STEAM texnologiyalarini qo‘llashda tarbiyachining kreativligi
5000 so'm

=== Slayd 1 ===
STEAM texnologiyalarini qo‘llashda tarbiyachining kreativligi
=== Slayd 2 ===
Reja:
1. Raqamlashtirilgan savodxonlik.
2. Raqamlashtirilgan texnologiyalardan va internetdan xavfsiz foydalanish.
3. STEAM texnologiyalarini qo‘llashda tarbiyachining ijodkorligi.
=== Slayd 3 ===
Yangi O‘zbekiston sharoitida “Uchinchi renesans” davriga qadam qo‘yish jarayonida yurtimizda yosh avlodni sog‘lom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta’limning samarali tizimini tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
=== Slayd 4 ===
Ayniqsa, ta’limning barcha tizimlarida amalga oshirilayotgan islohotlarni tubdan o‘zgartirish, uni jahon standartlari darajasiga olib chiqish, xalqaro tajribalarni qo‘llagan holda milliy merosimizdan samarali foydalanish katta siyosiy-ijtimoiy ahamiyatga egadir. Bu borada Prezidentimizning “Biz maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi, oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimi hamda ilmiy-madaniy muassasalarni bo‘lg‘usi Renessansning to‘rt uzviy halqa¬si, deb bilamiz. Bog‘cha tarbiyachisi, maktab muallimi, professor o‘qituvchilar va ilmiy-ijodiy ziyolilarimizni esa yangi Uyg‘onish davrining to‘rt tayanch ustuni, deb hisoblaymiz” ,- degan fikrlari ayni so‘zimiz isbotidir.
=== Slayd 5 ===
Demak, maktabgacha ta’lim tashkiloti yangi Uyg‘onish davrining tayanch ustunlaridan biri ekan, biz yosh avlodga sifatli ta’lim–tarbiya berishni, ularning ongi, tafakkuri va dunyoqarashini shakllantirish va rivojlantirishni bog‘cha davridan boshlashimiz zarur. Ya’ni bugungi kun talablaridan kelib chiqib, tarbiyachilarni zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish, ularning pedagogik mahorati va kasbiy kompetentligini bosqichma-bosqich oshirib borishimiz zarur. Maktabgacha ta’lim tizimi oldiga qo‘yilgan vazifalarni tizimli va sifatli amalga oshirish maqsadida Hukumatimiz tomonidan maqsadli qaror va farmonlar ishlab chiqildi, ushbu tizim rivoji uchun katta mablag‘ ajratilib, tegishli chora-tadbirlar asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini yangilashga yo‘naltirildi.
=== Slayd 6 ===
Bundan tashqari maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari ishlab chiqildi. Bular quyidagilardir: - maktabgacha ta’lim sohasidagi me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish;- maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish; - bolalarni sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish ko‘lamini oshirish, undan teng foydalanishi imkoniyatlarini ta’minlash, mazkur sohada davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirish;- maktabgacha ta’lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish; Shunday ekan rivojlangan davlatlarning eng ilg‘or texnologiyalarini ta’lim sohamizda qo‘llashimiz orqali katta yutuqlarga erishishimiz mumkindir.
=== Slayd 7 ===
Raqamli savodxonlik
Har bir fuqaro uchun zamonaviy dunyoda muloqot qilish, ish topish, keng qamrovli ta’lim olish yoki ta’lim berish uchun ajralmas talab bo‘lib qoldi. Raqamli ko‘nikmalarning to‘g‘ri va to‘liq to‘plamiga ega bo‘lish nafaqat zamonaviy dunyoda o‘z o‘rnini topish uchun, balki yanada ochiq, inklyuziv va xavfsizroq bo‘lish uchun muhim ahamiyatga egadir.
=== Slayd 8 ===
Bugungi kun ta’limining eng asosiy innovatsion metodi va istiqbolli texnologiyasi bu – STEAM texnologiyasidir. Ko‘pgina ta’lim tashkilotlarida ta’limning sifat samaradorligini oshirish maqsadida STEAM texnologiyasidan maqsadli foydalanib kelinmoqda. Ta’lim oluvchilar uchun olgan bilimlarini amaliyotda sinab ko‘rish, tajribalar o‘tkazish maqsadida laboratoriyalar va LEGO markazlari yaratilmoqda.
=== Slayd 9 ===
STEAM texnologiyasi ta’limi murakkab ko‘ringani bilan uni alohida ko‘radigan bo‘lsak sodda, tushunarli va aniq ekanini ko‘rishimiz mumkin:
=== Slayd 10 ===
S – science – tabiiy fanlar
T – technology – texnologiya
E – engineering – muhandislik
A – art – san’at
M – math – matematika.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida STEAM texnologiyasi asosida ta’limning tashkil etilishi, kelajakda bolaning innovatsion tadqiqotlarni mustaqil ravishda amalga oshira olishiga turtki bo‘ladi. Qaysi sohalarni olmaylik muvaffaqiyat qozonish uchun bilimlarni talab etadi va aynan STEAM texnologiyasi bu maqsadga erishishda yordam bera oladi.
=== Slayd 11 ===
Bu metod aynan nazariya va amaliyotni birga olib borish imkonini beradi va bilimlarga asoslanish, bilimlardan o‘rinli foydalanish, mustaqil muvaffaqiyatga erishish, o‘z imkoniyatlaridan zavqlanish imkon beradi. STEAM texnologiyasi barcha ta’lim tashkilotlarida faoliyatini amalga oshirish imkoniyatini beruvchi innovatsion texnologiyadir. Ushbu texnologiyani ta’limda qo‘llanilishining maqsadi faoliyat jarayonida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, bolalarni ilmiy salohiyatini oshirish va texnik ijodkorlikka jalb qilish imkoniyati bilan intellektual qobiliyatini, ijodkorligini rivojlantirishdir. STEAM texnologiyasi maktabgacha ta’lim va maktab yoshdagi bolalarni tarbiyalashda eng qulay dasturdir. Dasturda bolalarga ma’lum bir tartib, ma’lum bir standartlar belgilab qo‘yilmagan.
=== Slayd 12 ===
Faqatgina bola o‘zi mustaqil ravishda, erkin, tajribalarga asoslanib, o‘zi bajarib ko‘rib natijaga erishish, his etib, fikrlab, idrok etib bajarish kerak bo‘ladigan tamoyillarga tayanadi. Ushbu ta’lim dasturi L.S.Vygotskiyning “To‘g‘ri tashkil etilgan ta’lim – bolani rivojlanish sari yetaklaydi” ilmiy rivojlanish tamoyillariga asoslangan dastur. STEAM dasturida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida maxsus tajriba ya’ni laboratoriya xonalari tashkil etib, bolalarni beixtiyor ta’limga jalb etib, faoliyat davomida ularning innovatsion tadqiqotchilik va intellektual qobiliyatlarni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.
=== Slayd 13 ===
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida STEAM dasturi asosida tashkil etiladigan barcha faoliyatlarda bolaning faolligi muhim sanaladi. STEAM dasturida qandaydir bir g‘oya, qanday bir tushuncha va fikrlar aqlning rivojlanishi uchun asos bo‘la olmaydi. Bola barchasini amaliyotda o‘zi qo‘llab, natijaga o‘zi guvoh bo‘lishi, aniqroq qilib aytganda bajarib his etib ko‘rishi lozim. Chunki faoliyatda manipulyatsiyalash va integratsiyalashgan haqiqiy zamonaviy muhit va uning axborot-kommunikatsiya qismi va ular bilan birga olib borilgan tajribalar bolani ta’limga jalb etadi va qiziqishini oshiradi. Bu esa o‘z navbatida sifat va samaradorlikni yaxshilaydi. STEAM dasturida bolalar bilan tajribalar tashkil etishda doimo bolalarning yosh jihatlari inobatga olinishi faoliyatdagi har bir jarayonlar oddiydan murakkabga qarab tashkil etilishi lozim.
=== Slayd 14 ===
Ushbu tamoyilga amal qilinsagina, bola uchin qiyinchilik tug‘dirmaydi, oson, qulay, qiziqarli, eng asosiysi bolaga mustaqil ravishda tajribalarni amalga oshirish imkonini beradi. STEAM texnologiyasining ta’limdagi muvaffaqiyati shundan iboratki, STEAM ta’lim oluvchiga borliqni anglab, olgan bilimlarini amaliyotda tatbiq qila olish, tajribalar o‘tkazish, olgan natijasidan faxrlanish, his etish, yangisida intilish, tadqiqotchilik salohiyatini beradi. STEAM texnologiyasi 3 yoshdan 11-yoshgacha bo‘lgan bolalarning bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish, intellektual salohiyatini oshirish, tadqiqotchilik qobiliyatni amaliyotga rivojlantirish, yaratish uchun tajriba maydonchasidir.
=== Slayd 15 ===
STEM texnologiyasi dasturining maqsadi bolalarning bilim faoliyati jarayonida intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish va ilmiy va texnologik ijodkorlikka jalb qilishdir. Dasturni rivojlantirishning kutilgan natijalari Bola ulg‘aygan sari tengdoshlari bilan o‘zaro munosabatlarida faollashadi, qiziqish bilan namoyon bo‘la boshlaydi,savollar bera boshlaydi, o‘rtoqlariga va o‘ziga, natijada ta’sir munosabatlarini o‘rnatadi. Bolalar tabiatan tomosha qilish, tajriba qilish, jonli tabiat, tabiatshunoslik, matematika va boshqa sohalardan boshlang‘ich g‘oyalarni faol ravishda shakllantirishga moyil. STEAM dasturida bola har tomonlama intellektli, rejalashtirish, tanlash qobiliyatlari namoyon bo‘la boshlaydi. Turli tadbirlarda o‘z bilim va ko‘nikmalariga tayanib, o‘z qarorlarini qabul qilishga, turli faoliyatda ya’ni o‘yin, muloqot, ta’limiy va tadqiqot faoliyatlarida mustaqillikni namoyon qila boshlaydilar.
=== Slayd 16 ===
STEAM dasturining samaradorligini yanada kuchaytirish maqsadida ta’lim tashkilotlarida bolalarni ta’limga, ixtirolarga bevosita jalb etuvchi maxsus tajriba xonalari, to‘garaklar, intellektual salohiyatini yanada oshiruvchi ijodiy musobaqalar, o‘yinlar, har bir faoliyatni axborot kommunikativ texnologiyalar asosida olib borish orqali bolalarning qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. STEAM ta’limi bolalarning quyidagi muhim xususiyatlarini rivojlantirishga yordam beradi:
=== Slayd 17 ===
Muammolarni keng qamrovli tushunish
Ijodiy fikrlash
Muhandislik yondashuv
Tanqidiy fikrlash
Ilmiy metodlarni tushunish va qo‘llash
Dizayn asoslarini tushunish.
Bu ko‘nikmalar kelajakda bolalarga turli masalalarda, ijodiy faoliyatda, to‘siqlarga duch kelganda, umumiy olganda hayotiy muammolarni hal etishda yordam beradi.
STEAM ta’limi, bolalar faoliyatidagi o‘rni, STEAM orqali bolalar erishadigan natijalar haqida aytib o‘tildi. Bu ta’limni amalga oshirilishida ko‘makchi asosiy vositalarga ham to‘xtalib o‘tamiz.
=== Slayd 18 ===
1. Fridrix Frebelning didaktik tizimi.
2. Jonli va jonsiz tabiat bilan tajriba o‘tkazish.
3. LEGO – qurilish, konstruksiyalash.
4. Matematik tasavvurlarni shakllantiruvchi vositalar.
5. Robototexnika.
6. Multistudiya.
Ushbu sanab o‘tilgan vositalar orqali ta’lim jarayonlari qiziqarli, maroqli, eng muhimi bolaga o‘z imkoniyatlarini ochib berishga, tevarak atrofdan olgan bilimlariga tayanib tajribalar olib borishga, ko‘rish, his etish, fikrlash, natijaga erishish va zavqlanish hissini beradi. Xulosa qilib aytganda, STEAM ta’limi bolalarni tajribalar o‘tkazishga, modellar tuzishga, mustaqil ravishda loyihalar yaratishga, o‘z g‘oyalarini haqiqatga aylantirishga va bolaning o‘ziga mahsulotni yaratishga undaydi.
=== Slayd 19 ===
Ushbu ta’lim yondashuvi bolalarga nazariy olgan bilimlarini amaliyot bilan samarali tarzda birlashtirishga imkon beradi va butun umri davomida qo‘llay olish imkonini beradi.
“Raqamli savodxonlik” aynan nimani o‘z ichiga oladi? Bu savolga javob sifatida juda ko‘plab raqobatbardosh ta’riflar mavjud, ammo buni soda qilib raqamli texnologiyalardan apparat va dasturiy ta’minotdan xavfsiz va mos ravishda foydalanish qobiliyati deb hisoblash mumkin.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (UNESCO) ma’lumotlariga ko‘ra, bu AKTdan foydalanish, axborotni qayta ishlash va ommaviy axborot vositalari bilan aloqa qilish kabi ko‘nikmalarni o‘z ichiga oladi.
=== Slayd 20 ===
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlaydigan tarbiyachilar maktabgacha yoshdagi bolalarda bilimga qiziqish uyg‘otish, ularni turli manbalardan idrok etishga va ma’lumotlardan foydalanishga o‘rgatish, atrofdagi voqelikka qiziqqan savollarga mustaqil ravishda javob topish qanchalik muhimligini tushunadilar.
STEAM dasturida 3 yoshdan 11-yoshgacha bo‘lgan bolalarning bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish, maktabda texnik va tabiiy fanlar bo‘yicha ta’limni davom ettirish uchun shart-sharoitlarni laboratoriyalarda amaliy yaratish tamoyiliga ham tayanadi. “STEAM” texnologiyasi asboblar to‘plamiga nimalar kiradi?
=== Slayd 21 ===
Fridrix Frebelning didaktik tizimi – STEAM ta’lim moduli sifatida Jonli va jonsiz tabiat bilan tajriba o‘tkazish – STEAM ta’lim moduli sifatida LEGO-qurilish, konstruksiyalash – STEAM ta’lim moduli sifatida Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik rivojlanish, intellektual qobiliyatlar ta’lim moduli sifatida.
=== Slayd 22 ===
Jonli va jonsiz tabiat bilan tajriba o‘tkazish – STEAM ta’lim moduli sifatida LEGO-qurilish, konstruksiyalash – STEAM ta’lim moduli sifatida Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik rivojlanish, intellektual qobiliyatlar ta’lim moduli sifatida Robototexnika – STEAM ta’lim moduli sifatida “Multistudiya” STEAM ta’lim moduli sifatida “F. Frebelning didaktik tizimi” o‘quv modulida bolalarning tasavvurini boyitish fazoda oriyentirlash qobiliyatini bolalarda shakllantirishdan iborat.
=== Slayd 23 ===
Maktabgacha ta’limda faoliyatning yetakchi turi o‘yin deb hisoblanadi lekin STEAM texnologiyasi tadqiqotchilarining fikriga ko‘ra bolalarning yetakchi faoliyat turi bu tajriba deb hisoblanadi. O‘yinchoqlar yordamida bolalar o‘qish, o‘lchash, tekislash, hisoblash, bo‘yash, muloqot qilishni o‘rganadilar va jamoa malakalarini egallaydilar. Bu ularga zarur matematik, filologik va muhandislik, san’at ko‘nikmalarini olishga yordam beradi. STEAM ta’lim texnologiyasi bolalarda quyidagi muhim xususiyatlar va ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi: muammolarni keng qamrovli tushunish, ijodiy fikrlash, muhandislik yondashuv, tanqidiy fikrlash, ilmiy metodlarni tushunish va qo‘llash, dizayn asoslarini tushunish.
=== Slayd 24 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |















Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.