Sport mashg‘ulotlari nazariyasi fanining maqsadi va vazifalari

8000 so'm


Sport mashg‘ulotlari nazariyasi fanining maqsadi va vazifalari

 

 

Slayd 1

Sport mashg‘ulotlari nazariyasi fanining maqsadi va vazifalari

Slayd 2

Reja:
Fanning maqsadi.
Vazifalari, ahamiyati va boshqa fanlar bilan aloqadorligi
Sport nazariyasi predmetining xususiyatlari, maxsus atamalari
Sportning funksiyalari

Slayd 3

Fanning maqsadi, vazifalari, ahamiyati va boshqa fanlar bilan aloqadorligi.
Hozirgi uchinchi renisansga o‘tish davrida jamiyatni o‘zi oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlashga yuqori talab qo‘yadi. Chunki mutaxassis keng doiradagi dunyo qarashga, o‘z kasbini o‘zlashtirish uchun talab qiladigan chuqur bilimga va uni o‘z o‘quvchilariga singdira oladigan qobiliyatga ega bo‘lishi zarur.

Slayd 4

Shu sababli «Sport mashg‘ulotining nazariy asoslari» fani bo‘yicha o‘quv-mashq ishlarini tashkil etish sohasidagi ilmiy-uslubiy bilimlar tizimini bakalavr va magistrlarga singdirishga qaratilgan.

Slayd 5

Bu fan pedagogika, psixologiya, anatomiya, fiziologiya, biomexanika fanlari bilan bog‘liq bo‘lib, sport turlarini o‘qitish uslubiyoti, shuningdek murabbiylik amaliyoti bilan chambarchas bog‘liqdir.

Slayd 6

Yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdagi asosiy yo‘nalish, sportchilarni tayyorgarlik samaradorligini ko‘tarish, o‘quv jarayonida nazariy, metodologik dunyoqarashni tarbiyalashdir. Mazkur fan orqali sport turlarini o‘qitish uslubiyoti bilan munosib ravishda, o‘rganish sport turlari murabbiysi sifatidagi zamonaviy mutaxassislarni shakllantirishga imkon beradi.

Slayd 7

Sport mashg‘ulotlarining mohiyatini
Sport mashg‘ulotlari nazariyasi fanining asosiy maqsadi —sportchilarning ko‘p yillik tayyorgarligini ilmiy asosda rejalashtirish, tashkil etish va boshqarish qonuniyatlarini o‘rganish hamda yuqori sport natijalariga erishishni ta’minlashdan iborat.
Yuklama va dam olish nisbatini, mashg‘ulot jarayonining bosqichlarini
Sport natijalarining rivojlanish qonuniyatlarini chuqur anglab yetadilar.

Slayd 8

Mashg‘ulotlarni to‘g‘ri tashkil etish orqali sportchilarning sog‘lig‘ini mustahkamlash
Jismoniy, texnik, taktik, ruhiy va nazariy tayyorgarlikni rivojlantirish yo‘llarini o‘rgatish
Mashg‘ulot jarayonida organizmda yuz beradigan fiziologik, pedagogik va psixologik o‘zgarishlarni tushuntirish
Ko‘p yillik tayyorgarlik tizimi asosida sport formasini rivojlantirish va barqaror natijalarga erishish
Mashg‘ulot hajmi va shiddatini sportchining yoshi, malakasi va individual xususiyatlariga mos holda belgilash
Sport mashg‘ulotlari nazariyasi fanining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Slayd 9

Bu fan sport nazariyasi va uslubiyotini, pedagogik-psixologik bilimlarni chuqur va har tomonlama egallash, sportning ma’lum bir turidagi nazariy bilimlar va ko‘nikmalarni mustahkamlash va shu asosda murabbiylik faoliyatini ijobiy natijalarida namoyon bo‘ladigan amaliy ko‘nikmalarni hosil qilish va mustaqil tayyorgarlik yo‘li bilan o‘z mahoratini oshirib borishga yo‘llanmalar berishni taqozo etadi.

Slayd 10

Sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi qator fanlar bilan chambarchas bog‘liq. Faqatgina o‘zining ilmiy izlanishlari bilan chegaralanib qolgan fan to‘laqonli natija bera olmaydi. Sport mashg‘ulotlari nazariyasi va uslubiyoti bir necha fanlarning nazariy bilimlari orqali maxsus yo‘nalitirilgan pedagogik muammolarni hal qiladigan predmetga aylangan.
Shuni esda saqlash lozimki, sport mashg‘ulotlari nazariyasi va uslubiyoti fanining boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liqligi bir tomonlama bo‘lmay, har tomonlamadir.

Slayd 11

Masalan, sport nazariyasi va amaliyoti psixologlar va fiziologlarning «bolalar va katta yoshdagilar organizmining potensial imkoniyatlari» degan tushunchalariga bu fanlarda kutilmagan tuzatishlar kiritilishiga olib kelishi, bunday imkoniyatlar inson jismi tarbiyasi fani qonuniyatlari asosida sodir bo‘layotganligini asosli izohlash mumkin.
Jismoniy tarbiya fanining rivojlanishi aralash fanlarga ta’sir etmay iloji yo‘q.

Slayd 12

Sport nazariyasi predmetining xususiyatlari, maxsus atamalari
Sport nazariyasi predmeti, jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanining bir qismi bo‘lib, yangidan ajralib chiqqan fandir. Sport nazariyasi fani sport mashg‘ulotlari bilan maxsus tashkil qilingan jarayonda sportchining tayyorgarlik mazmuni va uslubiyati hamda unga ta’sir qiladigan umumiy qonuniyatlarni o‘rganadi.

Slayd 13

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 14

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Sport mashg‘ulotlari nazariyasi fanining maqsadi va vazifalari” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar