Ta’lim boshqaruvchisi akmeologik kompetensiyalari

4000 so'm


Ta'lim boshqaruvchisi akmeologik kompetensiyalari

 

 

Slayd 1

Ta’lim tizimi boshqaruvchisining ijtimoiy maqomiga mos akmeologik kompetensiyalar

Slayd 2

Ko‘pincha kundalik muloqotda biz «kompetensiya» yoki «bilimdonlik» tushunchalarini teztez ishlatamiz. XX asrning 90-yillarida mutaxassislarga malakaviy talablarni qo‘yuvchi Xalqaro mehnat tashkiloti malaka oshirish hamda boshqaruv xodimlarni kasbiy qayta tayyorlashda «tayanch kompetensiya»lar degan tushunchani fanga kiritdi. «Kompetensiya» lotincha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilidagi lug‘aviy ma’nosi «yaxshi biladigan inson», «tajribaga ega bo‘lgan» kabi ma’nolarni bildiradi. Kundalik hayotda ko‘pincha ijtimoiy-psixologik kompetensiya tushunchasiga e’tibor qaratiladi. Kompetentlik darajasi yuqori bo‘lgan rahbar va uning strategik boshqaruvi rahbar shaxsi kreativligining yuqori darajasini belgilovchi hamda tashkilot ravnaqini ta’minlovchi innovatsion dasturlarni amalga tatbiq yetish imkoniyatini yaratadi. Ana shu sababli rahbarning ijtimoiy-psixologik kompetensiyasini rivojlantirish asosida umumiy o‘rta ta’lim tizimini boshqarishning ijtimoiy-psixologik shart-sharoitlarini takomillashtirish muhim psixologik muammo hisoblanadi.

Slayd 3

Zamonaviy ta’lim tizimi — bu faqat bilim berish emas, balki kompleks boshqaruv, strategik qarorlar, inson resurslari va ijtimoiy mas’uliyat tizimi. Bu tizimning markaziy figuralaridan biri – boshqaruvchi (rahbar) hisoblanadi.
Shu sababli, u nafaqat boshqaruv funksiyalarini bajara olishi, balki ijtimoiy maqomiga mos akmeologik kompetensiyalarga ega bo‘lishi talab etiladi.

Slayd 4

Kompetensiya
Mazmuni
Maqsadga yo‘naltirilganlik
O‘z ustida ishlash, natijaga intilish, irodaviy barqarorlik
O‘z-o‘zini boshqarish
Stressga bardoshlilik, muvozanat, vaqtni boshqarish
Kasbiy o‘zlikni anglash
«Men — rahbarman» identifikatsiyasi
Innovatsion fikrlash
Yangiliklarni qabul qilish va yaratish qobiliyati
Shaxsiy akmeologik kompetensiyalar

Slayd 5

Akmeologik kompetensiyalar: o‘ziga va uni o‘rab turgan atrof-muhitga ishonch, o‘z xohish-istaklari va ehtiyojlarini to‘liq tushunib yetish, bugungi kundagi mavjud imkoniyatlarni va kelgusidagi ijodiy rivojlanish istiqbollarini aniqlash, refleksiya, identifikatsiyaga o‘zining qarashlari, e’tiqodi va uqtirilgan ma’lumotlarni o‘zgartirishga qobiliyatlilik; Ta‘limni yangi bosqichga ko‘tarish sharoitida o‘qituvchilarning shaxsiy va kasbiy rivojlanishining akmeologik omillari quyidagilardan ajralib turadi: akmeologik pozitsiya, ta‘limni isloh qilish sharoitida kasbiy faoliyatga psixologik tayyorlik va o‘zaro bog‘liqlikdagi ijodiy salohiyat. Shaxsiy va kasbiy rivojlanishni o‘rganishga qaratilgan ishlarning tahlili (N. V. Kuzmina, A. A. Derkach, A. A. Bodalev, A. K. Markova, L. M. Mitina, O. S. Anisimov va boshqalar) bizga bunday rivojlanishning quyidagi qator omillarini ajratib ko ‘rsatish imkonini beradi:
Muvaffaqiyatga erishish uchun motivatsiya;
Kasbiy faoliyatga bo‘lgan munosabat va uni amalga oshirish sharoitlari;
Professional mahoratga erishishni ta‘minlovchi shaxsiy xususiyatlar;
Professional faoliyatda yuqori professional va shaxsiy standartlarijodiy salohiyat o‘qituvchining shaxsiy va kasbiy rivojlanishining psixologikpedagogik hamda akmeologik asoslari sifatida harakat qilishi mumkin.

Slayd 6

Pedagogik faoliyat uchun shaxsiy va kasbiy rivojlanishning akmeologik kompetentsiya darajasini ishlab chiqish quyidagi xususiyatlardan iborat: – kasbiy faoliyatdagi yutuqlarga motivatsiya; – kasbiy faoliyatga va undagi yangiliklarga ijobiy munosabat; – rivojlanishni aks ettirish; – shaxsiy va kasbiy rivojlanishning ijobiy hissiy holati; – shaxsiy holatidan norozilik bilan bog ‘liq kasbiy qiyinchiliklar; – ushbu qiyinchiliklarni yengish uchun shaxsning ichki resurslari yetishmaslik hissi, ularni yengish uchun ko‘proq konstruktiv strategiyalar va xatti-harakatlar modellaridan foydalanish; – ijodiy salohiyatning yuqori o‘zini-o‘zi anglashi, kasbiy vazifalarni bajarishda ijodiy faoliyat va ijodiy faoliyatni amalga oshirishga tayyorligi. Yuqoridagi mulohazalarga asoslangan holda xulosa qilish mumkinki, akmeologik kompetentsiya – o‘qituvchining professionalligini ifodalovchi xususiyat sifatida kasbiy faoliyatda muhim ahamiyatga ega ekanligi bilan ajralib turadi. O‘z kasbining yutuk mutaxassisi bo‘lish, akmeologik pozitsiyaga ega bo‘lish uchun ham psixologik, ham pedagogik chuqur bilimga ega bo‘lish va to‘plangan tajribaga bog‘liq. Bo‘lajak o‘qituvchilarda bevosita amaliyot davomida tajriba ortib boradi.

Slayd 7

Kompetensiyaviy yondashuv. Bunday yondashuvga1 binoan, samarali boshqaruv rahbarga xos bo‘lgan qator shaxsiy sifatlar bilan belgilanadi. Shaxsga xos xislatlar va boshqaruv samaradorligi o‘rtasidagi aloqani ko‘rsatib o‘tishda qator tadqiqotlar orqali ta’kidlangan rahbarning intellektual qobiliyati ustida to‘xtalib o‘tish mumkin. Xususan, tafakkurning egiluvchanligi, turli toifadagi vazifalarni tez yechish qobiliyati, samarali rahbarning ijodiy tafakkurga ega bo‘lishi alohida ta’kidlab o‘tiladi. Shuningdek, samarali boshqaruvni amalga oshirayotgan rahbarga xos bo‘lgan kommunikativ qobiliyatlar-muloqotga kirishuvchanlik, empatiyaning rivojlanganligi ham e’tirof etiladi. Alohida e’tibor rahbarning o‘z-o‘zini boshqarish xislatlarimuvaffaqiyatga intilish, tavakkalchilikka moyillik, noaniq vaziyatda uzoq vaqt bo‘la olish, stressga chidamlilik, mas’uliyatlilik kabilarga qaratiladi.

Slayd 8

Ta’lim tizimi rahbarlarning ijtimoiy-psixologik kompetentligini yanada takomillashtirish va tadqiqotning ilmiy-amaliy ahamiyatini yoritib berish maqsadida quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi:
Umumta’lim tizimi rahbarlarining faoliyatini xorijiy rajribalar asosida muntazam tizimli tahlil qilish va yanada samaradorligini oshirib borish.
Hududlar kesimida faol bo‘lgan ta’lim tizimi rahbar xodimlarning faoliyatini rag‘batlantirib borish.
Rahbarlarning gender tengligi va jinsiy tenglik, aniqrogʻi: erkaklar va ayollar oʻrtasidagi tenglikni ta’minlashda xalqchil taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish.
Chekka tuman va qishloqlardagi umumta’lim maktablari direktorlari faoliyatini shahar markazlaridagi ta’lim muassasalari boshqaruvi bilan qiyosiy tahlil qilish va ularni tenglashtirish.

Slayd 9

Funksional yondashuv. Ushbu yondashuvga ko‘ra rahbarning samarali faoliyati u bajarishi lozim bo‘lgan funksiyalardan kelib chiqadi. Funksiyalar esa o‘xshash vazifalar majmui sifatida tushuniladi va rahbar faoliyatining asosini tashkil etadi. P. Druker va V. Nyumen.
1-rahbar zimmasidagi funksiyalarni texnik funksiyalarga va odamlarni boshqarish funksiyalariga ajratishadi, V. F. Rubaxin va A. V. Filippov.
2-esa umumiy (tashkilot faoliyatining maqsadi va asosiy yo‘nalishlari) va maxsus (rejali-iqtisodiy, kadrlarga oid, texnologik) funksiyalarni farqlaydilar. Shu munosabat bilan, rahbar faoliyati ko‘p funksiyali faoliyat sifatida talqin etiladi. Funksional yondashuvga oid bir qancha nazariy qarashlar mavjud ekan, ularning ko‘pchiligida rahbar tomonidan tashkilot missiyasini anglashi, maqsadni belgilash va uni vazifalarda aks ettirish, maqsadga erishish uchun zarur resurslarni boshqarish, tashkilotning ichki va tashqi muhitdagi jarayonlarini nazorat qilish kabilar ta’kidlab o‘tiladi.

Slayd 10

Rahbarlik – turli xil vazifalarning to‘plami yoki amal kursisidan iborat emas, boshqalarga nisbatan boshqaruvchanlik qobiliyatining yuqori darajadagi ifodalanishidir. Demak, rahbarlik qilish uchun insondan zarur bilim, ko‘nikma va malaka, mahorat, kasbiy nazokat, tajriba, qobiliyat va o‘ziga xos xususiyat talab etiladi. Rahbarlik:
Katta san’at;
Maxsus mazmunga ega bo‘lgan kasbiy faoliyat;
Faoliyatni takomillashtirishga qaratilgan ijodiy faoliyat;
Pedagogik boshqaruvdir
Aslida boshqaruv rahbarlik faoliyati tarkibida odamlar bilan birgalikdagi faoliyat va ular o‘rtasidagi muloqot hisoblangani uchun rahbar va jamoa tomonidan bo‘ladigan barcha harakatlar, ta’lim muassasasi faoliyati uchun qulay va zarur sharoitning yaratilishi, o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasi o‘rtasidagi o‘zaro samimiy psixologik muhit hamda ijodiy faoliyatni tashkil yetishga qaratiladi.

Slayd 11

Rahbardan xodimlarni o‘rganish, ularning qobiliyat hamda bilim saviyalaridan kelib chiqib, ularni o‘quv muassasasi, o‘quv tarbiya jarayoniga tanlay olish, lavozim va vazifalarga tayinlay olish, muhim ko‘rsatma, buyruqlarning qat’iy ijrosini talab qila olish, ularning o‘ziga xos fazilat, yutuq hamda kamchiliklarini seza bilish, yutuqlarini qo‘llay bilish, kamchiliklarini bartaraf qilish, xodimlar imkoniyatlaridan keng foydalana bilish kabi kasbiy qobiliyat va mahoratni talab etadi
Shu boisdan ham boshqaruv tizimiga rahbarlarni tanlash jarayonini tashkil etish masalasiga alohida ahamiyat qaratiladi va rahbarlar aksariyat hollarda quyidagi mezonlar asosida tanlanadi:
Ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy yetukligi. Bo‘lajak rahbarning davlat siyosatini to‘g‘ri tushuna olishi va talqin yetishi, muassasa faoliyatini dolzarb yo‘nalishlar asosida tashkil eta olishi.
Rahbarlik lavozimi uchun zarur bo‘lgan tajriba, bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishi hamda boshqarish tamoyillari, tahlil yetish, rejalashtirishni bilishi hamda egallab turgan lavozimining barcha qirralari bo‘yicha bilimdonligi.
Muassasa xodimlari faoliyatini to‘g‘ri yo‘naltirishi, tashkil yetishi, faoliyat rivojini tashxis eta olishi, bashoratlashi hamda loyihalay olishi.
Axloqi va tarbiyalanganligi, obro‘-e’tibori, rostgo‘ylik, adolatlilik, soddalik va kamtarlik, o‘ziga va o‘zgalarga nisbatan yuqori talabchanlik, mas’uliyat va o‘z burchi, vazifalariga bo‘lgan fidoyilik hisining yuksak darajada rivojlanganligi hamda barcha kamchiliklarga nisbatan murosasiz bo‘lishi.

Slayd 12

So‘z bilan ish birligi – ishchanlik va uddaburonlik, muassasaga davlat organlaridan kelgan va qabul qilingan qarorlarni o‘z vaqtida tezkorlik bilan mustaqil ravishda bajarilishiga ta’sir o‘tkaza olishi.
Boshqaruv psixologiyasini bilishi – aniq bir maqsadga yo‘naltirilgan, har tomonlama rivojlan gan, ilmiy, ijodiy salohiyatli jamoani shakllantira olishi hamda maqbul ijtimoiy-psixologik muhitni yarata olishi.
Muassasa rahbar o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari va xodimlarning vazifalarini to‘g‘ri taqsimlay olishi va ularning ishlarini xolisona baholay olishi.
Muassasa xodimlari bilan samimiy, adolatli munosabatda bo‘lishi hamda jamoani unumli mehnat faoliyati bilan shug‘ullanib, samarali natijaga erishishlariga imkon qadar qulayliklar yarata olishi.

Slayd 13

O‘z mehnat faoliyatini to‘g‘ri tashkil eta olishi, bajariladigan ishlar hajmidan kelib chiqib, ularning muhimligi nuqtai nazaridan darajalarga ajrata olishi. O‘z faoliyatini to‘g‘ri rejalashtirish asosida muassasa jamoasida mo‘‘tadillik hamda mehnat jarayonining samarali bo‘lishiga imkoniyat yarata olishi. 10. Muassasa jamoasining salomatligi, ishchanlik holatlarini saqlashi, ularning kundalik ehtiyojlarini qondirishga kerakli bo‘lgan sharoitni yaratishi va zarur moddiy hamda ma’naviy yordam berishning imkoniyatlarini topa bilishi.

Slayd 14

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 15

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Ta’lim boshqaruvchisi akmeologik kompetensiyalari” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar