SPORT FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENASI FANINING RIVOJLANISH TARIXI, MAQSADI VA VAZIFALARI

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
SPORT FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENASI FANINING RIVOJLANISH TARIXI, MAQSADI VA VAZIFALARI
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
=== Taqdimot 3 ===
Abu Ali ibn Sino
Buyuk mutafakkir va qomusshunos olim Abu Ali ibn Sino o‘zining ko‘p tomlik “Tib qonunlari”da “Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish – salomatlikni saqlash va mustahkamlashda ulug‘ ishdir” deb ta’kidlagan. U birinchi bo‘lib, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishda yosh, kasb, jins, organizmning funksional holati, ob-havo sharoitlariga e’tibor qilishni asosli ravishda tavsiya qiladi. Olim o‘z asarlarida badantarbiya mashqlari bilan qachon shug‘ullanish mumkin-u, qachon mumkin emasligini organizmning funksional holatlariga ko‘ra aniq belgilab bergan. Masalan, to‘yib ovqatlanishdan keyin va och qoringa jismoniy mashq bajarish organizm uchun foyda keltirmasdan, balki zarar keltirishini, eng yaxshisi yeyilgan ovqat tanaga singganidan keyin, navbatdagi ovqatlanish vaqti kelguniga qadar bunday faoliyat ko‘rsatish ma’qulligini e’tirof qilgan.
=== Taqdimot 4 ===
Abu Ali ibn Sino jismoniy mashqlarni odam organizmi funksional xususiyatlariga ta’sir qilishiga ko‘ra oltita guruhga bo‘lib chiqqan:
=== Taqdimot 5 ===
1. Tez bajariladigan harakatlar, bularga yurish, bir oyoqda sakrab harakat qilish, qilichbozlik, nayza irg‘itish, kamondan o‘q otish, mushtlashishlar kiradi.
2. O‘rtacha tezlikda bajariladigan harakatlar, bularga kurash tushish, og‘irlik ko‘tarish, chavgon o‘ynash kabi jismoniy mashqlar kiradi.
3. Yengil va nafis harakatlar, bularga qayiqda, kemada sayr qilish, beshik va arg‘imchoqda chayqalish, tebranishlar kiradi.
4. Juda sekin harakatlar, bularga ot, tuya va aravada sekinlik bilan sayr qilishlar kiradi.
5. Harakatning maxsus turlari, bularga qo‘l va oyoqlar bilan har xil harakatlar qilish, nafas olish a’zolari yoki butun tanani harakatga keltirish kabi faoliyatlar kiradi.
6. Tog‘larga sayr qilish, o‘zga mamlakatlarga safarga chiqish va boshqalar.
=== Taqdimot 6 ===
Muskul faoliyatining odam va hayvonlar organizmiga ta’siri haqida fikr yuritish, tajriba va kuzatuvlar ancha oldinroq olimlar va tadqiqotchilar e’tiborini tortib kelgan bo‘lsa-da, bu boradagi izlanishlar sobiq ittifoqda asosan I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, N.Y.Vvedenskiy, A.A.Uxtomskiyning, ilmiy merosiga suyanib olib borildi va dastlabki amaliy natijalarga XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab erishildi.
=== Taqdimot 7 ===
A.N.Krestovnikovning (1885-1955) xizmatlari katta. Uning 1939-yilda yozilgan “Sport fiziologiyasi” va 1951-yilda yozilgan “Jismoniy mashqlar fiziologiyasidan ocherklar” kitoblari jismoniy tarbiya va sport nazariyasini yaratishda ilmiy asos bo‘lib xizmat qildi. U o‘z shogirdlari bilan harakat malakasining fiziologik mexanizmini ilk bor tushuntirib berdi. Shundan keyin jismoniy tarbiya institutlarida, universitetlarida va pedagogika institutlarining jismoniy tarbiya fakultetlarida tashkil qilingan fiziologiya kafedralarida jismoniy mashq qilishning kishi organizmi har xil funksiyalariga ta’sir qilishini ilmiy asosda o‘rganish bo‘yicha faol ish olib borildi.
Aleksey Nikolayevich Krestovnikov
=== Taqdimot 8 ===
Andrey Vasilevich Zimkin
Odam fiziologiyasi kursining barcha boblarini jismoniy tarbiya nuqtai nazaridan tahlil qilishda professor N.V.Zimkinning uch marta (1964, 1970, 1975-yillar) nashr qilingan “Odam fiziologiyasi” darsligi muhim hissa qo‘shdi va ularda sport fiziologiyasining zamonaviy ruhda yoritilishiga ham yetarli darajada e’tibor berilgan.
=== Taqdimot 9 ===
muskul ishi va jismoniy harakatning sifat ko‘rsatgichlarida fiziologik tizim ishtirokini o‘rganish;
N.V.Zimkin, Y.M.Kots, A.V.Korobkov, V.S.Farfel
harakatning boshqarilishi, nerv tizimi va sezgi a’zolarining faoliyatiga jismoniy mashqlar ta’sirini o‘rganish;
N.A.Bernshteyn, ye.B.Sologus, A.Ya.Yarotskiy
jismoniy ishning yurak-qon tomirlari va nafas olish tizimi faoliyatiga ta’sirini o‘rganish
V.V.Vasileva, A.G.Dembo, V.L.Karpman, V.V.Smirnov, V.V.Mixaylov
jismoniy mashqlarning endokrin bezlar faoliyatiga ta’sirini o‘rganish
A.A.Viru, V.Ya.Rusyan, N.N.Yakovlev
ovqat hazm qilish a’zolari faoliyati va moddalar ham energiya almashinuviga jismoniy mashqlar ta’sirini o‘rganish ishlarini olish mumkin.
Z.T.Tursunov, K.R.Raximov, Sh.Q.Qurbonov
=== Taqdimot 10 ===
Fanedoskop
Spirometr
=== Taqdimot 11 ===
Sport fiziologiyasi – odam fiziologiyasining maxsus bo‘limi bo‘lib, jismoniy mashqlar ta’sirida organizmda yuzaga kelgan fiziologik o‘zgarishlarni va ularni mexanizmlarini o‘rganadi va samaradorligini oshiradigan amaliy tadbirlar bilan tasdiqlab beradi. Sport fiziologiyasi jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini tayyorlash tizimida 3 ta guruhga bo‘linadi.
Birinchi guruhni fundamental fanlar tashkil qiladi, sport fiziologiyasi uning nazariy yutuqlarini, tadqiqot uslublariga tayanadi va atrof muhit omillari tafsilotining sportchi organizmi trenirovka va musobaqa faoliyati jarayonida o‘zaro ta’sirlashuvidan foydalanadi.
Sport fiziologiyasini maqsadi va vazifalari
=== Taqdimot 12 ===
Ikkinchi guruhga sport fiziologiyasi bilan muvofiq xuddi bir-birini boyitadigan yoki to‘ldiradigan o‘quv va ilmiy fanlar kiradi. Bunday holatda sport fiziologiyasi anatomiya, biokimyo, biomexanika, gigiyena va psixologiya bilan chambarchas bog‘lanadi.
Uchinchi guruh fanlarga sport fiziologiyasining ilmiy yutuqlari va taqdimot uslublaridan o‘z maqsadida foydalanuvchilar kiradi. Ularga jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati, pedagogika, sport pedagogikasi, sport tibbiyoti, davolash jismoniy tarbiyasi kiradi.
=== Taqdimot 13 ===
Sport fiziologiyasining eng muhim vazifalaridan biri – bu sport fiziologiyasi fiziologik qonuniyatlar asosida jismoniy tarbiyaning turli shakllari sportda mashq qilish usullarini mashq qilish usullarini yaxshilashga imkoniyat yaratadi. Sportchining yuqori natijalarga erishish va so‘lig‘ini saqlash tadbirlarini ishlab chiqish va tashkil etishni ilmiy asoslab berish sport fiziologiyasining eng muhim vazifalardan biridir.
=== Taqdimot 14 ===
Bundan tashqari sport fiziologiyasining vazifalariga quyidagilar kiradi:
Har xil yoshdagi va turli ixtisosdagi kishilarning jismoniy tarbiya ishini asoslash;
Jismoniy mashq bilan shug‘ullanish va u mashqlarning organizmga umumiy rivojlantiruvchi ta’sirining mexanizmlarini ochib berishdir.
=== Taqdimot 15 ===
Organizmning fiziologik adaptatsiyasi – bu sport fiziologiyasida asosiy xususiyat bo‘lib, uni aniqlashda harakat faolligidan oldin, harakat davomida va harakat so‘ngida funksional holat taqqoslab aniqlanadi. Bu maqsadda veloergometr, yugurish yo‘lakchasi, turli balandlikdagi zinapoyalardan foydalaniladi.
=== Taqdimot 16 ===
Moslashganlik rivojlanish jarayoni bir necha xil bo‘lib, bularga quyidagilar kiradi:
shug‘ullanish ta’siri;
funksional reaksiyalar;
qayta tiklanish jarayonlari;
funksional imkoniyatlarning mustahkamlanishi;
tizimli o‘zgarishlarning shakllanishi.
Shundan so‘ng moslashish hosil bo‘ladi.
=== Taqdimot 17 ===
Adaptatsiya bosqichlari
Uchinchi bosqich adaptatsiyaga
turg‘un
Birinchi bosqich – bu shoshilinch adaptatsiya yoki tez hosil bo‘ladigan adaptatsiya
Ikkinchisi – bu uzoq muddatli adaptatsiya
To‘rtinchisi ko‘p ishlatiladigan adaptatsiyaga javob beruvchi tizimlar
01
03
02
04
=== Taqdimot 18 ===
Sport fiziologiyasida asosan bo‘ladigan o‘zgarishlar quyidagi organlar sistemasida kuzatiladi:
Yurak-qon tomir sistemasi
Vegitativ nerv sistemasi
Nafas olish sistemasi
Endokrin sistemasi
=== Taqdimot 19 ===
Yurak-qon tomir sistemasini funksional baholash sinalmalari
=== Taqdimot 20 ===
Martine sinamasi
30 sekund davomida 20 marta o‘tirib-turish. Sinamagacha tekshiriluvchining pulsi har 10 sekund stabillashguncha o‘lchanadi (bir xil son 3 marta ketma-ket qaytarilguncha). So‘ngra qon bosim o‘lchanadi. Keyin manjetni yechmasdan tekshiriluvchi 30 sekund davomida 20 marta o‘tirib turadi. O‘tirish vaqti qo‘llarni oldinda ko‘taradi. Bajarib bo‘lingandan so‘ng tekshiriluvchi joyiga zudlik bilan o‘tiradi. Tiklanish davrining 1 minutining 1-10 sekundida puls, keyingi 40-sekundida qon bosim o‘lchanadi. 1-minutning 50 sekundidan boshlab har 10 sekund davomida puls o‘lchab boriladi. Toki tiklanib stabillashgunicha. Ko‘rsatgichlar maxsus jadvalga yoziladi va o‘rganilib xulosa qilinadi.
=== Taqdimot 21 ===
Normatonik reaksiyada quyidagilar sodir bo‘ladi. Tomir urishi sezilarsiz oshadi. Yuqori qon bosimi ozgina oshadi, pastki qon bosimi esa ozgina pasayadi. Organizm tiklanishi 3-5 minutda sodir bo‘ladi. Bu yaxshi shug‘ullanganlarda sodir bo‘ladi.
Gipotonik (astenik) reaksiyada tomir urishi qisman oshadi. Yuqori qon bosim kuchsiz oshadi, pastki qon bosim esa oshib ketadi. Organizmning tiklanishi normada yoki normadan yuqori bo‘ladi. Bu reaksiya kasallik holati bo‘lib, organizm haddan tashqari charchaganda, kasaldan yangi turganda yoki sportchi yuragi zo‘riqqan hollarda uchraydi.
Yurak-qon tomir sistemasini baholashda quyidagi reaksiya xulosalari o‘rganiladi:
=== Taqdimot 22 ===
Gipertonik reaksiyada tomir urishi keskin oshib ketadi. Yuqori qon  bosimi esa juda yuqori, pastki qon bosimi ham oshadi. Organizm tiklanishi 5 minutdan oshib ketadi..
Distonik reaksiya tomir urishi sezilarli oshadi. Yuqori qon bosim juda oshib ketadi, pastki qon bosim “0” gacha tushib ketadi. Organizmni tiklanishi normadan ko‘p. Distonik reaksiya ham kasallik hisoblanadi. Bu o‘ta charchash, o‘ta shug‘ullanish va nevrozlarda yoki yuqumli kasallik bilan og‘riganlarda uchraydi.
Pog‘onasimon maksimal bosimni oshish reaksiyasidir. Bunda tiklanish davrining 2-3 minutda yuqori qon bosimi, ishni bajarib bo‘lgandan so‘ngi ko‘rsatkichiga nisbatan yuqori bo‘ladi. Bu ham kasallik hisoblanadi.
=== Taqdimot 23 ===
Tashqi nafas olish organlarini funksional holatlarni baholash sinalmalari:
=== Taqdimot 24 ===
Shtanga sinalmasi – bunda tekshiruvchi nafas olib ushlab turiladi va nafasni ushlab turish vaqti belgilanadi. Odatda shug‘ullanmagan shaxslarda bu 40-60 sekund, sport bilan shug‘ullanganlarda 60 sekundda 2-2,5 minutgacha bo‘lishi mumkin.
=== Taqdimot 25 ===
Genji sinalmasi – nafas chiqariladi va nafas olmay tirish vaqti belgilanadi. Sog‘lom shug‘ullanganlarda nafas ushlab turish vaqti 20-30 sekund shug‘ullanuvchi sportchilarda 30 sekunddan to 90 sekundgacha.
=== Taqdimot 26 ===
Rozental sinalmasi – bunda tekshiruvchini statik holatda besh marta 15 sekund oralatib, o‘pkasining tiriklik sig‘imi aniqlanadi va ular solishtiriladi. Sog‘lom odam va tayyorgarlik ko‘rgan sportchilarda solishtirish o‘pkaning tiriklik sig‘imi bir xildan iborat ekanligini ko‘rsatadi.
=== Taqdimot 27 ===
Vegetativ nerv va nerv-muskul sistemasining funksional holatini baholash sinalmalari
=== Taqdimot 28 ===
Ortostatik sinalma – tekshiriluvchining pulsi va qon bosimi gorizontal holatda o‘lchanadi, asta-sekin vertikal holatga o‘tkazilib, darhol puls va qon bosim o‘lchanadi, 1 minutdan so‘ng yana puls va qon bosim o‘lchanadi.
Vegetativ nerv sistemasining simpatik bo‘limining normal qo‘zg‘alishida yurakning qisqarishi olingan ko‘rsatgichga nisbatan 18-27% ga ortadi. Ko‘rsatgichning bundan ham ortib ketishi shug‘ullanmaydiganlarda gipertireoz, yurak qon tomir yetishmovchiligida kuzatiladi. Arterial qon bosimi ham ortishi tomonga o‘zgaradi (sistolik -10 mm. sim. ust. va diastolik -5 m. sim. ust.)
=== Taqdimot 29 ===
Klinoortostatik sinalma – tekshiriluvchining pulsi va qon bosimi vertikal holatda o‘lchanadi, asta-sekin gorizontal holatga o‘tkazilib, pulsi va qon bosimi o‘lchanadi, Vegetativ nerv sistemasining parasimpatik bo‘limining tonusi ortadi va yurak qisqarish soni kamayadi. Normada minutiga 6 urishigacha.
=== Taqdimot 30 ===
Romberg sinalmasi – bu nerv sistemasini boshqarish funksiyasiga asoslangan metod hisoblanadi. Bunda tekshiriluvchini muvozanatini saqlash xususiyati tekshiriladi. Tekshiriluvchi poyabzalini yechib bir oyoqda turadi. Bunda bitta oyoq tepasiga ikkinchi oyoq tovoni qo‘yilib, qo‘llarini oldinga cho‘zgach ko‘zlari yumuq holatda muvozanat saqlaydi. Uni baholashda muvozanatni saqlash qo‘llarini va oyoqlarni titrashi kabilarni davomiyligi hisobga olinadi. Agarda tekshiriluvchi 15 sekunddan ortiq mustahkam chidamlilikni namoyon etsa yoki bunda panjalar va qovoq titrashi sodir bo‘lmasa yaxshi, 15 sekund davomida muvozanatni saqlab ozgina titrashni namoyon qilsa qoniqarli, 15 sekunddan kam muvozanatni saqlasa qoniqarsiz deb baholanadi.
=== Taqdimot 31 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“SPORT FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENASI FANINING RIVOJLANISH TARIXI, MAQSADI VA VAZIFALARI” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar