=== Taqdimot 1 ===
Tarbiyachining ish hujjatlari
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
01
02
“Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi va metodik qo‘llanmalar.
03
Bolalar davomatini qayd etish daftari (tabel, filtr, ota-onalar to‘g‘risida ma’lumotlar).
04
Bolalarning rivojlanish xaritalari. Yillik hisobot.
Oylik ish rejasi (Ish jurnali).
=== Taqdimot 3 ===
05-01
“Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi va metodik qo‘llanmalar
=== Taqdimot 4 ===
O‘quv dasturlari va metodik qo‘llanmalar
=== Taqdimot 5 ===
Ilk qadam davlat o‘quv dasturi – bu bolaning barkamol shaxs sifatida shakllanishiga qaratilgan bo‘lib, ta’lim va tarbiya jarayonining maqsadlari, vazifalari, tamoyillari, kutilayotgan natijalari, mazmuni va tashkil etilishini belgilaydigan tayanch hujjat hisoblanadi. Mazkur hujjat maktabgacha ta’limning muqobil, parsial, moslashtirilgan dasturlarini ishlab chiqish uchun ham asosdir. Davlat o‘quv dasturi ikkinchi nashrining asosiy jihatlari uning muqobilligi, moslashuvchanligi, individual xususiyatlarni hisobga olgan holda har bir bolaning ta’lim ehtiyojlariga qaratilganligidir.
=== Taqdimot 6 ===
Qo‘llanmalar
Davlat o‘quv dasturini tatbiq etishda pedagoglarga yordam tariqasida “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturiga uslubiy yordam sifatida o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar to‘plami taklif etiladi. Toʻplam oltita qoʻllanmani oʻz ichiga oladi:
“MTTda ta’lim dasturlarini ishlab chiqish”;
“Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida ta’lim jarayonini rejalashtirish”;
“O‘yin orqali ta’lim olish”;
“Maktabgacha ta’limda ta’lim jarayonini individuallashtirish. Alohida ehtiyojli bolalar inklyuziyasi”;
“Oilalar va mahalliy jamoatchilik bilan hamkorlik”;
“Kuzatish va baholash”.
Loyihaviy mavzuli faoliyatni rejalashtirish va amalga oshirish uchun “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim va tarbiya jarayonini mavzuli rejalashtirish” qo‘llanmasi taklif etiladi.
=== Taqdimot 7 ===
1-BOB. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Davlat o‘quv dasturining qo‘llanilishi;
1.2. MTTning maqsad va vazifalari;
1.3. Pedagogning roli.
2-BOB. MTT TA’LIM VA TARBIYA JARAYONINING MAQSAD VA TAMOYILLARI
2.1. MTT ta’lim va tarbiya jarayonining maqsadi;
2.2. MTTda ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etish tamoyillari;
2.3. Qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini tashkil etish;
2.4. Ta’lim olishda alohida ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ta’lim va tarbiya jarayoni (inklyuziv ta’lim);
2.5. Ota-onalar va mahalliy hamjamiyat bilan hamkorlik.
=== Taqdimot 8 ===
3-BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA TA’LIM BERISHDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV
3.1. Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning tayanch kompetensiyalari
3.2. Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari.
4-BOB. ТA’LIM VA TARBIYA JARAYONI
4.1. Maktabgacha yoshdagi bolaning rivojlanishida o‘yinning roli va MTTning ta’lim va tarbiya jarayonida uning ahamiyati;
4.2. Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida ta’lim va tarbiya jarayonini rejalashtirish.
5-BOB. BOLANING RIVOJLANISH SOHALARI BO‘YICHA YUTUQLARI
6-BOB. RIVOJLANTIRUVCHI MUHITNI TASHKIL QILISH
7-BOB. DAVLAT O‘QUV DASTURI BO‘YICHA KUTILAYOTGAN TA’LIMIY NATIJALAR
8-BOB. RESURS TA’MINOT.
=== Taqdimot 9 ===
1-ilova. MTT ta’lim dasturini yaratish bo‘yicha tavsiyalar.
2-ilova. MTT guruhlarining namunaviy kun tartibi.
3-ilova. Namunaviy o‘quv reja.
4-ilova. Namunaviy yillik mavzuli reja.
5-ilova. Namunaviy haftalik reja.
6-ilova. MTTda o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan bayram tadbirlari ro‘yxati.
7-ilova. Rivojlanish xaritasi.
8-ilova. 6-7 yoshdagi bolaning maktabga tayyorlik xaritasi.
9-ilova. Guruhlarda rivojlanish markazlarining taxminiy joylashuvi.
10-ilova. Guruhlardagi rivojlanish markazlari va rivojlantiruvchi muhit uchun materiallarning namunaviy ro‘yxati.
=== Taqdimot 10 ===
BOLANING RIVOJLANISH SOHALARI KOMPETENSIYALARI
=== Taqdimot 11 ===
Rivojlanish sohalari bo‘yicha kompetensiyalarni o‘zaro bog‘liq holda takomillashtirish bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash, shuningdek, uning maktab ta’limi bo‘lgan keyingi bosqichiga muammosiz o‘tishi va unga tayyor bo‘lishi, boshlang‘ich ta’limda kompetensiyalarni shakllantirishi uchun zarurdir. Bolaning kompetensiyalari bola rivojining quyidagi sohalarida belgilanadi:
● jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi;
● ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
● nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari;
● bilish jarayonining rivojlanishi;
● ijodiy rivojlanish.
=== Taqdimot 12 ===
02
05-02. Oylik ish reja (Ish jurnali)
=== Taqdimot 13 ===
MTTda pedagogik faoliyatni rejalashtirish bolalar hayotini toʻgʻri tashkil etishning negizi hisoblanib, bunda tarbiyachilar taʼlimiy vazifalar, bolalar bilan birgalikda olib boriladigan ish shakllari, rivojlantiruvchi muhitga kiritish lozim boʻlgan oʻzgartirishlarni belgilab beradi. Rejalashtirish taʼlim-tarbiya jarayonida individual yondashuvni amalga oshirish, bolalarga axborot va jismoniy vazifalarni meʼyorlash imkonini beradi. Ish rejasining toʻlaqonli bajarilishini tahlil qilish, bolaning rivojlanish surʼatini kuzatish va ular uchun yanada qulay sharoitlar yaratish imkonini beradi.
=== Taqdimot 14 ===
O‘quv yili uchun yillik vazifalar;
Guruhning kun tartibi;
Taʼlim-tarbiya jarayoni;
Taʼlimiy faoliyatlar jadvali;
Ertalabki badantarbiya;
Taʻlimiy-tarbiyaviy faoliyat;
Rivojlanish sohalari bo‘yicha maqsadlar;
Umumiy guruh bo‘lib ishlash (frontal);
Rivojlanish markazlarida bolalar tanlovi asosida haftalik mavzu bo‘yicha ta’lim va tarbiya jarayoni.
Ish jurnali tarkibi
=== Taqdimot 15 ===
Umumiy guruh boʻlib ishlash (frontal).
Rivojlanish markazlarida bolalar tanlovi asosida haftalik mavzu bo‘yicha ta’lim va tarbiya jarayoni.
Birinchi sayr.
Kunning ikkinchi yarimi.
Ikkinchi sayr.
MTT metodisti (rahbar)ning tavsiya va koʻrsatmalari.
=== Taqdimot 16 ===
Frontal mashg‘ulotlar barcha bolalar uchun bir xil bo‘lgan tarbiyachining rejasi asosida olib boriladi. Frontal mashg‘ulotlarning o‘ziga xos xususiyati — bu butun guruh bilan ishlash, aniq jadval, yagona tarkib hisoblanadi. Ushbu shaklning afzalliklari: aniq tashkiliy tuzilma, oddiy nazorat, bolalar bilan o‘zaro munosabatda bo‘lish qobiliyati, ta’limning iqtisodiy samaradorligi; kamchiliklari esa — mashg‘ulotlarni individualizatsiya qilishdagi qiyinchiliklar va vaqt cheklovlaridir.
=== Taqdimot 17 ===
Markazlardagi faoliyatlar – taʼlim faoliyati mavzuli rejalashtirish asosida tashkil etilib, har bir yosh guruhlari uchun alohida oy va hafta mavzulari aks ettiriladi hamda beshta rivojlantirish markazlarida taʼlimiy faoliyat turlari tashkil etiladi:
● Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazi;
● Syujetli-rolli oʻyinlar va sahnalashtirish markazi;
● Til va nutq markazi;
● Fan va tabiat markazi;
● Sanʼat markazi.
Namunaviy rejalashtirish berilgan markazlardagi faoliyatlarga, hudud (shahar)larning ichki imkoniyatlarini inobatga olib yoki ijodiy yondashgan holda (asosiy oy mavzusidan chiqib ketilmaydi) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganda markazlardagi faoliyat ish daftarida qayd etiladi.
=== Taqdimot 18 ===
05-03
Bolalar davomatini qayd etish daftari (tabel, filtr, ota-onalar to‘g‘risida ma’lumotlar)
=== Taqdimot 19 ===
Tarbiyachi tomonidan yuritiladigan tabel, filtr daftari bir-biriga uzviy bogʻliq boʻlib, ular bolalarni qabul qilish va qatnovini nazorat qiluvchi hujjatlar hisoblanadi. Daftarda ota-onalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ham qayd etiladi. Daftarlar umumiy bitta boʻlishi yoki 3 ta daftar alohida yuritilishi mumkin, alohida yuritilganda, ularning har biriga 05-03 raqami qoʻyiladi. Daftarlarning yuritilish tartibi quyidagicha:
Bolalar davomatini qayd etish daftari;
Tabel;
Filtr daftari;
Patronaj daftari;
Ota-onalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar daftari.
=== Taqdimot 20 ===
05-04
Bolalarning rivojlanish xaritalari. Yillik hisobot
=== Taqdimot 21 ===
Rivojlanish xaritasi kuzatuvlarni hujjatlashtirish shakli sifatida bolaning turli sohalardagi rivojlanish darajasi to‘g‘risida muntazam ravishda ma’lumot to‘plash jarayonini o‘z ichiga oladi.
Rivojlanish xaritasi davlat talablari asosida bolaning rivojlanish sohalari, kichik sohalar va kutilgan natijalarga tayanadi.
Bolaning rivojlanish xaritasi har bir yosh guruhi (3-4, 4-5, 5-6, 6-7) uchun alohida yuritiladi va har bir bola uchun bir yilda uch marta: o‘quv yilining boshida, o‘rtasida va oxirida to‘ldiriladi.
MTTdan chiqishda 6-7 yoshli bolaning maktabga tayyorligi xaritasi (faqat MTT bitiruvchilari uchun) to‘ldiriladi.
=== Taqdimot 22 ===
Bolaning rivojlanish xaritasini to‘ldirish uchun uch bosqichdan iborat bo‘lgan kuzatish olib boriladi: dastlabki (o‘quv yili boshida), oraliq (o‘quv yili o‘rtasida) va yakuniy (o‘quv yili yakunida). Bolaning rivojlanish darajasi quyidagi tushuntirishlar yordamida belgilanadi:
K – kuzatilmaydi yoki kamdan-kam kuzatiladi (bola asosiy koʻnikmalarni namoyon qiladi, xatti-harakatlari kam yoki umuman namoyon qilmaydi).
B – baʼzida kuzatiladi (bola asosiy koʻnikmalarni namoyon qiladi / xatti-harakatlari tasodifiy yoki maʼlum vaziyatlarda).
T – tez-tez kuzatiladi (bola asosiy koʻnikma / xatti-harakatni vaziyatga qarab namoyish etadi).
D – doimiy ravishda kuzatiladi (bola asosiy koʻnikmalarni namoyon qiladi xatti-harakatlari talab darajasida, mustaqil tarzda takrorlaydi).
=== Taqdimot 23 ===
Yillik hisobot
Defektolog, psixolog, musiqa rahbarlari hisobot topshiradi;
Metodist MTT bo‘yicha hisobotni jamlaydi;
Metodist hisobotni
pedagogik kengashga taqdim etadi.
Natijalar bo‘yicha keyingi o‘quv yiliga MTT asosiy vazifalarini belgilaydi;
=== Taqdimot 24 ===
Oʻz ustida ishlash. Bu yerda pedagoglar (tarbiyachi, defektolog, psixolog va musiqa rahbari) oʻz ustida ishlash maqsadida malaka oshirish kurslaridan oʻtganligi, taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etishda foydalangan elektron taʼlim platformalarini koʻrsatadi, shuningdek kasbiy kompetensiyasini oshirish borasida amalga oshirgan ishlari, ishtirok etgan seminar va treninglar mavzularini yozadi. Pedagog turli darajada tashkil etilgan seminarlar haqida, oʻz tajribasini amaliyotga joriy etgan boʻlsa (kitob, metodik qoʻllanmalar va boshqa) ularni ham koʻrsatib oʻtishi tavsiya etiladi.
=== Taqdimot 25 ===
Keyingi oʻquv yiliga reja. Bu yerda tarbiyachi, defektolog, psixolog, musiqa rahbari yillik hisobotdan kelib chiqib, qilingan tahlillarga asosan qisqa vazifalar belgilaydi. Vazifalar bolalarning rivojlanish xaritalari boʻyicha qilingan tahlilga asosan belgilanishi tavsiya etiladi. Masalan: ijtimoiy-hissiy rivojlanish sohasida – bolalarni muammoli vaziyatlarni hal qilishning turli usullarini oʻrganishga yordam berish, muzokaralar olib borish, yangi aloqalarni oʻrnatish, (har bir hudud uchun ikkitadan koʻp boʻlmagan vazifa) ota-onalar uchun tashkiliy tadbirlarni tashkil etish va turli loyihalarda ularning ishtirokini oshirish.
=== Taqdimot 26 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.