=== Taqdimot 1 ===
Tibbiy gelmintologiya. Yumaloq chuvalchanglar – odam parazitlari
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
01. Gelmintologiya haqida tushuncha.
02. Gelmintologif fanining rivojlanish tarixi.
03. Insonlarda parazitlik qiluvchi gelmintlarning biologik xususiyatlari.
=== Taqdimot 3 ===
Gelmintologiya
1925-yilda K.I.Skryabin gelmintologiya faniga degelmintizatsiya uslubini kiritdi.
=== Taqdimot 4 ===
Yumaloq chuvalchanglar – Nemathelminthes tipiga umumiy xarakteristika
Embrional rivojlanishi;
Teri – mushak xaltasi;
Tana simmetriyasi;
Rivojlangan organlar sistemasi (hazm,ayirish,nerv);
Jinsiy demorfizmi.
=== Taqdimot 5 ===
Asl yumaloq chuvalchanglar – Nematodalar
Odam askaridasi – Ascaris lumricoides – askaridoz kasalligi qo‘zg‘atuvchisi
=== Taqdimot 6 ===
Odam askaridasi (Ascaris lumricoides)
Askaridoz qo‘zg‘atuvchisi;
Ingichka ichakda parazitlik qiladi.
Shimol va sahrolardan tashqari hamma hududda tarqalgan;
Ayrim jinsli;
Urg‘ochisining uzunligi – 40 sm, jinsiy organlari – juft;
Erkagining uzunligi – 20-25 sm, orqa uchi qorin tomonga egilgan, jinsiy organlari – toq.
=== Taqdimot 7 ===
Odam askaridasi
=== Taqdimot 8 ===
Odam askaridasining hayot sikli
Antroponoz;
Geogelmint;
Odam uchun invazion holati.
Migratsiyasi:
Lichinkalar migratsiyasi 2 hafta davom etadi;
Yetuk shaklga aylanish uchun 70-75 kun ketadi;
Yetuk shakli 1 yilgacha yashashi mumkin;
Tashxisi;
Oldini olish choralari.
=== Taqdimot 9 ===
Ostritsa – Enterobius vermicularis – enterobioz kasalligini qo‘zg‘atuvchisi
Odamning ingichka ichagi pastki qismida va yo‘g‘on ichakning boshlang‘ich qismida parazitlik qiladi.
Urg‘ochisining uzunligi- 10-12 mm, erkagi-5 mm, orqa qismi spiralsimon o‘ralgan;
Xarakterli belgilari;
Vezikula – tana oldingi qismida;
Pufaksimon tuzilma;
Bul’bus – qizilo‘ngach keyingi qismi;
Oziqlanishi.
=== Taqdimot 10 ===
Ostritsa – Enterobioz vermicularis
Ostritsa – Enterobioz vermicularis –Erkagi (yuqorida), urg‘ochisi (pastda)
=== Taqdimot 11 ===
Perianal burmalardagi Ostritsalar
Ostritsaning rivojlanish davri:
Xo‘jayin organizmidagi voyaga yetgan urg‘ochisi;
yetilmagan tuxum;
yetilgan tuxum;
yuqish yo‘li.
=== Taqdimot 12 ===
Ostritsa – Enterobius vermicularis
Patogen ta’siri;
Laboratoriya tashxisi;
Oldini olish choralari.
=== Taqdimot 13 ===
Qil boshli gijja –Trichocephalus trichiurus
Trixotsefalyoz qo‘zg‘atuvchisi, antroponoz kasallikdir.
Ko‘r ichakda, yo‘g‘on ichakning yuqori qismida, ba’zan chuvalchangsimon o‘simtada parazitlik qiladi.
Urg‘ochisini uzunligi 3-5 sm, erkagida orqa uchi gajak bo‘lib qayrilgan. Jinsiy demorfizm rivojlangan. Qon bilan oziqlanadi.
Odamga alimentar usulda, tuxumlari orqali yuqadi.
Yetuk shakli odam organizmida 5-6 yilgacha yashashi mumkin.
=== Taqdimot 14 ===
Trixotsefal yozning rivojlanish sikli
1 – Xo‘jayin organizmidagi yetuk shakli;
2 – urug‘langan tuxum;
3 – yetilgan lichinkaga ega bo‘lgan invazion tuxum;
4 – yuqishi mumkin bo‘lgan sabzavotlar.
=== Taqdimot 15 ===
Ankilostoma – Ancylostoma duodenale
a – Urg‘ochisi b – Erkagi
Ankilostomoz qo‘zg‘atuvchisi;
Antroponoz;
Geogelmint;
Tarqalishi;
O‘lchami;
Og‘iz kapsulasida 4 ta xitini tishlari bo‘lib, ular yordamida yopishib oladi, qon bilan oziqlanadi.
=== Taqdimot 16 ===
Tuxumlari axlat orqali tuproqqa tushadi.
Qulay sharoitda (25-27 S) 1-2 kundan keyin radiatsion lichinka chiqadi.
2-3 kundan keyin to‘llab filyariyasimon lichinkaga aylanadi.
Ular odam uchun invazion bo‘lib, teri orqali (faol invaziya) yoki og‘iz orqali ovqat va suv bilan (nofaol invaziya) yuqadi.
Ankilostoma – Ancylostoma duodenale
=== Taqdimot 17 ===
Egri boshli gijja -Ancylostoma duodenale
=== Taqdimot 18 ===
Tip: Nemathelmintes – Yumaloq chuvalchanglar;
Sinf: Nematoda – Asl yumaloq chuvalchanglar;
Tur: Trichinella spiralis – trixinella.
Yetuk shakllari – odamning ingichka ichagida, lichinkalari – ko‘ndalang targ‘il mushaklarda;
Biogelmint, urg‘ochilarining uzunligi 3-4 mm erkagi- 1,5 – 2 mm;
Urg‘ochilarining jinsiy naychalari toq va tirik lichinkalar tug‘adi;
Lichinkalari ham, yetuk shakllari ham bir organizmda joylashadi – demak shu organizm parazitning ham asosiy, ham oraliq xo‘jayini bo‘lib hisoblanadi.
=== Taqdimot 19 ===
Trixinella (Тrichinella spiralis) – trixinellyoz qo‘zg‘atuvchisi
Joylashishi: lichinkalari – ko‘ndalang mushaklarda, yetuk shakli – ingichka ichaklarda vorsinkalar orasida yotadi.
Geografik tarqalishi: Hamma joyda, asosan ma’lum tabiiy o‘choqlarda.
=== Taqdimot 20 ===
Ko‘ndalang mushaklardagi trixinella kapsulalari
Trixinellani rivojlanish sikli
=== Taqdimot 21 ===
Rishta–Dracunculus medinensis – drakunkulyoz kasalligini qo‘zg‘atuvchisi
Teri osti yog‘ kletchatkasida yashaydi;
Biogelmint, urg‘ochisining uzunligi – 1,5 m, erkagi – 15-30 mm;
Tirik lichinkalar tug‘uvchi gijjalar guruhiga kiradi;
Siklop-lichinka qon tomirlari orqali migratsiya-teri osti yog‘ kletchatkasi – yetuk shakl;
Hayot sikli bir yilgacha cho‘zilishi mumkin.
=== Taqdimot 22 ===
=== Taqdimot 23 ===
Oyoqdagi rishtani chiqarib olish
Kasallik belgilari:
Bug‘imlar harakati susayadi;
Teri qichishi;
Allergik reaksiyalar kuzatiladi.
=== Taqdimot 24 ===
Filyariyalar filariidae oilasiga mansub yumaloq chuvalchanglar – filyarioz qo‘zg‘atuvchilari
Filyariyalar ipsimon nematodalar. Urg‘ochilarining uzunligi – 10 sm, erkagi – 4 sm. Biogelmintlar rivojlanishi xo‘jayin almashtirish yo‘li bilan boradi. Har xil organlarda parazitlik qiladi, voyaga yetgan chuvalchanglar-limfa bezlarida, ichki a’zolarning qon tomirlarida parazitlik qiladi. Lichinkalari-mikrofilmlarida qon tomirlar tizimida aylanib yuradi. Urg‘ochilari tirik tugar. Qon suruvchi hasharotlar orqali tarqaladi, ya’ni transmissiv kasallik hisoblanadi.
=== Taqdimot 25 ===
Filyariyalarning rivojlanish sikli
=== Taqdimot 26 ===
Vuxereriya–Wushereria bancrofti–vuxererioz kasalligining qo‘zg‘atuvchisi
Kasallik belgilari: allergik holat yuzaga keladi, tana harorati ko‘tariladi, to‘qimalarda shish va infiltratlar hosil bo‘ladi. Voyaga yetgan chuvalchanglarni tomirlarga tiqilib qolishi natijasida ayrim a’zolar yo‘g‘onlashib ketadi (Fil oyog‘i).
=== Taqdimot 27 ===
Vuxererioz bilan kasallangan bemorlar
=== Taqdimot 28 ===
Loa-loa
Loa qo‘zg‘atuvchisi. Urg‘ochisining o‘lchami – 5 sm, erkagi – 3 sm. Asosiy xo‘jayini – odam, lekin maymunlar ham bo‘lishi mumkin. Oraliq xo‘jayini Chrysops avlodiga kiruvchi so‘nalardir. Afrikaning nam iqlimli tropik o‘rmonlarida tarqalgan. Kasallik allergik reaksiya ko‘rinishida namoyon bo‘ladi, 1-3 yildan keyin shish hosil bo‘ladi, voyaga yetgan gelmintlar teri ostida va ko‘z ichida migratsiya qilib, qichishish, qovoqlarning shishishi va konyunktivaga sababchi bo‘ladi.
=== Taqdimot 29 ===
Ko‘zdagi gelmint
=== Taqdimot 30 ===
Onchocerca volvulus
Onxotserkoz qo‘zg‘atuvchisi. Urg‘ochilarining o‘lchami 33-34 mm, erkaklari 19-42 mm. Asosiy xo‘jayin faqat odam, oraliq xo‘jayini Similium avlodiga mansub ikki qanotlilar. Odam organizmida 20 yil yashaydi. Ko‘zni zararlaydi va ko‘rlikka olib keladi. Afrikaning 20 mln ga yaqin aholisi kasallangan va 1-2 % ko‘r bo‘lib qolgan.
=== Taqdimot 31 ===
Ovogelmintoskopiyaning mikroskopik usullari
Ovogelmintoskopiya usullari
Nativ surtma tayyorlash;
Cho‘ktirish (teleman);
Flotatsiya (qalqib chiqish).
=== Taqdimot 32 ===
Ovogelmintoskopiya usullari
Nativ surtma tayyorlash
Cho‘ktirish (teleman)
Glitserinning 50 % li suvli eritmasi buyum oynasiga tomiziladi;
No’xat kattaligidagi axlat olinib glitserin eritmasiga aralashtiriladi;
Qoplagich oynacha bilan yopilib mikroskop ostida tekshiriladi.
Axlat probirkaga solinib,unga teng miqdorda xlorat kislota va efir quyiladi;
Aralashma qil elakdan o‘tkaziladi va sentrifugalarni;
Hosil bo‘lgan 3 ta qatlamdan, cho‘kmadan preparat tayyorlanadi.
=== Taqdimot 33 ===
Flotatsiya (qalqib chiqish)
Axlatning 4-5 joyidan kattaligi no‘xatdek namuna olinib,chinni idishga solinib, yaxshilab aralashtiriladi;
Ustidan osh tuzini to‘yingan eritmasi quyiladi va aralashma 30-40 daqiqa (1 soatgacha) tindiriladi;
Eritma ustiga qalqib chiqqan tuxumlardan preparat tayyorlanadi.
=== Taqdimot 34 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuztib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.