- Savatga boshqa "AHOLI MIGRATSIYASI MIGRATSION JARAYONLARNING YUZAGA KELISH OMILLARI" qo'sha olmaysiz. Ko'rish
TIBBIY GELMINTOLOGIYA. YUMALOQ CHUVALCHANGLAR – ODAM PARAZITLARI
7000 so'm

TIBBIY GELMINTOLOGIYA. YUMALOQ CHUVALCHANGLAR – ODAM PARAZITLARI
Tibbiy gelmintologiya. Yumaloq chuvalchanglar – odam parazitlari
Reja
- Gelmintologiya haqida tushuncha
- Gelmintologiya fanining rivojlanish tarixi
- Insonlarda parazitlik qiluvchi gelmintlarning biologik xususiyatlari
1. Gelmintologiya haqida tushuncha
Gelmintologiya — parazit chuvalchanglar (gelmintlar) va ular qo‘zg‘atadigan kasalliklarni (gelmintozlarni) o‘rganadigan fan. Bu fan tibbiyot va veterinariya sohalarida alohida ahamiyatga ega. Gelmintlar odam va hayvon organizmida yashab, oziqlanadi, ko‘payadi hamda turli surunkali kasalliklarni keltirib chiqaradi.
1925-yilda rus olimi K.I. Skryabin gelmintologiyaga “degelmintizatsiya” — ya’ni parazit chuvalchanglardan tozalash uslubini kiritgan. Shundan so‘ng gelmintologiya fani mustaqil yo‘nalish sifatida rivojlangan.
2. Yumaloq chuvalchanglar – Nemathelminthes tipi
Yumaloq chuvalchanglar (Nemathelminthes) — odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi eng keng tarqalgan gelmintlar guruhi. Ularning asosiy xususiyatlari:
- Embrional rivojlanish bosqichlari mavjud;
- Teri-mushak xaltasi bilan qoplangan;
- Tana ikki tomonlama simmetrik;
- Hazm, ayirish va nerv tizimlari rivojlangan;
- Jinsiy dimorfizm yaqqol ifodalangan.
3. Odam askaridasi (Ascaris lumbricoides)
Askaridoz — odam askaridasi (Ascaris lumbricoides) tomonidan qo‘zg‘atiladigan kasallik. U asosan ingichka ichakda parazitlik qiladi. Askaridalar barcha iqlim zonalarida, ayniqsa, issiq va nam hududlarda keng tarqalgan.
- Urg‘ochisi – 40 sm gacha, erkagi – 20–25 sm;
- Urg‘ochining jinsiy organlari juft, erkaginiki toq;
- Lichinka migratsiyasi 2 hafta davom etadi;
- Yetuk shakl 70–75 kunda rivojlanadi va 1 yilgacha yashaydi.
Oldini olish: gigiyena qoidalariga rioya qilish, ifloslangan sabzavot va mevalarni yuvish, najas bilan tuproqni ifloslantirmaslik.
4. Ostritsa (Enterobius vermicularis)
Enterobioz — bolalar orasida eng ko‘p uchraydigan gelmintozlardan biridir. Ostritsalar odamning yo‘g‘on ichagida parazitlik qiladi. Urg‘ochilarning uzunligi 10–12 mm, erkaklari 5 mm atrofida.
- Vezikula — tana oldingi qismida joylashgan pufaksimon tuzilma;
- Qizilo‘ngachning oxirida bul’bus (so‘ruvchi organ) mavjud;
- Tuxumlari perianal burmalarda yetiladi va tashqariga tarqaladi.
Yuqush yo‘li: iflos qo‘l, o‘yinchoqlar, ichki kiyimlar orqali.
Tashxis: perianal surtma usuli.
Profilaktika: bolalarga tirnoqni qisqa olish, qo‘lni tez-tez yuvish, yotoq kiyimlarini dazmollash.
5. Qil boshli gijja (Trichocephalus trichiurus)
Trixotsefalyoz — odamning yo‘g‘on ichagida parazitlik qiluvchi Trichocephalus trichiurus tomonidan chaqiriladi.
Urg‘ochisi 3–5 sm, erkagi orqa qismi gajak shaklida qayrilgan. Qon bilan oziqlanadi. Odamga tuxumlari orqali, asosan iflos sabzavotlar bilan yuqadi.
Hayot sikli: tuxum → invazion lichinka → ichakdagi voyaga yetgan shakl.
Yetuk gijja odam organizmida 5–6 yilgacha yashaydi.
6. Ankilostoma (Ancylostoma duodenale)
Ankilostomoz — ichak paraziti bo‘lib, antroponoz va geogelmint turi.
Og‘iz kapsulasida 4 ta xitin tish mavjud bo‘lib, ular yordamida ichak devoriga yopishib, qon bilan oziqlanadi. Lichinkalar 25–27°C da 2–3 kunda yetiladi.
Yuqush yo‘li: teri orqali yoki suv, oziq bilan.
Belgilari: kamqonlik, holsizlik, ichakdagi og‘riq.
Oldini olish: oyoqqa poyabzal kiyish, suvni qaynatib ichish.
7. Trixinella (Trichinella spiralis)
Trixinellyoz — trixinella paraziti chaqiradigan og‘ir kasallik.
Yetuk shakllari odamning ingichka ichagida, lichinkalari esa ko‘ndalang mushaklarda joylashadi. Bitta xo‘jayin – odam – ham asosiy, ham oraliq xo‘jayindir.
Yuqush yo‘li: xom yoki yarim pishgan go‘sht (ayniqsa cho‘chqa go‘shti) orqali.
Belgilari: mushak og‘rig‘i, isitma, allergik toshmalar.
Profilaktika: go‘sht mahsulotlarini to‘liq pishirish.
8. Rishta (Dracunculus medinensis)
Drakunkulyoz — rishta deb ataluvchi uzun gijjalar chaqiradigan kasallik. U teri osti yog‘ qatlamida yashaydi. Urg‘ochisi 1,5 m gacha yetadi. Parazit odam tanasida 1 yilgacha yashaydi.
Kasallik belgilari: oyoqlarda og‘riq, qichishish, harakatning cheklanishi.
Oldini olish: suvni filtrdan o‘tkazish, suv havzalarida cho‘milmaslik.
9. Filyariyalar (Filariidae oilasi)
Filariozlar — qon va limfa tizimida parazitlik qiluvchi ipsimon gijjalar. Ular qon so‘ruvchi hasharotlar orqali yuqadi. Voyaga yetgan filyariyalar limfa tomirlarini tiqib qo‘yadi, natijada to‘qimalarda shish hosil bo‘ladi (elefantiaz, “fil oyog‘i” kasalligi).
Misollar:
- Wuchereria bancrofti — vuxererioz qo‘zg‘atuvchisi.
- Loa loa — teri osti va ko‘z to‘qimasida parazitlik qiladi.
- Onchocerca volvulus — onxotserkoz chaqiradi, ko‘r bo‘lishga olib kelishi mumkin.
Tarqalishi: asosan Afrika va tropik o‘rmon hududlarida.
Profilaktika: hasharotlarga qarshi kurash, tibbiy nazorat.
10. Ovogelmintoskopiya usullari
Gelmint tuxumlarini aniqlashda mikroskopik usullar qo‘llaniladi:
- Nativ surtma tayyorlash — glitserin eritmasida axlat namunasi tekshiriladi;
- Cho‘ktirish (Teleman usuli) — xlorat kislota va efir bilan ishlov beriladi;
- Flotatsiya (qalqish usuli) — osh tuzining to‘yingan eritmasida tuxumlarning ajralishiga asoslanadi.
Xulosa
Gelmintologiya inson salomatligini saqlashda muhim o‘rin tutadi. Yumaloq chuvalchanglar — odamda eng ko‘p uchraydigan parazitlardir. Ularning oldini olish uchun shaxsiy gigiyena, oziq-ovqat xavfsizligi va tibbiy profilaktika choralari zarur.
E’tiboringiz uchun rahmat! Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
=== Taqdimot 1 ===
Tibbiy gelmintologiya. Yumaloq chuvalchanglar – odam parazitlari
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
01. Gelmintologiya haqida tushuncha.
02. Gelmintologif fanining rivojlanish tarixi.
03. Insonlarda parazitlik qiluvchi gelmintlarning biologik xususiyatlari.
=== Taqdimot 3 ===
Gelmintologiya
1925-yilda K.I.Skryabin gelmintologiya faniga degelmintizatsiya uslubini kiritdi.
=== Taqdimot 4 ===
Yumaloq chuvalchanglar – Nemathelminthes tipiga umumiy xarakteristika
Embrional rivojlanishi;
Teri – mushak xaltasi;
Tana simmetriyasi;
Rivojlangan organlar sistemasi (hazm,ayirish,nerv);
Jinsiy demorfizmi.
=== Taqdimot 5 ===
Asl yumaloq chuvalchanglar – Nematodalar
Odam askaridasi – Ascaris lumricoides – askaridoz kasalligi qo‘zg‘atuvchisi
=== Taqdimot 6 ===
Odam askaridasi (Ascaris lumricoides)
Askaridoz qo‘zg‘atuvchisi;
Ingichka ichakda parazitlik qiladi.
Shimol va sahrolardan tashqari hamma hududda tarqalgan;
Ayrim jinsli;
Urg‘ochisining uzunligi – 40 sm, jinsiy organlari – juft;
Erkagining uzunligi – 20-25 sm, orqa uchi qorin tomonga egilgan, jinsiy organlari – toq.
=== Taqdimot 7 ===
Odam askaridasi
=== Taqdimot 8 ===
Odam askaridasining hayot sikli
Antroponoz;
Geogelmint;
Odam uchun invazion holati.
Migratsiyasi:
Lichinkalar migratsiyasi 2 hafta davom etadi;
Yetuk shaklga aylanish uchun 70-75 kun ketadi;
Yetuk shakli 1 yilgacha yashashi mumkin;
Tashxisi;
Oldini olish choralari.
=== Taqdimot 9 ===
Ostritsa – Enterobius vermicularis – enterobioz kasalligini qo‘zg‘atuvchisi
Odamning ingichka ichagi pastki qismida va yo‘g‘on ichakning boshlang‘ich qismida parazitlik qiladi.
Urg‘ochisining uzunligi- 10-12 mm, erkagi-5 mm, orqa qismi spiralsimon o‘ralgan;
Xarakterli belgilari;
Vezikula – tana oldingi qismida;
Pufaksimon tuzilma;
Bul’bus – qizilo‘ngach keyingi qismi;
Oziqlanishi.
=== Taqdimot 10 ===
Ostritsa – Enterobioz vermicularis
Ostritsa – Enterobioz vermicularis –Erkagi (yuqorida), urg‘ochisi (pastda)
=== Taqdimot 11 ===
Perianal burmalardagi Ostritsalar
Ostritsaning rivojlanish davri:
Xo‘jayin organizmidagi voyaga yetgan urg‘ochisi;
yetilmagan tuxum;
yetilgan tuxum;
yuqish yo‘li.
=== Taqdimot 12 ===
Ostritsa – Enterobius vermicularis
Patogen ta’siri;
Laboratoriya tashxisi;
Oldini olish choralari.
=== Taqdimot 13 ===
Qil boshli gijja –Trichocephalus trichiurus
Trixotsefalyoz qo‘zg‘atuvchisi, antroponoz kasallikdir.
Ko‘r ichakda, yo‘g‘on ichakning yuqori qismida, ba’zan chuvalchangsimon o‘simtada parazitlik qiladi.
Urg‘ochisini uzunligi 3-5 sm, erkagida orqa uchi gajak bo‘lib qayrilgan. Jinsiy demorfizm rivojlangan. Qon bilan oziqlanadi.
Odamga alimentar usulda, tuxumlari orqali yuqadi.
Yetuk shakli odam organizmida 5-6 yilgacha yashashi mumkin.
=== Taqdimot 14 ===
Trixotsefal yozning rivojlanish sikli
1 – Xo‘jayin organizmidagi yetuk shakli;
2 – urug‘langan tuxum;
3 – yetilgan lichinkaga ega bo‘lgan invazion tuxum;
4 – yuqishi mumkin bo‘lgan sabzavotlar.
=== Taqdimot 15 ===
Ankilostoma – Ancylostoma duodenale
a – Urg‘ochisi b – Erkagi
Ankilostomoz qo‘zg‘atuvchisi;
Antroponoz;
Geogelmint;
Tarqalishi;
O‘lchami;
Og‘iz kapsulasida 4 ta xitini tishlari bo‘lib, ular yordamida yopishib oladi, qon bilan oziqlanadi.
=== Taqdimot 16 ===
Tuxumlari axlat orqali tuproqqa tushadi.
Qulay sharoitda (25-27 S) 1-2 kundan keyin radiatsion lichinka chiqadi.
2-3 kundan keyin to‘llab filyariyasimon lichinkaga aylanadi.
Ular odam uchun invazion bo‘lib, teri orqali (faol invaziya) yoki og‘iz orqali ovqat va suv bilan (nofaol invaziya) yuqadi.
Ankilostoma – Ancylostoma duodenale
=== Taqdimot 17 ===
Egri boshli gijja -Ancylostoma duodenale
=== Taqdimot 18 ===
Tip: Nemathelmintes – Yumaloq chuvalchanglar;
Sinf: Nematoda – Asl yumaloq chuvalchanglar;
Tur: Trichinella spiralis – trixinella.
Yetuk shakllari – odamning ingichka ichagida, lichinkalari – ko‘ndalang targ‘il mushaklarda;
Biogelmint, urg‘ochilarining uzunligi 3-4 mm erkagi- 1,5 – 2 mm;
Urg‘ochilarining jinsiy naychalari toq va tirik lichinkalar tug‘adi;
Lichinkalari ham, yetuk shakllari ham bir organizmda joylashadi – demak shu organizm parazitning ham asosiy, ham oraliq xo‘jayini bo‘lib hisoblanadi.
=== Taqdimot 19 ===
Trixinella (Тrichinella spiralis) – trixinellyoz qo‘zg‘atuvchisi
Joylashishi: lichinkalari – ko‘ndalang mushaklarda, yetuk shakli – ingichka ichaklarda vorsinkalar orasida yotadi.
Geografik tarqalishi: Hamma joyda, asosan ma’lum tabiiy o‘choqlarda.
=== Taqdimot 20 ===
Ko‘ndalang mushaklardagi trixinella kapsulalari
Trixinellani rivojlanish sikli
=== Taqdimot 21 ===
Rishta–Dracunculus medinensis – drakunkulyoz kasalligini qo‘zg‘atuvchisi
Teri osti yog‘ kletchatkasida yashaydi;
Biogelmint, urg‘ochisining uzunligi – 1,5 m, erkagi – 15-30 mm;
Tirik lichinkalar tug‘uvchi gijjalar guruhiga kiradi;
Siklop-lichinka qon tomirlari orqali migratsiya-teri osti yog‘ kletchatkasi – yetuk shakl;
Hayot sikli bir yilgacha cho‘zilishi mumkin.
=== Taqdimot 22 ===
=== Taqdimot 23 ===
Oyoqdagi rishtani chiqarib olish
Kasallik belgilari:
Bug‘imlar harakati susayadi;
Teri qichishi;
Allergik reaksiyalar kuzatiladi.
=== Taqdimot 24 ===
Filyariyalar filariidae oilasiga mansub yumaloq chuvalchanglar – filyarioz qo‘zg‘atuvchilari
Filyariyalar ipsimon nematodalar. Urg‘ochilarining uzunligi – 10 sm, erkagi – 4 sm. Biogelmintlar rivojlanishi xo‘jayin almashtirish yo‘li bilan boradi. Har xil organlarda parazitlik qiladi, voyaga yetgan chuvalchanglar-limfa bezlarida, ichki a’zolarning qon tomirlarida parazitlik qiladi. Lichinkalari-mikrofilmlarida qon tomirlar tizimida aylanib yuradi. Urg‘ochilari tirik tugar. Qon suruvchi hasharotlar orqali tarqaladi, ya’ni transmissiv kasallik hisoblanadi.
=== Taqdimot 25 ===
Filyariyalarning rivojlanish sikli
=== Taqdimot 26 ===
Vuxereriya–Wushereria bancrofti–vuxererioz kasalligining qo‘zg‘atuvchisi
Kasallik belgilari: allergik holat yuzaga keladi, tana harorati ko‘tariladi, to‘qimalarda shish va infiltratlar hosil bo‘ladi. Voyaga yetgan chuvalchanglarni tomirlarga tiqilib qolishi natijasida ayrim a’zolar yo‘g‘onlashib ketadi (Fil oyog‘i).
=== Taqdimot 27 ===
Vuxererioz bilan kasallangan bemorlar
=== Taqdimot 28 ===
Loa-loa
Loa qo‘zg‘atuvchisi. Urg‘ochisining o‘lchami – 5 sm, erkagi – 3 sm. Asosiy xo‘jayini – odam, lekin maymunlar ham bo‘lishi mumkin. Oraliq xo‘jayini Chrysops avlodiga kiruvchi so‘nalardir. Afrikaning nam iqlimli tropik o‘rmonlarida tarqalgan. Kasallik allergik reaksiya ko‘rinishida namoyon bo‘ladi, 1-3 yildan keyin shish hosil bo‘ladi, voyaga yetgan gelmintlar teri ostida va ko‘z ichida migratsiya qilib, qichishish, qovoqlarning shishishi va konyunktivaga sababchi bo‘ladi.
=== Taqdimot 29 ===
Ko‘zdagi gelmint
=== Taqdimot 30 ===
Onchocerca volvulus
Onxotserkoz qo‘zg‘atuvchisi. Urg‘ochilarining o‘lchami 33-34 mm, erkaklari 19-42 mm. Asosiy xo‘jayin faqat odam, oraliq xo‘jayini Similium avlodiga mansub ikki qanotlilar. Odam organizmida 20 yil yashaydi. Ko‘zni zararlaydi va ko‘rlikka olib keladi. Afrikaning 20 mln ga yaqin aholisi kasallangan va 1-2 % ko‘r bo‘lib qolgan.
=== Taqdimot 31 ===
Ovogelmintoskopiyaning mikroskopik usullari
Ovogelmintoskopiya usullari
Nativ surtma tayyorlash;
Cho‘ktirish (teleman);
Flotatsiya (qalqib chiqish).
=== Taqdimot 32 ===
Ovogelmintoskopiya usullari
Nativ surtma tayyorlash
Cho‘ktirish (teleman)
Glitserinning 50 % li suvli eritmasi buyum oynasiga tomiziladi;
No’xat kattaligidagi axlat olinib glitserin eritmasiga aralashtiriladi;
Qoplagich oynacha bilan yopilib mikroskop ostida tekshiriladi.
Axlat probirkaga solinib,unga teng miqdorda xlorat kislota va efir quyiladi;
Aralashma qil elakdan o‘tkaziladi va sentrifugalarni;
Hosil bo‘lgan 3 ta qatlamdan, cho‘kmadan preparat tayyorlanadi.
=== Taqdimot 33 ===
Flotatsiya (qalqib chiqish)
Axlatning 4-5 joyidan kattaligi no‘xatdek namuna olinib,chinni idishga solinib, yaxshilab aralashtiriladi;
Ustidan osh tuzini to‘yingan eritmasi quyiladi va aralashma 30-40 daqiqa (1 soatgacha) tindiriladi;
Eritma ustiga qalqib chiqqan tuxumlardan preparat tayyorlanadi.
=== Taqdimot 34 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuztib boring!
🔗 Biologiya taqdimotlari sahifasiga qaytish
📘 Manba: Gelmintologiya (Wikipedia)
📗 Qo‘shimcha o‘qish: Gelmintologiya haqida
E’tiboringiz uchun rahmat! Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
















Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.