Ta’lim mazmuni va uning asosiy g’oyalari
4000 so'm

Slayd 1
Ta’lim mazmuni
Slayd 2
Reja:
Ilmiy-texnik jarayon va ta’lim mazmuni
Hozirgi vaqtda ta’lim mazmunini belgilashga doir asosiy g‘oyalar
Ta’lim mazmunini belgilab beruvchi me’yoriy hujjatlar
Davlat ta’lim standartlari
Slayd 3
Ta’limning mazmuni uning vazifalaridan kelib chiqadi. Ta’limning mazmuni ilmiy bilimlar, ko’nikma va malakalar tizimidir. O’quvchi ilmiy bilim, ko’nikma va malakalarni egallash jarayonida aqliy va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantiradi, dunyoqarashi, axloqi shakllanadi, hayotga, mehnatga tayyorlanadi.
Slayd 4
Ta’lim mazmuniga insoniyat to’plagan barcha ijtimoiy tajribalar kiradi. Uning mazmuni, xajmi, ijtimoiy tuzumning iqtisodiy talab va ehtiyojlari, fan-texnika taraqqiyoti darajasi bilan belgilanadi. Ya’ni uning mazmuniga tabiat, jamiyat, inson va uning tafakkuri haqidagi bilimlar, hozirgi zamon fani, texnikasi, madaniyati, ishlab-chiqarishdagi yangiliklar kiritiladi. Ta’limning mazmuni o’zgaruvchan, u doimo yangilanib turadi.
Slayd 5
Bugungi kunda ta’limning mazmuni O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonunida belgilangan vazifalardan kelib chiqadi. Ta’lim mazmuni jamiyat umumiy o’rta ta’lim oldiga qo’yayotgan talab-buyurtma asosida belgilanishi kerak. Ya’ni shakllanayotgan inson nimani bilishi, o’rganishi, qanday insoniy fazilatlarga ega bo’lishi haqidagi savollarga javob berishi kerak.
Slayd 6
Ta’lim jarayoni o’quvchilarda quyidagi xislatlarni shakllantiradi:
Bilimdonlik,
Mustaqil fikrlash,
Ijodkorlik,
Tirishqoqlik,
Tashabbuskorlik,
Ziyraklik,
Intizomlilik,
Qiziquvchanlik
Slayd 7
Ta’lim mazmuniga kiritilgan o’quv materiali yuqori ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo’lishi, ta’lim jarayonining imkoniyatlariga mos bo’lishi lozim.
Ta’lim mazmunini belgilashda maktabda o’qitiladigan barcha fanlarning o’ziga xos xususiyatlari va fanlararo aloqa hisobga olinishi shart.
Slayd 8
Dts
O’quv rejalari
Dasturlari
Darsliklar
Ta’lim mazmuni:
Slayd 9
Ta’lim o’qituvchi va o’quvchi ta’sirining majmui bo’lib, uning natijasida o’quvchining aqliy salohiyati (intellekti), ruhiyatini rivojlantirish ma’nosini bildiradi.
Bilim-tabiatda, jamiyatda, inson ongida amal qilinadigan qonuniyatlarning turli belgilar (masalan, yozuv) vositasida moddiylashtirilgan ko’rinishidir. Bilimlar qarash, g’oya, ta’rif, qoida, aniqlik, aksioma, teorema, omil va boshqa shakllarda beriladi.
Slayd 10
Ta’lim jarayoni o’qituvchi faoliyati nuqtai nazaridan «o’qitish jarayoni», o’quvchilar faoliyati nuqtai nazaridan, esa «o’quv jarayoni» hisoblanadi.
Ta’lim ma’lum bosqichlar asosida amalga oshiriladi:
O’rganiladigan narsa – hodisalarni bevosita yoki bilvosita idrok etish;
Oldin o’rganilgan bilimlarni xotiraga, ya’ni esga tushirish;
Bilimlarni amalda qo’llash, fikrlash, ularning umumiy va xususiy alomatlarini ajratish.
Slayd 11
Ta’lim mazmuni – bu jamiyatning shaxsni ma’naviy rivojlanishi darajasiga qo‘yilgan talablar, jamiyatning ijtimoiy tajriba va madaniyatini aks ettirgan ijtimoiy buyurtmasi modelidir.
Slayd 12
Insoniylashtirish;
Insonparvarlashtirish;
Integratsiyalashtirish;
Standartlashtirish;
Ko‘p bosqichlilikka asoslanish;
Amaliylashtirish;
Axborotlashtirish;
Individuallashtirish;
Uzluksizlik.
O‘quv rejalarini ishlab chiqishda ta’lim mazmunida quyidagi g‘oyalar yetakchi o‘rin tutadi:
Slayd 13
Ta’lim mazmunining barcha elementlari barcha bosqichlarda jamiyat, fan, madaniyat va shaxs rivojlanishi talablariga mos bo‘lishi tamoyili
Ta’limning yagona mazmunli va protsessual tomoni tamoyili
Ta’lim mazmunining yaxlit tuzilishi tamoyili
Ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish tamoyili
Ta’lim mazmunini fundamentallashtirish tamoyili
Ta’lim mazmunining ketma-ketligi tamoyili
Ta’limning mazmuni muntazamligi tamoyili
Ta’lim mazmunining o‘quvchilar yoshlari imkoniyatlariga mosligi tamoyili
Maktab ta’limi mazmunini shakllantirish quyidagi umumiy tamoyillarga muvofiq amalga oshiriladi.
Slayd 14
Erkin fikrlovchi shaxsning rivojlanishi va uning madaniyatini shakllantirish masalalari mazmunini yaxlit aks ettirish;
Ilmiy va amaliy ahamiyati;
Ta’lim mazmunining murakkabligi, o‘quvchilar imkoniyatlarining mavjud o‘quv dasturlariga mosligi;
Ta’lim hajmining uni o‘rganishga ajratiladigan vaqtga mosligi;
Maktab hamda litseylar bazasining zamonaviy talablarga javob berishi;
Umumiy o‘rta ta’lim mazmunini qurishda xalqaro tajribalarni hisobga olish.
Umumiy o‘rta ta’limning mazmunini shakllantirish
Ko‘rib chiqilgan tamoyillarini zamonaviy o‘rta
Maktablar uchun tanlab olish quyidagi
Mezonlar bo‘yicha amalga oshiriladi:
Slayd 15
Ta’lim mazmunini shakllantirishning quyidagi uch bosqichi mavjud:
Umumiy nazariy bosqich;
O‘quv bosqichi;
O‘quv materialini o‘zlashtirish bosqichi
Slayd 16
Davlat ta’lim standarti
O‘quv rejalari
O’quv dasturi
Darsliklar
Ta’lim mazmunini belgilab beruvchi me’yoriy hujjatlar:
Slayd 17
Davlat ta’lim standarti
Ta’limni standartlashtirish – insoniyatning ijtimoiy ongida ro’y bergan tub o’zgarishlar tufayli kelib chiqqan zaruratdir. Chunki, axborotlar almashinuvi maksimal chegaraga yetgan davrimizda dunyoning bir burchagida yashayotgan kishi ikkinchi qutbda sodir bo’layotgan voqyealarni bilibgina qolmay, ularning ne boisdan aynan shu tarzda ro’y berganini anglashi va his qilishi zarurdir. Bu holat ta’lim standartlari deb atalmish tushunchani yuzaga chiqardi.
Slayd 18
Davlat ta’lim standarti
Standart – ta’limda yaratilgan me’yoriy reja, dastur, darsliklarni o’zlashtirish ekvivalenti, ya’ni ta’lim mazmunini o’zlashtirish darajasidir. Standartni ishlab chiqishda o’quvchini haddan tashqari zo’riqtirib yubormaslik talablariga rioya qilish, ya’ni u o’quvchi yoshiga mos, uni o’zlashtirishga qurbi yetadigan darajada bo’lishi kerak.
Slayd 19
Tarbiyalanuvchi yoki ta’lim oluvchilar egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma, malaka yoxud ma’naviy sifatlarning eng quyi miqdori ilmiy asoslarda belgilab berilgan rasmiy pedagogik hujjat – davlat ta’lim standarti hisoblanadi.
Slayd 20
Davlat ta’lim standarti nazorat vositasi, ayni vaqtda, ta’lim muassasalarida ko’zlangan ko’rsatkichlarni qo’lga kiritish uchun zarur bo’lgan sharoitni belgilash o’lchovi hamdir. Davlat ta’lim standartlarining ko’rsatkichlari amaldagi mavjud ta’lim mazmunidan emas, balki shakllantirilayotgan o’quvchiga singdirilishi lozim bo’lgan sifatlarning jahon bo’yicha zarur deb hisoblangan miqdoridan kelib chiqadi.
Slayd 21
Davlat ta’lim standartlari — davlat tomonidan ta’limning mazmuni va sifatiga nisbatan belgilanadigan talablar majmui («Ta’lim to’g’risida»gi Qonun)
Slayd 22
Standartlashtirishda quyidagi ikki omil muhim ahamiyatga ega:
Turli ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarning umumiy o‘rta, o‘rta maxsus bilimlar hajmining bir xillik darajasini ta’minlovchi mamlakatda yagona pedagogik muhitni yaratish zarurligi;
O‘zbekistonning jahon hamjamiyati tizimiga kirishi natijasida xalqaro ta’lim amaliyotida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’limi mazmunini rivojlanishi tendensiyalarining hisobga olinishi.
Slayd 23
Davlat ta’lim standarti:
Ta’lim olish shaklidan qat’iy nazar bitiruvchilar erishishlari kerak bo‘lgan ta’lim darajasini belgilovchi asosiy hujjat;
O‘quv fani bo‘yicha yakuniy ta’limning yakuniy natijalarini belgilovchi asosiy hujjat;
Ta’lim dasturlari mazmunining minimumi, o‘quvchilar tomonidan bajariladigan o‘quv ishlarining maksimal hajmi, shuningdek, bitiruvchilarning tayyorgarlik darajalariga qo‘yiluvchi talablarni belgilaydi.
Slayd 24
Umumiy o’rta maktabda o’quvchilarga beriladigan ta’lim mazmunining majburiy minimumini belgilaydi;
Bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar majmuasini belgilaydi.
Ta’lim mazmunining majburiy minimumi o’quv dasturlari va darsliklarda to’liq o’z ifodasini topishi shart.
Bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga ko’ra o’quvchi muayyan bosqichda egallashi shart bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarning minimal miqdori belgilanadi.
Davlat ta’lim standartlarining ikki asosiy vazifasi mavjud
Slayd 25
O’quv rejasi – davlat hujjatidir. Unga barcha umumta’lim maktablari so’zsiz amal qiladi. Bu hujjatda sinflar bo’yicha o’rganilishi lozim bo’lgan o’quv fanlari va shu fanlar uchun ajratilgan o’quv soatlari ko’rsatiladi. Bu hujjat maktabning yagona o’quv rejasi hisoblanib, u ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Alohida aniq bir fanning o’quv rejasi – shu fanni o’qitish uchun ajratilgan soatlar va o’quv yilining tuzilishini belgilab beruvchi davlat hujjatidir.
Slayd 26
O‘quv rejalari quyidagilardan iborat:
Tayanch
Namunaviy
Maktab o’quv rejasi
Slayd 27
Umumiy o‘rta ta’limi muassasalari uchun tayanch o‘quv rejasi davlat ta’lim standartining tashkiliy qismi hisoblangan asosiy me’yoriy hujjat bo‘lib, u namunaviy va amaliy o‘quv rejalarini ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Tayanch o‘quv rejasi davlat ta’lim standarti tarkibiy qismi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Maktablarning namunaviy o‘quv rejalari tayanch o‘quv rejasi asosida tuziladi va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Bu reja uzoq muddatga mo‘ljallab tuziladi va uning asosida mavjud sharoitlarni hisobga olib ishchi o‘quv rejalari ishlab chiqiladi.
Slayd 28
O‘quv rejasi – me’yoriy hujjat hisoblanib (ta’lim muassasasi sertifikati) quyidagilarni belgilaydi:
O‘quv yili, chorak (semestr)lar va ta’tillarning davomiyligi;
Ushbu ta’lim muassasasida o‘rganiladigan o‘quv fanlari tartibi;
O‘qish yillari bo‘yicha fanlarni taqsimlash;
Har bir fan bo‘yicha yaxlit ta’lim davri va har bir sinf (kurs)da fanlarni o‘rganishga ajratilgan soatlar hajmi;
Har bir fanni o‘rganishga ajratilgan haftalik soatlar hajmi;
Praktikumlar, ishlab chiqarish va pedagogik amaliyotlar hamda shu kabilarning davomiyligi
Slayd 29
O’quv fan dasturi – har bir alohida fan uchun o’quv dasturi tuziladi. Dastur o’quv rejasiga asoslanadi. Fanning maqsadidan, o’quv rejasi bo’yicha ajratilgan soat va bilim hajmi uning tizimi mavjud jamiyatning g’oyaviy-siyosiy yo’nalishini o’zida aks ettiradigan davlat hujjatidir. O‘quv dasturi – muayyan o‘quv fani bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalar mazmuni, umumiy vaqtni muhim bilimlarni o‘rganilishi bo‘yicha taqsimlash, mavzularning ketma-ketligini belgilash hamda ularning o‘rganilish darajasini yorituvchi me’yoriy hujjat.
Slayd 30
O‘quv dasturlari:
Namunaviy
Ishchi
Mualliflik
Slayd 31
O‘quv dasturlari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
Ushbu fanni o‘rganish maqsadlari, o‘quvchilarning bilim va malakalariga asosiy talablar, o‘qitish tavsiya etiladigan shakl va metodlari haqidagi tushuntirish xati;
O‘rganilayotgan materialning tematik mazmuni;
Kursning alohida savollarini o‘rganishga o‘qituvchi sarflaydigan taxminiy soatlari hajmi;
Dunyoqarashni shakllantiruvchi asosiy savollari ro‘yxati;
Fanlararo va kurslararo bog‘liqlikni amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar;
O‘quv uskunalari va ko‘rgazmali qo‘llanmalar ro‘yxati;
Tavsiya etiladigan adabiyotlar.
Slayd 32
Dasturning aniq bir g’oyaga asoslanganligi
Ilmiylik
Aniq mazmun va mantiqiy g’oyalarni o’zida aks ettirishi
Nazariya bilan amaliyotning birligi
Fanning tarixiy saboqlari inobatga olish
Davlat tomonidan tasdiqlangan reja asosida bakalavr, magistr, litsey, maktablarga alohida-alohida tuziladi
O’quv dasturining prinsiplari:
Slayd 33
Darslik
Darslik o’quv jarayonining asosi. Darslik o’quvchining uydagi muallimi, har bir fanning mazmuni, maqsadi, vazifasi darslikda yoritiladi, darslikdagi bilimlar tizimi o’zaro ichki, mantiqiy bog’lanishlarga ega bo’lib, ular didaktika talabiga muvofiq ravishda bayon qilingan.
Slayd 34
Darslik
Darslik muayyan o‘quv fani bo‘yicha ta’lim maqsadi, o‘quv dasturi va didaktik talablarga muvofiq belgilangan ilmiy bilimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni beruvchi manba bo‘lib, u mazmuni va tuzilishiga ko‘ra fan bo‘yicha yaratilgan o‘quv dasturiga mos keladi.
Slayd 35
Darslik quyidagi talablarga amal qilgan holda yaratiladi:
Har bir o’quv fani uchun yaratiladigan darslikda ilmiy bilimlar tizimi va uning hajmi dastur talablariga sinf o’quvchilarining yosh xususiyatlariga mos kelishi kerak
Darslikda bayon qilingan ilmiy bilimlarning nazariy asoslari, g’oyaviy yo’nalishlari tizimli va izchil bo’lishi talab qilinadi. 3. Nazariy bilimlar ishlab chiqarish amaliyoti bilan bog’langan bo’lishi kerak
Darslikda mavzu sodda, ravon tilda yozilishi, hamda tegishli qoida va ta’riflari berilishi kerak. Darslik ichidagi va muqovasidagi chizilgan rasmlar va bezatilishi o’quvchining yoshiga mos, fanning harakteriga monand bo’lmog’i zarur
Mavzulardagi fikrlar aniq va qisqa bo’lishi, ilmiylikka asoslanishi kerak.
Slayd 36
Motivatsion vazifa
Axborot vazifasi
Nazorat-tuzatish (mashq qilish) vazifasi
Muvofiqlashtirish vazifasi
O‘qitish vazifasi
Rivojlantiruvchi –tarbiyalovchi vazifasi
Darslik quyidagi vazifalarni bajaradi:
Slayd 37
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 38
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
TURKISTONDA ILM FAN TARAQQIYOTI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 18 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BIOLOGIYANI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN METODLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
TA’LIM-TARBIYAGA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BRITISH AND AMERICAN EDUCATION SYSTEMS mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Ingliz tili darsi uchun mavzu, misollar va asosiy tushunchalar jamlangan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Ingliz tili
ENG QADIMGI DAVRLARDAN XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA JAHON PEDAGOGIKA FANINING RIVOJLANISH TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKASINING MAZMUNI VA KETMA KETLIGI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 11 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
XX ASR JAHON TA’LIM TIZIMIDA GLOBAL TENDENSIYALAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DARSDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL QILISH METODIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
CURRENT ISSUES IN AMERICAN EDUCATION SYSTEM mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 24 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BIOLOGIYANI O‘QITISHDA TAYANCH VA FANGA DOIR XUSUSIY KOMPETENSIYALARNI TARKIB TOPTIRISH YO‘LLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
INKLYUZIV TA’LIMNI AMALIYOTGA JORIY ETISH MASALALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA IJTIMOIY KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim












Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.