=== Taqdimot 1 ===
TA’LIM MAZMUNI
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
Ta’lim mazmuni tushunchasi.
Ta’lim mazmuni tamoyillari va mezonlari.
Ta’lim mazmunini belgilovchi me’yoriy hujjatlar.
01
02
03
=== Taqdimot 3 ===
Jahonda bo‘lmasa muallim agar,
Hayot ham bo‘lmasdi go‘zal bu qadar.
Abdurahmon Jomiy
=== Taqdimot 4 ===
O‘qituvchining butun fikri o‘quvchilarida, O‘zi sochgan urug‘larning o‘sishidadir.
D.I.Mendeleev
=== Taqdimot 5 ===
O‘zbekiston Respublikasining ta’lim to‘g‘risidagi qonuni 35-modda.
O‘quv rejalari va o‘quv dasturlari tegishli ta’lim bosqichlarining maqsad hamda vazifalari asosida ishlab chiqiladi.
=== Taqdimot 6 ===
Ta’lim mazmuni tushunchasi.
01
=== Taqdimot 7 ===
Ta’lim mazmuni
Ta’lim mazmuni deganda
o‘quvchilarning egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarning aniq belgilangan hajmi va ko‘lami tushuniladi.
=== Taqdimot 8 ===
Ta’lim mazmuni tushunchasi
Ta’lim mazmuni tarkibida quyidagilar aks etadi:
– olam va inson haqidagi bilimlar; faoliyatni amalga oshirish usullari;
– ijodiy faoliyat tajribasi;
– atrof-muhitga emotsional-faoliyat tajribasi.
=== Taqdimot 9 ===
Ta’lim mazmuni aniqlovchi omillar
Jamiyatda fan, texnika va madaniyatning rivojlanganligi.
Jamiyat tomonidan qo‘yiladigan ijtimoiy buyurtma.
Ta’limning maqsad va vazifalari.
Innovatsion rivojlanish darajasi.
Axborotlarning hajmi va ko‘lami.
O‘quvchilarning yosh xususiyatlari.
=== Taqdimot 10 ===
Ta’lim mazmuni tushunchasi
Kompetent yondashuv o‘quvchidan alohida-alohida bilim va
ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni emas, balki ularni yaxlitlikda
egallashni talab etadi.
Mazkur talab bilan bog‘liqlikda o‘z navbatida o‘qitish metodlarini tanlash tizimi ham o‘zgarishga uchraydi. O‘qitish metodlarini tanlash va amaliyotda qo‘llash o‘z navbatida ta’lim jarayonida qo‘yiladigan talablarga muvofiq keladigan kompetensiya va funksiyalarni takomillashtirishni talab etadi.
=== Taqdimot 11 ===
Ta’lim mazmuni tushunchasi
Kompetensiyaviy yondashuvda ta’limning an’anaviy uch
elementi (triada) – “Bilim -Ko‘nikma – Malaka”ni oltita birlik (sikstet) – “Bilim – Ko‘nikma – Malaka – Amaliy faoliyat tajribasi – Kompetensiya – Kompetentlik” tarzida tahlil etish talab etiladi.
=== Taqdimot 12 ===
Ta’lim mazmuni tushunchasi
Umum ta’limiy kompetensiya shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatli produktiv faoliyatni amalga oshirish zarur bo‘lgan, o‘quvchi-ning semantik (ma’no-mazmun) yo‘nal-ganligi, bilim, ko‘nikma va malakalari hamda faoliyat tajribalari majmuida aks
etuvchi ta’limiy tayyorgarlikka qo‘yiladigan talabdir.
=== Taqdimot 13 ===
O‘quvchi uchun kompetensiya – bu uning kelajak obrazi, o‘zlashtirish uchun aniq mo‘ljal. Biroq maktab ta’limi davrida o‘quvchida “yuksak” kompetensiyalarning ayrim
elementlari shakllanadi, balki hozirgi bosqichda muvaffaqiyatli ijtimoiylashuv uchun mazkur kompetensiyalarni umum ta’limiy nuqtayi nazardan o‘zlashtiradi.
=== Taqdimot 14 ===
Umumta’lim kompetensiyalari
Umum ta’limiy kompetensiyalar maktabda o‘qitiladigan fanlarni
o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan faoliyatning tarkibiy qismi sifatida qaraladi.
Maktab ta’limi davrida o‘quvchi eng
asosiy – fuqarolik kompetensiyasini o‘zlashtiradi va ta’limning keyingi bosqichlarida kompetensiyaning yetakchilik roli saqlanib qolishi zarur.
=== Taqdimot 15 ===
Ta’lim mazmuni tamoyillari va mezonlari
02
=== Taqdimot 16 ===
Ta’lim mazmuni tamoyillari
1. Ta’lim mazmunining barcha elementlarini jamiyat, fan, madani-yat, shaxs rivojlanishi talablariga mos bo‘lishi.
4. Ta’lim mazmunini insonparvarlash-tirish tamoyili.
2. Ta’lim mazmunining tashkiliy jarayon bilan aloqadorlik tamoyili.
3. Ta’lim mazmunining yaxlit strukturaga aloqadorlik tamoyili.
=== Taqdimot 17 ===
Ta’lim mazmuni tamoyillari
5. Ta’lim mazmunini fundamentallash-tirish tamoyili.
8. Ta’lim mazmuni-ning o‘quvchilar yosh xususiyatlariga
mosligi tamoyili.
6. Ta’lim mazmuni-ning ketma-ketligi tamoyili.
7. Ta’lim mazmuni-ning muntazam-likligi tamoyili.
=== Taqdimot 18 ===
Ta’lim mazmuni tamoyillari
Ta’lim mazmuniga jamiyatning rivoj-langanligi, ilmiy bilim, madaniy hayoti va shaxsning imkoniyatlarini aks ettiruvchi fanlarni kiritishni talab etadi.
Nazariy bilimlar-ning berilishi, o‘quv fani, o‘quv materiali, pedagogik faoliyat, o‘quvchi shaxsi kabi komponentlarining o‘zaro mosligini
ko‘zda tutadi.
Ta’lim mazmunini tanlashda o‘quv jarayonini amalga oshirish bilan bog‘liq tashkiliy shart-sharoitni hisobga olishni ko‘zda tutadi.
01
02
03
=== Taqdimot 19 ===
Ta’lim mazmuni tamoyillari
O‘quvchilarning umuminsoniy va milliy madaniyatni faol ijodiy va amaliy o‘zlashtirishlari uchun shart-sharoitlar yaratish bilan bog‘liqdir.
Ta’lim mazmunini o‘sib boruvchi yo‘nalishda rejalashtirishdan iborat bo‘lishini anglatadi.
Ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy bilimlarni birlash-tirish, ketma-ketlikni o‘rnatish va fanlararo aloqalarni o‘quvchi-larning idrok etishiga
tayanishni talab etadi.
04
05
06
=== Taqdimot 20 ===
Ta’lim mazmuni tamoyillari
Umumiy o‘rta ta’lim,
barcha o‘quv kurslari va yaxlit mazmun-ning bir-biriga hamda umuminso-niy, milliy madaniyat tizimi aloqadorlikda ko‘rib chiqishni ko‘zda tutadi.
O‘quvchilarning yosh xususiyatlari va tayyorgarlik darajasini hisobga olishni ko‘zda tutadi.
07
08
=== Taqdimot 21 ===
Ta’lim mazmunini belgilovchi me’yoriy hujjatlar
03
=== Taqdimot 22 ===
Ta’lim mazmunini belgilab beruvchi eng asosiy me’yoriy hujjat Davlat ta’lim standartidir.
=== Taqdimot 23 ===
Davlat ta’lim standarti
Davlat ta’lim standartining maqsadi – umumiy o‘rta ta’lim
tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy
islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari
hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.
O‘quv reja, o‘quv dasturi, malaka talablari uning tarkibiy qismiga kiradi.
=== Taqdimot 24 ===
DTS ning tarkibiy qismlari
tayanch o‘quv rejasi
o‘quv dasturi
malaka talablari
baholash tizimi
=== Taqdimot 25 ===
Davlat ta’lim standarti
Tayanch o‘quv reja umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining dars jadvalini ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
Tayanch o‘quv reja umumta’lim fanlari bo‘yicha belgilangan
ta’lim mazmunini o‘quvchiga yetkazish uchun ajratilgan o‘quv
soatlari ning minimal hajmini belgilaydi.
=== Taqdimot 26 ===
Tayanch o‘quv reja
Pedagog kadrlar salohiyati hamda moddiy-texnika bazasi yetarli bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasa-larida dars jadvalini tuzishda tayanch o‘quv rejadagi umumiy soatlar hajmidan oshmagan holda, ma’lum bir fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish maqsadida 15%gacha o‘zgartirish kiritish huquqi beriladi.
=== Taqdimot 27 ===
Davlat ta’lim standarti
Umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturi tayanch o‘quv rejaga
muvofiq o‘quv fanlarining sinflar va mavzular bo‘yicha hajmi,
mazmuni, o‘rganish ketma-ketligi va shakllantiriladigan
kompetensiyalari belgilangan hujjat hisoblanadi.
=== Taqdimot 28 ===
Davlat ta’lim standarti
Umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari quyidagilar-dan tashkil topadi:
Bilim-o‘rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish.
Kompetensiya bilim, ko‘nik-ma va malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llash qobiliyati.
Malaka – o‘rganilgan bilim
va shakllangan ko‘nikmalar-ni qo‘llay olish.
Ko‘nikma – o‘rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo‘llay olish.
=== Taqdimot 29 ===
Davlat ta’lim standarti
Baholash tizimi – davlat ta’lim standart bo‘yicha umumiy o‘rta
ta’limning malaka talablarini o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirili-shi darajasini hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasasining faoliyati
samaradorligini aniqlaydigan mezonlar majmuidan iborat.
O‘quv-metodik majmua – darslik, mashq daflari, o‘qiluvchi
uchun metodik qo‘llanma, darsliklarning multimediali ilovasidan iborat majmua.
=== Taqdimot 30 ===
Davlat ta’lim standarti
Darslik – davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘quv dasturi
asosida didaktik, metodik, o‘quv fanining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda ta’lim oluvchilarning yoshi va psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladigan, nazariy ma’lumotlardan tashqari amaliy-tajriba va sinov mashqlarini qamrab olgan kitob shakl idagi o‘quv nashri.
=== Taqdimot 31 ===
Mashq daftari – darslikning tarkibiy qismi hisoblanadigan,
davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘quvchilar tomonidan
egallangan bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash hamda o‘quv
fanining mavzulariga mos ravishda ishlab chiqilgan, mantiq va tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlardan
iborat bo‘lgan didaktik vosita.
=== Taqdimot 32 ===
Davlat ta’lim standarti
O‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma – darslikdagi har bir
mavzuni samarali o‘qitish metodikasi, qo‘shimcha sinov
topshiriqlari va o‘qituvchining darsni tashkil etishiga oid darsning mazmuni, boshqalar haqida metodik ko‘rsatmalar aniq bayon qilingan kitob shaklidagi o‘quv nashri.
=== Taqdimot 33 ===
Davlat ta’lim standarti
Darsliklarning multimediali ilovalari – axborot kommunikatsiya texnologiyalari yordamida o‘quv faniga oid materiallarni davlat ta’lim standart va o‘quv dasturiga mos ravishda yorita oladigan, video, ovoz, animatsiya, jadval, matn va lug‘atlarni o‘z ichiga olgan,
o‘quv fanining asosiy mazmunini boyitadigan qo‘shimcha
materialga ega bo‘lgan yoki shu kabi manbalarga murojaatlarni o‘z
ichiga olgan interaktiv elektron axborot-ta’lim resursi.
=== Taqdimot 34 ===
Bini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
E’tiboringiz uchun rahmat!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.