Ta’lim metodlari va vositalari 2
4000 so'm

Slayd 1
Ta’lim metodlari va vositalari
Slayd 2
Reja:
Ta’lim metodlari va usullari haqida ma’lumot.
Ta’lim metodlari va vositalarining tavsifi.
Ta’limni tashkil etish shakllari va ularning didaktikada rivojlanishi.
Darsga qo’yiladigan talablar.
O’qituvchining darsga tayyorgarligi.
Slayd 3
Men hech narsani bilmasligimni bilaman
Suqrot
O’qituvchi – qiyin ishlarni osonlashtira oladigan odam.
R. Emerson
Slayd 4
“Nima uchun o’qitish kerak?»;
“Nimani o’qitish kerak?»;
“Qanday o’qitish kerak?»;
“Kimlarni o’qitish kerak?»;
“Qayerda o’qitish kerak?»;
“Nimadan foydalanib o’qitish kerak?»
Slayd 5
Metod so‘zi grekcha tadqiqot, maqsadga erishish yo’LI, ma’lum tarzda tartibga solingan faoliyat.
Slayd 6
Ta’lim metodlari – o‘rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bo‘yicha o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va o‘quvchilar o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari.
Slayd 7
Ta’lim usuli – ta’lim metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni, metodlar bilan usullar munosabati o‘zaro bir-biriga bog‘langan. Usul va metod butun va qism sifatida bir-biriga bog‘lanadi. Usullar yordamida faqat pedagogik yoki o‘quv vazifasining bir qismi hal qilinadi. Xuddi shu metodik usullar turli metodlarda foydalanilgan bo‘lishi mumkin. Va aksincha xuddi shu metod turli o‘qituvchilar tomonidan turli usullarda ochib berilishi mumkin.
Slayd 8
Zamonaviy didaktikada ta’lim metodlari tasnifiga turlicha yondashuvlar
An’anaviy (manbasiga ko‘ra) ta’lim metodlari
O‘quvchilarning bilish faoliyati tavsifiga ko‘ra ta’lim metodlari tasnifi
Asosiy didaktik maqsadlariga ko‘ra ta’lim metodlari tasnifi
Ta’limning binar metodlari
Yaxlit yondashuv bo‘yicha ta’lim metodlari tasnifi
Ta’limning interfaol metodlari
Slayd 9
An’anaviy (manbasiga ko’ra) ta’lim metodlari tasnifi
Og‘zaki: hikoya, suhbat, tushuntirish, ma’ruza, munozara;
Ko‘rgazmali: illyustratsiya, demonstratsiya;
Amaliy: mashq, amaliy, laboratoriya, didaktik o‘yin;
Kitob bilan ishlash: o‘qish, o‘rganish, reja tuzish, konspekt qilish;
Videometod: ko‘rish, o‘rganish, nazorat qilish
Slayd 10
Ta’lim metodlarini tanlab olish shartlari:
Ta’limning umumiy maqsadlari
Fanning va o‘rganilayotgan mavzuning mazmuni hamda o‘ziga xosliklari
Biror fanni o‘qitish metodikasining o‘ziga xosliklari
Materialni o‘rganishga ajratilgan vaqt
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi, vazifalari va mazmuni
O‘quvchilarning yoshi va bilish imkoniyatlari
O‘quvchilarning tayyorgarlik darajasi
Ta’lim muassasasining moddiy ta’minlanganligi
O‘qituvchining nazariy, amaliy va metodik tayyorgarligi, pedagogik mahoratni egallaganlik darajasi
Slayd 11
Ta’lim vositalari – bu yangi bilimlarni o‘zlashtirish uchun o‘qituvchi va o‘quvchilar tomonidan foydalaniladigan ob’ekt.
Slayd 12
An’anaviy ravishda qo‘laniladigan ta’lim vositalari:
Darslik,
rasmlar,
jadvalar,
nutq,
o‘quv-ustaxonasi jihozlari,
laboratoriyalar,
o‘quv jarayonini tashkil etish va boshqarish vositalari
axborot vositalari,
Slayd 13
Didaktik vositalar ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi, o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini hosil qilish, boshqarish va nazorat qilish vazifalarini bajaradi.
Slayd 14
Ta’lim vositalarini tasniflashda turli asoslarga ko‘ra yondashish mumkin:
Faoliyat sub’ektiga ko‘ra
faoliyat ob’ektiga ko‘ra
o‘quv axborotiga munosabatiga ko‘ra
o‘quv jarayonidagi vazifasiga ko‘ra
Slayd 15
Ta’limning texnik vositalarining funksiyalari:
Ta’limning sifati va samaradorligini oshiradi;
o‘quv jarayonining jadallashuvini ta’minlaydi;
o‘quvchilarni idrok qilishga yo‘naltiradi;
o‘quvchilarda bilimlarni egallashga nisbatan katta qiziqish hosil qiladi;
dunyoqarashni, ishonchni, o‘quvchilarning axloqiy qiyofasini shakllantirishga yordam beradi;
o‘quv ishiga nisbatan o‘quvchilarda emotsional munosabatni oshirishni ta’minlaydi;
bilimlarni nazorat, o‘zini-o‘zi nazorat qilishni ta’minlaydi
Slayd 16
Ta’limni tashkil etish shakllari
Ta’limni tashkil etish shakli – bu o’qituvchi va o’quvchining belgilangan tartibda, muayyan maqsadga muvofiq ma’lum tartibda tashkil etiladigan o’quv-bilish faoliyatining tashqi ifodasidir.
Slayd 17
Ta’lim shakllari
Individual
Individual-guruhli
Sinf-dars
Leksiya-seminar
Sinfdan tashqari
Auditoriyadan tashqari
Maktabdan tashqari
Slayd 18
Ta’lim shakllari
O’quvchilarni qamrab olishi,
O’quvchilar faoliyatini tashkil etishi,
Jamoaviy va individual shakllarining nisbati,
Mustaqilligi darajasi
O’qish jarayoniga rahbarlik qilish xususiyatlari kabi belgilariga ko’ra
Individual;
Sinf-dars;
Ma’ruza-seminar
Slayd 19
Individual ta’lim
Аfzаlliklаri
O’quv faoliyati mazmuni, mеtоDI vа sur’аtini to’lа individuаlаshtirishimkоniyatining mаvjudligi;
Аniq bir mаsаlаni hаl etishdа tа’lim оluvchining hаr bir hаrаkаti vа оpеrаtsiyalаrini kuzаtib bоrishgа imkоn bеrishi.
Kamchiliklаri
Vаqtning tеjаMLI emаsligi;
O’qituvchi tа’sirining chеklаngаnligi;
Bоshqа o’quvchilаr bilаn hаmkоrlikdа ishlаsh imkоniyati chеklаngаnligi;
Jаmоаdа ishlаsh tаjribаsining shаkllаnmаsligi
Slayd 20
Sinf-dars afzalliklari:
Yaxlit o’quv-tarbiyaviy jarayonning tartibli ketishini ta’minlovchi aniq tashkiliy tizim;
Jarayonlarning oddiy boshqarilishi;
Muammoning jamoa bo’lib muhokama qilinishi, masalaning yechimini birgalikda izlash jarayonida ta’lim oluvchilar o’rtasida o’zaro munosabatlarning shakllanish imkoniyati;
Ta’lim beruvchining ta’lim oluvchilar va ularning tarbiyasiga doimiy emotsional ta’sir ko’rsatishi;
ta’limning emotsionalligi;
O’quv faoliyatiga musobaqalashish elementlarini kiritish uchun sharoitning yaratilishi,
Bilimsizlikdan bilimlarni o’zlashtirish sari harakatlarningmuntazamligi va izchilligi.
Slayd 21
Kamchiliklari:
Tizimning bilimlarni asosan o’rta darajada o’zlashtiruvchi ta’lim oluvchilar uchun mo’ljallanganligi;
Ta’lim beruvchi uchun o’qitish mazmuni va o’qitish sur’atlari hamda metodlari bo’yicha individual ishlarni tashkil etish, shuningdek, ta’lim oluvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olishda qiyinchiliklarni yuzaga kelishi;
Katta va kichik yoshli ta’lim oluvchilar o’rtasidagi munosabatlarning qaror topmasligi.
Slayd 22
Ta’lim turlari
Arxaik (ibtidoiy);
Qadimgi (Shumer, Misr, Xitoyda eramizdan avvalgi uchinchi ming yillik);
Avestiy (Baqtriya, Sug‘diyona, Xorazmda – eramizdan avv. VII-VI asrlar);
Yunon (Ellins, rim-yunon, rim – eramizdan avv. V-I asrlar);
O‘rta asr (dogmatik, sxolastik V-XVI asrlar);
Yangi (tushuntirish, tushuntirish-ko‘rgazmali, dasturlashtirilgan, masofali o‘qitish, muammoli-dasturlashtirilgan, kompyuterlashtirilgan innovatsion);
Xorijiy (tushuntirish, tushuntirish-ko‘rgazmali, dasturlashtirilgan, muammoli-dasturlashtirilgan, kompyuterli o‘qitish, masofali, Internet yordamida o‘qitish va shu kabilar).
Slayd 23
Ayni vaqtda, respublikamizda faoliyat yuritayotgan zamonaviy ta’lim muassasalarida ta’limning eng muhim quyidagi uch turidan foydalanilmoqda:
tushuntiruvchi-namoyish etuvchi ta’lim (u an’anaviy yoki axborot beruvchi ta’lim ham deb ataladi);
muammoli o’qitish;
dasturlashtirilgan ta’lim yoki komputerli o’qitish.
Slayd 24
Muammoli o’qitishning afzalliklari: shaxsiy ijodiy faoliyatni tashkil etish asosida bilimlarni mustahkam egallash, o’qishga qiziqishni uyg’otish, ijodiy va mustaqil fikrlashni rivojlantirish, o’qitishning mustahkam va amaliy natijalariga erishish.
Kamchiliklari: ta’lim oluvchilarning idrok etish faoliyatlarini boshqarishning qiyinligi, muammoni qo’yish va hal etish uchun ko’p vaqt sarflanishi, muammoli vaziyatni yaratish va mustaqil hal qilish imkoniyatini har bir ta’lim oluvchiga taqdim etishning qiyinchiligi bilan belgilanadi.
Slayd 25
Dasturiy ta’lim (dasturlashtirilgan ta’lim) harakat (operatsiya) lar ketma-ketligi tizimini ifodalovchi, ularni bajarish oldindan rejalashtirilgan natijaga olib keluvchi «dastur» terminidan kelib chiqadi.
Dastur – bajariladigan ish yoki biror faoliyat rejasi bo’lib, uning yordamida ta’lim oluvchilarga ta’lim-tarbiya berishda o’quv rejasi va dasturlarini og’ishmay amalga oshirilishida zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanishga keng imkoniyatlar yaratadi.
Slayd 26
Masofaviy ta’lim – bu masofadan turib o’qitishning usullariga asoslangan holda aholining keng qatlamlariga taqdim etiluvchi zamonaviy ta’lim texnologiyasidir. U o’quv adabiyotlarining almashinish vositalari (Yer sun’iy yo’ldoshi, televideniye, radio, kompyuter aloqa va boshqalar)ga tayanib, ixtisoslashtirilgan axborot muhiti yordamida masofadan mamlakat aholisining keng qatlamiga va xorijiy davlatlarga taqdim etiladigan ta’lim xizmatlari majmuyidan iborat.
Slayd 27
Bir xil tayyorgarlikka ega, yoshlari tеng o’quvchilarning doimiy jamoasi bilan ma’lum xona, rеjim, tartib asosida o’tkaziladigan mashg’ulotga dars dеyiladi.
Dars – bevоsita o’qituvchi yetakchiligida muayyan o’quvchilar guruhi bilan o’tkaziladigan o’quv mashg’ulоtidir.
Slayd 28
Sinf-dars tizimi
Bir xil yoshdagi va taxminan bir xildagi tayyorgarlik darajasiga ega bo’lgan ta’lim oluvchilar (o’quvchilar) sinfni tashkil etadi;
bu sinf maktabda o’qishning umumiy davriga asosan doimiy tartibini saqlab qoiadi;
sinf faoliyati yagona yillik reja va dastur asosida doimiy dars jadvali bo’yicha tashkil etiladi, buning natijasida bolalar maktabga yilning bir vaqti va oldindan belgilangan kun soatlarida kelishlari kerak bo’ladi;
mashg’ulotlarning asosiy birligi dars hisoblanadi;
dars odatda bir fan yoki mavzuga bag’ishlangan bo’ladi, shu bois, ta’lim oluvchilar sinfda bitta material ustida ishlaydilar;
darsda ta’lim oluvchilarning ishiga (faoliyatiga) ta’lim beruvchi rahbarlik qiladi, u o’z fani bo’yicha o’qish natijalarini, har bir ta’lim oluvchining alohida bilimini baholaydi.
O’quv yili oxirida pedagogik jamoa, ya’ni ta’lim beruvchilar xulosalari bo’yicha ta’lim oluvchini keyingi sinfga o’tishi haqida qaror qabul qilinadi.
Slayd 29
Darsga qo’yiladigan talablar
Didaktik yoki ilmiy talablar
tarbiyaviy talablar
tashkiliy talablar
Slayd 30
Didaktik talablar
Har bir darsning maqsadini aniq belgilash
Darslarning оptimal mazmunini, o’rganiladigan bilimlar ko’lami, shakllantiriladigan ko’nikma va malakalarni оldindan aniqlab qo’yish.
Darsni tashkil etishga оid ta’lim metоdlarini, vоsitalarini tanlash, o’quvchilar bilish faоlligini rag’batlantirish, o’quv tоpshiriqlari, mustaqil ishlarni ta’limga tatbiq etish.
4.Ta’lim qоidalarini (ilmiylik, faоllik, izchillik, fanlararо alоqa va h.k) оg’ishmay amalga оshirish.
Slayd 31
Darsga qo’yiladigan tarbiyaviy talablar
Darsda o’rganiladigan o’quv materiallari bo’yicha tarbiyaviy xulоsalar chiqarish.
Nazariy bilimlar asоsida ilmiy dunyoqarashni rivоjlantirish.
3.Bоlalarda o’qishga оid ijоdiy mоtivlarni uyg’оtish, bilish, o’qish-o’rganishga havas ishtiyoq, qiziqishni shakllantirish.
Dars jarayoniga, pedagоgik takt qоidalariga riоya qilish.
Slayd 32
Darsga qo’yiladigan tashkiliy talablar
Dars uchun puxta yo’nalgan kоnspekt yoki reja tuzish.
Darsning bоsqichlariga (dars bоsqichlarining o’zarо bоg’liqligi, darsda amalga оshiriladigan ishlar, o’quv tоpshiriqlarining o’zarо alоqadоrligiga) riоya qilish.
Dars tezligini o’quvchilarning tayyorgarligiga mоslashtirish.
Dars uchun ajratilag vaqtdan to’laqоnli fоydalanish.
Slayd 33
Darsning turlari
Aralash darslar;
Yangi ma’lumotlar, aniq hodisalar bilan tanishish bo‘yicha yoki umumlashtirishlarni anglab yetish va o‘zlashtirish maqsadiga ega darslar;
Bilimlarini mustahkamlash va takrorlash darslari;
O‘rganilganlarni umumlashtirish va tizimlashtirish asosiy maqsadiga ega darslar;
Malaka va ko‘nikmalarni ishlab chiqish va mustahkamlash darslari;
Bilimlarni tekshirish va tekshirish ishlarini o‘rganish darsi;
O‘z tuzilishi bo‘yicha oddiy bo‘lgan, ya’ni bitta asosiy didaktik maqsadga ega bo‘lgan dars turlari (o‘rta va katta sinflarda qo‘llash uchun mos keladi).
Slayd 34
O’qituvchining darsga tayyorlanishi
Psixologik jihatdan tayyorgarlik
Fan bo’yicha tayyorgarlik
Slayd 35
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 36
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
XX ASR JAHON TA’LIM TIZIMIDA GLOBAL TENDENSIYALAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH TA’LIM PEDAGOGIKASINING ASOSIY RIVOJLANISH DAVRLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 45 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
TURKISTONDA ILM FAN TARAQQIYOTI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 18 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BIOLOGIYANI O‘QITISHDA TAYANCH VA FANGA DOIR XUSUSIY KOMPETENSIYALARNI TARKIB TOPTIRISH YO‘LLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
DIKTANT VA UNING TURLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ROBOTOTEXNIKA SINFIDA XAVFSIZLIK ROBOTOTEXNIKA FANIGA KIRISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
TA’LIM-TARBIYAGA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BIOLOGIYA O‘QITUVCHISI FOYDALANADIGAN LOKAL TEXNOLOGIYALARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 10 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
PEDAGOGIKA SHAXS TARBIYASI VA RIVOJLANISH TO‘G‘RISIDAGI FAN ILMIY mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ENG QADIMGI DAVRLARDAN XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA JAHON PEDAGOGIKA FANINING RIVOJLANISH TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA IJTIMOIY KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DIZARTRIYANI BARTARAF ETISHDA KORREKSION PEDAGOGIK ISH TIZIMI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim














Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.