TIL VA TAFAKKUR

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
TIL VA TAFAKKUR
=== Taqdimot 2 ===
Tayanch so‘z va iboralar
Kommunikatsiya, dunyoni bilish, hissiy bilish, idrok etish, til birliklari, fonema, morfema, leksema, konstruksiya, mantiq birliklari, his-tuyg‘u, sezgi, idrok, tushuncha, hukm, tafakkur, nutq situatsiyasi, mantiq, idrok, muloqot jarayoni, referent, signifikat, signifikativ munosabat, denotat, referent, konnotativ ma’no, denotativ ma’no, til qonunlari, tafakkur qonunlari
=== Taqdimot 3 ===
01
02
03
04
Reja:
Til va tafakkurning bog‘liqligi
So‘z va tushuncha munosabati
Til va tafakkur birliklari
Xulosa
=== Taqdimot 4 ===
Til va tafakkurning bog‘liqligi
01
=== Taqdimot 5 ===
Ingliz faylasufi Bekon ta’limotiga ko‘ra, bilish jarayoni fan va amaliyot bilan bog‘liq bo‘lishi va shularga bevosita xizmat qilishi kerak. Uning fikricha, obyektiv mavjudlik to‘g‘risidagi bilimlar sezgilarimiz orqali olingan dalillar tufayligina tafakkur yordamida to‘ldiriladi. Fransuz faylasufi Dekart esa tafakkurni bilishning birdan bir manbayi deb biladi. Tafakkur xususida bunday falsafiy fikrlarni ko‘p keltirish mumkin. Falsafada shunday fikr bor: bilish – inson tafakkuridagi voqelikning in’ikos jarayonidir.
=== Taqdimot 6 ===
Insoniyat bilan birga paydo bo‘lgan til uning hayotida eng muhim rol o‘ynab kelgan va bundan keyin ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. Til inson va uning tafakkuri shakllanishidagi zaruriy shartlardan biridir. Aniq nutqning paydo bo‘lishi insonning bilish, idrok qilish jarayonlarini tamoman o‘zgartirib yubordi. Til tufayli inson tafakkuri boyidi, moddiy dunyodagi narsa va predmetlarni ong orqali idrok qilish, ular ustidan mulohaza yuritish fikrlarini so‘z bilan ifodalash imkoniga ega bo‘ldi.
=== Taqdimot 7 ===
Psixologiyada ham insonning tafakkur faoliyati haqida so‘z yuritilganda, hissiy bilish bilan bir qatorda, til va nutqning o‘zaro bog‘liqligi alohida qayd etiladi. Bunda inson psixikasining o‘ziga xosligi namoyon bo‘ladi. Jonzotlarning o‘ta oddiy, juda sodda instinktlari hamma vaqt faqat hayvoniy harakatligicha qoladi; ular mavhum, bavosita bilish darajasiga yetmaydi. Hayvonlar ko‘z o‘ngida turgan narsalarni bevosita idrok qiladi va bu harakat doirasidan chetga chiqmaydi. Inson nutqi shakllangandan so‘nggina obyektdan ma’lum bir xususiyatni ajratib olib, uni maxsus so‘z yordamida tasavvurda yoki tushunchada jonlantirish, mustahkamlash, qayd etish imkoniyati tug‘ildi.
=== Taqdimot 8 ===
Tafakkur so‘zda o‘zining moddiy qobig‘iga ega bo‘ladi, tafakkur faqat so‘z orqali boshqalar uchun reallikka aylanadi. Inson tafakkurini, u qanday shaklda bo‘lmasin, tilsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Har qanday fikr nutq bilan chambarchas bog‘liq ravishda paydo bo‘ladi va rivojlanadi. U yoki bu fikr qanchalik chuqur va asosli suratda o‘ylangan bo‘lsa, u so‘zlarda, og‘zaki va yozma nutqda shu darajada aniq, yaqqol ifodalangan bo‘ladi.
=== Taqdimot 9 ===
Mantiq ilmida ham til va tafakkur munosabatlariga alohida e’tibor berilgan. Mantiq ilmida tafakkurning muhim xususiyati sifatida uning til bilan bog‘langanligi e’tirof etiladi. Inson tafakkuri uning tili bilan birga takomillashib boradi. Til orqali tafakkur mustahkamlanadi. Til o‘zining shu xususiyati bilan insonga bilim to‘plashga, uni saqlashga, avloddan avlodga uzatishga, to‘plagan bilimlaridan hayotiy faoliyatida unumli foydalanishga yordam beradi.
=== Taqdimot 10 ===
Til va tafakkur birliklari
02
=== Taqdimot 11 ===
Tilshunoslik mantiq fani bilan uzviy aloqadordir. Tilning mantiq bilan aloqadorligi shundaki, har ikkisi ham tafakkur bilan bog‘lanadi. Tilshunoslikning o‘rganish obyekti bo‘lgan til tafakkur bilan aloqador. Til kishilarning olam haqidagi bilimlarini, fikrlarini boshqalarga yetkazuvchi va shakllantiruvchi vositadir. Til va tafakkur o‘zaro dialektik munosabatda ekan, ularni o‘rganuvchi tilshunoslik bilan mantiq o‘rtasida ham ana shunday bog‘liqlik ta’minlanadi.
=== Taqdimot 12 ===
—Vilgelm fon Gumbodt
“Tillarning xilma-xilligi faqat tovushlarning turlichaligi emas, balki har bir millatdagi dunyoni ko‘rishning farqliligi natijasidir”.
=== Taqdimot 13 ===
Til birliklari va mantiqiy tushuncha
01
Fonema
02
Morfema
03
Leksema
Til birliklari
Til birliklari bir butun holda, mantiqiy tushunchalar (his-tuyg‘u, idrok, tafakkur) bilan uzviy bog‘liqdir. Nutq jarayoni til birliklarining mantiqiy izchilligi va maqsadga mosligi natijasidir.
=== Taqdimot 14 ===
(Arabcha “nutq”, “so‘z”, “so‘zlashish”) – yunon tilidagi “fikr”, “so‘z”, “qonun” ma’nosini anglatadigan logika terminining arab tilidagi ifodasi. Mantiq tafakkur shakllari qonunlari va usullarini o‘rganadi. U inson fikrining aniq, ravshan, ketma-ket va asosli bo‘lishini ta’minlaydi. Til uzluksiz rivojlanib, takomillashib boruvchi hodisadir. Shu jihatdan u jonli organizmga o‘xshaydi (lekin bundan til faqat biologik hodisa, degan fikr kelib chiqmaydi) va shu xususiyatlarni o‘rganish jihatdan tilshunoslik biologiya fani bilan umumiy belgilarni namoyon etadi.
Mantiq
=== Taqdimot 15 ===
Til fikrni shakllantiruvchi va ifodalovchi moddiy vosita bo‘lib, bu jihatdan til va tafakkur muayyan shaklni o‘zida namoyon etadi, tilshunoslikni ana shu jihatdan mantiq, psixologiya fanlari tizimiga kiritish mumkin bo‘ladi.
Tafakkur – tashqi moddiy olamning ongda aks etish shaklidir. Fikrni to‘liq ifodalash qiyin. Demakki, tafakkur tilda ifodasini to‘liq topmaydi. Til qonunlari bilan tafakkur qonunlari bir-biriga teng kelmasligi mumkin.
=== Taqdimot 16 ===
Sher yozildi gapida grammatik ega mavjud: she’r. Ammo mantiqiy ega, subyekt mavjud emas. Shuning uchun ham til grammatikaning o‘rganish obyekti hisoblansa, tafakkur mantiq ilmining o‘rganish obyektidir. Til fikr ifodasining muhim vositasidir. Tafakkur bilan tilning munosabati murakkab jarayondir. Til fikr ifodasi sifatida mavjud, o‘z navbatida fikr til asosida yuzaga keladigan murakkab jarayon hisoblanadi. Til ham, tafakkur ham mehnat jarayonida jamiyatda shakllangan. Til birliklari – fonema, morfema, so‘z, gap mantiqiy tushunchalar (his, sezgi, idrok, tafakkur) bilan uzviy bog‘liqdir.
=== Taqdimot 17 ===
Hukm
Sezgi
Tushuncha
Idrok qilish
Mantiqiy tushunchalar
Dunyoni in’ikos etishning boshlang‘ich shakli, bilishning qadimiy, faol usulidir. Sezgi-obyektiv dunyoning subyektiv in’ikosidir.
Hodisalarning ongda aks etgan eng muhim umumiy qonuniy aloqalari, muhim tomonlari va belgilarini aks ettiruvchi tafakkur shakli sanaladi.
Hissiy bilishning murakkabroq shakli bo‘lib, u sezgi a’zolariga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi buyumni yaxlit holda aks ettiradi.
Borliqdagi narsa, jarayonlarni, ularning xususiyati, aloqa va munosabatlarini aks ettiruvchi tafakkur shaklidir.
=== Taqdimot 18 ===
Tilshunoslikni u yoki bu fanlar sinfiga kiritishda bu fan o‘rganadigan obyektining tabiati asos qilib olinadi. Til kishilarning eng muhim aloqa vositasi, bilimlarni saqlovchi va kelajak avlodga yetkazuvchi vositadir. Ana shu vazifalarini e’tiborga olganda, til – ijtimoiy hodisadir. Chunki u jamiyat uchun xizmat qiladi.
Ikkinchidan, ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan til muayyan fizik va fiziologik jarayonlar asosida moddiylashadi.
Uchinchidan, til va tafakkur o‘zaro ajralmasdir. To‘rtinchidan, til uzluksiz rivojlanib, takomillashib boruvchi hodisadir. Bu jihatdan u jonli organizmga o‘xshaydi.
=== Taqdimot 19 ===
Tildagi ayrim qonuniyatlar biologik jarayonlar bilan bog‘liq. Jumladan, nutq a’zolari, nutq jarayoni biologik-fiziologik hodisalar asosida izohlanadi. Shunga ko‘ra tilshunoslik biologiya bilan aloqador. Kishilar, odatda, bir-birlari bilan til orqali munosabatda bo‘ladi. Fikr til orqali voqelanadi, tilda mavjud bo‘ladi. Ongda paydo bo‘ladigan fikrning mohiyatini, mazmunini tashkil etadigan har qanday idrok yoki tasavvur ham faqat so‘zlar vositasi orqali namoyon bo‘ladi. Til va tafakkur munosabatida qaysi birining ahamiyatliligi, muhimligi ekanligi haqida savol tug‘iladi.
=== Taqdimot 20 ===
Shunga qaramay, ushbu muammoga hali ham qiziqish yuqori: nima deb o‘ylaysiz, til tafakkurning shaklimi yoki tafakkur tilda shaklga kiradimi? Tilshunoslikda tilni o‘rganishda yoki tarjima jarayonida ushbu savolga qayta-qayta duch kelinadi. Inson har bir tilda dunyoni anglashda o‘z dunyoqarashi va til imkoniyatiga tayanadi. Ba’zi tillarda so‘zlashuvchilar tomonidan predmetlarning turli xususiyatlari yoritiladi.
Borliq barcha uchun bir xil, biroq uning ifodasi bo‘lgan tildan turli darajada foydalaniladi. Bu haqida Amerikada 1950-yillarda mantiq maktabi vakili Sepir-Vorfning qarashlari (gipotezalari) ahamiyatli. Unda til qaysidir holatda borliqqa ta’sir etadi, degan qarash mavjud. Bu qarash ko‘plab isbotlangan va isbotlanmagan fikrlarga sabab bo‘lgan.
=== Taqdimot 21 ===
Predmetlarning xususiyatlari
Macaroni
Spaghetti
Orzo
Penne
Makaron (pasta)
=== Taqdimot 22 ===
So‘z va tushuncha munosabati
03
=== Taqdimot 23 ===
Ko‘pincha so‘zning ma’nosi haqida gapirganda, uning narsa va tushuncha bilan aloqasi tilda qanday ifodalanishi ko‘zda tutiladi. Biroq qadimiy tilshunoslikda so‘z va nom o‘rtasida moslik bor, degan qarash ham mavjud edi. Ba’zi tilshunoslar so‘zning talaffuz jihatiga e’tibor bergan edilar. So‘zning aytilishi uning moddiy tomoni, ya’ni tovushlarning birikuvini ifoda etadi. Tinglovchi va so‘zlovchi uchun so‘zning aytilishi obyektiv haqiqatdir.
=== Taqdimot 24 ===
Narsa-tushuncha-so‘z uchburchagi barcha so‘zlar uchun shunday tartibda tuzilgan, degan noto‘g‘ri xulosaga olib kelishi mumkin. Chunki so‘zning ma’nosi bizga boshqa bir narsa yoki hodisani eslatganidek, o‘z navbatida biror narsa ham boshqa bir denotatni kishi ko‘z oldiga keltirishi mumkin. So‘zlar turli struktura tuzilishiga egadir. Shu tufayli so‘zning narsa va tushuncha bilan bog‘lanishini shartli ravishda qaramoq zarur, chunki barcha so‘zlar ham narsa, hodisa yoki belgining nomini anglatmaydi, ya’ni hamma so‘zlar atama funksiyasiga ega emas.
=== Taqdimot 25 ===
Atash funksiyasi
Narsa-predmet
Belgi-xususiyat
Harakat-holat
Harakat belgisi
Otlar
Fe’llar
Sifat
Ravish
=== Taqdimot 26 ===
Yordamchi so‘zlar ham nominativ funksiya bajarmaydi. Bir mustaqil so‘zning nominativ funksiyasi doimo faqat bir narsa yoki tushuncha, harakat yoki belgiga qaratilavermaydi. Ba’zan esa, aksincha, bir narsa turli nomlar bilan atalishi mumkin. Masalan, gul so‘zi shu o‘simlikning barcha turlarini ifodalaydi. Braziliyadagi oborogenlar tilida to‘tiqushning har bir turi o‘z nomiga ega. O‘zbek tilidagi “bo‘sh vaqt” tushunchasi ingliz tilida spare time, free time, leisure so‘zlari bilan ifoda etiladi. Ingliz tilida bu so‘zlar ma’nosiga ko‘ra turlicha ishlatiladi.
=== Taqdimot 27 ===
Spare time
kechqurun ishdan keyin yoki haftaning dam olish kunlaridagi bo‘sh vaqtni ifodalaydi.
Free time
kun davomida ish yoki o‘qishdan xoli bo‘lgan bo‘sh vaqtni bildiradi
Leisure
dam olish vaqtini ko‘rsatadi. Recreation, rest, relaxation, amusement, entertainment kabilar mavjud.
=== Taqdimot 28 ===
Shu sababli so‘z biror tushuncha, narsa, hodisa yoki belgini ifodalay oladi. Lekin so‘z tushuncha va narsaning aynan o‘ziga to‘g‘ri kelmaydi. So‘z biror narsaning nomini atash orqali shu tildagi barcha narsalarga tegishlidir. Masalan, paxta so‘zi uning barcha tur va navlariga tegishlidir, ya’ni umumlashtirish xarakteriga ega. Biroq bu so‘z boshqa so‘zlar bilan birikib yoki ma’lum affiks qo‘shilishi bilan aniq ma’noni ifodalay oladi.
=== Taqdimot 29 ===
Nutqda har qanday mustaqil so‘z shakli leksik ma’nodan tashqari, grammatik ma’noga ega bo‘ladi. Masalan, suvimizdan, keltirdi so‘z-laridagi suv va kel so‘zlari o‘z leksik ma’nosidan tashqari narsa va harakat ma’nolarini ifoda qiladi. Bu ularning grammatik ma’nosidir. Bu so‘zlardagi -imiz, -dan, -tir, -di affikslari turli grammatik ma’nolarni ifodalaydi. Grammatik ma’no so‘zning leksik ma’nosiga orttirilgan qo‘shimcha ma’nodir.
So‘zning leksik ma’nosi birinchi navbatda o‘sha so‘z o‘zagining ma’nosi bilan bog‘liq bo‘ladi va har qanday affiks qo‘shilganda ham saqlanib qoladi. Masalan, yaxshi, yaxshilik, yaxshilikcha kabi so‘z formalarining barchasi “yaxshi” ma’nosini ifoda etgan. Bu o‘rinda yaxshi so‘zining leksik ma’nosi uni boshqa so‘zlardan (masalan, yomon so‘zidan) farqlashga xizmat qiladi.
=== Taqdimot 30 ===
Tilning mazmun mundarijasida so‘zning asosiy ma’nosi semema termini bilan ataladi, ifoda jihatida esa leksema, ifoda shakli esa nomema deb yuritiladi. Tilning ifoda va mazmun jihatlari bir-biri bilan uzviy bog‘liq holatda qaraladi. So‘zning ma’nosi uning bir qancha aniq ma’nolari yig‘indisidan, ya’ni sememalardan tashkil topadi. Masalan, bormoq, yurmoq, chopmoq, kelmoq, qadam bosmoq so‘zlari turli leksemalar bo‘lib, “harakat qilmoq”ni ko‘rsatuvchi bir sememaga birlashadi. Ammo bu so‘zlarning har biri alohida semasiga ega.
=== Taqdimot 31 ===
Xulosa
04
=== Taqdimot 32 ===
Inson borliq, atrofdagi olam haqida muayyan bilimga ega bo‘ladi, bu bilim uning fikr doirasini kengaytiradi. Bu ma’lumotlarni tinglovchiga yetkazish jarayonida olingan bilimlar yanada mustahkamlanadi. Chunki ma’lumot tinglovchiga uzatilar ekan, miyada ma’lumotni qayta ishlash jarayoni amalga oshadi. Inson mulohaza qilib, fikrini ma’lum tartibga keltiradi, ichki nutq ko‘rinishida shakllantiradi. Shundan so‘ng fikr tashqi nutq ko‘rinishida (og‘zaki va yozma shaklda) reallashadi. Shu bois biror ma’lumotni tushunish, xotirada saqlab qolish uchun uni boshqalarga yetkazish muhimdir.
=== Taqdimot 33 ===
Til va tafakkur ularni tashkil etuvchi birliklarning ahamiyati va qurilishi nuqtayi nazaridan farqlanadi. Tafakkurning maqsadi yangi bilimlarni olish va ularni sistemalashtirishdan iborat bo‘lsa, til fikrni shakllantiradi, mustahkamlaydi va uni boshqa obyektga yetkazadi. Boshqacha aytganda, biz bilish va tushunish uchun fikrlaymiz, fikrimizni, istak vа hissiyotlarimizni ifodalash uchun esa gapiramiz. Tilning asosini uning grammatik qurilishi, so‘z yasash va gap tuzish qoidalari tashkil etib, ular fikrni aniq ifodalash hamda tushunarli tarzda yetkazishga xizmat qiladi. Bir so‘z bilan aytganda, fikr tilda so‘zlar vositasida ifodalanadi. Ongimizda shakllanadigan har qanday fikrning mohiyati, mazmunini tashkil etuvchi idrok yoki tasavvur faqat so‘zlar vositasidagina voqelanadi. Demak, inson tafakkurining mahsuli til orqali namoyon bo‘ladi.
=== Taqdimot 34 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“TIL VA TAFAKKUR” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar