- Savatga boshqa "GRAFIKA. ORFOGRAFIYA" qo'sha olmaysiz. Ko'rish
SUVO‘TLAR (ALGAE) OLAMINI O‘RGANISH
4000 so'm

=== Slayd 1 ===
SUVO‘TLAR (ALGAE) OLAMINI O‘RGANISH
=== Slayd 2 ===
Reja:
1. Suvo‘t toifalar bo‘limiga umumiy tasnif.
2. Suvo‘t toifalar bo‘limining sistematikasi.
3. Ko‘k-yashil, yashil va qizil suvo‘t toifalar bo‘limlariga umumiy tavsif.
4. Sariq yashil, oltin tusli va diatom suvo‘tlari bo‘limlariga umumiy tasnif.
5. Qo‘ng‘ir, pirrofit va evgelenofit suvo‘t toifalariga umumiy tasnif.
6. Tarqalishi va ahamiyati.
=== Slayd 3 ===
Yer yuzida Tuban o‘simliklarning 150 ming tur va yuksak o‘simliklar 350 ming tur tarqalgan. Tuban o‘simliklar vegetativ organlarga bo‘linmagan, tana yoki “tallomga” ega bo‘lgan o‘simliklardir, o‘tkazuvchi naylar bo‘lmaydi, jinsiy organlari deyarli hammasida bir hujayrali.
Tuban o‘simliklar Tallobionta deb atalib kelib chiqish jihatdan primitiv hisoblanadi va bir nechta organizmlarni o‘z ichiga oladi. Uvoqlilar, suvo‘tlari, zamburug‘lar, lishayniklar va viruslar.
Odatda bu guruh o‘simliklarning vakillari bir hujayrali, ko‘p hujayrali va kolonial holda tuzilishga ega, ko‘pchiligi suvda hayot kechiradi.
Tuban o‘simliklar
=== Slayd 4 ===
Yer yuzida Tuban o‘simliklarning 150 ming tur va yuksak o‘simliklar 350 ming tur tarqalgan. Tuban o‘simliklar vegetativ organlarga bo‘linmagan, tana yoki “tallomga” ega bo‘lgan o‘simliklardir, o‘tkazuvchi naylar bo‘lmaydi, jinsiy organlari deyarli hammasida bir hujayrali. Tuban o‘simliklar Tallobionta deb atalib kelib chiqish jihatdan primitiv hisoblanadi va bir nechta organizmlarni o‘z ichiga oladi. Uvoqlilar, suvo‘tlari, zamburug‘lar, lishayniklar va viruslar.
Odatda bu guruh o‘simliklarning vakillari bir hujayrali, ko‘p hujayrali va kolonial holda tuzilishga ega, ko‘pchiligi suvda hayot kechiradi.
=== Slayd 5 ===
Hujayra po‘sti va sitoplazmasi
Ko‘pchilik suvo‘tlarida plazmaning ustidagi hujayra po‘sti bilan o‘ralgan bo‘ladi. Hujayra po‘sti amorf tuzilishiga ega bo‘lib gemisellyuloza va pektin moddalardan tashkil topgan. Ko‘pchilik hollarda hujayra po‘sti tuzilishida qo‘shimcha moddalar komponentlari ham qatnashadi.
M.Pediastrumda – kremniy, karbonat, qo‘ng‘ir suvo‘t toifalaridan fukosian, fuksin, algin kislotasi va boshqalar. Sitoplazmasi ko‘pgina suvo‘tlarda yupqa qatlam tariqasida vokuolani o‘rab turadi. Vakuola ko‘k – yashil suvo‘tlarida bo‘lmaydi. Eukariotlar sitoplazmasida yaxshi ko‘rinadi.
=== Slayd 6 ===
Vegetativ ko‘payishi
Suvo‘tlarning ko‘payishi vegetativ, jinsiz va jinsiy yo‘l bilan boradi. Vegetativ ko‘payish tallomning uzilishi natijasida sodir bo‘ladi. Bunday ko‘payish vaqtida hujayraning protoplastida hech qanday o‘zgarish sodir bo‘lmaydi. Vegetativ ko‘payish suvo‘tning bo‘laklarga (fragmentlarga) bo‘linishi bilan boradi. Ba’zi hujayralar vegetativ ko‘payish vazifasini bajaradi. Masalan Vegetativ hujayra devori qalinlashib ozuqa moddalarni to‘playdi va noqulay sharoitga chidamli bo‘ladi. Bunday hujayra akinet hujayra deb ataladi.
=== Slayd 7 ===
Jinssiz ko‘payish
Jinssiz ko‘payish maxsus sporalar yordamida sodir bo‘ladi. Ko‘pchilik suvo‘t toifalarida jinssiz ko‘payish zoosporalar vositasida bo‘ladi. Zoospora yalang‘och, protoplazma, bitta yoki bir qancha yadro va xromotoforaga ega. Zoospora monad shaklida, u harakatchan, uni harakati (1-2-4) xivchinlari yordamida bo‘ladi. Edogonium degan ipsimon suvo‘t toifaning hujayrasidan bitta yirik zoospora, boshqa suvo‘t toifalarning hujayrasi bir necha marta bo‘linib, ikki, to‘rt, sakkiz va undan ham ortiq zoosporalar hosil qiladi.
=== Slayd 8 ===
Jinsiy ko‘payish
Jinsiy ko‘payish ko‘k–yashil suvo‘t toifalardan tashqari hamma suvo‘t toifalarning hayotida uchraydi. Jinsiy ko‘payish gametalarning bir-biri bilan qo‘shilishi (kopulasiya) natijasida sodir bo‘ladi. Gametalar
gametangiyda yetiladi va suvga tushgandan so‘ng, harakat qilib qo‘shiladi va zigota hosil bo‘ladi. Zigota ichida avvalo gametalarning sitoplazmasi (plazmogamiya), keyinchalik ularni yadrolari (kariogamiya) qo‘shiladi.
=== Slayd 9 ===
Shakli har xil, ya’ni biri kichikroq va serharakat, ikkinchisi kattaroq va sust harakat qiluvchi gametalarni bir-biri bilan qushilishiga anizogamiya yoki geterogamiya deyiladi.
=== Slayd 10 ===
Suvo‘t toifalar bo‘limisistematikasi
1. Cyanophyta – Ko‘k–yashil suvo‘t toifalar.
2. Rhodophyta – Qizil suvo‘t toifalar.
3. Chlorophyta – Yashil suvo‘t toifalar.
4. Heterocontae yoki Xanthophyta – Har – xil xivchinli yoki sariq-yashil suvo‘t toifalar.
5. Chrysophyta – Oltin tusli suvo‘t toifalar.
6. Diatomophyta – Diatom toifalar.
7. Phoeophyta – Qo‘ng‘ir suvo‘t toifalar.
8. Pyrrophyta – Pirofit suvo‘t toifalar.
9. Euglenophyta – Evglena suvo‘t toifalar.
=== Slayd 11 ===
Sistematikasi
Xrokokksimonlar (Chroococcophyceae)
Ko‘k–yashil suvo‘t toifalari uchta ajdodga bo‘linadi:
Xamesifonsimonlar (Chamaesiphonophyceae)
Gormogonsimonlar (Hormogoniophyceae)
=== Slayd 12 ===
Yashil suvo‘tlar bo‘limi birinchi ajdod chin yashil suvo‘t toifa kabilar yoki barobar (teng) xivchinlilar – Chlorophyceae, Isocantae ajdodi
Tallomini morfologik differensiyalanishiga qarab 8 ta qabilaga bo‘linadi:
1. Volvoksnomalar – Volvocales
2. Tetrosporanomalar-Tetrasporales
3. Xlorokokknomalar yoki protokokknomalar-Protococcales
4. Ulotrikisnomalar – Ulothrichales
5. Xetofornomalar – Chaetophorales
6. Edogoniyanomalar – Oedogoniales
7. Briopsidiyanomalar – yoki sifonnomalar – Bryopsidales- Siphonales
8. Sifonakladiyanomalar – Siphonocladales
=== Slayd 13 ===
Ksantomonadsimonlar ajdodi – Xanthomonadophyceae
Ksantopodsimonlar ajdodi – Xanthopodophyceae
Ksantokarsimonlar ajdodi – Xanthocapsophyceae
Ksantokoksimonlar ajdodi – Xanthocossophyceae
Ksantotrixsimonlar ajdodi – Xanthotrichophyceae
Ksantosifonsimonlar ajdodi – Xanthosiphonophyceae
Sariq-yashil suvo‘tlari bo‘limi 6 ta ajdodga bo‘linadi:
=== Slayd 14 ===
Qo‘ng‘ir suvo‘t toifalarni ajdodlarga bo‘lishda, ularni hayotiy siklida ro‘y beradigan belgilar asos qilib olinadi va shu belgilarga asoslanib, ularni uchta ajdodga yoki qabilalar guruhiga bo‘lish mumkin:
Izogenaratsimonlar ajdodi – Isogeneratae Ektokarpusnomalar
Har xil generasiyasimonlar ajdodi – Heterogeneratae
Siklosporasimonlar ajdodi – Cycolosporea
=== Slayd 15 ===
Evglenofitalar bo‘limi bitta evglenasimonlar ajdodi – Evglenophyceae o‘z tarkibiga oladi.
Bu ajdod vakillari xivchin apparatining tuzilish xususiyatiga qarab oltita qabilaga bo‘linadi.
=== Slayd 16 ===
Ko‘k-yashil suvo‘t toifalar bo‘limi – Cyanophyta
Bu bo‘limga bir hujayrali, koloniyali, shakli ipsimon, tuzilishga ega suvo‘t toifalari kiradi. Ularning hujayrasi tarkibida xlorofill “a”, karotinoidlar va ko‘k rang beruvchi pigmentlar – fikosian, allofikosian hamda qizil rang beruvchi fikoeritrin pigmentlari bo‘ladi. Bu pigmentlarning o‘zaro qo‘shilishi nisbatiga qarab ko‘k-yashil rangda bo‘lish mumkin.
=== Slayd 17 ===
Stigonemanomalar qabilasi –Stigonematales
Bu qabila vakillari: stigonema (Stigonema) va mastigokladus (Mastigocladus) turlarida haqiqiy shohlangan geterosist iplar bo‘lishligi bilan xarakterlanadi. Stigonema iplari ichki qismidan bo‘linib o‘sadi va ip ko‘p qatorli ko‘rinishda bo‘ladi. Issiq, sovuq suvlarda o‘sishga moslashgan.
=== Slayd 18 ===
Qizil suvo‘t toifalarini xromotofor tarkibida xlorofill “a” va “v” hamda karatinoidlardan (V- korotin, zeaksantin, anteraksantin, kriptoksantin, lyutein, neoksantin) pigmentlar bo‘ladi. Yuqorida nomlari keltirilgan pigmentlardan tashqari xromotafor tarkibida suvda eriydigan qizil rang beruvchi – fikoeritrin va ko‘k rang beruvchi-fikosian hamda allofikosianin pigmentlar ham bo‘ladi. Bu pigmentlarni turli nisbatlarda qo‘shilishidan qizil suvo‘tlarning rangi qizil, pushti va och binafsha rangda bo‘ladi. Xloroplast po‘sti ikkita membranadan iborat bo‘lib, unda tilakoidlar yakka-yakka joylashgan.
Qizil suvo‘t toifalar bo‘limi – rhodophyta
=== Slayd 19 ===
Ko‘payishi
Jinssiz ko‘payishi sporangiyda bittadan yalang‘och hujayra-monospora yoki to‘rttadan tetrospora hosil qilish vositasida bo‘ladi. Monospora tuban, tetrospora esa yuksak tuzilgan bo‘lib, diploidli sporofit (tetrosporofit) da hosil bo‘ladi. Mono va tetrosporalar yetilgandan so‘ng suvga tushadi, substratga yopishib o‘sib yangi individga aylanadi.
Jinsiy ko‘payishi oogoniya. Bu jarayon murakkab tuzilgan jinsiy organlar orqali bo‘ladi.
=== Slayd 20 ===
Yashil suvo‘t toifalar bo‘limi – Chlorophyta
Yashil suvo‘t toifalari bo‘limining hujayra tarkibida xlorofill “a” va “v” miqdori boshqa karatinoidlarga (A-V- karotin, lyutein, neoksantin, violaksastin, zeaksantin, anteroksantin) larga nisbatan ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun ularni rangi tiniq yashil rangda bo‘ladi.
Xloroplastlar ikki qavat membrana po‘st bilan qoplangan, xloroplastni endoplazmatik to‘rchasi bo‘lmaydi. Lamellalari ikkita-oltita yoki juda ko‘p bo‘lib, tilakoidlar bilan tutashib ketgan.
=== Slayd 21 ===
SARIQ-YASHIL, OLTIN TUSLI VA DIATOM SUVO‘TLAR BO‘LIMIGA UMUMIY TAVSIFI
=== Slayd 22 ===
Oltin tusli suvo‘t toifalar bo‘limi-Chryzophyta
Bu guruh suvo‘t toifalari chuchuk suv, dengiz suvlarida va yer sharining hamma iqlim zonalarida keng tarqalgan, rangi oltin sariq (tilla rang) tusli mikroskopik organizmlar kiradi. Ularning ko‘pchilik vakillari chuchuk suv havzalarida plankton holda hayot kechiradi. Ular asosan yilning sovuq vaqtlarida ko‘p uchraydi, chunki yoz faslida ularni boshqa suvo‘tlar siqib qo‘yadi.
Oltin tusli suvo‘t toifalar bir hujayrali, kolonial va ko‘p hujayrali bo‘lishi mumkin. Sodda tuzilgan vakillarining hujayrasi periplast bilan qoplangan, boshqalari esa plozmalemma va pishiq sellyulozali po‘st bilan o‘ralib, shilimshiqdir.
=== Slayd 23 ===
Eng muhim belgilari qatoriga qo‘yidagilar kiradi: Harakatchan vakillarida ikkita xivchin bo‘lib biri uzun va shoxlangan (mastigonem), qisqasi esa silliq bo‘ladi. Tuban tuzilgan vakillarining hujayra po‘sti periplastdan, ko‘pchilik turlarida hujayra po‘stining devori pektindan, ba’zi vakillarida esa hujayra po‘sti sellyulozadan tashkil topgan.
Sariq-yashil suvo‘t toifalar bo‘limi – Xanthophyta
=== Slayd 24 ===
Diatom suvo‘t toifalar bo‘limi – Diatomeae bacillariophyta
Bularni vakillari har xil tuzilishga ega bo‘lishdan qat’iy nazar, hujayra tuzilishi, ayniqsa hujayra po‘sti tuzilishi bir xil tuzilganligi bilan xarakterlanadi. Hujayra po‘sti ikki palladan iborat bo‘lib, protoplast zichlashgan tashqi (plazmalema) qismi sovut bilan o‘ralgan. Sovut kremnezemli bo‘lib, qumtuproqli, shishaga o‘xshash toshdan tashkil topgan. Sovut ikki palladan iborat bo‘lib, qopqoqli qutichaga o‘xshash biri ikkinchisini yopib turadi. Ostki kichik palla gipoteka, uni o‘rab turgan ustki pallaga epiteka deb ataladi
=== Slayd 25 ===
QO‘NG‘IR, EVGLANA VA PIRROFIT SUVO‘TLAR BO‘LIMIGA UMUMIY TAVSIFI
=== Slayd 26 ===
Bu bo‘lim suvo‘tlarining eng xarakterli xususiyatlaridan biri, xromotoforalarining qo‘ng‘ir rangda bo’lishidadir. Qo‘ng‘ir rangda bo‘lishining asosiy sababi, xromotofora tarkibida xlorofill “a” va “s” dan tashqari V-karotin hamda qo‘ng‘ir rang beruvchi pigmentlardan fukoksantin juda ham ko‘p miqdorda bo‘ladi.
Qo‘ng‘ir suvo‘t toifalar bo‘limi – Phaeophyta
=== Slayd 27 ===
Pirrofit–pyrrophyta va evglenofit – euglenophyta suv o‘t toifalar bo‘limi
Bu bo‘lim ikki ajdodiga:
• Kriptofitsimonlar (Cryptophyceae);
• Dinofitsimonlar (Dinophyceae).
Bu bo‘lim suvo’tlari asosan monat tuzilishga ega bo‘lgan kakkoid, palmenoid va ipsimon shaklli vakillari juda kam uchraydi.
=== Slayd 28 ===
Suvo‘tlarining tarqalishi va ahamiyati
Ko‘k-yashil suvo‘t toifalari hamma joyda tarqalgan bo‘lib bironta boshqa o‘simlik o‘smaydigan joylarda ham o‘sa oladi va yer yuzini eng avval qoplaydigan o‘simliklar ham shular hisoblanadi, jumladan vulqonli orollarda, ko‘pchilik ko‘k-yashil suvo‘t toifalar chuchuk suvlarda, ba’zilari dengizlarda ham o‘sadi. Ko‘l suvi havzalari va sekin oqadigan suvlarda makrosistis, anabena, afanizomenon, gleostrixiya turlari plankton holda o‘sadi va suvning “gullashiga” sababchi bo‘ladi.
=== Slayd 29 ===
Qizil suvo‘tlarining tarqalishi va ahamiyati
Qizil suvo‘tlarini ba’zi oddiy vakillari (Batrachospermum Lemanea) va boshqalar tez oqadigan toza daryo suvlarida, boshqa suvo‘tlarini ustida o‘rnashib, epifit hamda androfit holda o‘sadi. Ayrim vakillari parazitdir. Ular suvning chuqur (60-200 m) qatlamida, ya’ni Engelman nazariyasiga binoan spektrning faqat ko‘k va binafsha nurlari tushadigan joylarida o‘sadi.
=== Slayd 30 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |














Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.