Tabiiy fanlarda muammoli ta’lim uslublari

4000 so'm


Tabiiy fanlarda muammoli ta'lim uslublari

 

 

Slayd 1

Tabiiy fanlarni o’qitishda turli uslublardan foydalanish, muammoli ta’lim va o’quv jarayonida undan foydalanishni amalga oshirish.

Slayd 2

Reja:
Tashkiliy, texnikaviy, mantiqiy uslublar va ularning ahamiyati.
Muammoli ta’lim va undan o’quv jarayonida foydalanishning ahamiyati.
Tabiatshunoslik darslarida dasturlashtirilgan o’qitish elementlari.

Slayd 3

“Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda».
Sh.M.Mirziyoyev.

Slayd 4

Metodik uslublar xilma-xilligi ularni bir tizimga keltirishni talab qiladi. Ular mantiqiy, tashkiliy va texnikaviy xarakterda bo’lishi mumkin. Berilgan jadvalda amaliyotda ancha ko’p uchraydigan metodik uslublar keltirilgan.

Slayd 5

Shunga e’tibor berish kerakki, barcha metodlarda bir xil mantiqiy uslublardan: belgilarni aniqlash, o’xshashlik va farqiga qarab obyektlarni solishtirish, xulosalar chiqarish, umumlashtirishdan foydalaniladi. Bu hol barcha metodlarning o’quvchilar tafakkuri va ularning ishdagi mustaqilligini rivojlantirishda muhim imkoniyatlarni ochib beradi.

Slayd 6

Tashkiliy uslublar bilan o’quvchilarning diqqati, qabul qilishi va ishi yo’naltiriladi.
Texnik uslublarga har xil jihoz, yordamchi vosita va materiallardan foydalanish kiradi. Qo’llaniladigan metoddagi metodik uslublarning o’rnini tasavvur qilish uchun ushbu misollarni ko’rib chiqamiz.

Slayd 7

Buni o’qituvchi amaliy mashg’ulotlarga tayyorlanayotganda nazarda tutishi kerak.
Metod amaliy, uning turi aniqlash (masalan, o’simlik barglarining shakllarini aniqlash)dir.
Mantiqiy uslub barg shakllarining belgilarini aniqlash bo’lib, ulami ko’rsatmaviy jadvaldagi tasvirlar bilan solishtirish, xulosa chiqarish, shaklni aniqlashdan iboratdir.
Tashkiliy uslublarda – masalan: baiglarning shaklini aniqlash bo’yicha individual (hamma o’quvchilarga bir xil) ish tanlanadi. Ish ko’rsatmaviy jadval bo’yicha bajariladi, bu texnik uslubdir.

Slayd 8

Tabiatshunoslikni o’qitishda ham o’quvchilarning bir qator faoliyatlari rivojlantiriladi:
Boshlang’ich sinflarda kichik yoshdagi maktab o’quvchilarida atrof tabiat haqida aniq tasavvurlar hosil qilinadi va shu asosda tizimlashgan bilimlar berib boriladi. Bunga: bolalarning erta yoshdan hayvonlarning farqiga bora olishlari, yesa bo’ladigan va zaharli o’simliklar (rezavor meva va zamburug’lar)ni bilishlari, Quyosh va kompasga qarab tomonlarni aniqlay olishlari, ob-havo belgilariga ahamiyat berishlari, tabiatning oddiy hodisa-larini tushuna olishlari, yil fasllarining farqlay bilishlari misol bo’la oladi.

Slayd 9

Tabiatshunoslik predmetlarini o’qitish to’g’ri yo’lga qo’yilganda bolalarga tabiatga muhabbat singdiriladi, o’simlik va hayvonlarga qiziqish vujudga keltiriladi, kuzatuvchanlik, mantiqiy tafakkur va ma’noli nutq rivojlantiriladi.
Tabiat hodisalarini kuzatish o’quvchilarga taqqoslash, utnumlashtirish, o’z taassurotlarini og’zaki va yozma bayon qilish uchun xilma-xil aniq material beradi.

Slayd 10

O’quvchilarning jonli tabiat bilan muloqotda bo’lishi (to’qnashishi) ularning jismoniy mehnat va estetik tarbiyasi uchun keng imkoniyatlar ochib beradi. Shuning uchun ham o’quvchilar tabiat bilan qanchalik ertaroq tanishsalar, tabiatning ular tarbiyasi va aqliy rivojlanishiga ta’siri shunchalar ijobiy boladi.

Slayd 11

Boshlang’ich sinf o’qituvchilarining e’tibori o’quvchilar bilan ishlash tadqiqiy metodiga qaratilmog’i zarur, chunki bu metod keng bilimlar beribgina qolmay, bolalarni mnstaqil bilim olishga ham o’igata oladi.
Tadqiqiy izlanish faoliyatida o’quvchilarning bilish faolligini rivojlantirish muammoli o’qitishning asosidir. Bu tabiatshunoslik darslariga ham taalluqlidir, chunki unda tayyor ilmiy bilimlarni bayon qilish va ularni tushuntirish bilan bir qatorda materialni muammoli bayon qilish tobora ko’proq qo’llanila boshlanadi.

Slayd 12

Muammoli o’qitishni o’z ichiga olgan darslarda o’quvchilarga yangi ma’lumotlarni o’zida saqlagan masalalarni hal qilish taklif qilinadi. Bundan o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirish va ularni amalda mustaqil qo’llash usullarini egallashlari ko’zda tutiladi. Bunday masalalardan bilimlarni tekshirishda o’zlashtirishning chuqurligi va onglilikni aniqlash uchun foydalaniladi.

Slayd 13

Muammoli o’qitish keyingi yillarda psixolog olimlar, didaktlar, metodistlar, ijodkor o’qituvchilarning e’tiborini tobora ko’proq jalb qilmoqda. Olimlar muammoli darsni quyidagi bosqichlarga bo’lishini taklif qiladilar:
Muammoli vaziyat yaratish va uning tahlili;
Muammoni ifodalash (qo’yish);
Muammo yechimini izlash (avvalgi bilimlarni muhimlashtirish, farazlarni ilgari surish, eng to’g’ri farazni tanlash va isbotlash);
Muammoni hal qilish;
Yechimning to’g’riligini tekshirish.

Slayd 14

Darsda muammoli vaziyat yaratish muiakkab didaktik masaladir. Har bir dais muammoli bo’lishi mumkin va lozim.
Muammoli o’qitishning samaradorligi faqat material chinakam idrok muammoga ega bo’lgandagina bilinadi. Muammoli xarakterdagi darsni o’tish uchun o’qituvchi undagi muammoli vaziyatlarni oldindan ajratishi, qo’yilgan muammoni yechishda o’quvchilar faoliyatining borishini belgilovchi metodik vositalarni aniqlashi, darsning barcha tafsilotlarini puxta o’ylab chiqishi kerak.
Dais shunday taizda tuzilishi kerakki, unda qo’yilgan muammoga bolalarda qiziqish uyg’onsin, uning bilim olish tizimidagi ahamiyati ko’rsatilsin, yangi bilimlar olishga ehtiyoj tug’ilsin.

Slayd 15

Muammoli darsning birinchi bosqichida o’quvchilar qaysi tayanch bilimlarga asoslanib oldilariga qo’yilgan masalalarni hal qilishlari mumkinligini aniqlash zarur. Bu bosqichda o’qituvchining ishi o’quvchilarga yordam berish, ularning faolligini o’quv materiali bilan ishlash va aqliy faoliyat uslublarini to’g’ri tanlashga qara-tishdan iborat bo’lishi lozim. O’qituvchi tomonidan yo’naltirilgan o’quvchilar vujudga kelgan muammoli vaziyatni tahlil qiladilar, idrok qilish vazifasini aniqlaydilar, uni hal qilishga o’zlarining bilim hamda turmush tajribalarini safarbar qiladilar.

Slayd 16

Muammoli darsning kelgusi bosqichlari o’quvchilarning o’qituvchi rahbarligidagi mustaqil faoliyatidir. Zlanish ishlari jarayonida umumiy muammo jism (narsa) yoki hodisalarning biror muhim belgilarini kuzatish yoki o’rganilayot-gan obyektning muhim va muhim bo’lmagan belgilarini aniqlash bilan bog’liq bo’lgan qator vazifalarga ajratilishi mumkin. Izlanish jarayonida taqqoslash, tahlil, sintez qilish, umumlashtirish kabi fikrlash faoliyati keng qo’llaniladi.

Slayd 17

Endi bu o’simliklar bolalarga ekskursiyadan tanish, shunga ko’ra o’qituvchi o’quvchilarning ulaming farqiga bora olishlarini tekshirish uchun savollar beradi. Buning uchun doskaga o’simliklarning nomlari: binafsha, chuchmoma, boychechak, lola deb yozib qo’yiladi. O’quvchilar bu nomlami o’qib, o’simlikni geibariy yoki ko’igazmali quroldan ko’rsatadilar va uning nomini aytadilar.
Keyin sanab o’tilgan o’simliklarning har birini qarab chiqish va ta’riflash taklif qilinadi. O’simliklarning tuzilishlari taqqos-langanda o’qituvchi muammoli o’qitish metodidan foydalanadi, nima uchun lola, boychechak, binafsha, chuchmoma erta gullaganligi aniqlanadi. O’quvchilar o’simliklar tashqi tuzilishining o’xshashligi va xilma-xilligi to’g’risida xulosalar chiqarishlari kerak.

Slayd 18

Tabiatshunoslik darslarida dasturlashtirilgan o’qitish elementlari. Hozirgi vaqtda o’quvchilarning idrok qilish faoliyatlari va bilimlarini tekshirish maqsadida tabiatshunoslik darslarida har bir o’quvchining o’qishdagi mustaqilligiga va o’quv axborotlarini qabul qilish hamda qayta ishlashlarini tashkil qilishga yordam beruvchi dasturlashtirilgan o’qitish qo’llaniladi. Dasturlashtirilgan elementlarni tatbiq qilishda an’anaviy o’qitishni dasturlashtirilgan o’qitishga qarama-qarshi qo’yish, yangini deb umum qabul qilingan metodlardan voz kechish kerak emas. Har ikkala yo’nalish chambarchas bog’langan bo’lishi va bir-birini to’ldirishi zarur.

Slayd 19

I. Tezis tipidagi kartochka – topshiriqlar. Muayyan nomerlangan kartochkada tabiatshunoslik obyekt-larining (o’simlik, hayvon va hokazolarning) nomlari keltiriladi. O’quvchilar javoblarida kerakli o’simlik yoki belgining nomini yozmaydilar, faqat tegishli raqamni bayon qiladilar. Mavzu: no’simlikshunosttk» (3- sinj) Topshiriq. A) mevali daraxtlarni; b) manzarali daraxtlarni; d) butalarni; e) o’t o’simliklarni sanab bering. Tezislar: 1. Suv qalampiri. 9. Qoragilos. 2. Na’matak. 10. Siren. 3. Qoqio’t. 11. Ligustram. 4. Chinor. 12. Baqaterak. 5. Zubturam. 13. Olma. 6. Yasmin. 14. Tut. 7. Jiyda. 15. Shaftoli. 8. Akatsiya.

Slayd 20

II. Raqamli dasturiashtirilgan topshiriqlar.
Raqamli topshiriqlarda ish individual kartochkalar yoki tayyorlangan devoriy jadval bo’yicha olib boriladi. Kartochkada topshiriq ko’rsatiladi va javoblarga kalit beriladi. O’quvchi kerakli kalitni topishi lozim. Bunday ishni bajarish natijasida o’qituvchi 4-5 daqiqa ichida endigina o’rganilgan materialni mustahkamlash maqsadida ham, uy vazifasini tekshirishda ham o’quvchilar bilimini sinash imkoniyatiga ega bo’ladi.

Slayd 21

Topshiriq:
Daryoning boshlanish joyi.
Daryo oqimi chuqurligi.
Daryoning boshqa daryoga, ko’lga, dengizga quyiladigan joyi.
Panj va Vaxsh daryolarining quyilishidan hosil bo’lgan daryo.
Qoradaryo va Norin daryolarining qo’shilishidan hosil bo’lgan daryo.
Quyiladigan joyiga ega bo’lmagan daryo.
Manbalar: 1. Amudaryo; 2. Sirdaryo; 3. O’zani; 4. Boshlanishi; 5. Zarafshon; 6. Quyiladigan joyi.
Javoblar: 1 (4), 2 (3), 3 (6), 4 (1), 5 (2), 6 (5).

Slayd 22

III. Dasturlashtirilgan didaktik kartochkalar.
Bunday dasturlashtirilgan topshiriqlardan har xil tipdagi daislar o’tishda, shuningdek, o’quvchilar bilan individual va butun sinf bilan ishlar olib borish jarayonida foydalanish mumkin. Topshiriqni bajarish uchun 5 daqiqa ajratiladi. Bu vaqt ichida o’quvchi 2-3 ta kartochkaga javob berishi va daftarida javoblarni raqamlar bilan ko’rsatishi lozim.
Dasturli kartochkalar o’rganilgan mavzuning variantlari bo’yicha tuziladi. Kartochkada savol-topshiriq va unga uchta: to’liq va to’g’ri, noaniq, noto’g’ri javoblar beriladi. O’quvchi daftariga kartochka nomeri va qavs ichida javob nomerini yozishi kerak.

Slayd 23

Dasturlashtirilgan didaktik kartochkalarga misollar: 1-kartochka. Nima uchun qushlar issiq o’lkalarga uchib ketadilar? 1. Chunki sovuq bo’lib qoladi. 2. Ular yeydigan ovqat yo’q. 3. Chunki sovuq bo’lib qoladi va ochlik vujudga keladi. To’liq va to’g’ri javob (3). 2-Kartochka. Tuproq deb nimaga aytiladi? 1. Tuproq bu tabiiy qazilma. 2. Yerning yuqori, yumshoq qatlami, unda o’simliklar ildiz otadilar. 3. Tuproq bu yerning yuqori qatlami. To’liq va to’g’ri javob (2).

Slayd 24

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 25

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Tabiiy fanlarda muammoli ta’lim uslublari” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

5 × 5 =

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar