TA’LIM METODLARI VA VOSITALARI

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
TA’LIM METODLARI VA VOSITALARI
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
01.
02.
Ta’lim metodlari va usullari tushunchalari.
Ta’lim metodlari-ning mohiyati.
03.
Zamonaviy didaktikada ta’lim metodlari tasnifi.
04.
Ta’lim vositalari
va ularning funksiyalari.
=== Taqdimot 3 ===
“Har qanday ta’lim va tarbiyada eng asosiy omil – muallim, uning tafakkur dunyosidir.”
Adolf Disterveg
=== Taqdimot 4 ===
Kirish
Shu qoidani boshlang‘ich nuqta bilib, mazkur tushunchani yanada batafsil ko‘rib chiqish va uning ilmiy ta’rifiga kelishga harakat qilamiz.
Ta’lim metodi tushunchasi anchagina murak-kabdir. Uning aniq talqini xususida muno-zara haligacha davom etmoqda. Mualliflar ta’lim metodini o‘quvchilarning o‘quv bilish faoliyatini tashkil etish usuli, deb hisoblash-ga moyildir.
=== Taqdimot 5 ===
Ta’lim metodlari va usullari tushunchalari.
01.
=== Taqdimot 6 ===
Ta’lim metodlari va usullari
Ta’lim usuli – ta’lim metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni, Metodlar bilan usullar munosabati o‘zaro bir-biriga bog‘langan. Usul va metod butun va qism sifatida bir-biriga bog‘lanadi.
Metod so‘zi grekcha tadqiqot, maqsadga erishish yo‘li, usuli deganidir. “Metod – eng umumiy ma’noda – maqsadga erishish usuli, ma’lum tarzda tartibga solingan faoliyat”.
=== Taqdimot 7 ===
Ta’lim metodlari va usullari
Ta’lim metodlari – deyilganda, o‘rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bo‘yicha o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va o‘quvchilar o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari tushuniladi.
=== Taqdimot 8 ===
Usullar yordamida faqat pedagogik yoki o‘quv vazifasining bir qismi hal qilinadi. Xuddi shu metodik usullar turli metodlarda foydalanilgan bo‘lishi mumkin va aksincha xuddi shu metod turli o‘qituvchilar tomonidan turli usullarda ochib berilishi mumkin.
Ta’lim metodlari va usullari
=== Taqdimot 9 ===
Ta’lim metodlari va usullari
Masalan, o‘qituvchilar tomonidan ko‘p qo‘llaniladigan mashq manbasiga ko‘ra amaliy metod :
qo‘llash bir nechta usullarda qo‘llaniladi (mashqning qoidasini o‘qib berish (1-usul), bittasini namuna sifatida bajarib ko‘rsatish (2-usul), o‘qituvchining namunasi asosida o‘quvchilar tomonidan mashqning bajarilishi (3-usul), o‘quvchilar tomonidan bajarilgan mashqlarni tekshirish va xatolarini tuzatish (4-usul) va boshqalar) yordamida amalga oshiriladi.
=== Taqdimot 10 ===
Ta’lim metodlari va usullari
Pedagogik texnologiya – bu muayyan loyiha asosida tashkil etiladigan, aniq maqsadga yo‘naltirilgan hamda ushbu maqsadning natijalanishini kafolatlovchi pedagogik faoliyat jarayoni mazmunidir.
Ta’lim amaliyotida “pedagogik texnologiya” tushunchasi uch darajada qo’llaniladi:
=== Taqdimot 11 ===
Ta’lim metodlari va usullari
Umum pedagogik (makro) daraja. Mazkur texnologiyalar yaxlit pedagogik jarayonga tegishli bo‘lib, ularga muammoli, tabaqalash-tirilgan, integratsion, shaxsga yo‘naltirilgan, rivojlantiruvchi, modulli, masofali o‘qitish
texnologiyalarini misol sifatida keltirish mumkin.
=== Taqdimot 12 ===
Ta’lim metodlari va usullari
Xususiy metodik (mezo) daraja. Ma’lum bir o‘quv fanini o‘qitish jarayonini loyihalash va rejalash-tirishni o‘zida aks ettiradi. O‘qituvchi darsni har safar texnologik modeli va xaritasini tuzib kelishi kerak. Texnologik model loyihalashga, texnologik xarita rejalashtirishga to‘g‘ri keladi.
=== Taqdimot 13 ===
Ta’lim metodlari va usullari
Lokal daraja (mikro). Alohida shaxs sifatlarini shakllantirish, maxsus o‘quv ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirishga xizmat qiladi. Masalan, o‘quvchi-larning mantiqiy fikrlashini shakllantirish texnologiyasi, o‘quvchilarning aqliy qobiliyatini rivojlantirish texnologiyasi va boshqalar.
=== Taqdimot 14 ===
Ta’lim metodlari va usullari
Metodika – qat’iy ketma-ketlikka, ilgari o‘rnatilgan reja (qoida), tizimga aniq rioya qilish bo‘lib, biror bir ishni maqsadga muvofiq o‘tka-zish metodlari, yo‘llari majmuasi.
Ma’lum sohani o‘qitish jarayoni, mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillari, shakl, metod va vositalari yig‘indisini o‘zida ifoda etadi.
=== Taqdimot 15 ===
Zamonaviy didaktikada ta’lim metodlari tasnifi.
02
=== Taqdimot 16 ===
1. An’anaviy (manbasiga ko‘ra) ta’lim metodlari (E.I.Golant, N.M.Verzilin va bosh.)
2. O‘quvchilarning bilish faoliyati tavsifiga ko‘ra ta’lim metodlari tasnifi (I.YA.Lerner va M.N.Skatkin).
3. Asosiy didaktik maqsadlariga ko‘ra ta’lim metodlari tasnifi (M.A.Danilov va B.P.Esipov).
4. Ta’limning binar metodlari (M.I.Maxmutov).
5. Yaxlit yondashuv bo‘yicha ta’lim metodlari tasnifi (Yu.K.Babanskiy).
6. Ta’limning interfaol metodlari.
Zamonaviy ta’lim metodi tasnifi
=== Taqdimot 17 ===
An’anaviy ta’lim metodlari tasnifi
Amaliy
Og‘zaki
Ko‘rgazmali
Kitob bilan ishlash
Videometod
hikoya, suhbat, tushuntirish, ma’ruza.
illyustratsiya, demonstratsiya.
o‘qish, o‘rganish, reja tuzish, konspekt.
ko‘rish, o‘rganish, nazorat qilish.
mashq, amaliy, laboratoriya, didaktik o‘yin.
=== Taqdimot 18 ===
=== Taqdimot 19 ===
=== Taqdimot 20 ===
Maqsadiga ko‘ra ta’lim metodlari
Ko‘nikma va malakalarni shakl-lantirish metodlari.
Bilimlarni amaliyotda qo‘llash metodlari.
Yangi bilimlarni egallash metodlari.
Bilim, ko‘nikma va malakalarni mustah-kamlash va nazorat qilish metodlari.
=== Taqdimot 21 ===
Ta’limning binar metodlari
=== Taqdimot 22 ===
=== Taqdimot 23 ===
=== Taqdimot 24 ===
Ta’lim metodlarining mohiyati.
03
=== Taqdimot 25 ===
Ta’lim metodlarining mohiyati
Og‘zaki bayon metodlari.
Hikoya, suhbat, ma’ruza ta’limning bilimlarni og‘zaki bayon qilish metodlari sanaladi. Bu metodlar evristik suhbatni hisobga olmagan-da, asosan, o‘quvchilarning xotirasiga mo‘ljallab tashkil etiladi, tuzilish jihatidan ularning tarkibi bir xil: o‘qituvchi tushuntiradi, bolalar tinglaydi.
=== Taqdimot 26 ===
Ta’lim metodlarining mohiyati
Hikoya.
Hikoyaning bir necha xil turi mavjud:
Kirish hikoyasi – badiiy asarlar bilan tanishtirish, yangi mavzuga oid omillarni eslash, ularni dastlabki tahlil etish bilan daxldor metoddir.
Bayon shaklidagi hikoya – yangi o‘quv materialini bevosita idrok etish bilan aloqador metodi sanaladi.
=== Taqdimot 27 ===
Ta’lim metodlarining mohiyati
Ma’ruza.
Ma’ruza o‘rta umumta’lim maktablarining yuqori sinflarida, kollejlarda, oliy o‘quv yurtlarda foydalaniladigan ta’lim metodi bo‘lib, unda o‘zaro ta’sir o‘qituvchi-ning bayoni va bolalarning tinglashi, ayrim omillar, asosiy g‘oya va bog‘lanishlarni yozib olish shaklida amal qiladi.
=== Taqdimot 28 ===
Ta’lim metodlarining mohiyati
Suhbat.
Suhbat metodida mavzu mazmuniga xos, atroflicha o‘ylangan, bir-biriga bog‘liq savollarni qo‘yish va savollarga javob izlash hamda javob qaytarish yo‘llari bilan o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati o‘zaro muvofiqlashadi.
Suhbat mohiyati jihatidan ikki turli bo‘ladi: evristik suhbat,
katoxezistik suhbat.
=== Taqdimot 29 ===
Ta’lim metodlarining mohiyati
Evristik suhbat o‘quvchilarning tafakkuriga mo‘ljallangan metod, unda o‘zaro ta’sir o‘qituvchi savollari bolalarning javoblari shaklida amal qiladi. Evristik suhbat uzoq tarixga ega bo‘lib, undan qadimgi Gretsiyada Suqrot mohirona foydalangan.
Katoxezistik suhbat o‘quvchilarning xotirasiga, qayta esga tushirish faoliyatiga mo‘ljallab o‘tkaziladi. Maqsadiga ko‘ra katoxezistik suhbatning quyidagicha turlari mavjud: yakunlash suhbati, mustahkamlash suhbati, takrorlash suhbati, kirish suhbati.
=== Taqdimot 30 ===
Ta’lim metodlarining mohiyati
Tushuntirish o‘quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma, taqqoslash asosida bayon qilishdir.
Bu metoddan nazariy materiallar hamda murakkab masalalarni o‘rganishda foydalaniladi.
O‘quv materialining qiyin unsurlari ko‘zga tashlanadi va shu asosda materialning mohiyati ochib beriladi.
=== Taqdimot 31 ===
Ta’lim metodlarining mohiyati
Ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlashda ko‘rgazmali metodlar ham alohida ahamiyatga ega.
Illyustratsiya narsa, hodisalar va jarayonlarni ularning ramziy ko‘rinishlari – chizma. rasm, fotosurat, yassi modellar va boshqalar yordamida ko‘rsatishni taqozo etadi.
Namoyish (demonstratsiya) metodi predmet-ning tashqi ko‘rinishi va ichki tuzilishi haqida to‘laqonli ma’lumot berishda keng qo‘llaniladi.
=== Taqdimot 32 ===
Ta’lim metodlarining mohiyati
Amaliy metod — o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliy masalalar yechimini topishga yo‘naltirilgan jarayonda qo‘llaniladi, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasi hosil qilinadi.
Mashq – aqliy yoki amaliy harakatlarni bajarish ko‘nikmalarini egallash bo‘lib, mashqsiz ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirish mumkin emas.
Mashqlar: og‘zaki, yozma, gradikaviy (texnik jarayonlar mohiyatini ifodalash), ijtimoiy-foydali, jismoniy va boshqa turlarga bo‘linadi.
=== Taqdimot 33 ===
Ta’lim metodlarining mohiyati
Laboratoriya ishlari o‘quvchilarning jihoz, maxsus uskuna, qurol hamda turli texnikaviy qoliplardan foydalangan holda tajribalarni o‘tkazish metodlari bo‘lib, ular ko‘proq tabiiy fanlar asoslarini o‘rganishda qo‘llaniladi.
Didaktik o‘yin o‘rganilayotgan obyekt, hodisa va jarayonlarni modellashtirish asosida o‘quvchining bilishga bo‘lgan qiziqishi va faollik darajasini rag‘batlantiruvchi o‘quv faoliyati turi. Ayni vaqtda o‘yin ham ijtimoiy faoliyat ko‘rinishi sanaladi.
=== Taqdimot 34 ===
Ta’lim metodlarining mohiyati
Ta’lim metodlarini tanlashda quyidagi holatlar inobatga olinishi lozim:
• Ta’limning umumiy maqsadlari.
• Fanning va o‘rganilayotgan mavzuning mazmuni hamda o‘ziga xosliklari.
• Biror fanni o‘qitish metodikasining o‘ziga xosliklari.
• Materialni o‘rganishga ajratilgan vaqt.
=== Taqdimot 35 ===
Ta’lim metodlarining mohiyati
• O‘quv mashg‘ulotining maqsadi, vazifalari va mazmuni.
• O‘quvchilarning yoshi va bilish imkoniyatlari.
• O‘quvchilarning tayyorgarlik darajasi.
• Ta’lim muassasasining moddiy ta’minlanganligi.
• O‘qituvchining nazariy, amaliy va metodik tayyorgarligi, pedagogik mahoratni egallaganlik darajasi.
=== Taqdimot 36 ===
Ta’lim vositalari va ularning funksiyalari.
04
=== Taqdimot 37 ===
Ta’lim vositalari
Ta’lim metodlari ta’lim vositalari bilan birgalikda qo‘llaniladi. Ta’lim vositalari – bu yangi bilimlarni o‘zlashtirish uchun o‘qituvchi va o‘quvchilar tomonidan foydalaniladigan obyekt. Didaktik vositalar deganda, o‘quv va ko‘rgazmali qo‘llanmalar, namoyishli qurilmalar, texnik vositalar tushuniladi.
An’anaviy ravishda qo‘llaniladigan ta’lim vositalariga darslik, rasmlar, jadvallar, nutq, o‘quv-ustaxonasi jihozlari, laboratoriyalar, axborot vositalari, o‘quv jarayonini tashkil etish va boshqarish vositalari kiradi.
=== Taqdimot 38 ===
Ta’lim vositalari
=== Taqdimot 39 ===
Ta’lim vositalari
Ta’limning texnik vositalari – bu o‘zida o‘quv-axborotlarini ekranli-ovozli aks ettiruvchi asbob va moslamalardir. Ularga quyidagilar kiradi: o‘quv kinofilmlari; diafilmlar; kompyuterlar; magnitofon tasmalari; radioeshittirish; teleko‘rsatuvlar.
Ta’limning texnik vositalarini quyidagi turlarga ajratish mumkin: axborot; aralash(kombinatsion); trenajyor; bilimlarni nazorat qilish vositalari; audiovizual vositalar.
=== Taqdimot 40 ===
Ta’lim vositalari
=== Taqdimot 41 ===
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib
boring!
E’tiboringiz uchun rahmat!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“TA’LIM METODLARI VA VOSITALARI” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar