (yoki konsentratsiyaga) bog‘liq holda samarasining yuzaga chiqish tezligi, kuchining ifodalanganligi, ta’sir davomiyligi, ba’zida xususiyatlari ham ifodalanadi.
=== Taqdimot 23 ===
Doza bu dorivor moddaning bir marta qabul qilishga mo‘ljallangan miqdori (odatda uni bir martalik doza deyish mumkin). Bundan tashqari sutkalik, kurslik va zarb dozalar ham tafovut qilinadi. Dozani grammlarda yoki grammning ulushlarida o‘lchanadi. Yanada aniqroq dozalash uchun dori moddaning dozasi inson tanasining 1 kilogramiga nisbatan aniqlanadi
(1 mg/kg yoki 1 mkg/kg). Ayrim holatlarda dorining dozasini tananing yuzasiga nisbatan ham aniqlash mumkin (1 m2).
=== Taqdimot 24 ===
Bundan tashqari dozaning quyidagi turlari ham tafovut qilinadi:
minimal yoki bo‘sag‘a doza;
terapevtik yoki o‘rta doza, td;
maksimal yoki yuqori doza, md;
toksik yoki zaharli doza;
5) letal yoki o‘lim chaqiradigan doza, Ld. Ulardan amaliy tibbiyotda eng ko‘p qo‘llaniladigani terapevtik doza hisoblanadi. Ingalyatsion kiritiladigan vositalar uchun esa asosan ularning nafas olayotgan havodagi konsentratsiyasi katta ahamiyatga egadir.
=== Taqdimot 25 ===
Farmakologik o‘zaro ta’sir
Sinergizm – ikkita dori birgalikda ishlatilganda ta’siri kuchayadi.
Antagonizm – ikkita dori birgalikda ishlatilganda ta’siri susayadi.
Qo‘shimcha ta’sir – ikkita dori birgalikda ishlatilganda ta’siri bir-birini to‘ldiradi.
=== Taqdimot 26 ===
Dori vositalarining o‘zaro ta’sirlari Amaliy tibbiyotda bemorlarni davolashda ko‘pincha bir nechta preparat birdaniga qo‘llaniladi. Bunda ular bir-birlari bilan o‘zaro ta’sirlashishlari, bir-birlarining ta’sir davomiyligini oshirishlari yoki kamaytirishlari, farmakologik samaralarini kuchaytirishlari yoki pasaytirishlari, nojo‘ya va zaharli ta’sirlarini oshirishlari yoki kamaytirishlari ehtimoli yuzaga chiqadi. Shularga asoslangan holda dori vositalarining o‘zaro ta’sirlarini quyidagicha tasniflash mumkin:
I. Farmakologik o‘zaro ta’sir (dori vositalarining inson organizmiga tushgandan keyingi o‘zaro ta’siri):
1) Dori vositalarining farmakokinetikasidagi o‘zgarishlarga asoslangan o‘zaro ta’sir yoki farmakokinetik o‘zaro ta’sir;
=== Taqdimot 27 ===
2) Dori vositalarining farmakodinamikasidagi o‘zgarishlarga asoslangan o‘zaro ta’sir yoki farmakodinamik o‘zaro ta’sir;
3) Dori vositalarining kimyoviy va fizik-kimyoviy xossalariga asoslangan o‘zaro ta’sir.
II. Farmatsevtik o‘zaro ta’sir (dori vositalarining inson organizmiga tushguniga qadar bo‘ladigan o‘zaro ta’siri). Turli xil dori vositalarini birgalikda qo‘llash tibbiyot amaliyotida ularning foydali ta’sirlarini oshirishga qaratilgan holda samaralarini kuchaytirish yoki qo‘shish uchun ishlatiladi. Ammo, har doim ham ijobiy samaralar kelib chiqavermaydi. Ba’zan dorilarning o‘zaro ta’siri natijasida kutilmagan samaralar kelib chiqishi mumkin va buni dorilarga nisbatan nomutanosiblik deb yuritiladi.
=== Taqdimot 28 ===
Dori vositalarining so‘rilish bosqichidagi o‘zaro ta’siri
Bunday o‘zaro ta’sir oshqozon-ichak yo‘lida absorbsiyalovchi vositalar yoki anion almashinuvchi qoramoylar tomonidan dori moddalar so‘rilishining buzilishi (gipolipidemik vositalar bilan xolestiramin), so‘rilmaydigan xelat birikmalar paydo bo‘lishi (tetratsiklinlar guruhi antibiotiklari bilan antratsit birikmalar, temir, kalsiy va magniy preparatlari), pH muhitining buzilishi (kuchsiz kislotali va kuchsiz asosli birikmalar hazm shirasi bilan reaksiyaga kirishib, undagi fermentlar faolligini buzadi), ichak peristaltikasining ortishi (xolinomimetiklar) yoki kamayishi (xolinoblokatorlar) hisobiga amalga oshiriladi.
=== Taqdimot 29 ===
Ayrim moddalar oshqozon-ichak yo‘li shilliq qavati yuzasida yupqa parda hosil qilishi hisobiga ham boshqa dorilarning so‘rilishini izdan chiqarib qo‘yishi mumkin. Masalan, almagel, kraxmal shilimshig‘i, vazelin moyi va boshqalar. Dori vositalarining organizmdagi tarqalish (oqsillar bilan birikish) bosqichidagi o‘zaro ta’siri. Ko‘pchilik dori vositalari qonga tushganidan keyin undagi oqsillar bilan turli darajada birikadilar. Ularning oqsillar bilan kuchli birikadiganlari kuchsiz birikadiganlarini bog‘lanishdan siqib chiqaradi va oqsil bilan kuchsiz birikadigan dori moddasining qondagi erkin konsentratsiyasi ortib ketadi.
=== Taqdimot 30 ===
Buning natijasida ma’lum vaqtdan keyin kuchsiz birikadigan preparatdan zaharlanish kelib chiqishi mumkin. Masalan: yallig‘lanishga qarshi vositalardan butadion peroral gipoglikemik vositalarni oqsil bilan bog‘lanishdan siqib chiqaradi va natijada bir necha kundan keyin bemorda gipoglikemiya holati yuzaga chiqadi.
=== Taqdimot 31 ===
Farmatsevtik o‘zaro ta’sir
Fizikaviy – Dori vositalarining fizik xususiyatlarini o‘zgartiradi, ta’sirini kamaytiradi.
Kimyoviy – Dori vositalarining kimyoviy xususiyatlarini o‘zgartiradi, ta’sirini yo‘qotadi.
Dori preparatlarini tayyorlash bosqichida, saqlash va transport qilish bosqichida, bevosita qo‘llanilishidan oldin bitta shprisga torttirib olishi yoki bitta flakonga kiritish jarayonida ular o‘zaro ta’sirlashishi mumkin. Bunda ko‘pincha ularning farmatsevtik nomutanosibligi yuzaga chiqadi.
=== Taqdimot 32 ===
Mazkur o‘zaro ta’sir natijasida ko‘zga ko‘rinadigan va ko‘rinmaydigan o‘zaro ta’sirlar paydo bo‘lishi mumkin. Ko‘rinadigan o‘zaro ta’sirlar loyqalanish, cho‘kma hosil qilish, rangining o‘zgarishi, kristallanish, eruvchanligining buzilishi, konsistensiyasining o‘zgarishi kabilar orqali namoyon bo‘lishi mumkin. Ko‘rinmaydigan o‘zaro ta’sirlar farmakologik xossalarining o‘zgarishi, sifat ko‘rsatkichlarining buzilishi, zaharliligining oshishi, pH-muhitining o‘zgarishi, hidining o‘zgarishi kabilar orqali yuzaga chiqadi.
=== Taqdimot 33 ===
Davolash turlari
Odatda dori bilan davolashning 4 ta turi tafovut qilinadi:
1. Profilaktik terapiya – bu kasallik kelib chiqishining oldini olishga qaratilgan davo turi bo‘lib, bu maqsadda asosan dezinfeksiyalovchi va fizioterapevtik vositalar qo‘llaniladi. Shuningdek, turli kasalliklar kelib chiqishining oldini olishga qaratilgan profilaktik emlashlarni ham mazkur davolash turiga misol tariqasida keltirib o‘tish mumkin.
2. Etiotrop (kauzal) terapiya – kasallikni keltirib chiqargan omilga qarshi kurashuvchi davo turi bo‘lib, unga antibiotiklarni, silga, zaxmga, gijjaga, sodda jonivorlarga qarshi va turli kimyoviy tuzilishli antibakterial vositalarni qo‘llashni misol qilib keltirish mumkin.
=== Taqdimot 34 ===
3. Simptomatik terapiya – asosan kasallik yoki patologik holat keltirib chiqaradigan turli noxush simptomlarni (belgilarni) bartaraf etish uchun qo‘llaniladigan davo turi bo‘lib hisoblanadi. Masalan, og‘riqni bartaraf etish. Og‘riqning kelib chiqishida asosan prostaglandinlar sintezlanishi asosiy o‘rinni egallaydi. Preparatlar ta’sirida ular sintezining buzilishi esa patogenetik terapiya bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun u ko‘pincha patogenetik terapiya rolini ham bajaradi.
=== Taqdimot 35 ===
4. O‘rin bosuvchi terapiya – organizmdagi biogen tabiatli moddalar etishmasligida qo‘llaniluvchi davo turi bo‘lib hisoblanadi. Masalan, qandli diabetda insulinning, gipotireozda yod preparatlarining, gipo- yoki avitaminozda vitamin preparatlarining qo‘llanilishi. Bunda o‘rin bosuvchi preparat kasallikning turiga bog‘liq holda oylar yoki yillar davomida qo‘llanilishi ham mumkin.
=== Taqdimot 36 ===
Xulosa
Farmakodinamika va farmakokinetika dorilarning organizmga ta’siri va organizmning dorilarga ta’sirini o‘rganadi.
Farmakodinamika dorilarning organizmga qanday ta’sir qilishini, ularning hujayralar va organlarga ta’sir mexanizmini o‘rganadi.
Farmakokinetika esa dorilarning organizmda qanday qilib so‘rilishini, tarqalishini, metabolizmini va chiqarilishini o‘rganadi.
=== Taqdimot 37 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.