Turkiy xalqlarning ilk Vatani, Oriylar muammosi.

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
1
Turkiy xalqlarning ilk Vatani, Oriylar muammosi
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
1. Turkiy qabilalar haqidagi yozma manbalar. Arxeologik va antropologik manbalar, ularning tipologik tafsili va tahlili.
2. Oriylar masalasi
3. Andronova madaniyati va unga tegishli arxeologik yodgorliklarning tarqalgan hududlari.
4. Turkiy tilli Andronova qabilalarining Miloddan avvalgi II ming yillik oxirgi choragida O‘rta Osiyo hududlariga kirib kelishi va mahalliy madaniyati bilan qorishib ketishi.
=== Taqdimot 3 ===
XX asrning 70-80 yillarida O‘rta Osiyo respublikalari hududlarida, Qozog‘iston dashtlari, Tog‘li Oltoy va Janubiy Sibirda katta masshtabda arxeologik va antropologik tadqiqotlar olib borildi. Mutaxassis olimlar ko‘lida boy faktik materiallar to‘plandi. Biroq, bu hududlarning qadimda yashagan aholisining tili masalasida chiqarilgan xulosalar obyektivlik, tarixiylik va xolislik tamoyillaridan ancha uzoq edi.
=== Taqdimot 4 ===
Chunki, Sovet tarixshunosligi eronparast lingvistlar ta’sirida (ular Sovet davri tarixi va tilshunosligida nufuzli mavqega ega edilar) Qora dengizning sharqiy sohillaridan to Boykalgacha cho‘zilgan cho‘llarda qadimda Eron zabon aholi yashagan, bu geografik kenglikning faqat Tog‘li Oltoy qismidagina turkiylar yashardi, degan noto‘g‘ri tasavvur fanda o‘rnashib qolgan edi. Bunday tasavvur hozir ham nafaqat Rossiya olimlari, balki O‘rta Osiyo, jumladan O‘zbekistonlik arxeolog va tarixchilar orasida ham hukmronlik qiladi.
=== Taqdimot 5 ===
Sovet davrida to‘plangan arxeologik va antropologik materiallarni qayta ko‘rib chiqish, ular tahliliga xolislik asosida yangicha yondashish, mustaqillik bergan g‘oyaviy erkinlikdan foydalangan xolda o‘tgan asrning 90-yillaridan boshlab, O‘zbek xalqi etnogenezining boshlang‘ich nuqtasi rosa ming yilga qadimiylashtirildi. O‘zbek Xalqi tarixi 3 ming yildan kam emas deyildi. O‘zbeklarning ikki xil tilda so‘zlashuvchi ilk ajdodlarining nafaqat iqtisodiy va madaniy, balki etnik jihatdan ham bir-birlariga yaqinlashish, aralashish, qorishish jarayoni so‘nggi bronza davridan boshlandi, – degan xulosaga kelindi. Bunday o‘ta mas’uliyatli xulosaga kelishda Xitoy yozma manbalari katta rol o‘ynadi.
=== Taqdimot 6 ===
A.Asqarov Quyi Volgadan Sharqiy hududlar (Janubiy Sibir, Butun Qozog‘iston, Yettisuv) bronza va ilk temir davri aholilari arxeologik tadqiqotlar ko‘rsatishicha ular moddiy madaniyati o‘xshash, etnogenetik jihatdan bir deb hisoblaydi. Bu qabilalar arxeologik adabiyotlarda Andronov madaniyati sohiblari deb nom oldi. Yozma manbalarda bronza davridan e’tiboran turkiy aholilar yashagan degan ma’lumotlar bor. L.N.Gumilev xunlar turkiy qabilalar sifatida Xitoy manbalarida miloddan avvalgi 1764–yilda tilga olinadi deydi.
=== Taqdimot 7 ===
Prof. A.Xo‘jaev Xitoyning 24 jildlik tarixi “Ersi shi” da turk atamasi bundan kamida 4-ming yil oldin tilga olinadi deydi. A.Xo‘jaev miloddan avval 3-ming yillikning oxiridan “Shi” deb atalgan yilnomachilar tomonidan Xitoy tarixi yozila boshlagan deydi. Ular Xitoyning shimoliy, shimoliy-g‘arbiy va shimoliy-sharqiy chegaralarida turkiy qabilalar yashaganliklari to‘g‘risida ma’lumot berishadi. Er Si Shi ning birinchi jildi Sima Syanning “Tarixiy xotiralar” bo‘lsa, oxirgisi Ming sulolasi (1368-1644) ya’ni 3,5 mingyillik davr tarixini o‘z ichiga oladi.
=== Taqdimot 8 ===
A.Asqarov fikricha Xitoy manbalarida tilga olingan “xu”, “di”, “Guyfang”, “Tufang”, “Rung”, “Xunn” va boshqa sahroyilar qadimgi turkiyda so‘zlashuvchi Andronov madaniyati sohiblari bo‘lishganlar. Bichirun Xitoy manbalari tarjimasida Anronov qabilalari turkiy tilda so‘zlashadi degan ishoralar bor edi. Respublikamiz mustaqilligi sharofati bilan arxeologik, antropologik ma’lumotlar Xitoy manbalari bilan solishtirilib Urolning etaklari, uning sharqiy hududlarida bronza davridan boshlab turkiy etnos bo‘lganligi, Janubiy Sibir aholisi qadimgi va o‘rta asrlar davrida turkiy tilli xalqlar bo‘lganligini dadil aytish imkoni bo‘ldi (A.Asqarov). A.Xo‘jaevning aytishicha, “xu” va “xulu” turkiycha “xir” atamasining xitoycha talaffuzi. “Xur” turkiycha ozod, ko‘chmanchi xalq. “Xur”, “Avesto”dagi “arya” so‘ziga to‘g‘ri keladi.
=== Taqdimot 9 ===
Eronida “arya”, turkiyda “xur” bir xil mazmunga ega. Axuramazda birinchi bo‘lib keng yaylovli, chorvaga qulay Aryanam Vaychaxni yaratib unga oriylarni joylashtirdi. (oriylar mamlakati). A.Asqarov fikricha Aryanam Vaychax – Eron, Qadimgi Baqtriya, Qadimgi Xorazm, Xilmend vohasi, Eron Ozarboyjonidan ko‘proq Yevrosiyo cho‘l, dasht mintaqalariga to‘g‘ri keladi. “Yevrotsentrizm” ta’limotchilari bu dasht, cho‘llikda Eron zabonli ko‘chmanchilar yashagan degan g‘oyani ilgari so‘rgan. Avesto ilmiy o‘rganilgach dasht ko‘chmanchilari (varvarlar) janubga migratsiyasidan Eron tog‘ oldi hududlarida Ariana tashkil topganligi ma’lum bo‘lib qoldi. (Varvarlar atamasi – “oriylar” atamasi bilan almashtirildi).
=== Taqdimot 10 ===
Oriylar o‘zi kimlar?
“Avesto”ga ko‘ra ular ijtimoiy hayotda jamoaning erkin, ozod, jangovar mulkdorlar tabaqasi bo‘lib, mana shu tabaqa o‘z urug‘- aymoqlaridan farqli o‘laroq “Avesto”da “ozodlar” ya’ni “Oriylar” deb yuritilgan. Oriylar Vatani “Arriana Vaychax” deb atalgan. Ko‘chmanchi chavandoz qabilalar ichidan chaqqon chavandoz, suvoriy oriylar tarkib topib ular o‘zlarini ozod va erkin sezardi. Ular tom ma’noda dastlabki sinfiy jamiyatning asilzodalar tabaqasi edi. Arxeologik tadqiqotlar bu asilzodalar urug‘iga e’tibor berib, ularga mahobatli mozorqo‘rg‘onlar qurganliklarini ko‘rsatdi (Tegisken, Soloxo, Qulbobo, Pazirik). Miloddan avvalgi 2-ming yillikning o‘rtalarida oriylar O‘rta Osiyoning ichki rayonlariga, hatto Eron adirliklariga kirib borgan.
=== Taqdimot 11 ===
Eronda o‘rnashgan joylari “Avesto”da Ariana nomini olgan. Oriylar asta-sekin eroniylashib ketgan. Mantiqiy xulosa A.Asqarov fikricha shundan iboratki, Ahomoniylar kelib chiqishi Turkiyzabon oriylar bilan bog‘liq (Kir 2, Doro 1 Qoyatosh bitiklarida o‘zlarini oriylar, hatto Kushon podsholari ham o‘zlarini (M.Rabatok bitigi) asl zoti oriy, ya’ni turkiy ekanligiga ishora qiladilar). Xullas, Turkiy xalqlarining ilk Vatani Yevrosiyo cho‘llari bo‘lgan (G‘arbda Qoradengiz shimoli-sharqiy sohillaridan Sharqda to janubiy Baykalgacha cho‘zilgan cho‘l va dasht mintaqalaridan iborat). A.Asqarov tadqiqoticha O‘rta Osiyoga turkiy zabon qabilalarining ilk kirib kelishi bronza davrida bo‘lib, shundan o‘zbek xalqi etnogenezi boshlanadi.
=== Taqdimot 12 ===
A.Asqarov oriylar masalasida quyidagi xulosaga kelgan: ular Yevrosiyo cho‘l va dasht mintaqalari chorvador qabilalarining iqtisodiy yuksalishidagi ko‘chmanchilik hayot bosqichining ijtimoiy mahsuli, ularning jangovar qatlami, sinfiy jamiyatning asilzodalar tabaqasidir. Ular turkiyda so‘zlashgan. Miloddan avvalgi 2 ming yillikning o‘rtalaridan O‘rta Osiyo mintaqasiga ommaviy kirib kelgan va shu tariqa ilk o‘rta asrda turkiy- so‘g‘diy ijtimoiy etnomadaniy maydon tarkib topgach, keyinchalik o‘zbek va tojik xalqlari shakllangan. (Hindiston Xarappa madaniyati halokatini oriylar bosqini bilan bog‘laydi (S.P. Tolstov, M.A. Itina) bog‘lamaydi (G. M. Bongard – Levin, G.F. Ilin).
=== Taqdimot 13 ===
A.Asqarov miloddan avvalgi 2-ming yillikning 2-yarmida oriylar bir bo‘lagi Eron, Afg‘oniston va Shimoliy Hindistonga kirib borgan deydi (Buni Rigveda, “ Avesto” ham tasdiqlaydi), lekin ular Hindiston, Sharqiy Xuroson, Eroning mahalliy aholisi tilini o‘zgartirib yubora olmagan (garchi siyosiy hukmronlikni o‘zgartirgan bo‘lsa-da), aniqrog‘i istilochilar tili mahalliy aholi tili tomonidan yutib yuborildi – assimilyatsiya qilingan.
=== Taqdimot 14 ===
Sobiq ittifoq tarixshunosligidagi hind-yevropa aholi turi nazariyasi tarafdorlari orasida Yevrosiyo dashtlarida yashovchi cho‘l bronza davri ko‘chmanchi chorvador qabilalari hind-yevropalik atalib, ular Ovrupa va sho‘ro davri tarixiy lingvistikasida dastlab “varvarlar”, so‘ng ”oriylar” deb ataldi. Mana shu konsepsiya asosida sho‘rolar davri tarixshunosligida Andronov madaniyatiga mansub qabilala­r (indoariylar)ning tili hind-yevropa, eroniy tillar oilasiga tegishli, degan tushuncha paydo bo‘lgan edi. Bu nazariya asosida O‘rta Osiyo qadimgi aholisining tili ham to‘liq, eroniy tillar oilasiga mansub bo‘lgan degan g‘oya ilgari surildi.
=== Taqdimot 15 ===
XX asrning 70-80 yillarida O‘rta Osiyo respublikalari hududlarida, Qozog‘iston dashtlari, Tog‘li Oltoy va Janubiy Sibirda katta masshtabda arxeologik va antropologik tadqiqotlar olib borildi. Mutaxassis olimlar ko‘lida boy faktik materiallar to‘plandi. Biroq, bu hududlarning qadimda yashagan aholisining tili masalasida chiqarilgan xulosalar obyektivlik, tarixiylik va xolislik tamoyillaridan ancha uzoq edi.
=== Taqdimot 16 ===
Chunki, Sovet tarixshunosligi eronparast lingvistlar ta’sirida (ular Sovet davri tarixi va tilshunosligida nufuzli mavqega ega edilar) Qora dengizning sharqiy sohillaridan to Boykalgacha cho‘zilgan cho‘llarda qadimda Eron zabon aholi yashagan, bu geografik kenglikning faqat Tog‘li Oltoy qismidagina turkiylar yashardi, degan noto‘g‘ri tasavvur fanda o‘rnashib qolgan edi. Bunday tasavvur hozir ham nafaqat Rossiya olimlari, balki O‘rta Osiyo, jumladan O‘zbekistonlik arxeolog va tarixchilar orasida ham hukmronlik qiladi.
=== Taqdimot 17 ===
Sovet davrida to‘plangan arxeologik va antropologik materiallarni qayta ko‘rib chiqish, ular tahliliga xolislik asosida yangicha yondashish, mustaqillik bergan g‘oyaviy erkinlikdan foydalangan xolda o‘tgan asrning 90-yillaridan boshlab, O‘zbek xalqi etnogenezining boshlang‘ich nuqtasi rosa ming yilga qadimiylashtirildi. O‘zbek Xalqi tarixi 3 ming yildan kam emas deyildi. O‘zbeklarning ikki xil tilda so‘zlashuvchi ilk ajdodlarining nafaqat iqtisodiy va madaniy, balki etnik jihatdan ham bir-birlariga yaqinlashish, aralashish, qorishish jarayoni so‘nggi bronza davridan boshlandi, – degan xulosaga kelindi.
=== Taqdimot 18 ===
Vatanimizda va xorijda e’tirof etilgan ilmiy an’anaga ko‘ra antropologiya fan tarzida insoniyatning kelib chiqish tarixini, uning evolyutsiyasi, irqlarning kelib chiqishini hamda turli xalqlarning morfologik va jismoniy xususiyatlarini o‘rganadi. Antropologik tasniflashda turli etnik guruhlar va xalqlarning madaniy xususiyatlari emas, balki biologik xususiyatlariga va genetik qarindoshlilik prinsiplariga asosiy e’tibor qaratiladi. Biroq genetik aloqadorlilik prinsiplari insonlarni ma’lum bir tasniflarga bo‘lish imkonini bermaydi. Shu bois etnologiyada turli xalqlar orasidagi qon-qarindoshlik aloqalari tarixini tahlil etishda ko‘plab uslublardan foydalaniladi. Ko‘pincha etnologlar antropologik klassifikatsiyaning asosini tashkil qiluvchi etnoslarning irqiy farqlarini asos qilib olishadi.
=== Taqdimot 19 ===
Insoniyat biologik tuzilish jihatdan umumiylikka ega va er sharidagi barcha insonlar bir biologik turga mansubdir. Lekin dunyoning mavjud etnik manzarasi turli mintaqalarda yashayotgan insonlar tana tuzilishi, rangi, soch turi, yuz-qiyofasiga ko‘ra rang-barang, ya’niki antropologik tuzilishiga ko‘ra turli-tuman ko‘rinishga ega. Insonlar orasidagi o‘zaro farqli xususiyatlar irqiy tasniflash orqali tahlil qilinadi. Irqiy tasniflashda insonning sochi shakli, uchlamchi soch qoplami, teri tuzilishi, sochning rangi, ko‘z rangi, bo‘yi, tananing proporsiyasi, tananing bosh qismining tuzilish shakliga ko‘ra farqlanadi.
=== Taqdimot 20 ===
Umuman olganda irqlar deb genetik qon-qarindoshlilik munosabatlari asosida tashqi tana tuzilishiga ko‘ra o‘xshash bo‘lgan hududiy birlashgan kishilarga aytiladi. Antropologik jihatdan hozirgi xalqlarni vatanimiz va xorijiy antropologiya fanida to‘rtta katta irqlarga –negroid (afrikan), evropoid (evroosiyo), mongoloid (osiyo-amerika) va avstroloid (Okeaniya) irqlariga bo‘linadi.
=== Taqdimot 21 ===
Hozirgi kunda O‘rta Osiyoda yashab turgan mahalliy aholining tadqiqotlarda antropolgik tiplari aniqlangan. Ular asosan 3 ta tipni tashkil etadi:
Qozoq, Qirg‘iz va Qoraqolpoqlar – “Janubiy Sibir” tipiga kiradi.
Tog‘li tojiklar, Turkmanlar – “Zakaspiy” tipining vakillari.
O‘zbeklar va voha tojiklari – “ O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i” tipiga kiradi.
=== Taqdimot 22 ===
Janubiy Sibir tipi Mo‘g‘ulbashara irqqa mansub, boshchanog‘i braxikefal ( dumaloq).
Zakaspiy tipi evropoid tipga mansub, dolixokefal (uzunchoq). Bu tip mahalliy aholining eng qadimgi Sharqiy O‘rta Er dengizi tipi bilan turkiy evropoid tiplari qorishuvidan tashkil topgan.
=== Taqdimot 23 ===
So‘g‘diyona – Zarafshon va Qashqadaryo havzalaridan tarkib topgan. Aholisi sug‘orma dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo – sotiq, chorvachilik bilan shug‘ullanib kelgan. O‘troq aholi eroniy tilining so‘g‘diy lahjasida so‘zlashgan, evropoid (dolixokefal) bo‘lishgan. Chorvadorlarining irqi, tipi har xil bo‘lgan (Evropoid, Mo‘g‘uliy tip, Sharqiy O‘rtaer dengizi va hokazalar). Afrosiyobdan ( miloddan avvalgi V asr) topilgan kalla suyaklari evropoid (dolixo kefal) bo‘lib, Zamonbobo, Mo‘minobod, CHakka materiallariga genetik jixatdan o‘xshab ketadi. Milodiy IV – V asrga kelib voha aholisining ko‘pchiligi braxikefal evropoidlashgan.
So‘g‘diyonaning qadimgi aholisi
=== Taqdimot 24 ===
Kushonlar davrida So‘g‘diyona o‘troq aholisi avvalgidek Sharqiy O‘rtaer dengizi tipida bo‘lgan. Mo’g’ulbashara tiplar Buxoroga O‘rta Osiyoning G‘arbiy mintaqalari orqali kirib kelgan. Toshkent vohasining o‘troq va chorvodor aholisi. Sirdaryoning O‘rta havzasi antik davr o‘troq va chorvador qabilalari Qovunchi madaniyati asosida o‘rganilgan (Toshkent vohasi, Janubiy Qozog‘iston). ( miloddan avvalgi II asr- milodiy VI asr). So‘nggi bronza va ilk temir davri materiallari uncha etarli emas, (aholisi braxikefal evropoid, dolixokefal evropoid). Bo‘zsuv bo‘ylari, Niyozboshi, Tuyubo‘g‘iz, Kulota kabi belgilar ilk temir davridan boshlangan bo‘lsa, Qovunchi madaniyati aholisida aniq ko‘rinish oladi.
=== Taqdimot 25 ===
Qadimgi Farg‘ona aholisining antropologik tipi
Arxeologik manbalar Farg‘onaning sharqiy va shimoliy mintaqalarida bronza va ilk temir davrida dehqonchilik madaniyati (Chust madaniyati) rivojlanganligi, janubiy va g‘arbiy mintaqalarida esa chorvador xo‘jaliklari rivojlanganligidan dalolat beradi. Antik davrda vohaning o‘troq aholisi ko‘pchiligi dolixokefal evropoid, dasht aholisining etnik tarkibi esa turlicha bo‘lgan. Oqtom, Shirinsoy , Isfara, Quvasoy qabristonlari tadqiq etilgan. Qadimgi Farg‘onaning asosiy aholisi O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i tipining mezobraxikran evropoid varianti bilan xarakterlanadi. Evropoid irq G‘arbiy tumanlarda, shimolda mo‘g‘uliy belgili evropoid aholi bo‘lgan.
=== Taqdimot 26 ===
Ustrushonada o‘rganilgan arxeologik va antropologik Ustrushonada olib borilgan tadqiqotlar ham yuqoridagi fiqolarni tasdiqlash imkonini bermoqda. Aynan mana shu paytda, O‘rta Sirdaryo bo‘yida shimoliy-sharqiy ko‘chmanchi qabilalarining, sharqda sak-sarmat ko‘chma guruhlarining, janubda — dehqonchilik bilan shug‘ullanib kelayotgan etnik guruh¬larning aralashmasidan o‘ziga xos etnomadaniyat birikmalari yuzaga keladi.
=== Taqdimot 27 ===
Bu hududning neolit davri aholisi – kaltaminorliklar evropoid, dolixokefal bo‘lishgan. Bronza davrida (tozibog‘yob madaniyati) o‘zga etnos vakillari (Ko‘kcha 3) evropoid, lekin broxikefal kirib kelishganlar. Ilk temir davrida bu holat saqlanadi, qadimgi Xorazmda miloddan avvalgi V-VI asrlarda Andronov tipidan (braxikefal) “O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i tipi” ga o‘tish holati ro‘y berdi. Janubiy – Sharqiy Orol bo‘yida mongoloid tipining hissasi katta – milodiy eraning boshida mo‘g‘ulbashara ko‘payadi. Milodiy 1 ming yillik oxiri va 2 ming yillikning boshida asosiy etnik qatlamni “ O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i tipi” tashkil etdi.
Janubiy Orol bo‘yining qadimgi aholisi
=== Taqdimot 28 ===
Shimoliy Baqtriya o‘troq aholisi antik davrda O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i hududlariga xos evropoid tipi bilan xarakterlanadi. Chorvador aholisi (Oriqtov, Tulxar, Ko‘k qum qabristonlari) evropoidlarning mezokran variantiga tegishli bo‘lgan. Ular Volga, Sirdaryo bo‘yi saklari, Qozog‘iston dasht aholisiga o‘xshab ketadi. Demak, Baqtriya aholisi mahalliy dolixokefal evropoidlarga braxikefal evropoidlar arxaika davridan kirib kela boshlagan, antik davrga kelib kuchaygan. Milodiy era boshlarida mo’g’uliy irqiy belgili tiplar paydo bo‘la boshlagan. Xullas, milodiy era arafasida O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i tipi shakllandi (Bishkent vohasi,janubiy mintaqalar).
=== Taqdimot 29 ===
O‘rta Osiyoga Iskandarning bosqini bilan mahalliy xalq turmush tarziga ellin madaniyatining ta’siri bo‘ldi. Yunon – Baqtriya davlati tuzildi. Shuningdek, miloddan avvalgi III-II asrlarda tub ijtimoiy – iqtisodiy, siyosiy o‘zgarishlar yuz berdi. Qadimgi Farg‘onada Davon davlati tarkib topdi. Qang‘ davlati siyosiy faoliyatda bo‘ldi.
=== Taqdimot 30 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Turkiy xalqlarning ilk Vatani, Oriylar muammosi.” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar