Tog’ay Murod hayoti va ijodi
3000 so'm

Slayd 1
Tog‘ay Murod
Slayd 2
Adabiy taxallusi Tog‘ay Murod, asl ism-sharifi Tog‘aymurod Mengnorov bo‘lgan bu noyob iste’dod egasi 70-yillari adabiyot maydoniga kirib keldi. Dastlab mayda hikoyalar yozib yurdi. Ularda o‘ziga xos iste’dod jilolari borligini birov payqadi, birov payqamadi. 1976-yili “Yulduzlar mangu yonadi” degan qissasi “Sharq yulduzi”da e’lon etildi-yu, birdaniga uning nomi el og‘ziga tushdi, muhokamalarda, maqolalarda asar yilning eng yaxshi qissasi deb e’tirof etildi. So‘ng birin-ketin “Ot kishnagan oqshom” (1979), “Oydinda yurgan odamlar” (1980), “Momo yer qo‘shig‘i” (1985) qissalari chiqdi. Bu asarlarning har biri adabiyot osmonida go‘yo momaqaldiroqdek yangradi, keng jamoatchilik e’tiborini tortdi, qizg‘in bahs-munozaralarga asos bo‘ldi. Bu qissalari uchun Tog‘ay Murod Respublika Yozuvchilar uyushmasi Oybek nomidagi mukofoti bilan taqdirlandi.
Tog‘ay Murod 1986–1991-yillari “Otamdan qolgan dalalar” romani ustida ishladi, asar 1993-yili dunyo yuzini ko‘rdi. Roman 1994-yili istiqlol davri o‘zbek adabiyotining ilk yetuk namunasi sifatida Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi. Tog‘ay Murod badiiy tarjima bilan ham shug‘ullangan. J. Londonning “Boyning qizi” dramasi va qator hikoyalarini, E. Seton-Tompsonning hayvonot dunyosi haqidagi mashhur “Yovvoyi yo‘rg‘a” kitobini mahorat bilan o‘zbekchalashtirgan. Tog‘ay Murodning birinchi qissasi – “Yulduzlar mangu yonadi” asarining ilk satrlarida Xo‘jasoat qishlog‘i tilga olinadi, qissa voqealari ayni shu qishloqda bo‘lib o‘tadi. Yozuvchining boshqa barcha hikoya va qissalari ayni o‘sha qishloq, qolaversa, Denov tumani, Surxon vohasi odamlari hayotidan bahs etadi.
Slayd 3
Tog‘ay Murod Surxondaryo viloyati Denov tumaniga qarashli o‘sha Xo‘jasoat qishlog‘ida tug‘ilgan. Keyinchalik Toshkentga kelib universitetning jurnalistika fakultetida o‘qigan. Universitetni tugatib, Respublika radiosi “Vatandoshlar” tahririyatida muharrir (1972 – 1976), “O‘zbekiston fizkulturachisi” gazetasida tarjimon (1976 – 1978), “Fan va turmush” jurnalida muharrir (1982 – 1984) bo‘lib ishlagan, sobiq sovet armiyasi safida xizmat qilib qaytgach (1973 – 74-yillar), Moskvadagi Jahon adabiyoti institutida tahsil olgan (1985 – 1987), Toshkentda oila qurib ko‘pdan shu yerda yashab kelayotgan bo‘lsa-da, butun vujudi, fikri-xayoli bilan tug‘ilib o‘sgan yurtiga bog‘langan. Badiiy ijod, asarlari uchun ilhom, mavzu va qahramonlarni asosan o‘sha manbadan oladi. Surxon koloriti asarlariga o‘ziga xos betakror ruh, ohang, joziba baxsh etadi.
Keyingi davr romanchiligi to‘g‘risida so‘z borganda milliy ruh va milliy dard bilan yo‘g‘rilgan Tog‘ay Murod romanlari e’tiborni tortadi. Ma’lumki, Tog‘ay Murod talqinida tasvirdagi yangilik, falsafiy mohiyat, realistik uslubga sodiqlik, musiqiy ohangdorlik va baxshiyona ifodaga xos saj’ usulini tanlaganligi va milliy ruh hamda milliy qahramonning iztirob va o‘ylarini ishonarli tasvirlab bera olganligi bilan adabiyotshunoslar o‘rtasida ijobiy baholandi. Davr va ijtimoiy muhitning milliy o‘zligimizga ta’sirini Tog‘ay Murod o‘z asarlarida katta mahorat bilan tasvirlashga erishgan. Yozuvchi sho‘ro davri illatlarini kichik oqibatlaridan tortib, bu siyosat tarbiyalagan kishilarning ruhiyatida kechgan evrilishlarga olib kelgan omillargacha nozik chiziqlarda, ishonarli ranglarda tasvirlaydi.
Slayd 4
Adibning «Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi» romani to‘g‘risida ham adabiyotshunoslar qizg‘in bahs-munozaralar bilan chiqishdi. Jumladan, U.Normatov bu asarni jahon durdonalari bilan qiyoslaydi: «Monumental targ‘ibot»dagi Agliya bilan «Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi» romanidagi Botir firqa, biri ayol, ikkinchisi erkak ekanligini mustasno etganda, ko‘p jihatdan bir-birlariga yaqin: ikkalovi ham deyarli tengdosh, 20-yillar oxiri 30-yillari tarix sahnasiga chiqqan, butun vujudi kommunistik mafkura, e’tiqod g‘oyasi bilan yo‘g‘rilgan, shu e’tiqod yo‘liga jonini tikkan, kompartiya arbobi – raykom kotibi darajasiga ko‘tarilgan, mustabid tuzum siyosatini amalga oshirishda sobit turgan ikki arbob bu yo‘lda hech kimni, o‘zlarini ham, o‘zgalarni ham ayamagan. Har ikkisiga ham uzoq umr nasib etdi».
Olim aytgandek, Tog‘ay Murodning «Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi» romani ham o‘z e’tiqodidan voz kecholmay qiynalayotgan kishining o‘y-iztiroblari tahliliga bag‘ishlangan. Roman Botir firqaning nasli-nasabini tanishtirishdan boshlanadi: «Tagi ko‘rmaganga gilam bitmasin. Qodirqulni chevarasi, Xolmat malayni nevarasi, Eson xizmatkorni bolasi Botir qo‘shchi tumandan aynib keldi…
– Bir so‘z bilan aytsak, men shu kundan boshlab Botir firqa bo‘ldim! Ayni vaqtda, qishloq sho‘rosini raisi-da bo‘ldim! – dedi. Kimda-kim meni Botir firqa demas ekan, o‘zidan ko‘rsin!»
Normatov U. Eng muhim muammo // O’zbekiston adabiyoti va san’ati. – 2003. – 21 mart.
Tog’ay Murod. Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi. – T.: Shark, 2001 B.
Slayd 5
Yozuvchining ta’rificha, Botir qo‘shchi «aynib» Botir firqaga aylandi. U uzoq yillar sho‘ro siyosatiga bosh egib, unga sadoqat bilan xizmat qildi. U qaysidir ma’noda O‘tkir Hoshimovning «Tushda kechgan umrlar»idagi Komissarning «qarindoshi». «Otiga firqa so‘zini qo‘shib aytmagichlarni: «Xalq dushmani» deya ayblaydi (5-6-bet). Biroq u Komissar singari qo‘shnisini sotib kun ko‘rish emas, balki ochlik yillari Mirzaxo‘jaboyning bevasi va zurriyotiga yaxshilik qilishga chog‘lanadi.
«Non chuchuk bo‘ldi.
Ota o‘z o‘g‘lini bir zog‘ora nonga almashdi.
Ona o‘z qizini bir hovuch kepakka almashdi.
Odamzot kunjara yeyishgacha bordi» (8–bet)
Slayd 6
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 7
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
Badiiy adabiyotda milliylik va umuminsoniylik mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
La routine quotidienne Utilisation d’illustrations mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Birikmalar mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
AJRALADIGAN VA AJRALMAYDIGAN BIRIKMALAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy





Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.