Turli yosh guruhlarida rasm chizishga o‘rgatish usullari va texnologiyasi

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
Turli yosh guruhlarida rasm chizishga o‘rgatish usullari va texnologiyasi
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
Tasviriy faoliyatning rasm chizish turlari (predmetli, mazmunli, manzarali rasm chizishni o‘rgatish usullari).
Maktabgacha yoshdagi bolalarni turli yosh guruhlarida rasm chizishga o‘rgatish vazifalari texnologiyalari.
=== Taqdimot 3 ===
1. Tasviriy faoliyatning rasm chizish turlari (predmetli, mazmunli, manzarali rasm chizishni o‘rgatish usullari).
2. Kirish. O‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash borasidagi mavjud muammolarni hal etish ta’lim va tarbiya samaradorligini zamon talablari asosida ta’minlash, uni dunyo talablari darajasiga olib chiqishga erishish, yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayanish orqali ta’lim-tarbiyaning mohiyati mazmunini shakllantirish va takomillashtirish, maktabgacha tarbiya tizimini xalqimizning boy tajribalari asosida boyitib borish va uning yangi qirralarini izlash bugungi kunning dolzarb muammolaridir.
Kirish
=== Taqdimot 4 ===
Rasm chizish bolalarni tasviriy faoliyatga o‘rgatishda asosiy o‘rin egallaydi va uchta turni o‘z ichiga oladi:
Alohida predmetlarni chizish
Dekorativ rasm chizish
Mazmunli rasm chizish
=== Taqdimot 5 ===
Tasviriy faoliyatga o‘rgatishning asosiy vazifasi – tevarak-atrofdagi borliqni tasavvur qilishda bolalarga yordam berish. Ularda kuzatuvchanlikni rivojlantirmoq, estetik go‘zallik hissini tarbiyalamoq hamda tasvirlab berish usullarini o‘rgatmoqdir. Shu bilan birga, tasviriy faoliyatning eng asosiy vazifasi – ma’lum bir yosh uchun mos tasviriy materiallar bilan bolalarda turli xil predmetlarning turli timsollarini yaratish kabi ijodiy faoliyatini shakllantirish amalga oshiriladi.
=== Taqdimot 6 ===
Alohida predmetlarning rasmini chizish
Psixologlarning qilgan tadqiqotlariga ko‘ra, bitta predmetni
boshqa predmetlar orasidan ajratib olish uchun bolaga shu predmetni idrok qilishga, predmetning shaklini bilishga yordam berar ekan. Shakllarning tasviriy jarayonidagi xatoliklar faqatgina bolaning noto‘g‘ri tushunchalari va ko’nikmalarning yetarli emasligi emas, balki predmetni to‘g‘ri idrok etishni bilmasligi bilan tushuntiriladi.
=== Taqdimot 7 ===
Hamma yosh guruhlar uchun rasm chizish faoliyatiga o‘rgatishning asosiy umumiy vazifalari quyidagilar:
Predmetning shakli va tuzilishini tasvirlashga, ularning qismlarini o‘zaro proporsiyalarni ko‘rsatib berishga, harakat natijasida ulardagi o‘zgartishlarga o‘rgatish.
Tasvirini obrazli, yorqin qiladigan ba’zi bir xarakterli detallarni tasvirlashga o‘rgatish.
Predmetning rangini, uning mazmuni va obraz xarakterini o‘zaro birlashtirib berishga o‘rgatish.
Bo‘yoq, rangli qalam va boshqa materiallar bilan chizishda texnik ko‘nikmalarni rivojlantirish.
=== Taqdimot 8 ===
Mazmunli rasm chizishning asosiy maqsadi bolaning atrof-muhitdan olgan taassurotlarini ifodalashga o‘rgatishdir.
Mazmunli rasm chizish
=== Taqdimot 9 ===
Mazmunli rasm chizishni, MTTda o‘rgatishning umumiy vazifalari quyidagilar:
Mavzuning mazmunini ifodalashga uning asosini ajratishga o‘rgatish.
Obyektlar orasidagi o‘zaro aloqani tasvirlashga o‘rgatish.
Obyektlar orasidagi proporsional joylashuvni tasvirlashga va ularning fazodagi o‘rinlarini ko‘rsatishga o‘rgatish.
=== Taqdimot 10 ===
Dekorativ rasm chizish
Dekorativ rasm chizish tasviriy faoliyatning boshqa turlari kabi bolada estetik tuyg‘uni rivojlantiradi.
Bolalarni xalq amaliy san’ati namunalari bilan tanishtirishda tarbiyachi ularda vatanparvarlik ruhini shu san’at asarlarini yaratayotgan odamlarning mehnatiga hurmat kabi tuyg‘ularni tarbiyalash kerak.
=== Taqdimot 11 ===
Dekorativ rasm chizish quyidagi umumiy vazifalarni o‘z ichiga oladi:
Bolalarda naqshning turlicha shakllari bilan bog‘liq holda kompozitsion hisni shakllantirish.
Rang qobiliyatlarini rivojlantirish.
Xalq amaliy san’atining turlarini, usullarini farqlashga va ularning alohida elementlaridan bolalarning o‘z ijodida foydalanishga o‘rgatish.
Qalam va mo‘yqalam bilan chizishning texnik ko‘nikmalarini mustahkamlash.
=== Taqdimot 12 ===
Dekorativ rasm chizish quyidagi umumiy vazifalarni o‘z ichiga oladi:
Bolalarni dekorativ rasm chizishga o‘rgatishda tarbiyachi ularda naqsh komponentlarining o‘zaro bog‘liqligini, rangini, kompozitsiyasini shakl elementini ko‘rishga o‘rgatadi.
Dekorativ rasm chizishda rang qobiliyatning rivojlanishi asosiy masala bo‘lib hisoblanadi.
=== Taqdimot 13 ===
Hayotining 3-yilida bola predmetni yaxshiroq yoki yomonroq tasvirlay olishni bilmasalar ham, lekin ular rasm chizishning ma’nosini tushuna boshlaydilar. Ular o‘zlari chizgan shaklsiz rasmlarni predmetning biror bir belgisiga asosan o‘xshatib chizadilar. Pedagog bolalarning rasm bilan predmetning o‘xshash belgilarini topishga urinishni rag‘batlantirib turishi va shu bilan bir qatorda, turli shakllarni to‘g‘ri tasvirlashga o‘rgatib borish zarur.
Kichik guruhda predmetli rasm chizishga o‘rgatishning mazmun va vazifalari
=== Taqdimot 14 ===
Bu yoshda tasviriy faoliyatni o‘rgatish vazifalari bir rejaga qo‘yilgan:
Sodda predmetlarning asosiy belgilar (rang, shakl)ini berib, turli xil to‘g‘ri va aylanasimon shakllarning tasviriga o‘rgatish;
Rangni bilish sezgisi asosiy ranglarni ajratish va aytishni bilishni rivojlantirish;
Kompozitsion ko‘nikmalarni, qog‘ozning o‘rtasiga tasvirlarni joylashtirishni rivojlantirish.
=== Taqdimot 15 ===
Texnik ko‘nikmalarni o‘zlashtirish
Bu guruhda to‘g‘ri va egri chiziqlarni to‘g‘ri chizishga o‘rgatish birinchi vazifa bo‘lib qoladi. Bunda turli chiziqlarni turlicha — chapdan o‘ngga, tepadan pastga, kesishgan chiziqni chizishga o‘rgatiladi. Bularni, masalan, tizimcha, yo‘lakcha, qalam, yomg‘ir shaklida chizish mumkin. Kichik guruh bolalariga bir xil shakldan (qorbobo, ikki yoki uch aylanadan iborat) yoki ikki xil shakldan iborat (quyi bitta aylana va birgina to‘g‘ri chiziqdan iborat) bo‘lgan predmetlarni chizish ancha qiyin, chunki uch yoshli bolaning tahlil (sintez) qilib fikrlashi yaxshi rivojlanmagani uchun bu guruh dasturida faqat ikki xil shakldan iborat bo‘lgan predmetni, masalan, (quyoshning nurlari, archaning ignachilari) tasviri kiritilgan.
=== Taqdimot 16 ===
Texnik ko‘nikmalarni o‘zlashtirish
Shakl qanchalik murakkablashsa, rangdan foydalanishi ham shunchalik murakkablashadi. Bolalar rasmda aniq predmetlarning tasviri uchun shu predmetga mos rangni ishlata olishni o‘rganadilar.
=== Taqdimot 17 ===
O‘rta guruhda predmetli rasm chizishga o‘rgatishning mazmuni va vazifalari
Bu guruhda o‘rgatishning vazifalari quyidagilar: To‘g‘ri to‘rtburchakli va aylanasimon shakldagi predmetlarning tasviri ularning tuzilishini, asosiy qismi va detallarini berishga o‘rgatish. Rangdan badiiy ifodalash vositasi sifatida foydalanishga o‘rgatish. Qog‘oz markazida predmetni joylashtirishda kompozitsion uquvni bilishni rivojlantirish.
=== Taqdimot 18 ===
O‘rta guruhda predmetli rasm chizishga o‘rgatishning mazmuni va vazifalari
Rasmni qalam va bo‘yoq bilan bo‘yashda texnik ko‘nikmalarni mustahkamlash. Bu guruhda bolalarga ritmik joylashgan predmet qismlarining tasviri (yuqorida, pastda, bir tomonda, boshqa tomonda) hamda bir qancha proporsional joylashgan qismlarning tasviri o‘rgatiladi. Bu alohida qismlarni o‘zaro solishtirish va tahlil qilish imkonini beradi.
=== Taqdimot 19 ===
Bu guruhda bolalarning tasviriy va yorqin obrazlarmi yaratish qobiliyatlarini o‘stiruvchi turli usullardan foydalanib, chizishga o‘rgatiladi. Bunda quyidagi vazifalar bor: Predmetning shaklini, uning belgilarini, hajmini va qismlarining joylashishini o‘rgatishni davom ettirish. Rasmda sodda harakatlarni tasvirlashga o‘rgatish. Rang qobiliyatlarini rivojlantirish va mustahkamlash. Qalam bilan (shtrixlash usullari) va bo‘yoqlar, mo‘yqalam harakatlarining usullari bilan ishlashda texnik ko‘nikmalarni rivojlantirish. Rangli bo‘rlar, ko‘mirlar, akvarel bo‘yoq bilan chizish usullarini o‘rgatish. Bu yoshda bolalar rasmda bir xil predmetning o‘xshash va farqli tomonlarini tasvirlash va topishga o‘rganadilar.
Katta guruhda predmetli rasm chizishga o‘rgatishning mazmuni va vazifalari
=== Taqdimot 20 ===
Bolalar rangli qalamlardan tashqari oddiy qora qalam bilan predmetning umumiy belgilarini chizib olish uchun foydalanadilar. Bu guruhda tasvirlash qobiliyatiga va ko‘nikmalarga o‘rgatish yakunlanadi. Bunda quyidagi asosiy vazifalar bor: Naturadan va tasavvur qilishdan predmetning xarakterli belgilari, tuzilishi, hajmining tasviriga o‘rgatish. Shakl va bo‘yoqlarning boyligini tasvirlab berishga, yorqin obrazlar yaratishga o‘rgatish.
Katta guruhda predmetli rasm chizishga o‘rgatishning mazmuni va vazifalari
=== Taqdimot 21 ===
Kompozitsion qobiliyatlarni rivojlantirish (predmetning hajmi va shaklining xarakterini hisobga olib, predmetni qog‘ozda joylashtirish). Rang qobiliyatlarini rivojlantirish (bir xil rangning turli ottenkalarini bera olish qobiliyati). Texnik ko‘nikmalarni rivojlantirish (bo‘yoqlami boshqacharoq bo‘yoq olish uchun aralashtirish, predmet shakli bo‘yicha qalamda shtrix o‘tkazish). Olti yoshli bolalarda analitik fikrlash qobiliyati yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Ulardan turga mansub predmetlar belgisini ajrata olganliklari kabi, ularning bir predmetni boshqasidan ajratib turuvchi individual xususiyatlarini ham tasvirlay oladilar.
=== Taqdimot 22 ===
Bu esa ijodiy tasavvurni rivojlantiradi. O‘rta guruhda mazmunli rasm chizishga o‘rgatishning mazmuni va vazifalari. O‘rta guruh bolalariga rasm mashg‘ulotlari, asosan, yil boshidan o‘tkazila boshlanadi, sababi, kichik guruh bolalariga qaraganda, ular ma’lum mazmun asosida, lo‘nda qilib rasm ishlay olish qobiliyatiga egadirlar. Bolalarda rasm chizish malakasini rivojlantirish maqsadida 2-3 predmetni ko‘rsatish mashqlari bilan boshlash maqsadga muvofiqdir.
=== Taqdimot 23 ===
Mazmuni jihatdan bir-biriga o‘xshash 2—3 predmetli rasm chizdirish. Bir necha predmetlarning joylanishini belgilash. Bola 4 yoshdan boshlab predmetlarning yonma-yon joylanishini, odamlarning ko‘rinishini faqat old tomondan, hayvonlarning ko‘rinishini faqat yon tomondan bir yo‘lda chiza olish qobiliyatiga egadirlar. O‘rta guruhlarda rasm chizish orqali bolalarning og‘zaki nutqini o‘stirish bilan ularni o‘rab turgan tevarak-atrof bilan ham tanishtirish maqsadga muvofiqdir.
Rasm ishlash mazmuni quyidagilardir:
=== Taqdimot 24 ===
N.K.Krupskayaning fikricha, “Bolaga beriladigan ta ta’lim-tarbiya mehnatni sevishdan, uni e’zozlashdan boshlanadi”. Bu mashg‘ulotlarni o‘tkazish asosan bolalarning kuzatuvchanligi asosida olib boriladi, shunda ularning og‘zaki nutqi, mustaqil fikrlay olishi, har xil mavzularda rasm chiza olish ko‘nikmalari rivojlanadi. Bolalarda rasm chizish ko‘nikmasi asosan og‘zaki nutq orqali amalga oshiriladi. Bolalarning bir yarim yilda chizgan rasmlari o‘lchovlari asosan bir xil.
=== Taqdimot 25 ===
N.P.Sakulinaning tajribasi shuni ko‘rsatdiki, bola chizgan rasmlarini past va balandligini ko‘rsatish va farqini tushuntirish lozimdir. To‘rt yoshli bolalarda rasm chizish ko‘nikmalari o‘sib boradi, ular kattalar chizgan rasmlarni tomosha qilgan holda taqlid qilib, rasm chizishga urina boshlaydilar. Xoh ota-ona, xoh tarbiyachi bola tomonidan chizilgan rasmlarni bola oldida baholashi kerak. Bolalar o‘rtoqlarining chizgan rasmlarini yaxshi, yomonligi va xatolarini ko‘rsatishlari kerak.
=== Taqdimot 26 ===
Bunda quyidagi vazifalar bor:
Bir-biriga mazmunan bog‘liq 2-3 ta predmetni tasvirlashga o‘rgatish. Kompozitsion qobiliyatlarni o‘stirish (1 ta chiziqda bir nechta predmetni yonma-yon joylashtirish yoki butun varaqda osmon va yemi chizish). Bolalarga beriladigan mavzular qiyin emas: uy, uyning yonida daraxt o‘syapti, skameyka turibdi; uy yoki daraxt yonida qizcha sayr qilib yuribdi, o‘tloqda jo‘jalar sayr qilishyapti; o‘t, gullar, quyosh nur sochyapti. Bu rasmlarda mazmunli rivojlanishni bolalar ko‘rsatishmaydi. Bolalar 2-3 predmetni yonma-yon chizishadi, ular orasida hech qanday harakat bog‘lanmagan.
=== Taqdimot 27 ===
Katta guruhda mazmunli rasm chizishga o‘rgatishning mazmuni va vazifalari
Bola besh yoshdan boshlab ma’lum mavzudagi rasmlarni chiza olish qobiliyatiga ega bo‘ladi. U tevarak-atrofni o‘zgarishlarini tasavvur qila oladi va chizishga harakat qiladi. Bu yoshdagi bolalarga quyidagi mavzudagi rasmlar chizish tavsiya.qilinadi: Bunda quyidagi vazifalar bor: Obyektlar orasidagi o‘zaro mazmunan bog‘liqlikni tasvirlashga o‘rgatish. Kompozitsion qobiliyatlarni rivojlantirish (bunda qog‘ozda gorizontal chiziqni belgilab chizish). Rang qobiliyatlarini rivojlantirish. Bu yoshdagi bolalarda har bir mavzuning mazmuni oldindan to‘g‘ri aniqlangan bo‘lishi kerak. Ularga masalan, “Bayram” mavzusini berish kerakmas, chunki bola yo mavzuga aloqador bo‘lmagan narsani chizishi yoki o‘zining imkoniyatiga to‘g‘ri kelmaydigan, kuchi yetmaydigan masalani qo‘yishi mumkin.
=== Taqdimot 28 ===
Tayyorlov guruhida mazmunli rasm chizishga o‘rgatishning mazmuni va vazifalari
Katta guruhda bolalar orqali egallangan ko‘nikma va malakalar tarbiyachiga 6-7 yoshli bolaga o‘rgatish vazifalarini murakkablashtirish imkoniyatini beradi. Buning uchun quyidagilar kerak. Bolalar rasmlarining mazmunini boyitish uchun berilgan mavzu bo‘yicha rasm syujetini bolalarni mustaqil holda aniqlashga o‘rgatish. Syujetda harakat natijasida predmetning shaklini o‘zgartirishga o‘rgatish (masalan, engashishni, yugurishni). Kompozitsion qobiliyatlarni rivojlantirish; predmetlarning joylashishi, yaqindagilarni qog‘ozning pastiga, uzoqdagilarni qog‘ozning tepasiga (o‘lchamlarini o‘zgartirmasdan) joylashtirish.
=== Taqdimot 29 ===
Tayyorlov guruhida mazmunli rasm chizishga o‘rgatishning mazmuni va vazifalari
Ranglarni farqlash qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqil holda syujetga mos rangni berishga o‘rgatish. Bu yoshda bolalarning analitik fikrlashi yaxshi rivojlangani uchun tarbiyachi berilgan mavzuga mos mazmunni mustaqil holda tanlashga bolalarga imkoniyat yaratib beradi. Masalan, “Uy qurish” mavzusi bo‘yicha, bolalarning o‘zlari qanaqa uy, kim quryapti, qayerda kabi savollarga javob beradilar. Bolalar harakatdagi predmetning shakli o‘zgarishini bilishadi, shu o‘zgartirishlarni tasvirlay oladilar.
=== Taqdimot 30 ===
Dekorativ rasm solish, tasviriy san’atning boshqa barcha turlari kabi, bolada go‘zallik hissini rivojlantiradi. Xalq dekorativ san’ati asarlari bolalarga yorqinligi hamda kompozitsiyalarining soddaligi bilan yaqindir. Bolalarni tarbiyachi respublikamizning turli viloyat dekorativ san’at asarlari bilan tanishtirish bilan birga, vatanga bo‘lgan muhabbatni, ana shu san’at asarlarini yaratayotgan insonlar mehnatiga bo‘lgan hurmatni ham tarbiyalashi zarur.
Maktabgacha ta’lim muassasasida dekorativ rasm solishga o‘rgatishning vazifalari
=== Taqdimot 31 ===
bolalarda turli shakllardagi naqshning tuzilishini, kompozitsiya bilan bog‘lash hissini rivojlantirish;
ranglar hissini rivojlantirish;
dekorativ san’atdagi usullarni farqlay olishni va alohida elementlarni o‘z ijodida qo‘llay olish malakasini rivojlantirish;
mo‘yqalam va qalam bilan rasm chizishning texnik ko‘nikmalarini hosil qilish.
Bolalarni dekorativ rasm solishga o‘rgata turib, pedagog bolalarda butun naqsh komponentlari, ranglari, kompozitsiyalari, shakl elementlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘ra olish malakasini rivojlantirishi zarur.
Dekorativ rasm solish quyidagi vazifalarni o‘z ichiga oladi:
=== Taqdimot 32 ===
O‘rta guruhda dekorativ rasm chizishga o‘rgatishning mazmuni va vazifalari
Dekorativ rasm solish bolalarga 4 yoshdan boshlab o‘rgatiladi. o‘rta guruhda dekorativ rasm solishga o‘rgatishning vazifalari quyidagilar:
chiziqda, kvadratda, doirada shakllarni ritmik joylashtirishning kompozitsion malakasini rivojlantirish;
ranglar hissini rivojlantirish, ya’ni kontrast, yorqin ranglarni chiroyli moslashtirish;
turli yirik va mayda shakllarni – naqshning sodda elementlarini chiza olish malakasini rivojlantirish;
=== Taqdimot 33 ===
O‘rta guruhda dekorativ rasm chizishga o‘rgatishning mazmuni va vazifalari
mo‘yqalamdan foydalanishning texnik ko‘nikmalarini rivojlantirish, qog‘ozga yengil tekkizib, nuqtalar hosil qilish;
mo‘yqalamning boshchisidan to‘g‘ri chiziqlar o‘tkazishda hamda dog‘chalar hosil qilish usulida mo‘yqalamdan to‘liq foydalanish.
O‘rta guruhda dekorativ rasm solishning kompozitsion vazifasi tayyor shakllarni yelimlashga o‘xshashdir. Boshlang‘ich mashg‘ulotlarda, bolalar mo‘yqalam bilan tekis chiziqlar chizib, ularning orasida mo‘yqalam yordamida dog‘chalar hosil qilishni, nuqtalar hosil qilishni o‘rganadilar.
=== Taqdimot 34 ===
Bunda dog‘chalarning ranglarini va naqsh murakkablashgan sari, o‘rnini o‘zgartiradilar. Mo‘yqalam yordamida dog‘chalar hosil qilish usuli (mazok) bajarish uchun yengil bo‘lgan dekorativ elementdir. Bu aniq bir harakatni talab qilmaydi va mo‘yqalamni qog‘ozga botirib olishdan hosil bo‘ladi. Shuning uchun naqsh chizishda avval botirib olish usuli kiritiladi, so‘ng nuqta hosil qilish usuli kiritiladi. Nuqta hosil qilish mo‘yqalam bilan ishlashda yangi usulni talab qiladi: mo‘yqalamni vertikal holatda ushlash lozim, shu bilan birga, bolada koordinatsion harakat yetarlicha rivojlangan bo‘lishi kerak, chunki mo‘yqalam qog‘ozga faqatgina uchi bilangina tekkiziladi.
=== Taqdimot 35 ===
Boshlang‘ich rasmlarning kompozitsiyasi ham soddadir: birgina elementni ritmik qaytarib, naqsh chizish. Faqatgina insonlar uchun xos bo‘lgan qo‘lning ritmik harakati, ana shu mashqlarni qaytarishni yengillashtiradi va tasviriy shakldagi ritmni yetkazib berishga yordam beradi. Almashinuv – kompozitsiyaning murakkablashgan usulidir. Chunki u bir nechta shakllarning o‘zaro moslashuviga asoslanadi. O‘rta guruhdagi bolalar uchun ikkitagina elementning shakli va rangi bilan navbatma-navbat almashtirish yetarli bo‘ladi.
=== Taqdimot 36 ===
Dasturdagi materialning mukammallashib borishi murakkabroq kompozitsiya bilan naqshda yangi tasviriy elementlarni kiritish hisobidan hosil bo‘ladi. Nuqtalar chizish va mo‘yqalamni botirib olish usulidan tashqari, bolalar naqshda doirachalar, halqalardan foydalanib chizishni o‘rganadilar. Bu elementlarni bolalar kichik guruhlarda tasvirlashni o‘rganildilar.
=== Taqdimot 37 ===
Dekorativ rasmda bu shakllarni chizish ancha o‘zgaradi: ular ancha kichik hajmda, chizayotganda shakllar bir-biriga hajmi jihatdan mos bo‘lishi kerak; undan tashqari, bu shakllar predmet obrazi bilan bog‘liq emas, bu albatta, bola uchun tasviriy jarayonni murakkablashtiradi. Bolalar yana naqshni faqat bir chiziqda emas, balki to‘rtburchak shaklida, doirada ham joylashtirishni o‘rganadilar. Bu shakllar naqshda boshqa kompozitsiyani talab qiladi. Kvadratda, to‘g‘ri chiziqda joylashtirilgan naqshni chizish yaramaydi, chunki kvadratning to‘rtta tomoni, burchagi, markazi mavjud; doirada esa markaz bilan chekka aylana chegarasi bor.
=== Taqdimot 38 ===
Bu quyidagi vazifalarni o‘z ichiga oladi:
aylana, kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak ichiga naqsh chizishda shakllarning ritmik joylashtirishda qo‘llanadigan kompozitsion qobiliyatni rivojlantirish;
rang qobiliyatini rivojlantirish, kontrast ranglami mos holda ishlatishni o‘rgatish;
naqshning oddiy elementlarini chizishga o‘rgatish;
mo‘yqalamdan foydalanishning texnik ko‘nikmalarini rivojlantirish (qog‘ozda yengil yurgizish, to‘chkalar qo‘yish, chiziqlar chizayotganda mo‘yqalamning butun usti bilan chizish).
=== Taqdimot 39 ===
Bu quyidagi vazifalarni o‘z ichiga oladi:
Avval bolalar mo‘yqalam bilan to‘g‘ri chiziqlarni chizishni va ularning orasiga nuqtalar qo‘yishi, ranglami ketma-ket almashtirib chizishni o‘rgatadilar. Undan tashqari, bolalar, dumaloq va aylana shakllarni chizishga o‘rganadilar.
=== Taqdimot 40 ===
Katta guruhda bolalar rangli fonga moslashtirgan holda turli ranglar jilosidan foydalanishni o‘rganadilar. Dekorativ rasmda mazmunli rasmga nisbatan fonning rangi juda ham turli xil bo‘lishi mumkin. Yorqin ranglarning moslashuvidan tashqari, bolalar ranglarning chiroyini ma’lum bir ranglar majmui (gamma) da (ko‘k, havo rang, oq, qizil, olov rang, sariq va hokazo) ko‘rishni o‘rganadilar. Bolalar bir xil rangdagi, sidirg‘a naqshlarni his qilish layoqatiga egalar.
=== Taqdimot 41 ===
Masalan, qor parchasining naqshi, to‘rning jimjimador naqshi. Katta guruhda bolalarni hajmli buyumlarda naqshlarni hosil qilishga o‘rgatiladi. Bunday rasm chizishning murakkabligi shundaki, naqsh kompozitsiyasini kuzatish qiyin, negaki, chizuvchi uni qisman ko‘ra oladi va naqsh elementlarining shakli buyumning yuzasi qavariqligidan biroz o‘zgaradi.
=== Taqdimot 42 ===
Bolalarni quyidagi vazifalarga o‘rgatish kerak:
Varaqning shakliga mos qilib naqshni simmetrik chizish;
naqshda turli to‘g‘ri, egri chiziq va shakllardan, o‘simlik elementlaridan foydalaniash;
fondan kelib chiqib, ranglarning turli jilolaridan foydalanish;
mo‘yqalam bilan ishlash (uchi bilan, butun uchi bilan, turli yo‘nalishlarda erkin harakatlantirish).
Bolalar to‘g‘ri to‘rtburchakka, aylanaga, kvadratga naqshni chizishni o‘rganib boradilar. Bulardan tashqari, oval, uchburchak va oltiburchak ichiga naqsh chizishni o‘rganadilar.
=== Taqdimot 43 ===
Tayyorlov guruhida dekorativ rasm chizishga o‘rgatishning mazmuni va vazifalari
Yetti yoshdagi bolalarni dekorativ rasm solishga o‘rgatish vazifalari quyidagicha:
kompozitsiyalash hissini rivojlantirish: yassi va hajmli shakllarda predmetning ahamiyatliligiga va belgilangan maqsadiga nisbatan naqshlarni tuzish;
=== Taqdimot 44 ===
Tayyorlov guruhida dekorativ rasm chizishga o‘rgatishning mazmuni va vazifalari
ranglar hissini rivojlantirish: turli xildagi ranglardan, ularning nozik rang jilosi (ottenok)dan turli moslashuvlarda foydalanish (qizil-pushti rang; ko‘k-moviy rang; yashil-och yashil rang; qora-kul rang);
xalq dekorativ naqshlari turli ko‘rinishlarining ahamiyatini ko‘ra olishni o‘rgatish; rasmlarda xalq naqshining alohida elementlaridan foydalanish;
qalam va bo‘yoqlar bilan chizish texnik ko‘nikmalarini takomillashtirish.
=== Taqdimot 45 ===
Xulosa
Avval bolalar mo‘yqalam bilan to‘g‘ri chiziqlarni chizishni va ularning orasiga nuqtalar qo‘yishi, ranglami ketma-ket almashtirib chizishni o‘rgatadilar. Undan tashqari, bolalar, dumaloq va aylana shakllarni chizishga o‘rganadilar.
=== Taqdimot 46 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuztib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Turli yosh guruhlarida rasm chizishga o‘rgatish usullari va texnologiyasi” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar