TILNING IJTIMOIY TABIATI

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
TILNING IJTIMOIY TABIATI
=== Taqdimot 2 ===
Tayanch so‘z va iboralar:
Til va jamiyat, sotsiolingvistika, bilingvizm, integratsiya, differensiatsiya, tilning tarixiyligi, tilning hayotiyligi, tilning me’yoriyligi, hududiylik, me’yorlashtirilgan tillar, qadimiy tillar, kreol tillari, pijin tillari, koyne, xalqaro tillar, milliy til, umumxalq tili, sun’iy til, adabiy til, sheva, sotsiolekt, dialekt, argo, jargon, sleng.
=== Taqdimot 3 ===
Reja:
01
03
02
04
Til va jamiyat
Til integratsiyasi
Tilning ijtimoiy ko‘rinishlari
Tilning ijtmoiy vazifalari
=== Taqdimot 4 ===
Til va jamiyat
01
=== Taqdimot 5 ===
Til va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni, tilning falsafa, ijtimoiy psixologiya, etnografiya bilan bog‘liq jihatlarni sotsiolingvistika (ijtimoiy tilshunoslik) fani o‘rganadi. Tilning jamiyat bilan bog‘liq tomonlarini, tilning o‘ziga xos ichki qurilishi, imkoniyatlarini yoritishda ahamiyatlidir. Til lingvistikaning turli aspektlarida o‘rganiladi va ularning barchasida asosiy vosita vazifasini bajaradi.
=== Taqdimot 6 ===
Sotsiolingvistika quyidagi masalalarni:
4. Yashash muhiti yaqin, turmush tarzi o‘xshash hamda iqtisodiy munosabatlari shakllangan xalqlar tillarining bir-biriga ta’sirini;
5. Sotsial chegaralangan nutq xususiyatlarini;
6. Yosh, gender jihatdan farqlanuvchi nutq ko‘rinishlarini
tahlil qiladi.
1. Jamiyat va til aloqadorligi, bu munosabatning tarixiy jarayon, hodisa ekanligi;
2. Tilning ijtimoiy vazifalarini, ularning taraqqiyot xususiyatlarini;
3. Adabiy til, shevalar lug‘at boyligining kengayishi, ortib borishini;
=== Taqdimot 7 ===
Dunyo tillarining, ma’lum ma’noda, o‘ziga xosligini yorituvchi, muayyan tilning boshqa tillardan farqli jihatlarini ko‘rsatuvchi tadqiqotlar yaratilgan. Mazkur tadqiqotlarning bosh masalasi til va jamiyat munosabati talqinidir. Tilning jamiyat bilan bog‘liq tomonlarini o‘rganish tilning o‘ziga xos ichki qurilishi, imkoniyatlarini yoritishda ahamiyatlidir.
=== Taqdimot 8 ===
Til hayotimizning markaziy hamda tabiiy qismi hisoblanadi
Til insonlar o‘rtasida axborot almashish, his-tuyg‘ularni ifodalash va shaxsning o‘z tabiatini namoyon qilish vositasidir. Tilshunoslik insoniyatgagina xos bo‘lgan tilni ilmiy jihatdan o‘rganadigan, uning barcha shakllarini, xossalarini tadqiq etadigan sohadir.
Inson yoshligidan muloqot qilish, so‘zlashish qobiliyatiga ega bo‘ladi va atrof-muhitga moslashadi. Til insonning fikrlash qobiliyatini shakllantiradigan, uning e’tiborini jalb qiladigan hodisadir. Til lingvistikaning turli aspektlarida o‘rganiladi va ularning barchasida asosiy vosita vazifasini bajaradi. Bu vazifalar ham turlichadir.
=== Taqdimot 9 ===
Ma’lumki, har bir inson o‘zi yashab turgаn muhitda, jamiyatda ulg‘ayadi, tarbiya topadi. Albatta, har qanday tarbiyaning, ayniqsa, til, ma’naviy komillik, milliy o‘zlik tarbiyasining asosiy o‘chog‘i bolani o‘rab turgan ijtimoiy muhit, birinchi navbatda, oiladir. “Rahbari najot” asari muallifi Abdurauf Fitrat shunday deydi:
=== Taqdimot 10 ===
“Bolalar qaysi muhitda bo‘lsalar, o‘sha muhitning axloq va odobini qabul qiladilar. Axloqiy tarbiyaning eng buyuk sharti shundan iboratki, bolalar ko‘proq yaxshi va yomon o‘z uylaridan ko‘chadagi o‘rtoqlaridan, maktabdagi o‘quvchilardan qabul qiladilar”
—Abdurauf Fitrat
=== Taqdimot 11 ===
Sotsiolingvistika mezonlari
Tilning paydo bo‘lishi, yaxlit tizim tarzida shakllanishi
Tilning muayyan mezonlar asosida muvofiqlashi
Tilning aloqa munosabat vositasi ekanligi
Tilning ma’lum hudud bilan bog‘liqligi
Tarixiylik
Hayotiylik
Me’yoriylik
Hududiylik
=== Taqdimot 12 ===
Tabiat va jamiyatda inson tiliday serqirra, shakl va mazmun munosabati murakkab hodisa kam topiladi. Til dunyoni bilish, bilimlarni to‘plash, saqlash, keyingi avlodlarga yetkazish, ruhiy munosabatlarni aks ettirish, go‘zallik kategoriyalarini voqelantirish kabi bir qancha vazifalarni bajarishiga qaramasdan, asosiy e’tibor uning kishilar o‘rtasidagi aloqani ta’minlash vazifasiga qaratib kelindi.
=== Taqdimot 13 ===
Tilni faqat kishilar o‘rtasidagi aloqa vositasi sifatidagina talqin etish insonning tabiiy tilini, bu murakkab hodisani jo‘nlashtirishdan, aniq bir milliy qiyofa yoki milliy-ruhiy zamindan mutlaqo ayrilgan sun’iy tilga tenglashtirishdan, yo‘l harakatini tartibga solish maqsadida yaratilgan shartli “til”ga o‘xshatishdan boshqa narsa emas. Holbuki, til bemisl boylik, sehr-u sinoatga, ruh-u ruhoniyatga, ko‘rk-u komillikka limmo-lim bir ne’matdir.
=== Taqdimot 14 ===
Tilning aloqa vositasi ekanligi uning ijtimoiy vazifalaridan biridir. Aslida til, eng avvаlo, dunyoni ko‘rish, eshitish, bilish, idrok etish vositasidir. Qolaversa, til har bir insonning, millatning ichki dunyosini, ma’naviyatini butun borligicha ifodalovchi omil hamdir. Ayni paytda tilning ruhiy, estetik hodisa ekanligini ham unutmaslik lozim. Tilshunos olim, professor Nizomiddin Mahmudov milliy sezgi va milliy ruhiyatning shakllanishida ona tilining hal qiluvchi ahamiyati xususida qiziqarli ma’lumot keltiradi:
=== Taqdimot 15 ===
“Ingliz jurnalisti Govard Brabinning Ona tili va miya, Yapon olimining g‘aroyib kashfiyoti” nomli maqolasida (“Курьер ЮНЕСКО” jurnali, 1982, № 3, 10-13-betlar) bayon qilinishicha, Tokio universitetining tibbiyot professori Tadanabu Tsunoda 1981-yilda YUNESKOning Afinada o‘tgan simpoziumida o‘zining 15 yillik tajriba tadqiqotlari natijalari haqida axborot bergan. Professor Tsunoda o‘z ekspеrimentiga yaponiyalik va g‘arblik (fransuz, ingliz, ispan, nemis va hokazo) kishilarni jalb qiladi. Olim ularga inson ovozi, hayvonlar, hasharotlar tovushi, turli fizik tovushlar, yapon va g‘arb musiqa asboblari tovushlarini eshittiradi va tegishli zamonaviy apparatlardan foydalangan holda ularning miyalaridagi markazlarning reaksiyasini qayd etib boradi.
=== Taqdimot 16 ===
Tadqiqotlardan ma’lum bo‘ladiki, yapon va g‘arb tiplarining, ya’ni yapon va g‘arblik kishilarning bosh miya yarim sharlaridagi markazlar vazifalarining taqsimlanishida farq mavjud ekan. Boshqacha qilib aytganda, yapon miyasidagi muayyan bir markaz bilan qabul qiladigan tovushni g‘arblik boshqa markaz orqali qabul qilar ekan. Tadqiqotchi bu farq etnogenetika bilan bog‘liq yoki bog‘liq emasligini aniqlash maqsadida 20 ta yapon emigrantining bolalari ishtirokida yana eksperiment o‘tkazadi. Natija shuni ko‘rsatadiki, bu farq genetik emas, balki ona tili muhiti bilan bog‘liq ekan.
=== Taqdimot 17 ===
“Men insonning o‘z atrofidagi tovushlarni qabul qilishi, sezishi, o‘zlashtirishi va tushunishini ona tili differensiatsiya qiladi, deb hisoblayman. Ona tili miyadagi emotsional mexanizmning rivojlanishi bilan uzviy bog‘liq. Bolalikdan egallangan ona tili har bir etnik guruhning o‘ziga xos, betakror madaniyati va ruhiy olamining shakllanishi bilan bog‘liqdir”.
=== Taqdimot 18 ===
Til integratsiyasi
02
=== Taqdimot 19 ===
Tilning paydo bo‘lishi va rivojlanishi kishilik jamiyati bilan mustahkam bog‘liq. Til insoniyat tarixi qadar qadimiydir. Til jamiyat taraqqiyoti bilan birga rivojlanadi, ijtimoiy o‘zgarishlar natijasida tilning grammatik qurilishi takomillasha boradi. Til taraqqiyoti jamiyat taraqqiyoti bilan uzviy bog‘langan. Kishilik tarixidan shu narsa ma’lumki, avval urug‘ tili, keyin qabila tili, elat, xalq va millat tili shakllangan.
=== Taqdimot 20 ===
Umumiy til tushunchasining shevadan farqi bor: til butun bir xalqqa xizmat qiladi, sheva esa xalqning bir guruhigagina taalluqlidir. Til ko‘p vazifali, hamma uchun umumiy bo‘lgan aloqa-munosabat vositasidir; sheva esa vazifa nuqtayi nazaridan chegaralangan bo‘lib, tilning og‘zaki nutqiy ko‘rinishini tashkil etadi. Masalan, o‘zbek tili – ko‘p dialektli til, bu tilga qarluq – chigil – uyg‘ur lahjasi asos bo‘lgan.
=== Taqdimot 21 ===
Dialektlar urug‘chilik davridan boshlab, jamiyat taraqqiyotining keyingi bosqichiga qadar son jihatdan ko‘payib boradi. Bu qabilalarning yashash tarzi bilan bog‘liq. Avval bir qabilaga kirgan tillar markazdan uzoqlashgan sari ulardagi dialektal farq orta boradi va bu dialektal farqlar oxir-oqibatda yangi til paydo bo‘lishi uchun asos bo‘ladi. Dialektlar sonining ko‘payishi va ular asosida yangi-yangi tillarning vujudga kelishi til taraqqiyotining differensiatsiya jarayonini tashkil qiladi. Differensiatsiya tillarning dialektlarga parchalanishidir.
=== Taqdimot 22 ===
Har bir millat o‘z adabiy tilining mustahkamlanishi uchun harakat qiladi. Jamiyat taraqqiyotining keyingi bosqichlarida dialektlar kamayib, adabiy tilga yaqinlashish kuzatiladi. Buni adabiy til ta’sirining kengayishi bilan izohlash mumkin. Til taraqqiyotidagi bu jarayon integratsiya deb yuritiladi. Integratsiya bir tilga mansub shevalarning adabiy til me’yorlariga yaqinlashuvidir.
=== Taqdimot 23 ===
Tillarga lotin tilidan so‘z o‘zlashishi
=== Taqdimot 24 ===
German tillaridan ham lotin tiliga so‘zlar o‘zlashgan, ayrimlari ispan tilida saqlanib qolgan.
=== Taqdimot 25 ===
Tilning ijtimoiy ko‘rinishlari
03
=== Taqdimot 26 ===
Tilning ijtimoiy ko‘rinishlari quyidagilar:
=== Taqdimot 27 ===
=== Taqdimot 28 ===
Bir tildan ikkinchi tilga so‘z o‘zlashishi natijasida ulardan birining tarkibida katta o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Bunday ta’sir tillardan birining yo‘qolib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Saqlanib qolgan tilda yo‘qolgan til unsurlarining bo‘lishi substrat (lotincha sub -“ yuqori “, stratum -“qatlam”) deb ataladi. Substrat ko‘proq fonetika sohasida kuzatiladi. Masalan, german tillaridagi “yuz” va “ming” sonlari qadimiy ingliz, qadimiy sakson tillarida hund, qadimiy yuqori nemis tilida hunt, boshqa german tillarida hunda shaklida o‘zlashgan. “Ming” so‘zi thusundi shaklida (qadimiy ingliz tilida thusend, qadimiy friz tilida thusend, qadimiy sakson tilida thusundig, thusint kabi) o‘zlashgan. Bu so‘zlarda fonemalar almashuvi kuzatiladi.
=== Taqdimot 29 ===
Og‘zaki va yozma nutq xususiyatlari
Formal
Informal
Neytral
=== Taqdimot 30 ===
Ayrim guruhlarning muloqot shakli
Argo
kolxoz — chiptasiz yo‘lovchilar
Klishe
Time is money (Vaqt bu pul)
Jargon
tog‘amning o‘g‘li- militsiya xodimi
Sleng
awesome/cool (zo‘r)
Sotsiolekt
01
02
03
04
=== Taqdimot 31 ===
Tilning ijtimoiy vazifalari
04
=== Taqdimot 32 ===
Til alohida tizim sifatida quyidagi vazifalarni bajaradi:
Aloqa – munosabat vazifasi
Tilning hissiy- ta’sir vazifasi
Tilning to‘plash vazifasi
=== Taqdimot 33 ===
Xorijiy adabiyotlarda tilning quyidagi vazifalari ta’kidlangan:
Til-aloqa vositasi
Til-bilish vositasi
Ta’sir qilish vositasi
Xalqning muhim belgisi
=== Taqdimot 34 ===
Aytilgan fikrlar tilning jamiyat bilan bog‘liqligini, uni jamiyatdan ajratish mumkin emasligini, tilning ijtimoiy hodisa ekanligini ko‘rsatib turibdi. Ma’lumki, jamiyatga xizmat qiladigan ijtimoiy hodisalarning turlari nihoyatda ko‘p. Ammo bu hodisalarning jamiyatda bajaradigan funksiyalari, o‘ziga xos xususiyatlari va qo‘llanish doirasi bor. Masalan, bazis jamiyatning iqtisodiy tuzilishini, ustqurma esa jamiyatning siyosiy, yuridik, ideologik me’yorlarini belgilab beradi. Har bir tuzumning o‘z bazisi va ustqurmasi bo‘lib, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarining o‘zgarishi bilan bazis va ustqurma ham o‘zgarib turadi. Til esa na bazis va na ustqurma tarkibiga kirmaydigan o‘ziga xos ijtimoiy hodisadir.
=== Taqdimot 35 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“TILNING IJTIMOIY TABIATI” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar