=== Taqdimot 1 ===
TILSHUNOSLIK FANINING PAYDO BOʻLISHI
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
=== Taqdimot 3 ===
Reja:
=== Taqdimot 4 ===
Tilshunoslik tarixi tilning jamiyatdagi oʻrni, uning jamiyatga nima bilan xizmat qilish, tilning kelib chiqish taraqqiyoti shaklidagi turli xil qarashlar nazariyalarni tekshiradi.
Tilshunoslik nazariyalari koʻproq umumiy tilshunoslikka asoslanganligi uchun ayrim bir til haqidagi nazariyalar toʻgʻrisida toʻxtalmasdan, balki umumiy tilshunoslik hajmidagi nazariyalarni koʻzdan kechiradi.
Tilshunoslik nazariyalari haqida umumiy va toʻgʻri xulosalarga kelish uchun materialistik falsafani har tomonlama bilish kerak boʻladi. Tilning ijtimoiy xarakteri, kelib chiqishi va taraqqiyoti haqida hamda tillarning qarindoshligi toʻgʻrisidagi eng qadimgi tilshunoslik nazariyalari bilan va oʻrta asr lingvistik qarashlari bilan hamda qiyosiy-tarixiy metodning vujudga kelish taraqqiyoti bilan tanishib chiqishga toʻgʻri keladi.
=== Taqdimot 5 ===
Ijtimoiy taraqqiyot natijasida har bir davrdagi til muammolariga ham turlicha qarashlarning vujudga kelishiga sababchi boʻlgan. Masalan, materialistik tilshunoslikning idealistik tilshunoslikdan ustunligi shundaki, bu tilshunoslik obyektiv nazariyaga asoslanadi. Idealistik tilshunoslik esa, notoʻgʻri nazariyaga asoslanganligi tufayli tilning xarakterini obyektiv tushuntira olmaydi.
Materializm bilan idealizm oʻrtasidagi kurash til toʻgʻrisidagi fanga ham oʻz ta’sirini koʻrsatadi. Natijada til va uning mohiyatini izohlash asosida tilshunoslarning turli xil maktablari vujudga keladi. Bu maktablar bilan bogʻliq ravishda til muammolarini tahlil etuvchi turli xil nazariyalar paydo boʻladi.
=== Taqdimot 6 ===
Til toʻgʻrisidagi nazariyalar tarixini umumiy tarzda ikki katta davrga boʻlish mumkin:
Qadimgi tilshunoslik maktablarida mavjud boʻlgan nazariyalar.
1
Qiyosiy-tarixiy metod vujudga kelgandan keyingi tilshunoslik nazariyalar.
2
=== Taqdimot 7 ===
Umumiy tilshunoslik va tillarni qiyosiy – tarixiy nuqtayi nazardan oʻrganish fan sifatida XIX asrning boshlarida shakllanadi, shuning uchun qadimgi tilshunoslik Yevropa olimlari orasida ilmiy tilshunoslikka qadar boʻlgan tilshunoslik deb atalib kelinadi.
Qadimgi tilshunoslikning bu nom bilan yuritilishi va umuman fan taraqqiyotini ilmiy yoki ilmiy boʻlmagan deb ikkiga boʻlish masala mohiyatiga mos kelmaydi.
=== Taqdimot 8 ===
Shuning uchun ham V.A.Zveginsev oʻzining “Tilshunoslik tarixi” xrestomatiyasida bunday boʻlinishni quyidagicha tushuntiradi: “Agar biz ilmiy va ilmiy boʻlmagan fan deb atalgan atamani tilshunoslikka ham tatbiq etsak, bu notoʻgʻri xulosa chiqarishga olib keladi. Agar biz bu ta’rifni qiyosiy-tarixiy metodga nisbatan ishlatsak bu masalaning mohiyatiga biroz mos tushadi”, – deydi.
Qadimgi tilshunoslikni umuman tilshunoslikdan ajratmaslik kerak. Uni fanga qadar tilshunoslik deb emas, balki tilshunoslik deb, agar hozirgi tilshunoslikdan ajratish lozim boʻlib qolsa, uni qadimgi tilshunoslik deb atash maqsadga muvofiqdir.
=== Taqdimot 9 ===
01
Qadimgi hind tilshunosligi.
Qadimgi tilshunoslikni koʻzdan kechirsak unda ham qiyosiy-tarixiy metodning ba’zi elementlari mavjud ekanligini uchratamiz. Masalan: M.Qoshgʻariyning “Devonu lugʻotit turk” asarida 20 dan ortiq turkiy tillar keltirilib, bir-biri bilan chogʻishtirilib ular toʻrt guruhga ajratiladi. Shunday ekan, hozirgi tilshunoslikning yoki qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning kelib chiqishiga uch qadimgi tilshunoslik asos boʻlgandir:
03
Arab tilshunosligi.
02
Klassik tilshunoslik.
=== Taqdimot 10 ===
Qadimgi hind tilshunosligi
U amaliy masalalar bilan shugʻullangan. Shuning uchun ham u amaliy ahamiyatga ega boʻlgan. Qadimgi hind tilshunosligi hindlarning diniy va harbiy qoʻshiqlari boʻlgan “Ved” larni oʻrganish natijasida paydo boʻlgan. Ular ana shu qoʻshiqlar asosida til faktlarini tekshirganlar. Natijada sanskrit deb atalgan til paydo boʻlgan. Shuning uchun hozirgacha hindlarning eng qadimgi tili sanskrit tili deb ataladi.
Qadimgi hindlar Vedlar imlosini saqlash va uni oʻzgartirmaslik uchun harakat qilganlar. Bu qoʻshiqlar tili jonli xalq tiliga, ya’ni prakritlarga qarama-qarshi boʻlganlar. Hindistondagi qadimgi tilshunoslik oʻsha davrdagi harbiy, diniy qoʻshiqlar tilini oʻrganish natijasida, ularning til tozaligini saqlash va adabiy tilga jonli xalq tili elementlarini koʻplab kiritmaslik natijasida maydonga keldi.
=== Taqdimot 11 ===
U til materiali asosida,xususan, qoʻshiqlardagi fonetik hodisalarni oʻrganish asosida rivojlanadi va soʻnggi asrlardagi til nazariyalari taraqqiyotiga oʻz ta’sirini koʻrsatadi. Buyuk rus tilshunosi V. Tomsenning fikricha, Yevropa tilshunosligi to XIX asrgacha qadimgi hind tilshunosligi darajasigacha koʻtarila olmagan edi. Ma’lumki, Yevropa tilshunosligi oʻzining XIX asrdagi darajasiga ham qadimgi hind tilshunosligi yordamida erishdi.
Veda adabiyotida til masalalari toʻrt reja asosida oʻrganiladi. Birinchi reja Shikshada tilning fonetikasi va orfoepiyasi, ikkinchi reja Chxandada she’r oʻlchovlari, uchinchi reja Vyakoranada grammatika va toʻrtinchi reja Niruktada leksika va etimologiya masalalari hal qilingan. Ana shu toʻrt reja asosida qadimgi hind tilshunosligi taraqqiy qiladi.
=== Taqdimot 12 ===
Qadimgi hind tilshunosligining koʻzga koʻringan vakillaridan biri Panini (eramizgacha IV asr) hisoblanib, uning asarlarida fonetika, grammatika va etimologiya masalalari har tomonlama oʻrganilgan. Undan soʻng Vararuchi Kat’yayana (eramizgacha III asr) prakritlar grammatikasini yaratadi. Keyinchalik grammatikani falsafiy aspektda yoritishni Patanjali (eramizgacha II asr) va Bxartxari asarlarida uchratamiz. Eramizning boshlarida hind leksikografiyasi rivojlanadi. Uning taraqqiyoti Amarusipxa (VI asr) va Xemachandra (XII asr) nomi bilan bogʻliqdir.
Qadimgi hind tilshunosligida sintaksisga kam e’tibor berilgan. Sintaktik hodisalar morfologik qoidalarni tahlil qilish jarayonida yoʻl-yoʻlakay izohlanib ketilgan.
=== Taqdimot 13 ===
Hind tilshunoslari orasida eng mashhuri hisoblangan Panini asarlarida sanskrit morfologiyasi bilan uning tovush tarkibi oʻziga xos uslub bilan izohlanadi. U epizodik xarakterda boʻlsada, sanskrit tili bilan dialektlarini bir-biriga chogʻishtiradi. Natijada unda qiyosiy metod elementlarini uchratamiz.
Hind tilshunoslari til birligi sifatida gapni tan olganlar, Chunki faqat gap orqali fikr ifodalanadi, deb tushunganlar. Soʻzni til birligi deb hisoblamaganlar. Ularcha, soʻz shakl va mazmun nuqtayi nazaridan mustaqillikka ega emas. Gaplarni qismlarga boʻlishda faqat amaliy maqsadni koʻzda tutganlar. Keyinchalik hind tilshunoslari gaplardagi soʻzlarni bir necha soʻz turkumlariga boʻlib oʻrgana boshlaganlar. Lekin bunda bir xil fikr yoʻq edi. Ular soʻzlarni toʻrt guruhga boʻlib oʻrganganlar: ot, fe’l, koʻmakchi va yuklamalar.
=== Taqdimot 14 ===
Hind tilshunoslari fonetika sohasida original ish qilganlar. Lekin qadimgi hind grammatikalarida tovushlarni fiziologik mezon asosida xarakterlash kuchli boʻlgan.
Tovushlarning paydo boʻlishini xarakterlashda qadimgi hind tilshunoslari artikulyatsiya oʻrnini tovushni hosil qiluvchi a’zo ishtirokini farqlaganlar. Tovush hosil qiluvchi va tovushni oʻzgartiruvchi nutq a’zolarining ishi har taraflama yoritilgan.
Umuman, qadimgi hind tilshunosligi va uning nazariyotchilari tilshunoslik taraqqiyotida sezilarli iz qoldirdi.
=== Taqdimot 15 ===
Klassik tilshunoslik
Qadimgi Gretsiya va Yunonistonda til muammolarini oʻrganish butunlay boshqa yoʻnalish bilan olib borildi. Agar qadimgi hind tilshunosligida til muammolari amaliy jihatdan oʻrganilgan boʻlsa, Gretsiyada falsafiy nuqtayi-nazardan olib borildi.
=== Taqdimot 16 ===
Til masalalariga falsafiy nuqtayi-nazardan yondashish Aleksandriya maktabining vujudga kelishigacha davom etdi. Ikki lagerdagi filosoflar uzoq vaqtlar davomida soʻzlar narsalarga taalluqlimi yoki aksincha narsalar soʻzlarga bogʻliqmi degan masala ustida tortishdilar. Bu tortishuvlarga Geraklit, Demokrit, Protagor, Epikur va boshqalar qatnashib, turlicha mavqeni egalladilar. Tortishuvlarning natijasi Platonning dialogi “Kratil”da oʻz ifodasini topgan.
=== Taqdimot 17 ===
Dialogda har ikki dunyoqarashdagi filosoflari foydasiga fikr yuritiladi, oxirida til faqat ruhdagina yashaydi, degan xulosa keladi. Platon»Kratili»ning ahamiyati shundaki, qadimgi Grek tilshunosligida birinchi boʻlib soʻzlar tavsifi beriladi. Til yoki nutqdagi soʻzlarni ikkiga, ya’ni ot va fe’l guruhiga boʻladi.
Platondan soʻng qadimgi Yunon tilshunosligiga Aristotel katta hissa qoʻshdi. U oʻzining “Poetika” asarida nutq kategoriyasini mantiqiy nuqtayi nazardan quyidagilarga boʻladi: element, boʻgʻin, bogʻlovchi, ot, fe’l, a’zo, kelishik, gap.
Element deb, boʻlinmaydigan, ma’no anglatuvchi tovushni tushunadi. Elementlarning qoʻshilishidan hosil boʻlgan, ammo ma’no anglatish xususiyatiga ega boʻlmagan qism boʻgʻin sanalgan. A’zo nutqning shunday qismiki, u mustaqil ma’noga ega boʻlib, gapning boshlanish, oxiri Yoki ajralish qismini koʻrsatadi.
=== Taqdimot 18 ===
Bogʻlovchi deb mustaqil ma’no anglatuvchi va anglatmaydigan soʻzlarni kiritadi. Olmosh va yordamchi soʻzlar shunga kiritiladi. Asosiy soʻz turkumi sifatida ot va fe’lni koʻrsatadi. Ot va fe’l kelishiklarga ham ega deb ta’kidlaydi.
Gap-tarkibli tovush boʻlib, mustaqil ma’noga ega va uning ayrim qismlari ham mustaqil ma’no kasb etadi.
=== Taqdimot 19 ===
Aristotel oʻzining “Ritorika” asarida soʻz turkumlari tasnifiga boshqacha yondashadi. U endi ot, fe’l, bogʻlovchi kabi uchta soʻz turkumi haqida fikr yuritadi.
Aristoteldan soʻng klassik tilshunoslar soʻzlarni beshta soʻz turkumiga boʻlib oʻrganadi: fe’l, bogʻlovchi, a’zo, atoqli ot va turdosh ot. Xuddi shu davrda soʻzning haqiqiy ma’nosini anglash bilan shugʻullanuvchi tilshunoslikning boʻlimi etimologiya vujudga keladi. Etimologiya bilan oʻrta asrda Rim tilshunoslari koʻproq shugʻullanadilar.
=== Taqdimot 20 ===
Aleksandriya maktabi grammatiklarining tekshirish metodi hind tilshunoslarining kabi amaliy xarakterda edi. Ular ham grek adabiy til an’anasini boshqa ta’sirlardan saqlashga harakat qildilar. Bularda ham ba’zi til faktlarini falsafiy nuqtayi nazardan hal qilish seziladi.
Aleksandriya maktabining grammatik ta’limoti Aristrax, Krates, Frakiyalik Dionisiy, Apolloniya Diskol va uning oʻgʻli Gerodian asarlarida oʻz ifodasini topgan.
Aleksandriya maktabi tilshunoslari tilning tovush tomoniga koʻproq e’tibor beradilar. Tovushlarni xarakterlash akustik tamoyilga asoslanadi. Tovush va harfni bir-biriga teng qoʻyib, tovushlarni unli va undoshlarga ajratadi. Bogʻlanishli nutqning eng kichik boʻlagi soʻz deb, soʻzlar birikuvidan tuzilib, tugallangan fikrni ifodalovchi nutq parchasiga gap, deb izoh berganlar. Soʻz turkumlari va morfologiya masalalari Aleksandriya maktabi ta’limotida har tomonlama ishlangandir.
=== Taqdimot 21 ===
Aristrax soʻz turkumlarini sakkizta deb koʻrsatadi: ot, fe’l, sifatdosh, undov, olmosh, old koʻmakchi, ravish va bogʻlovchi kabi. Bu soʻz turkumlarining har biriga yetarli ta’rifni Aristraxning shogirdi Frakiyali Dionisiy asarida uchratamiz. Ta’riflarning ba’zilari masala mohiyatiga mos, ba’zilari esa, mos tushmaydi. Apolloniya Diskolning maxsus ishi sintaksisga bagʻishlangandir, lekin sintaksis masalalari morfologiya kabi atroflicha yoritilgan emas.
Til muammolarini oʻrganishda Rim tilshunoslari ham oʻz hissalarini qoʻshdilar. Rim tilshunosligi, asosan, grammatik masalalar bilan shugʻullangan va shu sohada ba’zi yutuqlarni qoʻlga kiritganlar. Bu sohada Donat va Pristsian xizmatlari kattadir.
Rim tilshunosligi mustaqil tilshunoslik boʻlmay, balki u qadimgi Grek tilshunosligiga asoslangan. Koʻproq hollarda qadimgi Grek tilshunosligidagi qoidalarni oʻz sharoitiga moslashtirgan.
=== Taqdimot 22 ===
Klassik tilshunoslik grammatika sohasida sezilarli ish qilgan boʻlsa ham ba’zi kamchiliklarga yoʻl qoʻydi. Qadimgi hind tilshunosligi kabi tarixiylikdan uzoq edi. Shunday boʻlishiga qaramasdan antik davr tilshunoslari keyingi asrlar uchun sezilarli iz qoldirdi. Natijada Yevropaning grammatik sistemasi to XIX asrgacha klassik tilshunoslik zaminiga asoslanib ish koʻrdi.
=== Taqdimot 23 ===
Arab tilshunosligi
Qadimgi arab tilshunosligi umumiy va qiyosiy tilshunoslikda muhim oʻrin tutadi. Arab tilshunosligining taraqqiyoti VII-XII asrlarga toʻgʻri keladi. Arab tilshunosligi oʻz davrida ilmiy tekshiruvchilar orasida koʻp qiziqish va tortishuvlarga sabab boʻlgan. Tekshiruvchilarning ba’zi birlari faqat arab tilshunosligini emas, balki butun qadimgi arab fanining boʻlganligini shubha ostiga olib, uni mustaqil fan emas va uning yaratilish faqat arablarning oʻziga tegishli emas, deb hisoblaydilar. Arablar tilshunoslikni klassik va hind tilshunosligidan olgan va uni oʻz sharoitiga moslashtirib Yevropaga yangicha koʻrinishda taqdim etganlar deb hisoblamoqchi boʻldilar.
=== Taqdimot 24 ===
Arab fani va tilshunosligini diqqat bilan oʻrganish natijasida bu fikrlarning notoʻgʻri ekanligi isbotlandi. Arab tilshunosligi ham asosan amaliy masalalarni olgʻa surdi. Qadimgi arab tilshunosligining markazi avval Barsa va Qufa shaharlari boʻlsa, keyinchalik Bogʻdodga koʻchadi. Arab tilshunosligining eng koʻzga koʻringan vakillaridan biri Sibavyeyhidir. Oʻzining “Al-kitob” asarida eski arab she’riyatidan olingan mingdan ortiq she’riy parchalar asosida arab tili grammatikasi va fonetikasi haqida fikr yuritadi. Sibaveyhi kitobidagi grammatikaga doir fikrlar oʻzining tugallanganligi va sistemaliligi bilan kishini hayratga soladi. Bu narsa Sibavyeyhini oʻz ustozi Xalil al Farxodiyning “Ayna kitobi”dan bahramand boʻlganligini koʻrsatadi. Sibaveyhining “Kitobi” keyingi davr arab tilshunoslari uchun amaliy qoʻllanma boʻlib qoldi.
=== Taqdimot 25 ===
Bu asarda arab tili fonetikasi va grammatikasiga doir fikrlargina emas, balki arab tilining soʻz boyligini toʻplash va tasnif qilish haqida ham qimmatli fikrlar berdi. Arab tilshunosligi taraqqiyotiga Al-Asmai, Abu Ubayda, Al-Ansora, Al-Mubarrad, Muhammad ibn Durayd, Muhammad Al Anbari, Ibn Jini va boshqa tilshunoslar ham munosib hissa qoʻshdilar.
Arab tilshunoslarining qoʻlga kiritgan muvaffaqiyatlari juda kattadir. Darhaqiqat, ular fonetikani juda yaxshi oʻrganganlar. Arablar tovush bilan harfni, ya’ni nutqiy tovushning grafik simvoli bilan nutq tovushini farqlaganlar. Tovushlarni xarakterlash fiziologik nuqtayi nazar asosiy boʻlsa ham akustik nuqtayi nazarga ham amal qilganlar. Ular undoshlarnigina emas, balki arab tilidagi unlilarni ham farqlay olganlar.
=== Taqdimot 26 ===
Hatto ular oʻsha vaqtda arab tilidagi ichki fleksiyani ham ishlab chiqqanlar. Sibaveyhi arab tilidagi tovushlarni tasniflashda, ularning paydo boʻlishidagi 16 oʻrinni belgilay olgan. Ular ba’zi tovushlarning toʻliq artikulyatsiyasini berishga harakat qilganlar.
Arab tilshunoslari til leksikasini ishlashda ham ancha ish qilganlar. Arablar juda koʻp leksik material toʻplaganlar va ularni turli lugʻatlarda tasnif qildilar. Shu bilan tilning lugʻat boyligini koʻrsatmoqchi boʻldilar. Masalan, qilich soʻzining 500, sher soʻzining 500, tuya soʻzining 1000 sinonimi borligini koʻrsatadilar.
=== Taqdimot 27 ===
Oʻz ona tillarida lugʻatlar yaratish uchun koʻp kuch sarfladilar. Masalan, al Feruzobodiy 60 tomlik lugʻat yaratgan va uni “Qomus” deb atagan. Lekin bu lugʻatlarning va tarixiy kelajagi yoʻq edi. Grammatika sohasida ham arab tilshunoslari ancha yaxshi ishlaganlar. Ammo bu oʻrinda Aristotel tasnifidan foydalanganlar. Aristotel kabi soʻzlarni ot, fe’l va bogʻlovchilarga boʻlganlar. Arablar semit tillarga xos boʻlgan uch undoshli oʻzak tushunchasini izohladilar. Bundan ular oʻzakdagi unlilar fleksiyasini va affikslar ahamiyatini hisobga oldilar. Ular til analogiyasi haqida ham original fikrlar aytdilar. Xuddi ana shu morfologik kategoriyalar XIX asrdagi Yevropa olimlarining grammatik nazariyalari taraqqiyotiga ta’sir qildi.
=== Taqdimot 28 ===
Arab tilshunosligida sintaksis sohasida sezilarli ish qilinmagan desa boʻladi. Arab tilshunoslarining klassik va hind tilshunoslaridan farqli tomoni shundaki, ular oʻz tillaridan boshqa tillarni, jumladan fors, turk, mo‘gʻul tillarini ham oʻrganganlar. Lekin bunda qiyosiy va tarixiy tamoyilga amal qilmaganlar.
=== Taqdimot 29 ===
Qadimgi Xitoy tilshunosligi
Qadimgi Xitoy tilshunosligida yozma manbalar alohida ahamiyatga ega boʻlgan. Bizning kunlarimizgacha yetib kelgan Xitoy yozuvining eng qadimiy yozma yodgorliklari eramizgacha boʻlgan XIII-XI asrlarga borib taqaladi. Ushbu yozma yodgorliklar hayvon (qoʻy) suyaklari va toshbaqa qalqonlari boʻlib, ularda fol ochish jarayoni haqida ma’lumot beriladi. Bu qadimgi “manbalar” Xitoy tilshunosligi tarixida va taraqqiyotida muhim oʻrin egallaydi.
Fikr yuritilgan davrlardayoq Xitoy iyeroglifi muayyan soʻz sifatida, soʻzni anglatuvchi, ifodalovchi sifatida xizmat qilgan. Ya’ni Xitoy iyeroglifi logogramma hisoblangan.
=== Taqdimot 30 ===
Xitoy madaniy taraqqiyotiga hind madaniyatining ta’siri natijasida (ya’ni Xitoyga Hindistondan buddizmning kirib kelishi sababli) hind tilshunosligining ta’siri bilan Xitoy tilshunoslari ona tillarining fonetik-prosodemik hodisasi – intonatsiyaning toʻrtta turini, koʻrinishini ishlab chiqdilar. Xitoy tilshunoslari tomonidan, ayniqsa, Xan davrida (bizning eramizgacha boʻlgan 206-yildan – bizning eramizning 220-yiligacha) leksikologiya, leksikografiya, iyeroglifika fonetika, grammatika va dialektologiya masalalariga katta e’tibor berilgan. Ushbu davrning eng buyuk tilshunosi Syuy Shen “Elementlar va murakkab belgilar haqida” asari bilan yozuv nazariyasining asoslarini yaratdi. Bu manba Xitoy tilshunosligida shu kunlarda ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan.
=== Taqdimot 31 ===
Xitoy tilshunosligi, ayniqsa, XVII-XIX asrlarda keng quloch yoydi. Bu davrlarda tarixiy fonetika, etimologiya va sintaksisga (sintagmaga) oid faktlar ustida ish olib borildi. Shuningdek, tanqidiy matnshunoslik taraqqiy qildi. Xitoy tilshunosligi taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan ota bola Van Nyan-Sun (1744-1832) va Van In-Chji (1766-1834) Xitoy grammatikasining asoschilari sifatida tan olinadi. Xitoy tilshunoslari soʻz masalasida mustaqil soʻzlarni va yordamchi soʻzlarni farqlaganlar. Mustaqil soʻzlarni ot, sifat va fe’l turkumiga ajratganlar.
=== Taqdimot 32 ===
Yangi davr tilshunosligining yirik vakili tadqiqotchi Chjan Bin-Lin (1869-1936) boʻlib, u Xitoy tilining me’yoriy va tarixiy fonetikasi, dialektologiyasi masalalarini ishlab chiqdi. Shuningdek, u fonetik yozuv loyihasini ham tuzdi. Umumiy olganda, Xitoy tilshunosligining asosiy yoʻnalishi, ayniqsa, oʻrta asrlarda fonetika (yoki fonologiya) hisoblangan. Xitoy yozuvi-ideografik yozuv boʻlib, har bir belgi soʻzga yoki oʻzakka muvofiq keladi.
=== Taqdimot 33 ===
Fonetik jihatdan esa har bir belgi boʻgʻinga toʻgʻri keladi. Aslida amaliy jihatdan barcha oʻzaklar bir boʻgʻinlidir. XVII-XVIII asrlarda Xitoyda fan-tarixiy fonetika katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Agar Xitoyda tasviriy fonetika poetika bilan bogʻlangan boʻlsa, tarixiy fonetika qadimgi matnlarni sharhlashda yuzaga kelgan ayrim masalalarga javob berish bilan shugʻullandi. Xitoy tili tarixiy fonetikasining yaratilishi Xitoy klassik tilshunosligining qoʻlga kiritgan muhim yutugʻi hisoblanadi. Bu jahon tilshunosligi fanida dastlabki yoʻnalish sifatida butunlay tarixiylik prinsipiga asoslangan boʻlib, oʻz oldiga bevosita kuzatishda berilmagan tilning oʻtmish “shakli” holati bilan bogʻliq hodisalarni, faktlarni tiklash maqsadini qoʻyadi. Ayni jarayonning metodlaridan va qulga kiritgan natijalari, yutuqlaridan hozirgi kunlarda ham foydalanilmoqda.
=== Taqdimot 34 ===
Sharq mutafakkirlarining tilshunoslik qarashlari
Arablar, shuningdek Markaziy Osiyo mamlakatlarining xalqlari qadimgi davrda ham yuqori madaniyatga ega boʻlib, astronomiya, geografiya, tarix va tilshunoslik sohasida ajoyib kashfiyotlar qilib, jahon madaniyatining rivojiga munosib hissa qoʻshganlar.
=== Taqdimot 35 ===
Qadimgi arab tilshunosligi va fani rivojiga arablar bilan bir qatorda, arablar atrofidagi eroniylar, greklar, evreylar hamda arab xalifaligiga qarashli boʻlgan Markaziy Osiyo xalqlarining farzandlari ham katta hissa qoʻshganlar. Bu haqda oʻzbek qomusida shunday fikr bildirilgan: “Oʻrta asrlarda tilshunoslikning rivoji arab va arab tilida ijod etgan filologlar tomonidan davom ettirildi. Arab tilshunosligi rivojida Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Zamaxshariy, Javhariy, Mahmud Qoshgʻariy singari Oʻrta Osiyolik olimlarning ham hissasi katta boʻldi”.
=== Taqdimot 36 ===
Abu Nasr Farobiyning lingvistik qarashlari
Markaziy Osiyoning yirik mutafakkiri Abu Nasr Farobiydir. Uning toʻla ismi-Abu Nasr Muhammad ibn Tarxon ibn Oʻzaliq al Farobiydir (873-950).
=== Taqdimot 37 ===
Farobiy u davrda mavjud boʻlgan barcha ilmlardan bahramand boʻlishga intildi va hatto bu yoʻlda ancha yutuqlarga erishish maqsadida u Bogʻdod, Damashq, Halab, Harron kabi arab sharqining juda koʻp shaharlariga sayohat qildi, borgan shaharlarida olimlar bilan tanishar va ular bilan suhbatlashib, ulardan bahramand boʻlishga intilardi. Abu Nasr Farobiyni Sharqda Aristoteldan soʻng ikkinchi Muallim (Muallimi Soniy) deb yuritganlar.
Zamonasining ana shunday yirik mutafakkiri boʻlishiga qaramay, Abu Nasr Farobiy juda faqir yashagan. Hatto u yozishga qogʻoz, mutolaaga chiroq yogʻi ham topa olmagan. Mana shunday yashashiga qaramay, u ilm yoʻlidan choʻchimadi, dadilroq, chuqurroq kirishib bordi.
=== Taqdimot 38 ===
Abu Nasr Farobiy juda koʻp fanlar, juda koʻp tillar va juda koʻp hunardan xabardor edi. Farobiy shaharma-shahar kezib yurib, nihoyat Damashq shahriga keladi va toʻgʻri shoh saroyiga kirib boradi. U eshikni ochib, kirishga ruxsat soʻraydi. Hamma juldur kiygan bu kishiga tikilib qoladi. Farobiy toʻppa-toʻgʻri borib, shoh oldidagi boʻsh joyga oʻtiradi. Shoh saroyda maxsus bir tilda gaplashar edi. Podshoh shu tilda uni chiqarib kaltaklashni buyuradi. shunda Farobiy shohga qarab: – Taqsirim, shoshilinch ish qilish podshohga yarashmaydi, deydi.
Podshoh Farobiyga qarab: – sen bu tilni bilasanmi? – deydi
Farobiy: -yetmish tilni bilaman, -deydi.
Podshoh shunday juldur kiyingan, devonavash bir kishi qobiliyatini koʻrib hayratlanadi.
=== Taqdimot 39 ===
Podshoh va ommani hayratlantirish qobiliyatiga ega boʻlgan Abu Nasr Farobiy falsafa, mantiq, filologiya, ritorika, tibbiyot, musiqa, matematika, zoologiya, botanika kabi fanlarga tegishli 180 dan ziyod asarlar yozgan. Shundan koʻrinadiki, Farobiyning ilmiy-falsafiy merosi nihoyatda boy va rang-barangdir.
Abu Nasr Farobiy til, tilshunoslik, adabiyot va adabiyotshunoslik, poetika va ritorikaga tegishli ham bir qancha asarlar ijod etgan.
=== Taqdimot 40 ===
U bu mavzuda “Sharh kitob-al-Xitobali Aristutilos (Aristotelning “Ritorika” asariga yozilgan sharh kitobi)”, “Kitob al-alfoz va al-xuruf” (“Lafz-soʻzlar va harflar haqida kitob”), “Kalom lahu fi ma’no ism al-falsafa” (“Falsafa nomining ma’nosi haqida”), “Kitob fi al-xitoba kabir, ishrun majalladan” (“Ritorika haqida yigirma jildlik katta kitob”), “Kitob fi sanoat al-kitoba” (“Yozuv san’ati haqida kitob”), “Kalom lahu fi ash-Sne’r va al-qavofiy” (“Sne’r va qofiyalar haqida soʻz”), “Kitob fi al-lugʻat” (“Lugʻatlar haqida kitob”), “Kitob fi ixso iqao” (“Ritmlar tasnifi haqida kitob”) kabi asarlar yozgan. Bu asarlarda shoir, tilshunos, adabiyotshunos Farobiy namoyon boʻladi.
=== Taqdimot 41 ===
Abu Nasr Farobiy Aristotelning “Ritorika” asariga yozgan sharhida soʻz turkumlarini ot, fe’l, bogʻlovchi deb uch guruhga ajratadi. Bu narsa uning soʻz ma’nolari, tovushlar tahlili, yozuv tizimi, uslubiyat haqidagi fikrlarida oʻz ifodasini topgan.
Abu Nasr Farobiy har bir soʻz ifodalovchi tushuncha, tasavvur haqida fikr bildirib shunday yozadi:
=== Taqdimot 42 ===
“Bordi-yu agar oʻshanda u kishiga biror narsaning oʻzini soʻz bilan tavsiflab Berilsa bormi, unda oʻsha soʻz mulohazalarda ishlatiladigan har bir narsa ichida yaxshilik va yomonlik, adolatsizlik yo tubanlik va yo boʻlmasa halollikni tasavvur qilganiga oʻxshab keladi. Bas shunday ekan, xayolga kelgan soʻzlardan kuzatilgan maqsad ham eshituvchini uning xayoliga kelgan narsani qilishga undashdan iborat boʻladi”.
Abu Nasr Farobiy oʻz davrining yetuk adabiyotshunosi sifatida adabiyotshunoslik atamalardan tragediya, komediya, drama, satira, poema, epos, ritorika, yombi efijonosous, akustika haqida ma’lumot berib, ularning hozirgi ma’nosidan boshqa ma’noda ishlatilishini qayd etadi.
=== Taqdimot 43 ===
Abu Nasr Farobiy oʻzining “She’r va qofiyalar toʻgʻrisida soʻz” nomli asaridan bir xil tovushlar bilan tugallanadigan soʻzlar, talaffuzdosh soʻzlar, oʻzak va qoʻshimchalar qofiyasi nomi bilan ataladigan qofiya haqida ma’lumot beradi. Qofiya misra oxirini eslatish bilan ritmning shakllanishiga muhim hissa qoʻshadi, deb koʻrsatadi Farobiy.
Abu Nasr Farobiy turli tillarni oʻrganish bilan ham shugʻullandi. Masalan, u tibbiyot va mantiq ilmini xristian vrachi Yuxanno ibn Xaylon Qunnoiydan, hikmat va yunon tilini xristian Abu Bashar Mattodan oʻrganadi. Farobiy 70 tilni oʻrgangan va u tillarda bemalol soʻzlasha olgan.
=== Taqdimot 44 ===
Abu Nasr Farobiy oʻz asarlarida tillar va ularning lugʻatlari haqida ma’lumot beradi. U falsafa soʻzi ma’nosi haqida shunday yozadi: “Falsafa” yunoncha boʻlib, arab tiliga chetdan kirgan soʻzlardandir. Bu soʻz ularning tillarida filosufo deb aytiladi. Uning lugʻaviy ma’nosi-hikmatni yoqtirish demakdir. Bu soʻz yunon tilida “filo” bilan “soʻfiyo” soʻzlaridan tarkib topgan. “Filo” deganda yoqtirish, sevish tushuniladi; “soʻfiyo” deganda esa hikmat, donolik tushuniladi.
=== Taqdimot 45 ===
Faylasuf soʻzi falsafadan olingan, bu yunonlarning tilida “filasufus” deyiladi. Bu oʻzgarish yunonlarda ildizdan boʻladigan oʻzgarish sanaladi. Ularning tilida buning ma’nosi hikmatni sevish demakdir. Ular bu ibora bilan hayotdan va umr koʻrishdan maqsad hikmatni ta’kidlashdan iboratdir, deyishadi.
Abu Nasr Farobiyning tilshunoslik, umuman filologiya sohasida ijod qilgan asarlari koʻp zamonlar oʻtishiga qaramay, insonlarni soʻzni sevish kabi oliyjanob fikrlardan qaytarmadi, balki kelajakda katta-katta ishlar qilish va bunday ishlarni amalga oshirish uchun kuch-gʻayrat koʻrsatishga umidvorlik baxsh etadi.
=== Taqdimot 46 ===
Abu Rayhon Beruniy va til muammolari
Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy (973-1048) ning asarlari 152 ga boradi. Afsuski, bizgacha faqat 30 tachasigina yetib kelgan boʻlib, ularni oʻrganish bu buyuk olimning astro-nomiya, matematika, fizika, mineralogiya, geodeziya, jugʻrofiya, falsafa, filologiya kabi fanlar taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi nihoyatda ulkan ekanini koʻrsatadi. Biroq Beruniyning shu kungacha fanga ma’lum boʻlgan asarlarining hammasi ham nashr etilgan va toʻla oʻrganilgan deb aytolmaymiz, ularning ayrimlari hamon qoʻlyozmaligicha qolib kelmoqda. Shu sababli, ensiklopedist olim ijodining ayrim tomonlari, jumladan tilshunoslik qarashlari, yetarli darajada yoritilmagan va munosib baholanmagan.
=== Taqdimot 47 ===
Beruniyning “Tahqiq mo li-l-hind min maqula maqbula fi-l-aql av marzula” (“Hindlarning aqlga sigʻadigan Yoki sigʻmaydigan ta’limotlarining haqiqatini aniqlash” – “Hindiston”), “Al-Qonun al-Mas’udiy” (“Qonuni Mas’udiy”) “Giodeziya”, “Mineralogiya”, “Kitob-ul-Saydana fi-t-tibb” adabiyot, tilshunoslik kabi sohalarga oid qimmatli ma’lumotlar bor.
Abu Rayhon Beruniy oʻzining “Hindiston” asarida hind tili haqida ham qimmatli fikrlar beradi. Uningcha, “hindlar bilan oramizning uzilib turishiga birmuncha sabablar bor. Ulardan biri lugʻat tilida oʻzgalik bor. Undan keyin hindlarning tillari oddiy xalq oʻrtasida ishlatiladigan va fozillar sarf (morfologiya), ishtiqoq (etimologiya), nahv (sintaksis) va balogʻatning nozik qoidalariga asoslangan tilga boʻlingan”.
=== Taqdimot 48 ===
Beruniy sanskrit tilining ancha qiyinligi, undan foydalanib yozilgan asarning koʻchiruvchisi juda ehtiyotkor boʻlishi zarurligi, u tildagi xususiyatlarga e’tibor berishi kerakligini uqtiradi. Hindlarning tillari, deydi Beruniy, arab va fors harflariga tegishli tovushlarga toʻgʻri kelmaydi va oʻxshamaydi, hatto, tilimiz u tovushlarni oʻz joyidan chiqarib aytolmaydi; quloqlarimiz ularning nutq tovushlarini ajratib eshita olmaydi. Nutq tovushlarini ifodalovchi harflarni hind kabi yoza olmaymiz. Natijada ularning lugʻaviy birliklarini xatimiz bilan ifodalash qiyinlashadi. Koʻpincha hindlarning ogʻzidan bir ismni yaxshilab talaffuz qilishni oʻrganib olamiz, keyin shu ismni ularga qaytarib aytsak, anglamaydilar yoki zoʻrga anglaydilar. Chunki hindlarning tillarida 2 va 3 undosh harf ketma-ket keladi va ularni talaffuz qilish biz uchun qiyin.
=== Taqdimot 49 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.