TARBIYA IJTIMOIY-TARIXIY ZARURAT SIFATIDA

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
Tarbiya ijtimoiy-tarixiy zarurat sifatida
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
01
02
03
Tarbiya tushunchasining mohiyati.
Milliy tarbiya konsepsiyasi
Boshlang‘ich ta’limda tarbiya jarayoni.
=== Taqdimot 3 ===
“Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda”.
Sh.M.Mirziyoyev.
=== Taqdimot 4 ===
Tarbiya – yosh avlodni har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan faoliyat bo‘lib, shaxsni aqliy, jismoniy, axloqiy, ma’naviy sifatlarini shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, insonning jamiyatda yashashini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan xususiyatlarini tarkib toptirishning jarayonlaridir.
=== Taqdimot 5 ===
Tarbiya inson shaxsini shakllantirish, uning ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma’rifiy hayotida faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan barcha ta’sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar majmuini anglatadi. Tarbiya ta’limga nisbatan kengroq bo‘lgan tushunchadir. Bunday tarbiyaning oila va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishini nazarda tutadi.
=== Taqdimot 6 ===
Tarbiya jarayoni – o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan hamkorlik jarayoni.
Insonning shaxs bo‘lib rivojlanishi, uning odatlari, xulqi qay darajada bo‘lishi, dunyoqarashi, ongi his-tuyg‘ularini shakllantirish tarbiya jarayonida hosil bo‘ladi. Shaxsning jamiyatdagi o‘rnini topishi, his-tuyg‘u, kechinmalarini yo‘nalishi, o‘sishi tarbiyaga bog‘liq.
=== Taqdimot 7 ===
Inson hayotidagi har xil illat va nojo‘ya holatlar tarbiyadagi xato tufayli kelib chiqadi. Bolalikdan tarbiya to‘g‘ri yo‘naltirilsa bunday “og‘ishlar” bo‘lmaydi.
Jamiyatdagi, ijtimoiy hayotdagi talablarga javob beruvchi shaxsni shakllantirish tarbiyaning mazmunini tashkil etadi. Talablar bilan birga boshqa insonlarni hurmat qilish o‘zgalar fikrini tinglash, insonparvarlik va ilm olish, ilmga intilish tarbiyaning muhim tamoyillaridandir.
=== Taqdimot 8 ===
Pedagogikada keng va tor ma’nodagi tarbiya tushunchasi mavjud:
shaxsga jamiyatning ta’sir etishi, ijtimoiy hodisa sifatida qaraladi. Ya’ni, shaxsning jamiyat talablariga javob berishiga va jamiyatning ta’siri natijasida shaxsni rivojlantirishga yo‘naltirilgan tarbiya.
Keng ma’noda
Tor ma’noda
pedagogik jarayon sharoitida ta’lim maqsadini amalga oshirish uchun pedagog va tarbiyalanuvchilarning maxsus tashkil etilgan faoliyati tushuniladi.
=== Taqdimot 9 ===
Tarbiyalanganlik – milliy urf-odatlar, qadriyatlarga e’tiqod bilan rioya qiladigan, noqonuniy ishlardan o‘zini tiya oladigan, o‘z xatti-harakatlari bilan o‘zgalar nafratini qo‘zg‘amaydigan xulq-atvordir. Faoliyat jarayonida hosil bo‘lgan malaka va odatlar axloq me’yorlariga rioya qilishni yengillashtiradi.
=== Taqdimot 10 ===
Tarbiya natijasida o‘quvchida shakllanadigan sifatlar:
dunyoqarash;
e’tiqod;
ezgulik;
go‘zallik;
yaxshilik;
mehribonlik;
do‘stlik;
ishonch;
bag‘rikenglik;
adolat;
tenglik;
halollik;
shukronalik;
sadoqat;
ijtimoiy faollik;
burch va boshqalar.
=== Taqdimot 11 ===
Tarbiya mazmuni deganda, qo‘yilgan maqsad va vazifalar bilan bog‘liqlikda ta’lim oluvchilarning egallashi lozim bo‘lgan bilim, malaka, e’tiqod, shaxs sifati va xarakteri, xulq-atvor tizimi tushuniladi.
=== Taqdimot 12 ===
Tarbiyaning maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, rivojlanishi, yo‘nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi barkamol shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iboratdir.
=== Taqdimot 13 ===
Tarbiyaning umumiy vazifalari:
jamiyat a’zolarining maqsadga yo‘naltirilgan rivojlanish hamda ularning qator ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoit yaratish;
jamiyat rivoji uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy madaniyatga mos yetarlicha hajmdagi “inson kapitalini” tayyorlash;
madaniyatlarni uzatib turish orqali ijtimoiy hayotning barqarorligini ta’minlash;
malum jins yoshi va ijtimoiy kasbiy guruhlarning qiziqishlarini hisobga olgan holda ijtimoiy munosabatlar doirasida jamiyat a’zolarining harakatini tartibga solish.
=== Taqdimot 14 ===
Tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari:
maqsadga yo‘naltirilganligi;
ko‘p qirrali jarayon;
uzoq muddat davom etishi;
uzluksizligi;
yaxlitligi;
variativligi;
natijalarning oldindan aniqlanmasligi;
ikki tomonlamalilik.
=== Taqdimot 15 ===
Tarbiya turlari:
Aqliy
Estetik
Ekologik
Axloqiy
Jismoniy
Huquqiy
Fuqarolik
Iqtisodiy
Siyosiy
Mehnat
=== Taqdimot 16 ===
O‘zbekistonda barpo etilayotgan Uchinchi Renessans davrida boshlang‘ich ta’limning vazifalari:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tahliliy va kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirish;
boshlang‘ich ta’limni ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish;
boshlang‘ich ta’lim samaradorligiga erishish.
=== Taqdimot 17 ===
Boshlang‘ich ta’lim tushunchasi quyidagilarni qamrab oladi:
inson va jamiyat qadriyatlariga asosan 7-11 yoshli o‘quvchilarga bilim berish;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qitish va tarbiyalash jarayoni;
boshlang‘ich ta’lim samarasiga erishish;
boshlang‘ich ta’limni yaxlit tizim sifatida qabul qilish.
01
02
03
04
=== Taqdimot 18 ===
boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga insoniyatning tarbiyaga oid tajribasini uzatish;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini madaniyat va qadriyatlar olamiga olib kirish;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari shaxsini rivojlantirish;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini hayotning murakkab vaziyatlari va holatlariga tayyorlash.
Boshlang‘ich ta’limda tarbiya tushunchasi :
=== Taqdimot 19 ===
Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1059-son qarori.
Konsepsiyaning maqsadi — yosh avlodda mustaqil va baxtli hayot uchun zarur ijtimoiy malaka hamda fazilatlarni yoshiga mos, bosqichma-bosqich shakllantirishdan iborat.
=== Taqdimot 20 ===
“Tarbiyani tug‘ilgan kundan boshlamoq, vujudimizni quvvatlantirmoq, axloqimizni kuchlantiqmoq, zehnimizni rivojlantirmoq lozim”.
Abdulla Avloniy.
=== Taqdimot 21 ===
“Tarbiya” fani orqali o‘quvchilarda ma’naviy tarbiya indikatorlari va kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi bilim, ko‘nikma va malakalarni ta’lim mazmuniga keng singdirish.
Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi
=== Taqdimot 22 ===
Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi bosqichlari:
oilada
maktabgacha ta’lim
umumiy o‘rta ta’lim tizimida
ishlab chiqarish va ta’lim muassasalari
01
02
03
04
=== Taqdimot 23 ===
“Aktivator – 3, 2, 1” metodi
1) Eslab qoldim:
__________
__________
__________
2) Men uchun muhim:
__________
__________
3) Qo‘llayman:
__________
=== Taqdimot 24 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“TARBIYA IJTIMOIY-TARIXIY ZARURAT SIFATIDA” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar