Sport musobaqalari tizimi nizomi
8000 so'm

Slayd 1
Sport musobaqalari tizimi
Slayd 2
Reja:
Musobaqa to’g’risida nizom
Musobaqalarning ahamiyati
Musobaqalarni o’tkazish sistemasi
Musobaqa natijalarini hisoblash
Slayd 3
Musobaqa to’g’risida nizom.
Tasdiqlangan sport musobaqalarining kalendari asosida har bir musobaqa uchun alohida «Nizom» tuziladi. Kalendar musobaqalarini tayyorlash va o’tkazish «Nizom» ishlab chiqishdan boshlanadi va bu «Nizom» musobaqa o’tkazishda asosiy hujjat bo’lib hisoblanadi. Musobaqa haqidagi nizom katta yuridik kuchga ega bo’lgan hujjatdir. Unda asosiy tashkiliy va texnik shart-sharoitlar aniq bayon qilingan bo’ladi.
Slayd 4
Nizom o’quv-mashg’ulot ishlarining mazmunini belgilab beradi, chunki komandalarning tashkiliy metodik tayyorgarligi bo’lajak musobaqalarning xususiyatlarini hisobga olgan holda o’tkaziladi. Musobaqada qatnashuvchi komandalarning tayyorgarlik ko’rishlari uchun yetarli vaqtga ega bo’lishlari nazarda tutilib, Nizom oldindan tasdiqlanishi va tarqatilishi kerak. Musobaqani o’tkazish davrida tasdiqlangan Nizomdan chetga chiqishga yo’l qo’yilmaydi, aks holda mazkur musobaqa musobaqa o’tkazayotgan tashkilotning obro’yiga putir yetkazadi va keraksiz nizolarni keltirib chiqaradi.
Slayd 5
Musobaqa nizomida quyidagi masalalar aks ettirilgan bo’lishi kerak:
O’tkazilayotgan musobaqaning maqsadi va vazifalari. Ular quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin
O’quv-trenirovka ishlarining yakunini tekshirish.
Sportchilarning (futbolchilarning) tayyorgarligini tekshirish va kuchlarini aniqlash.
Sportchilarning sistematik ravishda trenirovka qilishiga va sport mahoratini oshirishga bo’lgan qiziqishlarini oshirish.
Futbol o’yinini omma o’rtasida keng targ’ib qilish va boshqalar.
Slayd 6
Musobaqani kim o’tkazishi (federasiya, tashkiliy qo’mita va hakozalar) ko’rsatiladi
Musobaqa o’tkazish vaqti, joyi, muddatlari va shartlari ko’rsatiladi
Musobaqaga qo’yiladigan komandalar soni va nomi, talabnomaga kiritiladigan qatnashchilarning maksimal miqdori
Musobaqa o’tkaziladigan o’yin sistemasi (davrali-bir yoki ikki davrali, mag’lubiyatdan keyin o’yindan chiqib ketiladigan, aralash sistema)
Hisobga olish sistemasi va komandalarning hamda jismoniy tarbiya jamoasining ( natijalar kulublar bo’yicha hisoblanganda) egallagan o’rinlarini aniqlash tartibi
Slayd 7
Musobaqaning alohida shartlari (qanday hollarda o’yinda qo’shimcha vaqt belgilanishi va uning davomiyligi, o’yin durang bilan tugallanganda yoki o’tkazilgan musobaqa natijasida ochkolar soni teng bo’lganda g’olibni aniqlash usullari, o’yin qoidalarida ko’rsatilganidan tashqari nechta zaxira o’yinchi almashtirish mumkinligi va hakozalar)
Komandalarni va musobaqa qatnashchilarini rasmiylashtirish tartibi, formasi, o’yinchilarning talabnoma berish va qayta talabnoma berish muddati
Musobaqalarni olib boradigan sudyalar jamoasi (kengashi)
Slayd 8
O’tkazilgan o’yinga norozilik bildirish va uni ko’rib chiqish, shuningdek o’yinchilarni maydondan chiqarib yuborish yoki ularni ogohlantirish bilan bog’liq bo’lgan intizom masalalarini qarab chiqish tartibi
O’yinchilar intizomni buzganligi uchun komandalarning javobgarligi hamda stadion va kulublar mamuriyatining o’yin o’tkazish vaqtida tartib saqlanishi uchun javobgar bo’lishi
Musobaqa o’tkaziladigan joylar va ularga qo’yiladigan talablar
G’oliblarni mukofotlash hamda oxirgi o’rinlarni egallagan komandaning yoki komandalarning keyingi xuddi shunday musobaqaga qatnashish shartlari
Slayd 9
Musobaqalarning ahamiyati.
Mamlakatimizda sport musobaqalarining ilmiy asosda tashkil topgan va jismoniy madaniyat harakatining xususiyatlarini hisobga olgan ma’lum sistemasi mavjud. Sport musobaqalarini rejalashtirish markazlashtirilgan xarakterga ega. Sport ishlari vazirligi hamda milliy Olimpiya qo’mitasi olimpiada o’yinlarining o’tkazilish vaqtlarini hisobga olgan holda har to’rt yillik va navbatdagi bir yillik musobaqalarini aloxida rejalashtiriladi.
Slayd 10
Futbol musobaqalari o’quv-trenirovka ishlarining asosiy qismini tashkil etadi. Ular mashg’ulotlarda qiziqishni oshiradi, mamlakat futbolining ommaviy rivojlanishiga yordam beradi. Futbolchi o’yinlarda muntazam qatnashmay turib yuqori natijalarga erisha olmaydi. Musobaqalar musobaqa qatnashchilarining va umuman komandaning jismoniy, texnik, taktik, va axloqiy-irodaviy tayyorgarligi darajasini aniqlaydi, o’quv – trenirovka jarayonining ahvoli va yo’nalishini aniqlash imkonini beradi. Musobaqa natijalari o’quv-trenirovka ishlarining yakunlash vositasi bo’lib xizmat qiladi.
Slayd 11
Musobaqalar qatiylikni, g’alabaga erishish yo’lidagi iroda kuchini, tarbiyalaydi. O’yinlarning emosional keskinligi futbolchilarning psixologik xususiyatlarini aniqlashga imkon beradi.
Ochiq havoda o’tkziladigan musobaqalar qatnashchilarni sog’lomlashtirish jihatidan katta ahamiyatga ega bo’lib, jismoniy musobaqalar ko’p sonli tomashabinlarni jalb qilish bilan futbolni propaganda qilish va ommalashtirishning qudratli vositasi bo’lib xizmat qiladi. Ular musobaqa qatnashchilari va tomashabinlarga uyushtiruvchi ta’sir ko’rsatib, tomoshabinlarni jismoniy madaniyat va sport bilan aktiv shug’ullanishga jalb etadi.
Slayd 12
Musobaqa turlari.
Oldiga qo’yilgan vazifalariga qarab musobaqalarni asosiy va yordamchi musobaqalarga bo’lish mumkin.
Yagona davlat sport kvalifikasiyasi talablariga muvofiq tashkil etiladigan va natijalarga ko’ra sport klassifikasiyasi belgilanadigan hamda g’olib yoki chempion degan nom beriladigan musobaqalar asosiy musobaqalarga kiradi.
Musobaqalarning asosiy turi-kalendar musobaqalar bo’lib, ular sport tadbirlarining yagona kalendar rejasida nazarda tutiladi va tasdiqlangan nizomga muvofiq ravishda o’tkaziladi.
Slayd 13
Quyidagilar musobaqalarning asosiy turlariga kiradi:
Birinchilik yoki chempionatlar;
Kubok musobaqalari;
Saralash musobaqalar.
Birinchilik yoki chempionatlar-eng masuliyatli musobaqalar bo’lib, ularning natijalari bo’yicha g’olib jamoaga chempionlik nomi beriladi. Musobaqalarni tashkil etishning bu turi komandalar kuchini obektiv baholashga, olib borilayotgan o’quv-trenirovka ishining sifatini taqqoslashga imkon beradi.
Slayd 14
Kubok musobaqalari musobaqalarga juda ko’p komandalar jalb etish va g’olibni nisbatan qisqa muddatlarda aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Kubok musobaqalari eng yaxshilarni izchillik bilan tanlab olish prinsipi bo’yicha o’tkaziladi.
Slayd 15
Saralash musobaqalari musobaqaning keyingi bosqichida qatnashish uchun eng kuchli komandalarni aniqlash maqsadida o’tkaziladi
Musobaqalarning yordamchi turlariga quyidagilar kiradi:
Nazorat uchrashuvlar;
O’rtoqlik uchrashuvlari;
Namunali uchrashuvlar;
Qisqartirilgan musobaqalar.
Slayd 16
Nazorat uchrashuvlar komandalarni bo’lajak musobaqalarga tayyorlash va ularning tayyorgarligini tekshirish maqsadida o’tkaziladi.
O’rtoqlik uchrashuvlari o’quv-trenirovka maqsadlarida yoki ananaviy musobaqalar rejasida o’tkaziladi.
Namunali uchrashuvlar futbolni ommalashtirishga va sport mahoratini ko’rsatishga xizmat qiladi.
Qisqartirilgan musobaqalar bir necha soat maboynida o’tkaziladi. Ular odatda bayram kunlariga va sport mavsumining ochilish yoki yopilish kunlariga rejalashtiriladi.
Bunday musobaqalarning o’tkazilishini tezlashtirish uchun o’yin vaqti qisqartiriladi.
Slayd 17
Musobaqalarni o’tkazish sistemasi.
Musobaqa paytida hamma komandalarga g’alaba uchun kurashishga bir xil sharoit yaratib berish va g’oliblarni haqiqiy natijalar asosida aniqlash kerak. Musobaqalarni o’tkazish sistemalari har xil bo’lishi mumkin. Amalda o’yinning uchta asosiy sistemasi qaror topgan: davrali sistema, bir yoki ikki marta yutqazgandan keyin o’yindan chiqib ketiladigan sistema, avvalgi ikki sistemaning kombinasiyasidan iborat bo’lgan aralash sistema.
Slayd 18
Lekin u yoki bu sistemalarni tanlashda quyidagi sharoitlarni hisobga olish lozim:
Musobaqa oldida turgan vazifalarni;
Musobaqa o’tkazish shartlarini;
Qatnashuvchi komandalarning sonini;
O’tkazilayotgan musobaqaning turlarini;
Qatnashuvchilarning sport tayyorgarligi va ishlab chiqarishda bandligini;
Musobaqa o’tkazish joylarining bandligi, soni va territorial joylashuvini
Slayd 19
Chiqib ketish sistemasi bo’yicha musobaqalar o’tkazish.
Bu sistemaning afzalligi shundaki, agar 64 komanda bilan aylanma sisitema bo’yicha musobaqa o’tkazish uchun 63 kalendar kuni talab qilinadigan bo’lsa, chiqib ketish sistemasi bo’yicha esa faqat 6 kalendar kunining o’zi kifoya. Lekin bir qator kamchiliklarga ham ega. Bu sistema barcha komandalarning haqiqiy o’rinlarini aniqlash imkonini bermaydi va shu usul qo’llanilganda aksariyat komandalar juda kam uchrashuvlarda qatnashadi.
Slayd 20
Davrali sistema.
Davrali sistema bo’yicha o’tkaziladigan o’yinlar kalendarini uch usul bilan tuzish mumkin.
Birinchi usul. Musobaqada ishtirok etuvchi komandalar soniga qarab, komandalarning umumiy soniga yaqin bo’lgan toq son olinadi va unga muvofiq ravishda vertikal chiziqlar o’tkaziladi. Masalan, 6 ta komanda bo’lganda unga (yani 6 soniga) yaqin bo’lgan toq son 5 bo’ladi. Demak, beshta vertikal chiziq o’tkazish zarur. Komandalar soni 10 ta bo’lganda, unga yaqin toq son 9, demak to’qqizta vertikal chiziq chizilgan bo’lishi kerak va hokoza.
Slayd 21
Bu nomerlar keyingi nomerlarni grafik tarzda yozish uchun dastlabki reja bo’lib hisoblanadi. Birinchi kun o’yinlar kalendarini tuzish uchun birinchi nomerdan boshlab vertikal chiziq atrofida, soat strelkasiga qarshi oshib boruvchi tartibda barcha ishtirok etuvchi nomerlar yozib chiqiladi. Qolgan o’yin kunlarining kalendarini tuzish uchun vertikal chiziqlar o’rtasidagi barcha nomerlar, avval ularning ostiga va ustiga qo’yilgan nomerlarni hisobga olgan holda, ilon izi qilib qo’yib chiqiladi. Shuni ham aytish kerakki, nomerlar birin-ketin vertikal chiziqlarning o’ng tomonidan ortib boruvchi tartibda takrorlanib yoziladi.
Slayd 22
Hamma grafalar to’ldirib chiqilgandan keyin o’yinlarning kalendari tuziladi. Buning uchun vertikal chiziqning ikki tomonida turuvchi nomerlar juft-juft qilib birlashtiriladi. Musobaqada ishtirok etuvchi komandalar soni toq bo’lsa, har bir vertikal chiziqning ostida yoki ustida turuvchi nomerlar mazkur kalendar kuni (shu turda) o’ynamaydigan komanda ekanini ko’rsatadi.
Slayd 23
Ikkinchi usul (qatorasiga). O’yinlar kalendarini o’yinda ishtirok etuvchi hamma komandalarni bir qatorga juft-juft qilib yozish usuli bilan tuzishda maydonlar almashishning avvalgidek shartlari, yani uchrashuv egasi huquqi saqlanadi. Mazkur usulda komandalarning juft soni olinadi (masalan, agar musobaqada 7 komanda qatnashsa, o’yinlar kalendari 8 komandaga tuziladi; agar 9 ta komanda qatnashsa 10 ta komandaga tuziladi va hakoza).
8 Ta komanda bo’lganda birinchi kalendar kuni quyidagi tartibda tuziladi: bir qatorda birinchi nomer oxirgi 8-nomer bilan, ikkinchi nomer oxirgi nomerdan oldingi 7-nomer bilan birlashtiriladi, yani bir-biriga qarshi o’ynovchi komanda aniqlanadi va hakazo.
Slayd 24
Uchinchi usul. Bu usul avvalgi ikki usuldan ham oddiy: u musobaqa o’tkazish jarayonida maydonning almashinishi hech qanday ahamiyatga ega bo’lmagan taqdirda (musobaqalar bir joyda o’tkazilganda) qo’llaniladi.
Uchinchi usulga binoan o’yinlar kalendari bevosita turlar bo’yicha tuziladi. Musobaqada qatnashuvchi komandalar soniga mos bo’lgan nomerlar (komandalar soni juft bo’lganda) birinchi nomerdan boshlab ikki ustuncha qilib yoziladi (bunda 1-nomer chap ustunchaning tepasidan boshlanadi). Shundan keyin, ikkinchi nomerdan boshlab (bu nomer, yani 2-nomer ikkinchi ustunchaga, birinchi nomerning qarshisiga yoziladi), ketma-ket tartibda soat strelkasi bo’ylab qolgan nomerlar qo’yib chiqiladi (3-jadval, 1-tur). Keyingi tur o’yinlarini tuzish uchun nomerlar soat strelkasiga qarshi yozib chiqiladi, birinchi nomer o’z o’rnida qoldiriladi.
Slayd 25
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 26
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
Badiiy adabiyotda milliylik va umuminsoniylik mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
La Famille – Fiches de vocabulaire mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Birikmalar mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Boborahim Mashrab hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 18 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
AJRALADIGAN VA AJRALMAYDIGAN BIRIKMALAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
Harakat faoliyatining shakllari va turlari mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim





Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.