Tabiiy fanlarda ta’lim integratsiyasi va innovatsiyasi 2

4000 so'm


Tabiiy fanlarda ta'lim integratsiyasi va innovatsiyasi 2

 

 

Slayd 1

Tabiiy fanlarni o’qitishda ta’lim integratsiyasi va innovatsiyasi, tabiiy fanlarning boshqa fanlar bilan aloqasi.

Slayd 2

Reja:
Talim integratsiyasi va pedagogik texnologiya. Tabiiy fanlarning boshqa fanlar bilan integratsiyasini amalga oshirish
Pedagogik innovatsiya va uni hayotga tatbiq etish
Pedagogiktexnologiyalarning ta’lim jarayonidagi ahamiyati, fanlarning o’z aro aloqasi.

Slayd 3

«Men bu yoqqa kel deb aytishning 15—20 xil ohangini, yuz, gavda, ovoz tuzilishidan 20 xil nozik farqlar bera bilishni o’rganib olganimdan keyingina haqiqiy murabbiyga aylandim».
A.S.Makarenko

Slayd 4

Respublikamizda Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilayotgan hozirgi sharoitda ta’lim tizimini sifat jihatidan milliy va xorijiy tajriba uyg’unlashgan xalqaro standartlarga mos tarzda yangi bosqichga ko’tarish bo’yicha keng qamrovli islohotlarni amalga oshirish uchun belgilangan ustuvor topshiriqlarni amalga oshirish yo’lidagi eng muhim vazifalardan biri uzluksiz ta’lim tizimi o’qitish jarayonida fanlararo integratsiyani yo’lga qo’yish imkoniyatlaridan samarali foydalanishni samarali tashkil etishning zamonaviy texnologiyalarini amalga oshirishdir.

Slayd 5

«Cheksiz olamdagi katta-kichik har bir narsa o’zaro bog’liqlikda yaratilgani va biri boshqasining mavjudligini ta’minlab turgani uchun ham dunyoni bilishning uyushtirilgan pedagogik shakli bo’lmish ta’lim jarayonida ana shu uzviylik, chambars aloqadorlik hisobga olinishi lozim. O’zga insonlar ruhiyatidagi tovlanishlarni anglash asosida o’quvchilarda shaxslik sifatlarini shakllantirishga yo’naltirilgan adabiy ta’limda ham fanlararo aloqa muhim ahamiyat kasb etadi. Adabiyot o’qitishda samaradorlikka erishish uchun uning maktabda o’qitiladigan o’zga o’quv fanlari bilan aloqasini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish zarur».

Slayd 6

Ma’lumki, o’quv fanlari miqdorini oshirish, albatta, har doim ham ijobiy natija beravermaydi. Chunki bugungi zamonaviy texnologiya son orqasidan quvish emas, balki sifat o’zgarishlarining ham bo’lishini taqozo etmoqda. Bu borada rivojlangan davlatlar tajribasidan foydalanish mumkin. Chunki ular allaqachon o’z ta’lim tizimiga integratsiyani olib kirgan va integrativ fanlarni joriy qilgan. Buyuk Britaniya, Koreya, Shveysariya, Vengriya, AQSh, Rossiya va boshqalar shular jumlasidandir. Bugungi kunda bizning ta’lim tizimimizga ham integratsiyalashish jarayoni kirib keldi. Integratsiya – «butun» degan ma’noni bildiradi, demak, bu tafakkur o’sishi jarayonining turli qism va elementlarini bitta butunga birlashtirishdir. Bu esa, ta’limda fanlararo aloqadorlikni, fanlarni bir-biri bilan chambarchas bog’liq holda o’qitishni ko’rsatadi.

Slayd 7

Fanlarni integratsiya qilib dars o’tilganda quyidagilarga e’tibor berish kerak.
Harbir dars muayyan maqsadga yo’naltirilgan bo’lishi kerak;
-Fanlararo aloqalarga oid tanlangan qo’shimcha material o’tiladigan mavzu bilan bog’lanishi shart;
Fano’quvchilari faolligini oshirish maqsadida ular bilan ishlash yo’llarini aniqlash mumkin.
Dars faqat ta’limiy bo’lib qolmasdan, o’quvchilarni insonparvarlik jihatlarini tarbiyalashga qaratilgan bo’lishi zarur. Mavzu mazmunidan kelib chiqqan holda, tabiat, jamiyat, inson tafakkuri, taraqiyoti haqidagi bilimlar respublikamiz kelajagiga ishonch va e’tiqodni shakllantirishga qaratilgan bo’lishi kerak. Bu esa o’quvchi dunyoqarashini kengaytiradi. Umuman olganda integratsiya darsi bir- biriga mos kelishi ( mavzu jihatdan) va puxta reja asosida tuzilgan bo’lishi kerak.

Slayd 8

Slayd 9

Slayd 10

Boshlang’ich bosqich o’qituvchisiga integrirlangan darslarga o’tish oson, chunki bir o’zi hamma fanlarni o’qitadi. O’quvchi qanchalar yosh bo’lsa, u shuncha kam biladi. Shuning uchun boshlang’ichda integratsiya imkonlari chegaralangan. Boshlang’ich ta’limda amalda ichki va fanlararo aloqalardan foydalanish va rivojlantirish kerak. Boshlang’ich ta’limda integratsiya «oz – oz hamma narsadan» usuliga ega. Bolalar boshlang’ich ta’limda juda ko’p hodisa, tushuncha, fanlar bilan tanishishadi, lekin ular to’g’risida elementar tushuncha olishadi. Keyingi yillarda mavjud bilimlarini to’ldirib va kengaytirib borishadi. Shuning uchun o’qituvchi bir xillikdan qochishi va rang-barang shakl va usullarda dars o’tishi talab etiladi. Integratsiyalangan darslar charchoqni va taranglikni o’quvchilardan oladi, faoliyatning bir turidan ikkinchisiga o’tishi hisobidan ziyraklik va hozirjavoblikka o’rgatadi.

Slayd 11

Jahon talablari darajasida ta’lim olishi va kasb egallashi, pedagoglarimizning ilmiy salohiyatini ro’yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. Mamlakatimizda mustaqillik-yillarida amalga oshirilgan keng ko’lamli islohotlar ta’lim tizimini mustahkamlash uchun muhim poydevor asos soldi.
Respublikamizda so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29 apreldagi «O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Pf-5712-sonli farmonida, yoshlar taʼlim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks choratadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbus amaliyotga tatbiq etildi.

Slayd 12

Integratsiyalashgan ta’lim o‘z samarasini ko‘rsata olishi, mamlakatlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni qo‘llash va amaliyotga tatbiq etish usullati Steam-ta’lim texnologiyalari bilan boq‘liq ustuvor ahamiyatga ega:
yaqin kelajakda dunyoda va shuning uchun O‘zbekistonda muhandislar, yuqori texnologiyali ishlab chiqarish mutaxassislariga talab juda yuqori bo‘ladi;
uzoq kelajakda biz tabiiy fanlar bilan birgalikda texnologiya va yuqori texnologiyali ishlab chiqarish bilan bog’liq bo‘lgan kasblarga ega bo‘lamiz, ayniqsa bio va nanotexnologiya mutaxassislariga katta talab bo‘ladi;
mutaxassislar texnologiya, tabiiy fanlar va muhandislikning turli sohalaridan keng qamrovli ta’lim va tajribaga muhtoj bo‘ladi;
robototexnika faniga katta qiziqish bilan o’quvchilar qatnashadilar va hozirgi davr talabiga binoan bir qancha loyihalar ishlab chiqib va kelgusi loyihalar ustida izlanishlar olib boriladi

Slayd 13

Bugungi kunda o‘quvchilarni robototexnika, 3D dizayn, modellashtirish, dasturlashga bo‘lgan qiziqishlari ortib bormoqda. Ushbu manfaatlarni ro‘yobga chiqarish uchun mahorat va kompetentlik talab etiladi. Faqat bilish va anglash emas, balki tadqiqot va ixtiro qilish ham muhimdir. Stem integratsiyalashgan ta’lim yondashuvi jahon ta’limidagi asosiy tendensiyalardan biridir. U o‘z ichiga matematika, texnologiya, ijodkorlik, muhandislik san’ati va tabiiy fanlarni o‘rganishni qamrab oladi. Integratsiyalashgan ta’lim jarayoni muhandislik, dizayn va modellashtirish sohasida talab qilinadigan mutaxassislarni tayyorlash imkonini beradi. Stem – real hayot talablaridan kelib chiqqan holda ilmiy-texnikaviy konsepsiya doirasida integratsiyalashgan holda o‘qitishdir.

Slayd 14

Tabiiy va ijtimoiy fanlar bo’yicha maktabgacha o’qishdan yoki maktabga kirishdan keyin darrov qiziqish ortib, o’rta maktabda Stem muvaffaqiyatli bo’lish ehtimoli ancha yaxshilanishi mumkin. Maktabning integratsiyasi har xil o’quvchilarning bir-biri bilan yaqinroq tanishib olishiga yordam beradi

Slayd 15

Shuni ham ta’kidlash joizki, maktablarda Steam loyihalarni amalga oshirish va laboratoriyalarini tashkil etish uchun It-kompaniyalari taqdim etadigan professional uskunalar kerak. Ular 4 ta didaktik to‘plamdir:
Tajriba va robotexnika uchun mikrokontrollerlar, elektron komponentlar va dasturlanadigan elektron modullar;
Grafika va modellashtirish uchun 3D printer;
Modellashtirish uchun raqamli frezerli mashina;
Golografiyali o‘quv videolarini yaratish uchun loyihaor hamda videokamera bilan gologrammali ekran

Slayd 16

O’qituvchi darsni tashkil etishda tizimni tashkil etuvchi omil asosiy hisoblanadi, chunki uni qurishning yangi ishlab chiqilgan usuli va texnologiyasi shu bilan belgilanadi. O’quv jarayonining tarkibiy qismlarini birlashtirish, ya’ni to’g’ri bog’lash uchun dastlab ma’lum harakatlarni bajarish kerak. Ushbu tayyorgarlik faoliyati davomida o’qituvchi quyidagilarni belgilaydi:
Integratsiyalashgan darsni o’tkazish uchun sizning motivlaringiz va uning maqsadi; Integratsiyaning tarkibi, ya’ni birlashtirilgan komponentlar yig’indisi;
Integratsiya shakli;
Birlashtirilayotgan material orasidagi bog’lanishlarning tabiati;

Slayd 17

Materialning joylashishining tuzilishi (ketma-ketligi);
Uni taqdim etish usullari va texnikasi;
O’quvchilar tomonidan yangi materialni qayta ishlash usullari;
Integratsiyalashgan fan o’qituvchilari bilan rollarni taqsimlash;
Dars samaradorligini baholash mezonlari;
Ushbu darsda o’quvchilarning bilimini nazorat qilish shakllari va turlari
Integratsiyalashgan darsni tayyorlashning bir necha bosqichlari: O’qituvchini darsning ushbu turidan foydalanishga undagan motivlar uning ta’lim jarayonida aniqlagan qarama-qarshiliklari va ularni hal qilish uchun idrok etilgan ehtiyojlar bilan belgilanadi

Slayd 18

Tabiiy (Science) fanlarning afzalliklari va ahamiyati shundan iboratki, fan orqali oʻquvchi olamning yaxlit, ajralmas, bir butunligini anglaydi, ilmiy dunyoqarashi shakllanadi, tadqiqotchilik koʻnikmalari rivojlanadi. Tabiiy fanlar – insonni, uning sog’lig’ini, shuningdek butun atrof-muhitni: tuproqni, atmosferani, umuman yerni, kosmosni, tabiatni, barcha jonli va jonsiz jismlarni tashkil etuvchi moddalar va ularning o’zgarishini o’rganadigan fanlardir. Tabiatda ro‘y berayotgan hodisa va jarayonlar, tirik organizmlarning rivojlanish bosqichlari, tabiat va jamiyat qonunlariga insoniyatning ko‘rsatadigan ta’sirlari haqida ilmiy va amaliy bilimlar majmuasini yoritish tabiiy va iqtisodiy fanlar blok-modulining asosiy vazifasini belgilab beradi. O‘quvchining ichki motivatsiyasining qanchalik shakllanganligi tabiiy va iqtisodiy fanlarga qiziqishi, atrof-muhit muammolarini anglashi va uni hal qilishda muhim qarorlarni qabul qilishni bilishi hamda tabiiy va sotsial muhitga ta’sirini tahlil qilishda muhim hisoblanadi.

Slayd 19

Fanlarning o‘zaro integratsiyasi o‘quvchilarda tabiatni butun bir borliq sifatida, olamning yagona manzarasini anglashlariga yo‘naltirmog‘i lozim. Shu bilan birga, o‘quvchilar inson faoliyatining tabiatga salbiy va ijobiy ta’siri, zamon va makon miqyosidagi global ekologik muammolarni va tabiat oldida javobgarlik hissini tushunishi, Shuningdek, sog‘lom turmush tarziga amal qilishlari hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ko‘nikmalarini, tabiat va jamiyat taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘sha oladigan kompetent shaxsni tarbiyalashni ko‘zda tutadi. Tabiiy fanlarni alohida predmet sifatida o’qitish 1- sinfdan boshlanadi. O’quv materiali – «Tabiat jismlari», «O’simlik va hayvonot olami», «Sog’ligimizni saqlaymiz» va «Ekologiya» mavzulariga birlashtirilgan. Tabiiy fanlar bo’yicha dastur kichik yoshdagi maktab o’quvchilariga faqat jonajon tabiat go’zalligi va boyliklarinigina emas, balki respublikamizning tabiatini o’rganishga ham imkon beradi.

Slayd 20

Slayd 21

O‘quvchilarning tabiat to‘g‘risidagi ilmiy jihatdan boxabarligi ularning dunyoqarashlarini shakllantirish, tafakkurini rivojlantirishda tabiat qonunlarini asoslab berishda biologiya, tabiiyot va geografiya, fizika, kimyo, iqtisodiy bilim asoslari va tadbirkorlik asoslari o‘quv predmetlari muhim ahamiyat kasb etadi. Xulosa qilib aytganda, interfaol usullardan foydalanish, tabiiy fanlar fanini samarali o’zlashtirishga hamda barkamol va komil shaxslarni tarbiyalash uchun xizmat qiladi.

Slayd 22

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 23

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Tabiiy fanlarda ta’lim integratsiyasi va innovatsiyasi 2” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

four + 9 =

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar