Tayyorgarlik davrlarining xususiyatlari
5000 so'm

=== Taqdimot: Tayyorgarlik davrlarining xususiyatlari.pptx ===
=== Slayd 1 ===
Tayyorgarlik davrlarining xususiyatlari
=== Slayd 2 ===
Reja:
1. Tayyorgarlik davrlarining xususiyatlari.
2. Musobaqa davri.
3. Sport-texnik va taktik tayyorgarligi harakat faoliyati.
4. Mashqning o‘ziga xos funksiyalari.
=== Slayd 3 ===
1. TOPSHIRIQ: Glossariyni yod oling!
Tarbiya – sportda ishlatiladigan doping va unga qarshi kurash dopingni tarixi juda qadimiy pedagogik jarayon bo‘lib, inson organizmini morfologik va funksional jihatdan takomillashtirishga, uning hayoti uchun muhim bo‘lgan asosiy harakat malakasini, mahoratini, ular bilan bog‘liq bo‘lgan bilimlarni shakllantirish va yaxshilashga qaratilgan.
Ta’lim – Bunga asosiy sabab musobaqa davrida bundayin preparatlarni qabul qilish amal qilish. atamasini yangi davrdagi jismoniy tarbiyaning eng avvalgi tizimlarida uchraydi. Masalan, Fit “o‘z vujudini tarbiya” qilish maqsadida jismoniy mashqlar zarurligi haqida gapirgan edi. Jismoniy bilim jismoniy mashqlarni bajarishga oid maxsus nazariy tushunchalar va ularni lozim bo‘lganda turmushda qo‘llash mahorati va ko‘nikmalarini o‘z ichiga oladi.
=== Slayd 4 ===
1. Tayyorgarlik davrlarining xususiyatlari
=== Slayd 5 ===
Sport mashqi davrlari xususiyatlarini ko‘rsatish har bir davrda mashq qilish jarayonining mazmuni va tuzilishini tavsiflab beruvchi o‘ziga xos ko‘rsatish va shu bilan birga bir davrdan ikkinchi davrga o‘tilishi munosabati bilan bu belgilar qanday o‘zgarishini kuzatib borish demakdir. SHuni unutmaslik kerakki, davrlash, asosan, sportchini tayyorlashning amaliy bo‘limlariga taalluqlidir.
Sportchining ongini va xulqini, umuman, uning axloqini tarbiyalash singari bo‘limlaming esa o‘z taraqqiyot va rivojlanish mantig‘i bo‘lib, ular sport mashqi davrlariga bog‘liqdir. Bulami tushunish uchun sport mashqi chilivrlarining o‘ziga xosligi va ularning mohiyatini yoritib berish kerak.
=== Slayd 6 ===
9.3.1. Tayyorlov davri
Tayyorlov davrida, yuqorida aytganimizdek, sport formasiga kirish uchun
=== Slayd 7 ===
Kerakli sharoit yaratilishi va sportchi organizmi rivojlantirilishi hamda sport formasi bevosita shakllanishi (ta’minlanishi lozim. Shunga binoan, bu davr ikki asosiy bosqichga bo‘linadi. Ularning birinchisi, odatda, ko‘proq davom etadigan bosqichdir.
Tayyorlov davrining birinchi (umumiy tayyorgarlik – UTB) bosqichi
Birinchi bosqichda sport formasining mustahkam poydevorini yaratish kerak. Bu vazifa sportchi tayyorgarligining asosiy bo‘limlariga muvofiq quyidagicha aniqlik bilan hal etiladi.
Jismoniy tayyorgarlikda birinchi darajali vazifa organizmning barcha jismoniy xislatlarini har tomonlama rivojlantirish yo‘li bilan uning funksional imkoniyatlari umumiy darajasini yuksaltirishdan iborat. Mazkur bosqichdagi jismoniy tayyorgarlik ixtisosi chuqurlashtirishdan ham ko‘ra ko‘proq, tanlangan sport turida taraqqiyotga bevosita yoki bilvosita sabab bo‘luvchi funksional imkoniyatlarni yanada kengaytirishga qaratilgandir.
=== Slayd 8 ===
Buning sababi shundaki, sport formasi kelajakda qay darajada bo‘lishi, avvalo, jismoniy tayyor ekanlikning dastlabki darajasiga, shuningdek, umumiy jismoniy tayyorgarlik maxsus tayyorgarlikka nisbatan asos soluvchi rol o‘ynashiga bog‘liq.
Birinchi bosqichda sportchining jismoniy kamol topishidagi turli yo‘nalishlarning o‘zaro aloqadorligidan foydalanish uchun ancha qulay imkoniyatlar mavjud. Jismoniy fazilatlarning “bevosita va bilvosita o‘sishidan keng foydalanish jismoniy tayyorgarlikning bu bosqichdagi asosiy mexanizmi bo‘lib xizmat qiladi.
=== Slayd 9 ===
Texnik va taktik tayyorgarlikda birinchi bosqichdagi harakatli vazifalar quyidagilardan iborat:
— sport faoliyatining nazariy asosini tashkil etuvchi bilimlarni olish va mustahkamlash;
— tanlangan sport turida kamolotga erishish uchun qulay sharoit yaratuvchi harakat mahorati va malakalari faoliyatini kengaytirish;
— tanlangan sport texnikasi va taktikasi (asosan, xususiy va bir-biriga o‘tuvchi) tarkibiga kiruvchi mahorat va malakalarni shakllantirish yoxud qayta tartiblash va takomillashtirish.
Mavzu vazifalar tanlangan sport turida texnik va taktik jihatdan kamolotga erishish, birinchi galda, umumiy jismoniy ma’lumot bilim, malaka va mahorat zaxirasini muntazam boyitib borishga bog‘liq ekanligidan kelib chiqadi
=== Slayd 10 ===
Shuningdek, harakat ko‘nikmalarining ijobiylaridan
foydalanish va “salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi”larini yengib o‘tish yo‘li bilan tanlangan sport turidagi xususiy va “mayda” malakalardan yaxlit formalarga o‘ta borish ham qonuniy holdir.
Ma’naviy-irodaviy tayyorgarlikda katta hajmdagi tayyorgarlik ishlariga intilishni shakllantirish, sportchiga xos mehnatni tarbiyalash, sport faoliyatidagi muvaffaqiyatni ta’minlovni irodaviy imkoniyatlar umumiy darajasini yuksaltirish birinchi bosqichda alohida ahamiyat kasb etadi.
=== Slayd 11 ===
Vosita va uslubiyatlar tarkibining xususiyatlari
Mazkur bosqichda har tomonlama ta’sir etuvchi mashqlar (tanlangan sport turiga nisbatan) keyingi bosqichlarga qaraganda ancha ko‘proq bo‘ladi.
=== Slayd 12 ===
Bu esa kamol topish davom etishiga xalaqit beradigan to‘siqqa aylanib ketishi mumkin. Bundan tashqari, bu bosqichda musobaqa mashqlarining ta’siriga nisbatan tabaqalashmagan, shu bilan birga ozmi-ko‘pmi darajada bir yoqlama bo‘ladi. Vaholanki, birinchi bosqichda sport formasining asosiy tashkil etuvchi barcha komponentlarga ta’sir etish har tomonlama va aniq tanlab yo‘naltirilgan borishi nihoyatda muhimdir.
Musobaqa mashqlarining hissasi, albatta, sport turining o‘ziga xos xususiyatlariga, sportchining dastlabki tayyorlik darajasiga va boshqa holatlarga bog‘liq bo‘ladi. Musobaqa harakatlari murakkab tarkibli juda ko‘p variantli sport turlarida (sport o‘yinlari, yakka kurash, ba’zi bir ko‘p kurashlarda) bunday mashqlarning miqdori yuqorida keltirilgan misoldagiga qaraganda ancha ko‘proq bo‘ladi.
=== Slayd 13 ===
Birinchi bosqichda umumiy tayyorgarlik yo‘nalishi yetakchi o‘rinda bo‘lgani tufayli, bu erda mashq uslublari ham keyingi bosqichlardagiga qaraganda nisbatan ancha kam ixtisoslashtirilgan bo‘ladi. Tanlangan sport turida sport mashqi uchun xos bo‘lgan uslublar ixtisosga aloqasi bo‘lmagan, lekin, umumiy va maxsus tayyorgarlik sohasidagi xususiy vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan uslublar bilan to‘ldiriladi. Bunda yuklamalarning asta sekin o‘sib borishini ta’minlash uchun nisbatan kamroq talablar qo‘yadigan uslublarga, masalan, o‘rtacha yoki o‘zgaruvchan shiddatlikdagi siklli harakatlardan foydalanish, vaqti bir tekis hamda o‘zgaruvchan mashq qilish uslublariga, o‘rtasidagi dam olish oraliqlari uzaytirilgan takroriy va ortib boruvchi mashq uslublariga ko‘proq ahamiyat beriladi.
=== Slayd 14 ===
Umumiy va maxsus tayyorgarlikning o‘zaro nisbati. Mashqning asosiy yo‘nalishiga muvofiq birinchi bosqichda umumiy tayyorgarlik ko‘p bo‘lishi bilan farq qiladi. To‘g‘ri, umumiy tayyorgarlikning maxsus tayyorgarlikka aniq miqdoriy nisbati sport turining o‘ziga xos xususiyatlariga, sportchining malakasiga hamda uning shaxsiy xususiyatlariga qarab ancha o‘zgarib turadi, biroq sikl boshida ko‘pincha umumiy tayyorgarlik tayyorlov davrining ikkinchi bosqichidagiga va musobaqa davridagiga qaraganda ancha ko‘p vaqt oladi.
=== Slayd 15 ===
Bu yerda sport formasining mustahkam poydevorini shakllantirish uchun zarur bo‘ldi hajm jihatidan asosiy tayyorgarlik ishi bajariladi. ko‘rsatkichlari esa yana ham sekinroq sur’atda o‘zgaradi. Bunda nisbiy shiddatlilik, umuman olganda, absolyut shiddatlikka qaraganda biroz tezroq o‘sib boradi.
Yuklamalarning bayon etilgan tendensiyasi birinchi bosqichda mashg‘ulotlar tarkibiga kiritiladigan mashqlarning ko‘pchiligi uchun harakatlidir. Biroq qo‘llaniladigan vositalarining vazifasiga qarab u turlicha namoyon bo‘ladi. Shunday mashqlar guruhi ham borki, ularda shiddatlilik birinchi bosqichning o‘zidayoq stabillashib qoladi. Bunday turdagi mashqlarda yuklamalar hajmi shiddatlilikdan ustunlik qilayotgandek ko‘rinadi.
=== Slayd 16 ===
Umumiy chidamlilikni tarbiyalash uchun foydalaniladigan barcha mashqlar, shuningdek, kuch-chidamliligini tarbiyalashga qaratilgan mashqlarning bir qismini (ayniqsa, ko‘proq chidamlilik jalb etadigan sport turlarida) ana shu turdagi mashqlarga kiritish kerak.
Tezkorlik hamda kuch-quvvatni rivojlantirishga qaratilgan tayyorlov mashqlarida holat boshqacha bo‘ladi. Bunda boshidanoq shiddatlilik o‘zining absolyut maksimumiga intiladi. Bu esa hajm ortishini chidamlilik mashqlaridagiga qaraganda ancha ko‘proq cheklaydi. Shuningdek, musobaqa mashqlarida hamda ularga yaqin maxsus-tayyorlov mashqlarida ham yuklamalar dinamikasi o‘ziga xos ko‘rinishda bo‘ladi. Maxsus-tayyorlov mashqlarining hajmi faqat ikkinchi bosqichdagina o‘z maksimumiga erishadi, musobaqa mashqlarining hajmi (tanlangan sport turida) esa undan ham kech
— tayyorlov davri so‘ngida o‘z maksimumiga etadi.
=== Slayd 17 ===
Nihoyat, yana shunday mashqlar guruhi ham mavjudki, ular
mashq bosqichlari doirasidagi jamlangan hajm va shiddatlikning ozgina bo‘lsa ham yuksalishi bilan bog‘liq emas (faol dam olish, chigal yozish maqsadida qo‘llanadigan va boshqa ba’zi bir mashqlar). Bu tur mashqlaridagi yuklamalar ayrim mashg‘ulotlarning mazmuni hamda mikrosikllarning tuzilishiga qarab o‘zgarib turadi, umuman, esa bosqich davomida ular amalda standartligicha qolaveradi. Zikr etilgan umumiy tendensiyaga muvofiq yuklamalar dinamikasining o‘rta “to‘lqin”lari birinchi bosqichda, odatda, undan keyingi bosqichlarga qaraganda anchagina uzun bo‘ladi (taxminan 4-6 hafta).
Mikrosikllar strukturasi. Birinchi bosqichning mikrosikllari sportchining har tomonlama rivojlanishi uchun optimal sharoit yaratishga moslab tuziladi.
=== Slayd 18 ===
Eng keng tarqalgan sikl — bir haftalik sikldagi asosiy mashg‘ulotlarning miqdori turli sohadagi sportchilarda, odatda, 3 tadan 5 tagacha bo‘ladi. Odatda, har bir mashg‘ulot bir nechta turli vazifalarni hal etadi. Tayyorlov davrining ikkinchi (maxsus tayyorgarlik – MTB) bosqichi Tayyorlov Birining ikkinchi bosqichida mashqning tuzilishi va mazmuni sport formasiga bevosita kirib borish uchun sharoit yaratishga imkon beradi.
=== Slayd 19 ===
Tayyorgarlik o‘zining barcha bo‘limlarida ko‘proq maxsus maqsadga qaratila boshlaydi (shuning uchun ham maxsus tayyorgarlik bosqichli deb ataladi).
Jismoniy tayyorgarlikda tanlangan sport turining o‘ziga xos talablariga javob bera oladigan jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirishiga qaratilgan ta’sir etish, ya’ni maxsus jismoniy tayyorgarlik kuchayadi. Enli umumiy jismoniy tayyorgarlik, asosan, umumiy mashq ko‘rganlikni ta’minlaydi va uning maxsus mashq ko‘rganlik bilan eng mustahkam aloqada bo‘lgan komponentlarini yuksaltiradi. Boshqa bo‘limlarda ham shunga o‘xshash o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Sport — texnik tayyorgarligi musobaqa harakatlari texnikasini mazkur mashq siklining musobaqa davri davomida qanday bo‘lsa, o‘shanday ko‘rinishda chuqurroq o‘zlashtirib olishga qaratiladi.
=== Slayd 20 ===
Bunda turg‘un va shu bilan bir-biriga moslashuvchan harakatlar dinamik stereotipini shakllantirish markaziy vazifa bo‘lib qoladi. Parallel ravishda jiddiy va maxsus taktik tayyorgarlik ham kengaytirib boriladi. Nihoyat, ikkinchi bosqichga yaqinlashgan sari tanlangan sport turi bo‘yicha musobaqalarga maxsus iroda tayyorgarligining roli orta boradi. Sportchi iroda tayyorgarligini yanada yuksaltirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshiradi.
Sport amaliyotida bu xohish ratsional hisoblanib, maxsus iroda tayyorgarligining rivojlantirish usullari kengaymoqda.
Bular bari maxsus mashq ko‘rganlikni yuksaltirish va sport formasining barcha komponentlarini garmonik tarzda qo‘shib olib borish uchun sharoit yaratadi. Ikkinchi bosqichda jismoniy, texnik, taktik va iroda tayyorgarliklari o‘zaro aloqada bo‘ladi va ular hatto birlashib (qo‘shilib) ketadi.
=== Slayd 21 ===
Birinchi bosqichdan ikkinchi bosqichga o‘tish asta-sekinlik bilan sodir bo‘ladi. Bunda mashq jarayonining mazmunidan ko‘ra uning tuzilishi va turli vosita uslublarining nisbati umumiy va maxsus tayyorgarlikning salmog‘i, yuklamalar hajmi va shiddatliligining o‘zaro nisbatlari ko‘proq o‘zgaradi.
Vosita va uslublar tarkibidagi o‘zgarishlar. Umumiy va maxsus tayyorgarlikning nisbati. Ikkinchi bosqichda tayyorgarlikning turli vositalarini qo‘llashning o‘rni va xarakteri quyidagi qonuniyatlar bilan belgilanadi.
=== Slayd 22 ===
Birinchidan, maxsus mashq qilish faktori qanchalik tez va kuchli (albatta, ma’lum fiziologik me’yorlarda) ta’sir ko‘rsatsa, mashq ko‘rganlik rivojining darajasi ham shunchalik yuqori bo‘ladi.
Ikkinchidan, mashq ko‘rganlik o‘sib borgan sari uning turli xarakteridagi mashqlardan foydalanishga o‘tish darajasi, aftidan kamayib ketadi va bu o‘tish ko‘proq tanlanadigan bo‘lib boradi.
=== Slayd 23 ===
Uchinchidan, salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi hodisalar bo‘lmasa,
shartli refleks aloqalarining har qanday sistemasi tez va engil o‘rnatiladigan bo‘ladi; mazkur sistemani tashkil etish qanchalik murakkab va nozik bo‘lsa, uning noadekvativ ta’sirlarga boshlang‘ich chidamliligi shunchalik kam bo‘ladi.
Ikkinchi bosqichda bu qonuniyatlardan maxsus mashq ko‘rganlik tez yuksalishini ta’minlash va sport formasining komponentlari o‘rtasida o‘zaro nozik aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun foydalaniladi. Bu, avvalo, tanlangan musobaqa mashqlarida va ularga juda yaqin bo‘lgan maxsus tayyorlov mashqlaridan ancha kengroq foydalanishda o‘z ifodasini topadi. Tayyorlov davri tugallana borgan sayin ular tobora ko‘proq o‘rin oladi va mashg‘ulotning boshqa vositalarini qo‘llashga yanada kuchliroq ta’sir ko‘rsatadi.
Mashg‘ulot uslubiyatlarida ham ana shunday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Tanlangan sport turi ixtisosiga ko‘proq muvofiq keladigan uslubiyatlar tanlab olinadi.
=== Slayd 24 ===
Sportning muayyan turida muvaffaqiyatni bevosita ta’min
etadigan funksional imkoniyatlarni oshiruvchi talablar ko‘z yuvuvchi uslubiyatlarga (masalan, o‘z o‘rtacha masofaga yuguruvchilarda dam olish intervali qat’iy va kamayib boradigan intervalli mashg‘ulot tipidagi uslubiyatlarga; og‘ir atletikachilarda esa, chegaraga yaqin va chegara og‘irliklari bilan bajariladigan takroriy o‘sib boruvchi mashqlar uslubiyatiga va Musobaqa mashqlari negizida qo‘shimcha yoki sifatidan foydalanilgan musobaqa masofali uzunroq musobaqa esa dastlab ayrim ancha ko‘rinish beriladi. Musobaqa mashqlari uslubiyligi hali roli ham ortadi. Tayyorlov davrining oxiriga yaqinlashgan sari tanlangan sport turi bo‘yicha hamma ko‘proq musobaqalashtirish. Biroq hali ham bu mashqlar mashg‘ulot xarakterida bo‘lishi kerak. Bu yerda taqvim musobaqalarda ijtimoiy buzmay, bo‘lajak asosiy musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish vositalaridan biri sifatida xizmat qilishi kerak.
=== Slayd 25 ===
Ikkinchi bosqichda umumiy tayyorgarlik vositalari tarkibidagi xilma-xillik ancha kamayib qoladi. Umumiy tayyorgarlik mashqlarining ko‘pchiligida: ular yuksalishdan ko‘rgan darajasini foydalanish xarakteri ham o‘zgaradi Ularning bir qismi sekinlashtiruvchi ahamiyatga ega bo‘ladi, ya’ni endi hammasiga ko‘ra ko‘proq erishilgan umumiy mashq mustahkamlashni ta’min etadi. Bunga, asosan, mashq ko‘rganlik “bevosita o‘tish” mexanizmi bo‘yicha tanlangan sport turida topishga yordam beruvchi barcha mashqlari kiritish kerak (masalan, juda yuksak chidamlilik namoyish etishni talab qiladigan sportlari ixtisos tarbiyalovchi mashqlar). Ilgari umumiy kuch-quvvat mashqlari yoki kuch quvvat, tezkorlik va kuchlilik talab qiladigan sport turlari bo‘yicha bo‘layotganda umumiy chidamlilikni mashg‘ulot ahamiyatiga ega bo‘lgan ayrim mashqlar ikkilamchi bosqichda ko‘proq dam olish vositasi sifatida ishlatiladi.
=== Slayd 26 ===
Tayyorlov mashqlari ixtisoslashtiriladi. Bu tezligi, kuchi va boshqa o‘zgarishida, shuningdek, mashq hajim olishni me’yorlashdi o‘z ifodasini yuguruvchi-sprinterlar, sakrovchilar, (kiruvchilar, bokschilar mashg‘ulotida shtanga bilan bajaradigan harakatlar yorqin ifoda etilgan tezkor-kuchlilik xarakteriga ega bo‘ladi Dunyo shtanga og‘irligini va takrorlash miqdorini qisman Uzaytirib, harakat tezligini oshirish bilan erishiladi. Umumiy tayyorgarlikning salmog‘i kamayadi. Shunga qarab maxsus tayyorgarlik salmog‘i ortib boradi.
=== Slayd 27 ===
Ikkinchi bosqichda yuklamalaring umumiy hajmining kamayishidan va shiddatkorlikning tobora yuksalishidan iborat. Bosqich davomida yuklamalar hajmi bir qator ko‘rsatkichlar bo‘yicha ancha sezilarli darajada (ayrim hollarda yarmidan ko‘proq) kamayishi mumkin. Bu birinchidan, mashqning bundan keyingi taraqqiyoti uchun yetakchi faktor bo‘lgan shiddatni ancha oshirishga sharoit yaratish zaruriyati bilan izohlanadi. Ikkinchidan, birinchi bosqichda bajarilgan katta hajmdagi tayyorlov ishlari natijasida “kechikuvchi transformatsiya” mexanizmi bo‘yicha organizmda sodir bo‘ladigan uzoq muddatli o‘zgarishlarning o‘tishini yengillashtirish uchun kerak bo‘ladi.
Yuklamalar dinamikasining xususiyatlari
=== Slayd 28 ===
Faqat yuklamaning umumiy hajmini uzoq muddat yetarli miqdorda kamaytirish va shunga yarasha shiddatlilikni oshirish yo‘li bilangina amaldagi ishlar natijasini sport ko‘rsatkichlarining juda tez o‘sishiga aylantirib yuborish mumkin. Hajmning kamayish darajasi, albatta, uning oldingi bosqichdagi kattaligiga bog‘liq. Chunki hajm qancha katta bo‘lsa, “kechikuvchi transformatsiya” muddatlari ham shuncha uzoq bo‘ladi.
Yuklamalar hajmining kamayishi dastlab umumiy tayyorlov mashqlari hisobiga bo‘ladi. Ko‘pchilik maxsus-tayyorlov mashqlarining hajmi bir qancha vaqt mobaynida o‘sib borishda davom etadi yoxud stabillasha boradi. Keyinchalik yuklamalar umumiy hajmining bu komponenti ham asta-sekin kamaya boradi. Musobaqa mashqlari va ularga yaqin bo‘lgan maxsus-tayyorlov mashqlari bundan mustasnodir. Ularning bir oydagi jamlangan hajmi ortib boradi.
=== Slayd 29 ===
Ikkinchi bosqichda shiddatkorlik, asosan, maxsus tayyorligini ilk sohasida o‘sadi. Mashqlar absolyut shiddatligining tezlik va boshqa parametrlarining ortishi bilan birga mashqning shiddati ham yuksalib boradi. Biroq bu umumiy jismni tayyorgarlikning anchagina qismiga taalluqli bo‘lmaydi. Aftidan, bu yerda faqat mashq samarasini tanlangan sport turiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri “foydali o‘tkazadigan” umumiy tayyorgarlik mashqlarining ayrim parametrlarigina ortishi lozim bo‘lishi kerak. Bunga mashq ko‘rsatganlik o‘ziga borgani sari, bir tomondan. yuklamalar hajmi kamayishi sabab, ikkinchi tomondan, tiklanish jarayonlarining tezroq o‘tishi sabab buziladi.
=== Slayd 30 ===
AQSHda musobaqalar rejimi optimal mashg‘ulot rejimidan qancha kam farq qilsa, uni tayyorgarlik jarayonida shuncha tez-tezroq tiklab olish mumkin. Umuman shuni aytish kerakki, tayyorgarlik sharoitining musobaqa sharoitlariga muvofig‘i hamisha ham musobaqa sharoitlarini aynan ko‘z chirish degan ma’noni anglatavermaydi. Bundan tashqari, musobaqaning bir qator o‘zgaruvchan sharoitlari (raqibning o‘ziga xos xususiyatlari, birinchilik o‘tkazish tartibidagi bir xususiyatlar, ob-havo sharoitlari va hokazolar) kutilmaganda paydo bo‘ladi. Sportchida xilma-xil sharoitlarda o‘z kuchini unumli tarzda ishlata bilish qobiliyati bo‘lishi kerak. Buning uchun tayyorgarlik sharoiti tegishlicha variativ (o‘zgaruvchan) bo‘lishi kerak.
=== Slayd 31 ===
Sport mashqining maxsus tayyorgarlik bosqichini boshqacha qilib musobaqa oldi bosqichi deb ham atash mumkin. Chunki u bevosita musobaqa davriga ulanib ketadi. Bu bosqichda qo‘lga kiritiladigan sport formasini “boshlang‘ich” deyish mumkin: keyinchalik uning darajasi ortib boradi, bunda uning ayrim komponentlari (ayniqsa, taktik tayyorgarlik) navbatdagi musobaqalarning ixtisoslashishiga qarab o‘zgaradi.
Tayyorgarlik davrining funksiyasi bajarilganini ko‘rsatuvchi mezon sifatida mashqning bundan oldingi siklida erishilgan natijadan yaxshiroq natija yoki shu darajaga yaqinroq ko‘rsatkich xizmat qilishi mumkin. Sport natijalari aniq miqdor xarakteristikasiga ega bo‘lmagan sport turlari uchun umumiy tayyorgarlik (birinchi bosqichda) va maxsus tayyorgarlik (ikkinchi bosqichda) me’yorlarini bundan avvalgisining tegishli me’yorlariga qaraganda ortiqroq bajarilishi mezon bo‘ladi.
=== Slayd 32 ===
Musobaqa davri
Musobaqa davrining tuzilmasi oddiy va murakkab bo‘lishi mumkin. Birinchi holda u asosiy bir turdagi mikrosikllardan — musobaqa va yuklama tashlash mikrosikllaridan iborat bo‘ladi. Ikkinchi holda esa 4-6 haftalik maxsus oraliq bosqich bilan bir-biridan ajralgan ikkita (ba’zan undan ham ko‘p) musobaqa bosqichlaridan iborat bo‘ladi.
U yoki bu tuzilmadan foydalanish sport turlarining xususiyatlariga, mazkur sport turida qabul qilingan musobaqalar taqvimiga va boshqa sharoitlarga bog‘liq, bunda boshqa sharoitlar teng bo‘lsa, davrining uzunligi hal qiluvchi rol o‘ynaydi: oddiy tuzilma nisbatan uncha uzoq davom etmaydigan davrga (2-3 oygacha), murakkab tuzilma esa uzoq davrga (4-5 oylar chamasi) to‘g‘ri keladi.
=== Slayd 33 ===
Mashg‘ulot yo‘nalishining o‘zgarishi. Sport formasiga kirib olingandan keyin uni butun mas’uliyatli musobaqalar davomida saqlab turish va sport yutuqlariga erishishga aylantirish vazifasi paydo bo‘ladi. Yuqorida aytganimizdek, sport formasi — bu holatgina emas, balki jarayon hamdir; sportda yutuqlarining erishishga tayyor ekanlikni ko‘rsatuvchi barcha fazilat, malaka. mahoratlarni uzluksiz takomillashtirib boruvchi jarayon hamdir. Sport formasini saqlab turish davrida navbatdagi musobaqalarining muntazam shart-sharoitlariga moslashish zaruriyati munosabati bilan uning ayrim komponentlari ancha sezilarli o‘zgarishlarga duel kelishi mumkin. Biroq bu davrda tubdan o‘zgarishlar qilib bo‘lmaydi, chunki ular sport formasining o‘zgarishiga olib kelgan va shu bilan musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashish imkoniyatidan mahrum etgan bo‘lar edi.
=== Slayd 34 ===
Jismoniy tayyorgarlik musobaqa davrida eng ko‘p kuchaytirib rad talab qiladigan kuchlanishlarga bevosita funksional tayyorgarlik xarakteriga ega bo‘ladi va (mazkur sikl uchun) maxsus mashq ko‘rganlikning maksimal darajasiga erishishga, uni ana shu darajada saqlab turishga hamda qo‘lga kiritilgan umumiy mashq ko‘rganlikni quvvatlab turishga qaratilgan bo‘ladi.
=== Slayd 35 ===
Sport-texnik va taktik tayyorgarligi harakat faoliyati
Sport-texnik va taktik tayyorgarligi harakat faoliyatining tanlangan formalarini imkon boricha yuqori pog‘onada takomillashtirishni ta’minlaydi. Bu bir tomondan, ilgari o‘zlashtirilgan malaka va mahoratlarining mustahkamlanishini nazarda tutsa, ikkinchi tomondan, harakat muvofiqligining nihoyatda nozik silliqlash, taktik rivojlantirish va maxsus bilimlarini chuqurlashtirish asosida sportning turli sharoitlarida yaraydigan bo‘shlikni orttiradi.
=== Slayd 36 ===
Ma’naviy-iroda tayyorgarligi musobaqalar davrida musobaqalarga bevosita psixologik jihatdan tayyor bo‘lish, sportchining jismoniy va ruhiy kuch-quvvatini oliy darajada namoyon etishga safarbar etishda alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bilan ehtimol tutilgan sport mag‘lubiyatlariga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishni va ijobiy emotsional holatni saqlab qolishni ta’minlash ham g‘oyat muhimdir. Agar musobaqa davri uzoq davom etadigan bo‘lsa, (masalan, futbol) u holda mashq sport formasining poydevorini kengaytirish bo‘lgan qo‘shimcha funksiyani ado etadi. Bunday holda uchraydigan oraliq bosqichlar ma’lum ma’noda tayyorlov davrini eslatadi. Vosita va uslubiyatlar tarkibidagi o‘zgarishlar. Umumiy va maxsus tayyorgarlikning nisbati.
=== Slayd 37 ===
Mazkur davrda sport musobaqalari yanada takomil topishning eng muhim vositasi va uslubiyati hisoblanadi. Musobaqada sharoit hamda musobaqa jarayonining o‘zi yuzaga keltiradigan alohida fiziologik va emotsional fon mashg‘ulotlar jarayonida ko‘rinmaydigan zaxiralar hisobiga jismoniy mashqlarning ta’sirini oshiradi va organizm funksional imkoniyatlari oliy darajada namoyon bo‘lishiga ko‘maklashadi. Shu bilan birga musobaqalar iroda tarbiyasi hamda sport mahoratini takomillashtirish jarayonida mislsiz katta rol o‘ynaydi. Bularining bari sport formasi davrida musobaqalardan faqat sport imkoniyatlarini ishga solish vositasi sifatidagina emas, balki, yanada olg‘a borishning eng ta’sirchan faktori sifatida ham keng foydalanish kerakligini ko‘rsatadi.
=== Slayd 38 ===
Musobaqalar miqdori, albatta, sport turlarining xususiyati va sportchilarning malakasiga bog‘liq. Masalan, sportning tezkor kuchlilik talab qiladigan ko‘pchilik turlarida hamda sport o‘yinlarida yuqori malakali sportchilar deyarli butun musobaqa davrida har haftada musobaqalasha olsa, g‘oyat zo‘r chidamlilik talab etadigan sport turlari, shuningdek, sportdagi yakkama-yakka kurashuvlar uchun musobaqaning bunday rejimi to‘g‘ri kelmaydi. Biroq musobaqalarning umumiy soni, faqat sportning tanlangan turlaridagina emas, qo‘shimcha turlarida ham hamisha sportchining jismoniy va iroda sifatlarini effektiv sur’atda tarbiyalash, uning mahoratini oshirish uchun etarli bo‘lishi kerak.
=== Slayd 39 ===
Sportchi faqat tanlangan mashqda yoki yana qo‘shimcha mashqlarda ham chiqayotganidan qat’iy nazar, musobaqalar o‘z ahamiyati va yo‘nalish darajasi bo‘yicha bir-biridan farq qilinishi kerak. Musobaqalar bir qismi hatto musobaqa davrida ham tayyorgarlik xarakteriga ega bo‘ladi va ulardan asosiy, eng mas’uliyatli musobaqalarga yaqinlashtirish uchun foydalaniladi.
Tabiiyki, bu davrda musobaqa mashqlarining salmog‘i ortib boradi; bu maxsus tayyorlov mashqlarining miqdorini qisqartirish hisobiga ortib borganidan ko‘ra ko‘proq musobaqalardan keng foydalanish ham mashq mashg‘ulotlarida musobaqa mashqlarini tez-tez bajarib turish natijasida sodir bo‘ladi. Maxsus-tayyorlov mashqlarining tarkibi bundan oxirida qanday bo‘lgan bo‘lsa, asosan, shundayligicha qoladi. Umumiy tayyorgarlik vositalaridan foydalanishda anchagina o‘zgarishlar yuz beradi.
=== Slayd 40 ===
Sport formasi vaqtda “salbiy” ta’sir etuvchi xavf kamayadi, binobarin, mashqlarni kengroq miqyosda almashtirish imkoniyati paydo boladi. Garchi umumiy jismoniy tayyorgarlik, asosan, ilgari o‘zlashtirilgan mashqlar materialidan qurilsa ham, biroq mashqlarining tarkibi va ulami jihatidan tayyorlov davrining ikkinchi bosqichidagiga qaraganda ko‘proq xilma-xil bo‘lishi mumkin.
Bu umumiy tayyorlov ekanlik darajasini saqlab turish uchun qulay sharoitlar yaratadi. Bu esa, o‘z navbatida, maxsus tayyor ekanlikni saqlab turish va yanada rivojlantirish uchun xizmat qiladi. Bir holatdan ikkinchisiga o‘tishlar faol dam olish yordamida ish qobiliyatini kundalik tiklab borish sharoiti ham yengillashadi.
=== Slayd 41 ===
Chunki bir yo‘lnalishdagi faoliyat tormozlanishga tezroq olib keladi hamda funksional imkoniyatlari cheklab qo‘yadi.
Musobaqa davrida umumiy tayyorgarlikning salmog‘i maxsus tayyorgarlik bosqichidagiga qaraganda umuman past bo‘ladi. Agar musobaqalar davri nisbatan qisqa muddatli bo‘lsa, umumiy va maxsus tayyorgarliklar nisbati taxminan tayyorgarlik davrining oxirida qanday bo‘lsa, shunday darajada saqlanib qoladi. Agar musobaqa davri 2-3 oydan ortiqqa cho‘zilib ketsa, u holda nisbat oraliq bosqichda umumiy tayyorgarlikning salmog‘ini bir qadar orttirish tomoniga o‘zgarishi kerak.
Hozirgi mavjud amaliyotda ko‘pincha mutlaqo boshqacha manzarani ko‘rish mumkin: musobaqalar davri boshlanishi bilan umumiy tayyorgarlikning salmog‘i yo keskin qisqarib ketadi yoki yo‘q darajaga tushib ketadi.
=== Slayd 42 ===
Yuklamalar dinamikasining xususiyatlari. Nisbatan Uzoq davom etmaydigan musobaqa davrida mashq yuklamalarining dinamikasi yuqorida ko‘rib o‘tilgan yakunidek bo‘lib ko‘rinadi: mashq vaqtida yuklamalarning umumiy hajmi dastlab biroz pasayishda davom etadi. Agar musobaqa davri uzoq muddat davom etadigan bo‘lsa, u holda bir qator yangi holatlar paydo bo‘ladi. Mashq talablarining nisbatan stabillashishidan keyin yana yuklamalar umumiy hajmining o‘sishi va ular shiddatligining biroz kamayishi sodir bo‘ladi, keyin yana yuklamalar umumiy hajmining va ular shiddatligining biroz kamayishi sodir boradi, keyin yana hajmning qisqarishi va shiddatlikning ortishi boshlanadi.
Shunday qilib, uzoq muddatli musobaqa davrining oraliq bosqichida tayyorlov davridagi yuklamalar umumiy dinamikasining ba’zi bir belgilari takrorlanayotgandek bo‘ladi.
=== Slayd 43 ===
Biroq bu qisqargan masshtablarda va umumiy hamda maxsus tayyorgarlikning boshqacha nisbatida sodir bo‘ladi.
Musobaqa davridagi yuklamalarning “to‘lqin”lari hajmi va shiddatlik jihatidan bir-biriga ayniqsa, loyiq bo‘lishi kerak. Bunda umumiy hajmning ortishi maxsus mashqlar shiddatligining uzoq muddat pasayib ketishiga olib kelmaydigan me’yorda bo‘lsagina to‘g‘ri bo‘ladi. Hajmni oshira borish bosqichi musobaqalar o‘rtasidagi tanaffuslar vaqtiga yoki har holda unchalik mas’uliyatli bo‘lmagan musobaqalarga to‘g‘ri kelgani ma’qul. Chunki bunday bosqich sport ko‘rsatkichlari vaqtincha o‘smay qolishi yoki pasayishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. 2. Sport musobaqalari shunga o‘xshagan mashq yuklamalariga qaraganda ancha keskin ta’sir ko‘rsatishi bilan xarakterlanadi, ular organizmda ancha sezilarli biologik o‘zgarishlar paydo qiladi hamda tiklash jarayonlari vaqtini ancha uzaytiradi.
=== Slayd 44 ===
Mashq ko‘rganlik o‘sa borgani sari o‘ziga xos yuklamalarning ayrim funksional sistemalarga ta’siri ham ortadi. Bu qo‘lga kiritilgan mashq ko‘rganlik darajasini mashq ko‘rganlikka erishishda ishlatilgan yuklamalarga qaraganda kamroq yuklamalar vositasida saqlab turishga imkon beradi. Biroq bu nisbatan katta bo‘lmagan (bir necha hafta masshtabidagi) vaqt oralig‘idagina to‘g‘ri bo‘ladi. Mashq ko‘rganlikni uzoq vaqt saqlab turilganda esa uni yanada yuksaltirishdan tashqari, nisbatan kichik yuklamalarni katta va maksimal turish zarur bo‘lib qoladi. Bularning bari yuklamalarning haftalik dinamikasida va mikrosikllar tuzilmasida o‘z ifodasini topadi.
=== Slayd 45 ===
Bunda o‘rta “to‘lqin” oraliqlar va mas’uliyatli musobaqalar bilan o‘zaro nisbati shunday bo‘ladiki, bu navbatdagi mas’uliyatli musobaqalargacha shiddatlikning muayyan ko‘rsatkichlari yoxud o‘sa borgani holda yuklamalarning haftalik hajmini oldindan kamaytirishga imkon beradi. Mikrosikllar tuzilmasi. Tabiiyki, musobaqa davridagi asosiy shakli yuqorida aytib o‘tilgan musobaqa mikrosikli bo‘ladi. Biroq bu yerda barcha mikrosikllar bir xil emas. Asosiy musobaqalar o‘tadigan kunlari o‘z ichiga olgan mikrosikllar haftalik yuklama hajmining kamayishi va mashg‘ulotlari eng kam miqdori bilan xarakterlanadi. Musobaqalar haftasiga 2-3 kun, ba’zan esa undan ham ko‘p kun hajmi kattaroq yuklamalardan xoli qilinadi. Bu vaqt, asosan, musobaqa boshlanadigan paytgacha tiklash va samarali bo‘lsin faol dam olish, hajmi uncha katta bo‘lmagan chigal yozish (razminka) mashqi uchun ajratiladi.
=== Slayd 46 ===
Musobaqa oldidan bir necha kun to‘liq dam olish, odatda, maqsadga muvofiq, deb hisoblanmaydi. Yuklamalarning haftalik hajmi oshirilgan mikrosikllarda (ayniqsa, oraliq bosqichlarda) mashq kunlarining o‘zi ko‘payishi bilan xarakterlanadi. Shunga yarasha yuklamalar va dam olish rejimi ham ancha bo‘ladi.
Mashqning o‘ziga xos funksiyalari
Mashqning o‘ziga xos funksiyalari. O‘tish davri uzluksiz mashq tizimida g‘oyat o‘ziga xos bir bo‘g‘indir. Bunda asosiy mashg‘ulotlar faol dam olish xarakteriga ega bo‘ladi.
Mazkur davr mashq samarasining mashq ko‘rganlikka aylanib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikni, organizmning funksional va adaptatsion imkoniyatlari oshirilgan talablar qo‘yishdan xoli rejimga yetarli darajada uzoq o‘tishni ta’min etish uchun kiritiladi.
=== Slayd 47 ===
Shu bilan birga mazkur vaqtdan mashq ko‘rganlikni ma’lum darajada saqlab qolish uchun sharoit yaratilishi va shu yo‘l bilan sport formasini rivojlantirishning ikki sikli o‘rtasidagi aloqadorlik ta’minlanishi zarur. Albatta, faol dam olish sharoitida mashq ko‘rganlikni eng yuqori (maksimum) darajada saqlashning iloji yo‘q, biroq mashqning yangi siklini avvalgiga qaraganda ancha yuqori dastlabki pozitsiyada boshlashga imkon beradigan mashq ko‘rganlikni saqlab qolish mumkin va zarurdir. Jismoniy tayyorgarlik o‘tish davrida ilgari qo‘lga kiritilgan funksional va morfologik o‘zgarishlari mustahkamlanishini ta’minlaydi, ayrim jismoniy fazilat qisman takomillashtiradi, moslashuv imkoniyatlarini tiklab olishga ko‘maklashadi. Bularning bari mashqni oshirilgan yuklamalar bilan davom ettirish uchun shart-sharoit yaratadi.
=== Slayd 48 ===
E’TIBORINGIZ UCHUNRAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |














Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.