To‘ra Sulaymon she’rlari
8000 so'm

Slayd 1
Mavzu: To‘ra Sulaymon
she’rlari
Slayd 2
TO‘RA SULAYMON
O‘lmaslikka ishora – o‘langa oshiqligim,
Saodatga ishora – zamonga oshiqligim,
Teranlikka ishora – ummonga oshiqligim,
Go‘zallikka ishora- bo‘stonga oshiqligim – Bahor, ketma mening bog‘imdan.
Slayd 3
TO‘RA SULAYMON
(1934-2005)
Jizzax
Otaning “quloq” qilinishi
1939-yil Sirdaryoga ko‘chish
Gulistonda maktab muallimi
ToshDU
(1958-1964)
Slayd 4
IJOD
ASARLARI:
• “Men qayga borar bo‘lsam”
• “Intizor”
• “Sirdaryo qo‘shiqlari”
• “Xarsang”
• “Jahonnoma”
• “Istar ko‘ngil”
• ILK TO‘PLAM
• Doston:
• “Qorasoch”
• “Jahongashta”
• 1999
Slayd 5
“ARMON”
Bobomning orzulari amalga oshmas bo‘lsa,
Yurgan yo‘limda o‘lan, qo‘shiq qalashmas bo‘lsa,
Qo‘shiqlarim bog‘lardan, tog‘lardan oshmas bo‘lsa,
El-yurt baxtini kuylash menga yarashmas bo‘lsa,
Ko‘nglimda armon yotar
Cho‘kib qolgan nor misol.
Slayd 6
“ARMON”
Bemavrid xeshlarimning ko‘zlarida yosh ko‘rsam,
Bir mard bilan nopokning taqdirin tutash ko‘rsam,
Qaysi bir begunohni keng yo‘lda adash ko‘rsam,
Bir betayin kimsaning oyog‘ida bosh ko‘rsam,
Ko‘nglimda armon yotar
Terskaydagi qor misol.
Slayd 7
“ARMON”
Aro yo‘lda qolguday bo‘lsa biror yo‘ldoshim,
Manzilga yetmay turib, qoqilsa qayg‘udoshim,
Muhtoj bo‘lsa kimgadir, jon ayamas qurdoshim,
Badkor degan nom olsa biror bir vatandoshim,
Ko‘nglimda armon yotar
Ulab bo‘lmas tor misol.
Slayd 8
“ARMON”
Gulzomi alaf bossa, zog‘ bossa bog‘bon turib,
Muallaq qolsa kimdir, yer turib, osmon turib,
Bir gazanda toptasa, tuproqni posbon turib,
Bir yo‘rtoq yo‘l boshlasa, qudratli karvon turib,
Ko‘nglimda armon yotar
Buzilgan ro‘zg‘or misol.
Slayd 9
“TAVALLO”
Nelardandir ko‘ngil bo‘lib g‘ash,
Xam egilib, bu egilmas bosh,
Ko‘zlarimda qalqib tursa yosh,
Bu holimga berolmay bardosh,
Bir mushtipar Onam yig‘laydir,
Qolganlari yolg‘on yig‘laydir.
Qaytar bo‘lsam quruq qo‘l ovdan,
Qora qozon qolsa qaynovdan,
Ham ayrilib o‘lja, ulovdan,
Qarzga botar bo‘Isam birovdan,
Taskin berib Onam yig‘laydir,
Bo‘Isam gumroh, bo‘lsa gunohim,
Vujudimga solmasdan vahm,
Slayd 10
“TAVALLO”
Qabul aylab tavallo – ohim,
Darig‘ tutmay mehring, Ilohim,
Yig‘latmagin mushfiq Onamni,
Volidayi muhtaramamni.
Slayd 11
MUSTAQIL BAJARISH UCHUN TOPSHIRIQLAR:
1. O‘zingizga ma’qul kelgan she’rni yod oling.
2. “Iltijo” she’rini bandma-band tahlil qiling.
3. Nima deb o‘ylaysiz, nega shoir onalar chindan-u, boshqalar yolg‘on yig‘laydi deb hisoblamoqda?
4. Agarda siz onangiz haqida she’r yozganingizda, uni qanday ta’riflar edingiz?
Slayd 12
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 13
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |













Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.